O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti

O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti

  1. I. N. Barisov. “Kimyo o’qitish metodikasi”. Toshent, 1966 y.
  2. Namangan viloyat xalq ta’lmi boshqarmasi o’qituvchilar malakasini oshirish instituti, Ibrat 1-5, 1991y.
  3. M. F. Nishonov, A. Rustamova, R. N. Nishonova. “Kimyodan test sinovlari”. Farg’ona, 1992 y.
  4. V. M. Potapov, I. N. Chertkov. “Organik ximiyafan o’z bilimini tekshirish”. Toshkent, 1969 y.

6. Ya. V. Pletner, V. S. P olosin. “Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum”. Toshkent, 1981 y. 207 bet.

7. V. I. Sushko. “Maktabfa kimyo”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1991 y.
6-MAVZU: o’quvchilarning bilimlarini baholash va nazorat qilish.
REJA:
1. Bilimlarni baholash va nazorat qilish.

2. Seminar mashg’ulotlar. Diktant.

3. Darsni tahlil qilish.

4. Kartochka qo’llash dars xillari.

Tayanch iboralar:

Kartochka, grafoproektor, elektrolitik dissitsiatsiya, havo, seminar darslari. Seminar mavzulari, kimyoviy diktantlar, kimyoviy formulalar tuzish, tahlil daftarini tutish.

O’quvchilarning bilimlarini baholash va nazorat qilishga oid dars rejasi.

Mavzu: Uglevodorodlar mavzusi bo’yicha sinov kontrol ish.

1. Darsning maqsadi: O’quvchilarning uglevodorodlar mavzusidan olgan bilimlarini aniqlash.

2. Darsni jihozlash: 40 dona 8-10 variantda kartochka tayyorlash va grafproektor uchun savollar yozilgan kodotransporant tayyorlash. Grafoproektor “Lektor-2000”, ekran.

3. Darsning borishi: Birinchi bosqich:O’quvchilarni sinov ishga tayyorlash. (5 minut). Daftarlar tarqatish. Kartochkalarni tarqatish (grafoproektor bilan ishlaganda savollar ekranda beriladi).

Ikkinchi bosqich (35 minut).

– O’quvchilarning sinov savollar ustida ishlashi.

– Savollarga javob yozish.

– Har bir o’quvchining mustaqil ishlashiga erishish.

– Sinfda tinchlik bo’lishini ta’minlash.

Uchinchi bosqich: (2 minut). Sinov kartochkalarni yig’ib olish.

To’rtinchi bosqich: (2 minut). Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlash, yechilmagan savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorgarlik. Sinov ish uchun mo’ljallangan kartochkalar namunasi (savollar boshqa bo’lishi mumkin). Namuna uchun bu o’rinda faqat bir variant savollarni keltiramiz. 6-Variant. Uglevodorodlar mavzusiga oid (10 sinf).

1. 4-etil, 5-metil, okten-1 formulasini yozing.

2. Toluolga uch molekula vodorod biriktirsak qanday uglevodorod hosil bo’ladi, reaksiyani yozib izohlang.

3. C4H16ning kimyoviy xossalarini ko’rsatuvchi rekziya tenglamalarini yozib izohlang.

4. Massasi 456 gramm bo’lgan geptanning toluolga aylanishida qancha hajm vodorod (normal sharoitda ) hosil bo’ladi?

Xuddi shunday miqdordagi geksan benzolga aylanishidachi?

Bu savollarni doskaga yozish ko’p vaqt talab etadi. Variantlar kam bo’ladi. Bunday paytda o’quvchilarning bilimi aniq baholanmasdan qolishi mumkin. Kodotransporant bilan ishlash ancha qulaylik tug’diradi. Bunda har bir variant uchun bittadan savol yozilib, ekranda to’rt marta ko’rsatiladi. Birinchi savol ustida ishlash tugallanishi bilan ikkinchi, so’ngra uchinchi va to’rtinchi savollar o’rtaga tashlanaveradi. Programmalashtirilgan qisqa muddatli mashinali yoki mashinasiz ishlar ham katta qulaylik tug’diradi.

