PARCHIN
PARCHIN (fors.) — meʼmorlik bezaklarida ishlatiladigan sirlangan sopol taxtachalar; turli ranglarda sirlanishi b-n koshinaan farq qiladi. Naqsh, yozuv, tasvirlar ishlash (mozaika)da Parchindan foydalaniladi. Shakli: teng tomonli uchburchak, murabba, toʻrtburchakli, baʼzan 6, 8 qirrali ham boʻladi. Usta P. usulida bezak yaratishi uchun avval xom loydan taxtachalar tayyorlaydi, ularni xumdonda pishirib sopol holiga kel-tiradi, soʻng ustidan sir beradi (boʻyay-di). Sirlangan taxtachalar xumdonda yana pishirib olinadi, shundan soʻng binolar bezagida ishlatiladi. Oʻzbekiston hududida Parchin bilan bezatilgan meʼmoriy obidalar koʻp (Registon ansambli va b.). Hoz. kunda ham meʼmorlikda Parchin keng qoʻllaniladi (Xalklar doʻstligi saroyi, Oliy Majlis, Oʻzbekiston konserva-toriyasi binolarida va b.).
Ensiklopediya.uz
PARCHIN