PARANA

PARANA

PARANA (guarani indeyslari tilida — katta daryo) — Jan. Amerikadagi dare, kattaligi boʻyicha qitʼada Amazonka daryosidan keyin 2-oʻrinda. Braziliya va Argentina hududlarida, qisman Argentina bilan Paragvay chegara-sidan oqadi. Uz. 4380 km, havzasining mayd. 2663 ming km2 (Urugvay daryosi bilan birga 2970 ming km2). Riograndi va Paranaiba daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Braziliya yassitogʻligidan boshlanadi. Paranada ostona va sharshara koʻp. Dare Parana lavali platosini kesib oʻtgach, Posadas sh. yonidan boshlab La-Plata payettekisligidan oqadi. Quyi qismida Urugvay daryosi bilan qoʻshilgach, Atlantika okea-nining La-Plata qoʻltigʻi (estuariysi)ga kuyiladi. Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlin suv davri yanv. —may oylariga toʻgʻri keladi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 17,5 ming m3/s, maksimali 30 ming m3/s. Dare yiliga okeanga 552 km3 (Urugvay daryosi bilan birga 725 km3) suv, 150 mln. t gacha oqiziq keltiradi. Posadas sh. gacha kema katnaydi. Yirik GES va suv omborlari qurilgan. Parana buyida Posadas, Korriyentes, Santa-Fe, Parana, Rosario; La-Plata estuariysi sohilida BuenosAyres va Montevideo sh. lari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
PARANA