Masalan, 9-sinfda elektrolitik dissozialanish nazariyasi buyicha 14 soat atrofida dars o’tilgandan so’ng, o’quvchilar bilimini tekshirish maqsadida xuddi shunday kontrol’ ish o’tqazish mumkin.

Kartochka namunasi: Kimyo, 9-sinf(Bunga 15 minut vaqt ajratiladi).

1. Quyidagilarning qaysi biri elektrolitik eritma?

a) Shakar eritmasi; b) Osh tuzi eritmasi

2. Quyidagi tuz eritmalarining qaysilaridan elektroliz yo’li bilan metall ajratish mumkin emas?

3. Gidroksoniy ionini ko’rsating.

4. Amfoter gidroksidini ko’rsating.

5. Kislotalarning dissoziyalanish tenglamasini ko’rsating.

a) HCl® H + + Cl — ; b)NaCl ® Na + + Cl — ; v) NaOH ® Na + + OH — ;

6. Asoslarni ko’rsating.

v) NaOH, KOH g) NaCl, KCl

7. K2Cr2O7 tuzi elektr maydonining qaysi qutbiga qarab sariq rang harakat qiladi?

a) musbatga; b) manfiyga;

8. Nordon tuzni ko’rsating.

9. Kationit qanaqa zaryadlangan ionni almashtira oladi?

a) musbat zaryadlangan ion; b)manfiy zaryadlangan ion.

10. Ion almashinish reaksiyasini ko’rsating.

a) NaCl + KOH = KCL + NaOH;

v) Na2SO4+2HCl = 2NaCl + H2SO4.
O’quvchilarning javobi quyidagicha bo’l di:

9-“B” sinf o’quvchisi Baxodir Toshmatov. 5. 10. 2001y.

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
B a v b A v a b a b

Javoblar to’g’ri, baxosi 5, imzo, o’qituvchining familiyasi.

Kartochka savollarining vaziyatga ko’ra boshqacharok tuzish xam mumkin.

Masalan: Ushbu reaksiyalarni to’liq yozing, tenglashtiring, qanday reaksiya natijasida 12,4 litr vodorod olish mumkin? Kislotalardan qaysi biri ko’p talab etilishini ko’rsating.

Ko’rinib turibdiki, kodotransporant yoki kartochkalar yordamida sinov ish o’tqazish katta qulayliklar tug’diradi. 10 -15 minut davomida uch-to’rt va undan ortiq savolning javobi yechiladi. Bundan tashqari o’tilgan mavzuni mustahkamlash hamda o’quvchilar bilimini baholash uchun vaqt yetarli bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchilar, bilimi qanchalik ko’p kontrol qilinsa, ular mavzuni shu qadar chuqurroq o’zlashtiradilar.

Havo mavzusini suhbat uslubida o’tqazish.

Dars maqsadi: O’quvchilarda havo gazlar aralashmasi ekanligini tushuntirish: ya’ni kisloroddan, azotdan, karbonat angidrid gazlaridan va inert gazlardan iboratligi.

Bu vazifani u savollarga ajratadi:

