O’zbekiston Oliy va O’rta Mahsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti

O’zbekiston Oliy va O’rta Mahsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti

  1. OLMOSh. KIShILIK OLMOShLARI, BIRIKMA OLMOShLARI, KO’RSATISh OLMOShLARI. SO’ROЈ OLMOShLARI. NISBIY OLMOShLAR.
  1. Kishilik olmoshlari
  2. Birikma olmoshlari
  3. Birikma olmoshlarining fe’llarga qo’shilishi
  4. Birikma olmoshlarining otlarga qo’shilish
  1. Fe’llarga birikkan olmoshlar jumladan to’ldiruvchi vazifasida keladi va tushum kelishigida, ya’ni nasb holatida bo’ladi.

ضَرَبَكَ yoki رأيتك

Bu olmoshlar o’tgan, hozirgi kelasi va ba’zi buyruq fe’llariga birikishi mumkin. Bunda barcha olmoshlar fe’llarga to’±ridan to’±ri birikadi, ammo 1 shahs ي si ( ياء المتكلمِ ) saqlash nuni (نون الوقفة ) orqali birikadi.

Bu nun fe’lining ohirini kasrali bo’lishdan saqlaydi. Agar fe’lga ي ni nunsiz biriktirsak, ضربي bo’lib, fe’lning ohiri kasra bo’lib qoladi. Bu esa mumkin emas. III shahs muzakkar ko’pligidagi o’tgan zamon fe’liga ي qo’shilganda bir و (vov) harfi ziyoda qilinadi.

Masalan: رأيتم – رأيتموني yoki boshqa olmoshlar qo’shilganda ham رأيتموه kabi. III shahs muzakkar ko’pligidagi o’tgan zamon fe’liga olmoshlar birikkanda ohiridagi alifi tushib qoladi.

O’ozirgi kelasi zamon fe’li II-III shahs muzakkar ko’pligiga 1 shahs olmoshlari ني va نا (ni va na) lar qo’shilganda ko’pincha ohiridagi ن (nun) tushib qoladi.

يضربوني – تضربوني yoki يضربونا – تضربونا

Shuningdek, huddi shu fe’l ikkiligidagi ن (nun) lar ham tushib qolishi mumkin.

تضرباني yoki يضربانا

Ba’zi hollarda II shahs muannas birligidagi ن (nun) ham tushib qoladi.

Masalan: تضربيني asli esa – تضربينني

Ohiri ى ga tugagan رمى va بنى kabi fe’llarga birikma olmoshlar birikkanda ohiri ي (y) harfi alifga aylanib ketadi.

بنى – بناه رمى – رماك

Buyruq fe’llariga birikkanda esa, faqat o’timli fe’llarning buyruqlari birikadi.

Bunda faqat I-III shahs olmoshlargina birikadi. Ismlarga birikkan olmoshlar qaratqich kelishigida bo’lib, tegishlilikni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, ism bilan olmosh izofa bo’ladi.

I shahs ي (y) (يا ) (ya) sidan boshqa barcha olmoshlar ismlarga birikkanda ismning kelishik harakatlari (okonchaniyalar) saqlanib qoladi.

كتابُكَ كتابَكَ كتابِكَ

Agar ism ة (tamarbuta)ga tugagan bo’lsa, olmosh birikkanda oddiy ت (t) aylanadi.

Agar ikki kelishikli ismlarga olmoshlar biriksa, uch kelishikli ism kabi turlanadi.

سلَمتُ على أحمدِكَ va رأيْتُ أحمدَكَ kabi

Ohiri ا (a) va ي (y) ga tugagan ismlarga olmoshlar biriksa quyidagicha bo’ladi.

Јaratqich k. قاضِيكَ

Tushum k. قاضيَكَ

Bosh k. Јarat. k. Tush. k.

ذكراك ذكراك ذكراك

Ohiri ء (hamza) ga tugagan ismlarga olmoshlar birikkanda hamza yozish qoidalariga amal qilinadi.

1 shahs (y)si ohiri soqlom harfga tugagan ismlarga qo’shilsa, (y) bevosita qo’shiladi va barcha kelishiklarda turlanganda o’zgarmaydi.

Agar ي (y) alif va ي (y)ga tugagan ismlarga qo’shilsa (ya) ko’rinishida bo’ladi.

عصاً – عصايَ kabi.

