OZON
OZON (yun. ozon — hid tarqatuvchi) , O3 — kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi bor. O. ni ilk bor 1785-y. da gollandiyalik fizik Van-Marum havo orqali elektr uchqunlari oʻtkazilganda oʻziga xos hid paydo boʻlishi va oksid-lovchi xossaga ega boʻlishligini topgan. Ozonning xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi. Koʻk tusli va odatdagi sharoitda portlovchi gaz. Qay-nash t-rasi — 111,8°, suyuqlanish t-rasi — 192,4°. Kuchli oksidlovchi va bekaror modda. Kaliy yodidning neytral eritmasiga Ozon taʼsir etganida, kaliy yodid oksidlanib, yod hosil boʻladi. Qora tusli qoʻrgʻoshin sulfid O. taʼsirida oksidlanib, oq tusli qoʻrgʻoshin sulfatiga aylanadi. Ozon baʼzi bir anor-ganik va organik moddalar bilan birik-kanda, ozonidlar (q. Peroksidlar) vujudga keladi. Ozon hosil qilish uchun maxsus asbob — ozonator ishlatiladi. Ozon havoda juda oz miqdorda (1 m3 da 1 m2) boʻladi. Yer yuzasidan uzoklashgan sayin Ozon miqdori ortib boradi va 20—25 km balandlikda maksimumga yetadi. Oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi va bakteri-yalarni oʻldiruvchi xossalarga ega boʻlganligi uchun ichimlik suvini to-zalashda, oziqovqat sanoatida, oksidlovchi sifatida yogʻ va qogʻozni oqartirishda ham ishlatiladi. Ozonning havodagi konsentratsiyasi 5—10% dan osh-masligi kerak, chunki Ozon is gazi SO ga nisbatan ham zaxarlidir.
Ensiklopediya.uz
OZON