1. Havoning tarkibiga qanday gazlar kiradi?

2. Havoda ularni qanday uchratsa bo’ladi?

3. Havo nima:toza moddami yoki aralashmami?

4. Bu aralashmani qanday bilish mumkin.

O’qituvchi darsga kirib o’quvchilarni yangi mavzuni tinglashga tayyorlab havo nimadan tarkib topgan, oddiy moddami yoki murakkab yoki aralashmami degan savolni o’rtaga tashlaydi. Savol hammaga tushunarli, chunki ular kislorodni kimyo darsida, karbonat angidridni biologiya darsida, azot haqidagi ma’lumotlarni kimyo va biologiya darslarida olishgan. Shuning uchun havo oddiy modda emasligi unda kislorod, azot, karbonat angidrid borligini isbot qilishlari mumkin. Bu gazlar borligini qanday kuzatish mumkin? Bu savollarga javob berishlari uchun o’quvchilar bir necha tajribalarni eslashlari mumkin. Bu tajribalarda kislorod, azot va karbonat angidrid gaz xossalari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishgan. Shuning uchun o’qituvchi havo tarkibida joylashgan gazlar to’g’risida uchta savol qo’yishi mumkin. Havoda qanday kislorodni kuzatish mumkin? Bu tajriba haqida so’zlab bering. O’quvchilar ko’proq tajribani gapirishda qiynaladilar, ularning moddalarni toza kislorodda havodagidan yaxshi yonishi to’g’ri javobdan chalg’itadi. Cho’pning havoda oddiy yonishini ular havoda kislorodda yonishi deb hisoblaydilar. Bunday holda o’qituvchini o’quvchilar bilan karbonat angidrid gaz xossalarini qaytaradi. O’quvchilar biologiya kursidan havoda azot borligini yaxshi bilishadi. Birinchi eksperimentli isbotini ular kimyoda tahlil yo’li bilan modda tarkibini saqlanishi qonunini o’rganishda fosforni havoda yonish misolida mustahkamlaydilar. Bu bilim mustahkam bo’lishi uchun maxsus tajribada ko’rsatib, xulosa chiqarish kerak. Umumiy muammoning ikkinchi qismi havo gazlar aralashmasidan iborat ekanligini isbot qilishdan boshlanadi.

Suhbatga misol keltiramiz. Suhbat boshlanishidan oldin o’qituvchi dars mavzusini e’lon qildi (o’qituvchining ba’zi bir savollariga o’quvchilar javob berishdi).

O’qituvchi: Kimyo va biologiya darslarida qanday mavzularni o’rgangansizlar?

1-o’quvchi: Kislorod.

2-o’quvchi: Karbonat angidrid.

3-o’quvchi: Azot.

O’qituvchi: Kislorod xossalari to’g’risida gapirib beringlar?

1-o’quvchi: Kislorod rangsiz, hidsiz, havodan bir oz og’irroq, suvda eriydi.

2-o’quvchi: Kislorod ko’p moddalardan o’zining yondiruvchanlik xususiyati bilan farq qiladi. Kislorod ko’p moddalar bilan birikadi.

O’qituvchi: Karbonat angidrid xossalari to’g’risida gapiring.

1-o’quvchi: Bunda yonayotgan alanga o’chadi.

2-o’quvchi: Ohakli suvni loyqalatadi.

O’qituvchi: Azot xossalari to’g’risida gapiring.

O’quvchi: Azot-inert gaz. Bunda yonayotgan alanga o’chadi.

O’qituvchi: Havoda kislorod mavjudmi?

O’quvchi: Ha, mavjud.

O’qituvchi: Havoda kislorod mavjudligini qanday isbot qilish mumkin?

O’quvchi: Shamni yoqib havosi bilan bo’lgan bankaga tushirganingizda sham yonib turaveradi.

O’qituvchi: Havoda karbonat angidrid gaz mavjudmi?

O’quvchi: Ha, mavjud.

O’qituvchi: Borligini qanday isbot qilish mumkin?

O’quvchi: Biz karbonat angidrid gazi chiqaramiz, u havo bilan aralashib ketadi.

O’qituvchi: Havoda azot mavjudmi?

O’quvchi: Ha, mavjud.

O’qituvchi: Havoda fosfor yonganda u nima bilan qo’shiladi?

O’quvchi: Fosfor kislorod bilan qo’shiladi.

O’qituvchi: Fosfor bilan qo’shilganda havoning hamma qismi sarflanadimi?

O’quvchi: Yo’q, hammasi emas.

