O‘zbekistonda milliy bosh kiyimlar to‘g‘risida kitob nashrdan chiqdi

O‘zbekistonda milliy bosh kiyimlar to‘g‘risida kitob nashrdan chiqdi

Kitobda muzey fondlaridagi noyob bosh kiyimlar namunalari namoyish etilgan. Ular mintaqalar, aholining ijtimoiy kelib chiqishi, yosh belgilari va maqsadlariga ko`ra turlarga bo`lingan. Ayollar bosh kiyimlari — turli o`lchamdagi va turlicha o`raladigan ro`mollar, sallalar (loki, bosho`rov, dastor) keng tanishtirilgan.

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni nishonlandi. Mahalliy faollar tomonidan ilk bor 2011-yil otkazilgan tadbir norasmiy bayram tusini olib, har bahor 5-mart kuni, tabiat uyg’ona boshlagan paytda o’tkazilayotir.

Shahar-qishloqlarda millat qadriyatlarining ramzi bo’lmish libosga bag’ishlangan tanlovlar, konsertlar, bayram yurishlari, xalq hunarmandlari asarlarining ko’rgazmalari bo’lib o’tdi.

Aytish joizki, bu kun mamlakat parlamentining majlisiga milliy bosh kiyimda kelish odat bo’lmoqda.

Xalq ustalari aytishicha, oq qalpoq qorli choqqilardan andoza olgan. Sof matodan ishlangan qalpoq qishda inson boshini sovuqdan saqlaydi, yozda – issiqdan.

Mustaqillik yillari milliy bosh kiyim keng tarqala boshladi. Kattayu-kichik oq qalpoqni iftixor bilan kiyib yuradi. Hurmatli mehmonlarga, jumladan, rasmiy safar bilan kelgan xorij arboblariga, qadrli sovg’a sifatida aynan oq qalpoq taqdim etiladi.

Mahalliy bozorlarda tabiiy toza materialdan tayyorlangan qalpoq 700 somdan 1500 somgacha (taxminan 10-20 AQSh dollari) turadi, sintetik matoligi esa o’n baravar arzon.

Bayramlar, to’y-hashamlar uchun alohida bezatilgan, qimmatbaho qalpoqlar tavsiya qilinadi.

Quyidagi suratlar O’sh shahrining ayyomlar maskanlari, saylgohlari va ko’chalarida olingan.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif

O‘zbekistonda milliy bosh kiyimlar to‘g‘risida kitob nashrdan chiqdi

“Sharq” nashriyot uyi tomonidan “XIX—XX asrlarda o‘zbeklarning milliy bosh kiyimlari” albom kitobi chop etildi, deya xabar bermoqda “12news.uz”. Unga tarix fanlari doktori, professor Nafisa Sodiqova va Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchisi Yulduz G‘aybullayeva mualliflik qildi.

Kitobda muzey fondlaridagi noyob bosh kiyimlar namunalari namoyish etilgan. Ular mintaqalar, aholining ijtimoiy kelib chiqishi, yosh belgilari va maqsadlariga ko‘ra turlarga bo‘lingan. Ayollar bosh kiyimlari — turli o‘lchamdagi va turlicha o‘raladigan ro‘mollar, sallalar (loki, bosho‘rov, dastor) keng tanishtirilgan.

Ayollar, kelinchaklar va bolalar bosh kiyimlarini yasatishda qo‘llanilgan zargarlik buyumlari to‘g‘risidagi bo‘lim ham qiziqarlidir. Shuningdek erkaklar va bolalar bosh kiyimlari: sallalar, mo‘ynali telpaklar, kigiz telpaklar va do‘ppilarga alohida bo‘lim bag‘ishlangan.

Kitob rangli fotosuratlar bilan boyitilgan, uning matn qismi o‘zbek, ingliz va rus tillarida berilgan.

O`zbekistonda milliy bosh kiyimlar to`g`risida kitob nashrdan chiqdi

«Sharq» nashriyot uyi tomonidan «XIX—XX asrlarda o`zbeklarning milliy bosh kiyimlari» albom kitobi chop etildi, deya xabar bermoqda «12news.uz». Unga tarix fanlari doktori, professor Nafisa Sodiqova va Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchisi Yulduz G`aybullaeva mualliflik qildi.

Kitobda muzey fondlaridagi noyob bosh kiyimlar namunalari namoyish etilgan. Ular mintaqalar, aholining ijtimoiy kelib chiqishi, yosh belgilari va maqsadlariga ko`ra turlarga bo`lingan. Ayollar bosh kiyimlari — turli o`lchamdagi va turlicha o`raladigan ro`mollar, sallalar (loki, bosho`rov, dastor) keng tanishtirilgan.

Ayollar, kelinchaklar va bolalar bosh kiyimlarini yasatishda qo`llanilgan zargarlik buyumlari to`g`risidagi bo`lim ham qiziqarlidir. Shuningdek erkaklar va bolalar bosh kiyimlari: sallalar, mo`ynali telpaklar, kigiz telpaklar va do`ppilarga alohida bo`lim bag`ishlangan.

Kitob rangli fotosuratlar bilan boyitilgan, uning matn qismi o`zbek, ingliz va rus tillarida berilgan.

Qiziqarli malumotlar
O`zbekistonda milliy bosh kiyimlar to`g`risida kitob nashrdan chiqdi