O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin

O‘lja olish maqsadida ov qilish muayyan belgilariga ko‘ra baholanadigan ov o‘ljalarini (mo‘ynalar, shoxlar, patlar, terilar, bosh suyaklarini, qoziqtishlarni, boshqa hayotiy organlarni) olish maqsadida amalga oshiriladi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni o‘lja olish maqsadida ovlash Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakillari ishtirokida faqatgina qari yoshdagi erkak hayvon turiga nisbatan amalga oshiriladi.

Surxondaryoliklar uyidan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar topildi

Foto: Telegram/Ekologuz
Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroning uyidan ikki bosh Buxoro qo‘yi va bo‘ri olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

«Joyilma» mahallasida yashovchi fuqaroning o‘zi uyida Qizil kitobga kiritilgan ikki bosh Buxoro qo‘yi saqlanayotganini xabar qilgan.
Bundan tashqari, tumanning Xushchekka mahallasida yashovchi fuqaroning uyida saqlanayotgan bir bosh bo‘ri ko‘ngilli ravishda fuqarodan olingan.

Ularning xavfsiz va doimiy nazoratda bo‘lishini ta’minlash maqsadida jonivorlar belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Buxoro qo‘yi O‘zbekiston va jahon Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ushbu tur butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin

“O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni yanada kuchaytirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

  • ular o‘sish muhiti bo‘lgan joylarda ularning sonini saqlab qolish va ko‘payishini ta’minlaydigan darajadagi miqdorda hamda tegishli toifa va turdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;
  • ularning tarqalish hududida ularga zararli ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan xo‘jalik va boshqa faoliyat turlarini olib borishni taqiqlash bilan amalga oshiriladi.
  • Fanlar akademiyasining xulosasi va tavsiyalari asosida ulardan foydalanishni cheklash va taqiqlar belgilash;
  • ularning yashash muhiti, ko‘payish joylari va ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlash maqsadida xo‘jalik va boshqa har qanday faoliyatni amalga oshirish jarayonida ularga zararli ta’sir ko‘rsatishni taqiqlash;
  • muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish;
  • tutqunlikda va yarim erkin sharoitlarda ko‘paytirish;
  • ularni muhofazasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • mazkur turdagi hayvonlarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish, tiklash maqsadidagi ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirish;
  • ularni saqlash uchun biotexnikaviy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
  • maxsus yaratilgan sharoitlarda ko‘paytirish va keyinchalik tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborish;
  • mazkur turdagi hayvonlarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish, tiklash maqsadidagi ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshirish;
  • yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish;
  • o‘lja olish maqsadida ov qilish.

O‘lja olish maqsadida ov qilish muayyan belgilariga ko‘ra baholanadigan ov o‘ljalarini (mo‘ynalar, shoxlar, patlar, terilar, bosh suyaklarini, qoziqtishlarni, boshqa hayotiy organlarni) olish maqsadida amalga oshiriladi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni o‘lja olish maqsadida ovlash Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakillari ishtirokida faqatgina qari yoshdagi erkak hayvon turiga nisbatan amalga oshiriladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga binoan Qizil kitobiga kiritilgan ayrim hayvon turlariga ov qilish (tutish) har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin.

Avvalroq Samarqandda Qizil kitobga kiritilgan bo‘rsiq noqonuniy tarzda Toshkentga olib ketilayotgani aniqlangani, Buxorodan Sudoche ko‘liga olib kelingan 17 bosh turkman qulonlari olib kelingani, Qashqadaryoda ayiq o‘ldirilgani haqida xabar berilgan.

Surxondaryoda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonni ovlaganlar fosh bo‘ldi

”Surxon” davlat qo‘riqxonasi xodimlari noyob jonivor bo‘lgan morxo‘rning noqonuniy ovlanishi bilan bog‘liq holatni fosh etishdi, deya xabar bermoqda Tabiat resurslari vazirligi.

Qayd etilishicha, 4 mart kuni soat 10:00 larda qo‘riqxonaning asosiy maydoniga 3 nafar shaxsi noma’lum fuqaro noqonuniy ravishda kirgan. Holat yuzasidan qo‘riqxona bosh mutaxassisi T.normurodov, qo‘riqlash xodimlari B.Toshboltayev, I.Eshaliyev va J.Eshaliyevlardan iborat tezkor reyd guruhi tuzilib, qo‘riqxona hududida kuzatuv ishlari olib borilgan.

Kuzatuv ishlari davomida qo‘riqxonaga yaqin hududda harakatlanib ketayotgan Nexia-2 rusumli avtomashina xodimlarda shubha uyg‘otgan. Vandob mahallasida yashovchi fuqaro X.B.ga tegishli bo‘lgan ushbu avtomashina to‘xtatilib, yukxonasi ko‘zdan kechirilganda bir bosh burama shoxli echki (morxo‘r)ning go‘shti bo‘laklangan holda olib ketilayotganligi aniqlangan.

Surishtiruv ishlari davomida Sherobod tumanining Vandob mahallasida yashovchi fuqaro SH.A. va Angor tumanida yashovchi fuqaro I.O‘. qonunga xilof ravishda qo‘riqxonaning Vandob bo‘limi Darayg‘ulsoy massividan ovchilik ruxsatnomasi bo‘lmagan «IJ-17-32» kalibrli bir stvolli ov miltig‘i va 1 dona pnevmatik qurol bilan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 1 bosh morxo‘rni otib nobud qilganligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlangan holat bo‘yicha «Surxon» davlat qo‘riqxonasi, viloyat IIB, tuman IIB xodimlari va xolis guvohlar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda huquqbuzarlarga tegishli bo‘lgan ov qurollari va fuqaro X.B.ga tegishli avtomashina tuman IIB xodimlariga topshirilgan.

Shuningdek, huquqbuzarlardan ovlangan morxo‘r go‘shti hamda 8 dona otilmagan va 4 dona ishlatilgan – jami 11 dona ov miltig‘i o‘qlari qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar xolis guvohlar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilib, ashyoviy dalil sifatida olingan

Noqonuniy ovchilarning yovvoyi hayvonot dunyosiga keltirgan zarari 180 000 000 (bir yuz sakson million) so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: morxo‘r (Capra falconeri) — O‘zbekiston va xalqaro Qizil Kitobiga kiritilgan, tog‘ echkilari urug‘iga mansub noyob hayvon turi hisoblanadi. Mazkur noyob hayvon turini nobud qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

Aniqlangan holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, Surxondaryo viloyat prokuraturasiga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Qiziqarli malumotlar
O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan ayrim hayvon turlarini ov qilish har qanday maqsadlarda taqiqlanishi mumkin