O’qituvchi: Agar qolgan havoga yonayotgan cho’pni tushirsak, nima yuz beradi?

O’quvchi: U o’chadi.

O’qituvchi: Nima uchun?

O’quvchi: Bankada kislorod qolmagan.

O’qituvchi: U yerda nima qolgan?

O’quvchi: U yerda azot qolgan.
Keltirilgan dialogdan ikki xil suhbat olib borish usuli o’rtasidagi farq mavjud. Ikkinchi suhbat davomida o’quvchilar vazifalarni o’zlari yechmay o’qituvchining ta’siri ostida yechdilar. Ularning aqliy faoliyati qisqa javob qidirish yo’li bilan chegaralanishda ikkala suhbat metodini o’qituvchi uchun qiyinligi kelib chiqadi. Shu bilan birga amaliyotda qo’llanilganligi uchun bu metodni o’rganish zarur.

Evristik suhbat asosiy belgilari quyidagicha:

1) O’quvchilar suhbatni butun va ko’p qismi maqsadini tushunadilar.

2) Suhbat oddiy savol-javob tartibi emas, balki maqsadli savol-javoblar sistemasi.

3) Savollar oddiy va murakkab savollarga bo’linadi, murakkab savollar vazifalar tarzida shakllantiriladi va ularniyechilganda kichik-kichik savollarga ajratiladi.

4) Har bir savol-vazifalarga javob qilingandan keyin o’qituvchini yakunlovchi so’zi bo’lishi kerak.

Suhbat o’tqazishda asosiy savollar yaxshilab tayyorlash kerak bo’ladi. Bu savollar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lishi aniq bir tartibda joylashtirilishi kerak. Suhbat ham o’quvchilarni aktivlashtirishi, ularning fikrlash qobiliyatini uyg’otishi kerak. suhbat o’tqazishda vaqtni to’g’ri tejash kerak. Aks holda maqsadga erishib bo’lmaydi.
SEMINAR MASHG’ULOTLAR.

O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirishda seminar mashg’ulotlarini o’tqazish muhim ahamiyatga egadir. Seminar mashgulotlari orqali o’quvchilar oldingi olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, mavzular orasidagi o’zaro bog’lanishni amalga oshiradilar. Seminar mashg’ulotlarida o’quvchilar darslik bilan mustaqil ishlash, turli xil ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan ishlash malakalarini oshiradilar. Seminar mashg’ulotlarida o’quvchilardagi ba’zi tortinchoqlik xislatlari barham topadi, jamoa o’rtasida o’zlarini erkin his qilish, fikrni aniq bayon qilishga o’rganadilar. Bu orqali o’quvchilarni dunyoqarashi, ulardagi tanqidiy, mantiqiy, ijodiy fikrlash, jamoaga yondashish, u bilan hamnafas bo’lish kabi xislatlar qaror topadi. Seminar mashg’ulotlarida hamma o’quvchilar ishtirok etadilar.

Seminar mashg’ulotlari bir necha bosqichlardan iborat, ular quyidagilardir:

1-bosqich. Tayyorgarlik ko’rish bosqichi.

Bunda seminar o’tqazadigan mavzular tanlanib, o’qituvchi seminar darsining rejasini tuzadi va zarur bo’lgan metodik va ilmiy adabiyotlar ro’yxatini o’quvchilarga tavsiya etadi. Seminar mashg’uloti o’tqazishda 7-10 kun ilgari seminar mavzusi, uning savollari o’quvchilarga ma’lum qilinadi.

2-bosqich. O’quvchilarning seminarga tayyorgarlik ko’rish davri.

Bunda o’quvchilar yakka yoki guruh bo’lib kitob bilan mustaqil ishlaydilar, savollarga javob topadilar. O’qituvchidan konsul’tatsiya oladilar. Diafil’m, diopozitiv, kinofragmentdan foydalanadilar.

3-bosqich. Seminar mashg’ulotlarini o’tqazish.

Seminar mashg’ulotni o’tqazishda o’qituvchi yoki yordamchi o’quvchi rahbarlik qiladi. Seminar bir necha variantlarda o’tqazilishi mumkin. Ba’zi o’quvchilar o’qituvchi bergan savollarni uyda tayyorlab kelib, o’z ixtiyori bilan so’zlab berishi mumkin. Ba’zilari esa puxta referat qilib kelib, uni atroflicha yoritib berishi mumkin. Ba’zi o’quvchilar esa qisqa qilib axborot berishlari, o’rtoqlarining javoblarini tahlil qilishi, javobini to’ldirishi mumkin. Qolgan o’quvchilar axborotlarni tinglab, o’rtoqlari fikrini tahlil qilib o’tiradilar. Seminar mashg’uloti paytida o’quvchilarni do’stona muloqotda bo’lishlarini o’qituvchi ziyraklik bilan kuzatib borishi lozim. Zarur ximikatlar, asboblar bilan o’quvchilar oldindan foydalangan bo’lishlari va tajribalar qilib ko’rgan bo’lishlari kerak.

4-bosqich. Seminar mashg’ulotni yakunlash.

O’qituvchi seminarda faol ishtirok etganlarni rag’batlantiradi. Referat, axborotlarni umumlashtiradi va baholaydi. Seminar darslarini o’tqazish ancha mehnat talab qiladigan, o’quvchi va o’qituvchining ijodiy ishlarini darslik ustida mustaqil ishlashlarini mustaqil fikr yoritishlarini talab etadi. Sir emas, keyingi yillarda o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari anchagina pasayib ketdi. Kitob bilan ishlash malakalari yomon ahvolda. Bundan tashqari, o’quvchilarni uyda savollarga javob topib kelishlari qiyin bo’lib, seminar darslarini o’tqazishni bir muncha qiyinlashtirishi mumkin.

Bu holda seminar darslari quyidagi tartibda olib borilishi mumkin. Seminar darsi bo’ladigan kun o’qituvchi doskaga seminar savollarini yozib qo’yadi. O’quvchilar 15-20 minut ichida darslik bilan ishlab savollarga javob topadilar. Qiyin holda o’rtoqlaridan yordam olishlari mumkin. Buning uchun o’quvchilarni 4 tadan qilib guruhlarga bo’lish mumkin. Bunda maslahatlashish va bahs uchun sharoit yaratilgan bo’ladi. Qolgan 20-25 minutda savollarga javob beradilar, bir-birlarini to’ldiradilar, mashqlar ishlashadi. Bu bir muncha o’quvchilarda o’z kuchiga, bilimiga ishonch hosil qilish, mustaqil fikr yurita olishga imkoniyatlar beradi.

Seminar mashg’ulotlari tez-tez olib borilsa, o’quvchilarda mustaqil fikr yoritish, darsga qiziqish, fanni chuqur idrok qila olish malakalari hosil bo’lib boradi. Seminar darslarini olib borishni boshqa variantlari ham bo’lib, ular ancha tayyorgarlik ko’rgan o’quvchilar uchun mo’ljallangan. Bu holda o’quvchilar tabaqalashgan holda ish olib boradilar.

Masalan, “Etilen qatori uglevodorodlari”ga 7 soat berilgan. Buni 2 soatidan mavzuni ma’ruza uslubida o’tib, bir soat amaliy ish o’tqazib qolgan 4 soatida seminar darslari o’tqazilgan. Bu vaqtda o’quvchilarning hammasi mavzu asosida axborot beradilar, ma’ruza qiladilar, eksperimental masalalar yechadilar. Barcha o’quvchi baholanadi. A, B, V variantlarda vazifalar beriladi. Bunda:

A variant – yengil savollar;

B variant – o’rta qiyinlikda savollar;

V variant – murakkab savollar.

O’quvchilar o’zlarini kuchlariga yarasha variant savollariga javob beradilar. Birorta javob bermagan o’quvchi qolmaydi. Bu sistemada seminar darslarini olib borish ancha tayyorgarlikka ega bo’lgan, kitob bilan mustaqil ishlay oladigan o’quvchilar uchun mo’ljallangan.

Quyida “elektrolitik dissoziyalanish nazariyasi”, mavzusi bo’yicha seminar darsini taxminiy reja namunasini beramiz.

1. Elektrolitlar va elektrolitmaslar.

2. Elektr tokini o’tkazuvchi moddalardagi kimyoviy bog’lanish tabiati.

3. Elektrolitik dissoziatsiya

4. Elektrolit eritmalarida sodir bo’ladigan ion almashtirish reaksiyalari.

5. Quyidagi moddalarni dissotsiyalanishi tenglamasini yozing.

6. Quyidagi tuzlarning gidrolizlanish tenglamalarini yozing.

7. Tuzlarning gidrolizi.

A variantda quyidagi savollar bo’lishi mumkin.

1. Elektrolitik dissoziatsiya nazariyasining asosiy qoidalari.

2. Elektrolitik dissoziaziya nazariyasi nuqtai nazaridan asos, kislota va tuzlarning xossalari.

3. Tuzlar gidrolizi-tuzlarning eng muhim xossasi.

4. Ion almashinish reaksiyalarini oxirigacha borish shartlari.

B variant. O’quvchilar navbat bilan savollarga javob beradilar. Bir-birlarini javoblarini to’ldiradilar. Bir-birlarini javoblariga aniqlik kiritadilar. Na2SO3, K2S, AlCl3 tuzlarini gidrolizlanish tenglamalarini yozadilar. Iloji bo’lsa tajribada isbotlaydilar.

5-savol bo’yicha quyidagi mashqlarni bajaradilar.

6 – savol bo’yicha mashq bajaradilar.

V variant bo’yicha quyidagi ish olib boriladi.

Dars o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi. O’qituvchi elҐktrolitik dissoziatsiya nazariyasi ahamiyati haqida gapirib beradi. Doskaga 2-3 o’quvchini chiqarib uchinchi savol bo’yicha mashq bajartiradi. (B-variant rejasiga qarang) 4-savol bo’yicha mashq bajartiriladi. Sinf o’quvchilaridan bir guruhi asos kislota va tuzlar xossalarini tasdiqlovchi tenglamalar yozishga oid mashqlarni mustaqil ishlaydilar. O’quvchilar baholanadi. Seminar darsi yakunlanadi.

Seminar darslariga quyidagi mavzularni tavsiya etish mumkin:

1. Dastlabki kimyoviy tushunchalar.

2. Oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlar.

3. Suv – hayot manbai.

4. Kimyoviy modda o’lchov birliklari.

5. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi.

6. Ilmiy asosda mineral o’g’itlarni saqlash va undan foydalanish.

7. Qurilish materiallari.

8. Metallar karroziyasi va uning oldini olish.

9. Kimyoviy elementlarni tabiatda tarqalishi.

10. Tirik tabiatda kimyoviy elementlar.

11. Qishloq xo’jaligida polimer va sintetik moddalar.

12. O’simliklarni rivojlanishiga, qishloq xo’jalik mahsuloti sifatiga kimyoviy moddalar ta’siri.

13. Qishloq xo’jalik hayvonlarini rivojlanishiga va o’sishiga mikro va makro elementlar ta’siri.

14. Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashda organik va anorganik moddalardan foydalanish.

15. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari.

16. Havo va tuproq ekologiyasi.

17. Kimyo va tibbiyot.

KIMYOVIY DIKTANTLAR

Kimyo o’qitish jaroyonida o’quvchilar bilimini hisobga olishning eng muhim usullaridan biri kimyoviy diktant hisoblanadi. Kimyoviy diktant o’tqazishda, o’quvchining bilim darajasini, ish xususiyatlarini hisobga olish kerak. Kimyoviy diktant uchun beriladigan topshiriqlarni o’qituvchi og’zaki aytib beradi. O’qituvchi aytgan moddalarni o’quvchilar kimyoviy formulasini yozishi mumkin. reaksiya tenglamalarini ongli bajarishi mumkin. Kimyoviy diktant savollaridan namuna keltiramiz. “Anorganik moddalarning eng muhim sinflari” mavzusiga oid: temir(II)-xlorid, temir(III)-oksidi, kal’siy sul’fat, magniy fosfat, mis(II)-oksidi, fosfat kislota, temir(III)gidroksid, alyuminiy oksidi. O’quvchilar moddalar yoniga ularning molekulyar formulalarini yozadi.

KIMYOVIY DIKTANT TURLARI.

1. Moddalarning nomi asosida formulasini tuzish.

2. Birikmalardagi kimyoviy element valentligini topish.

3. Kimyoviy tushunchalarga ta’rif berish.

4. Turli xil grafalarni to’ldirish.

5. Reaksiya tenglamalarini davom ettirish va hokazo.

O’qituvchi diktantni o’qiganida barcha o’quvchilarni yozishga ulgurishlarini hisobga olishi va takrorlab turishi kerak. keyingi vaqtlarda kimyoviy diktantni grafik turi yaxshi natija bermoqda. Grafik diktant o’tqazish uchun sinfda bir necha marta kimyoviy diktant o’tkazilganda uning mazmunini tushuntirib qo’yiladi. Grafik diktant o’tqazilganda o’quvchilar daftar varag’idan eni 5sm, uzunligi 20sm qog’oz bo’laklarini tayyorlab qo’yadilar. Topshiriqni miqdoriga qarab, uzun chiziq chizilib, shu chiziq bo’limlarga bo’linadi. U quyidagicha:

Masalan: Quyidagi moddalarning kimyoviy formulasi, ularning nomlanishiga to’g’ri keladimi?

1. NaCl – natriy xlorid.

4. K2 S – kaliy sul’fit.

5. MgO – magniy gidroksid.

6. NaOH – natriy oksidi.

Agar modda to’g’ri nomlangan bo’lsa, grafikdagi to’gri nomlangan songa ____ chiziq tortiladi, natijada |====| shakl bo’ladi. Agar formula notug’ri nomlangan bo’lsa, u nomer chizig’i ustiga Ç – yarim oy chiziladi va |Ç| shakl paydo bo’ladi.

Darsni tahlil qilishning aniq bir retsepti yoki muayyan andazasi yo’q albatta. Bu ish masalaga doim ijodiy yondoshishni talab etadi. Shu sababli bu o’rinda dars tahlili ba’zi bir muhim tomonlari haqidagina fikr ko’rsatiladi, xolos.

Uslubiyot talablariga ko’ra dars tahlili kompleks yoki maxsus bir maqsadni ko’zlab o’tqazilishi mumkin. Kompleks tahlil darsning hamma tomonlarini birvarakay qamrab oladi. Maxsus tahlillar davomida esa quyidagi maqsadlar ko’zda tutilishi mumkin. Chunonchi, texnika vositalaridan foydalanish metodikasi o’quvchilar faolligini kuzatish, ko’rgazmali vositalardan foydalanish va boshqalar.

Tahlil daftarini taxminan quyidagicha yoritish mumkin.

1-maktab,10 sinf, sinfda 35 o’quvchi bo’lib, darsda 34 o’quvchi qatnashdi

2.Yangi mavzuni tushuntirilishi .

3. Darsni mustahkamlash .

2.O’quvchilar darsga faol ishtirok etdilar

2.Reaksiya tenglamasi doskada yaxshi ko’rinmadi.

Qiziqarli malumotlar
O’zbekiston respublikasi xalk ta`lim vazirigi ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika instituti Ta`biyattaniw-geografiya fakul`teti