Agar 1 shahs ي (y)si ohiri ِي (iy) yoki َي (ay) -ga tugagan ismlarga qo’shilsa, unda ikkala ي (y) tashdid bilan yoziladi.

جَوَارِى – جَوَرِيَّ مُعَلِّمَيْنِ – مُعَلِّمَيَّ

مُعَلِّمِينَ – مُعَلِّمِيَّ قَاضِى – قَضِيَّ

Јuyidagi ismlar arab tilida boshqa ismlardan ajratilib أسماءُ الستةِ (asmaus sittati) deyiladi: أَبٌ ، أخٌ ، حَمٌ ، هَنٌ ، فَمٌ ، ذُو ,

Avvalo bu olti ism nima uchun alohida o’rganiladi, boshqa ismlardan nima farqi bor? Bu savolga shunday javob beramiz: Bu olti ism birikma olmoshlari yoki birorta ism bilan izofaga kirganda, e’robi, ya’ni ismning ohirgi harfining harakatlari zohir bo’lmaydi, balki uning o’rniga boshqa harflar bilan e’roblanadi.

Bunda bosh kelishikda damma o’rniga vov bilan e’roblanadi.

جاء أبوكَ ذهب أخوكَ

Јaratqich kelishigida esa, kasra o’rniga ي (y) bilan e’roblanadi.

Tushum kelishigida esa fatha o’rniga alif bilan e’roblanadi.

  1. Bu ismlarning birlikda bo’lishi.
  2. Bu ismlarning izofa bo’lishi
  3. Kichraytirilmagan siy±asi ( مُكَبَّرْ ) bo’lishi.
  4. Izofasi 1 shahs ي (y)ga bo’lmasligi.

أباءً أباءٍ أباءٌ

Agar izofada bo’lmasa, unda uch kelishikda to’la turlanaveradi.

Agar kichraytirilgan siyqasi ( مُضَغَّرْ ) bo’lsa ham uch kelishikda, zohir harakatlar bilan turlanadi.

أُبَيٌّ – أُبَيٍّ – أُبَيًّا أُخَيٌّ – أُخَيٍّ – أخَيًّا

Agar izofasi 1 shahs ي (y) siga bo’lsa,

Masalan: أبِي va أخِي kabi unda uning e’robi ي (y)dan oldingi harfning taqdiridagi harakati bilan bo’ladi.

Bu qoidalar أبٌ ، أخٌ ، حَمٌ ، حَنٌ larga tegishli bo’lib ذُو va فَمٌ larga tegishli alohida qoidalar bor.

Masalan: ذُو ning «al-asmaus sitta» qoidalarida e’roblanishi uchun, u صاحب ya’ni, ega ma’nosida bo’lishi kerak.

Agar u ega ma’nosida bo’lmay, الذي ma’nosida bo’lsa, unda bu qoidadan chiqib ketadi.

Masalan: جاءنِي ذو قامَ , aslida esa, جاءني الذي قامَ

فَمٌ esa, «asmaus sitta» qoidalari bo’yicha e’roblanishi uchun م (m) harfidan holi bo’lishi kerak.

رأيْتُ فَاهُ ، أعْجَبَتْ فِيهِ، هذا فُوهُ

Agar فَمٌ ning م (m)i tushib qolmasa unda oddiy e’robda e’roblanadi.

هذا فَمٌ ، رأيْتُ فَمًا، أعْجَبَتْ بِفَمٍ

  1. Olmoshlarning qanday turlari mavjud?
  2. Birikma olmoshlari nimalarga qo’shilib keladi?
  3. Birikma olmoshlari fe’llarga qo’shilganda qanday o’zgarishlar yuz beradi?
  4. Birikma olmoshlari otlarga qo’shilganda qanday o’zgarishlar yuz beradi?
  1. Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» T. 1997.
  2. Kovolev. Sharbatov «Uchebnik arabskogo yaz’ka» M., 1998.
  3. Holidov B.Z. «Uchebnik arabskogo yaz’ka» T., 1991.

4.3.4.- 4.3.5. SON

  1. Arab tilida son.
  2. Sanoq sonlar va tartib sonlar
  3. 1-10 gacha bo’lgan sanoq sonlar
  4. 11-19 gacha bo’lgan sanoq sonlar
  5. Yuzliklar va mingliklar

Arab tilida ham sonlar sanoq va tartib sonlarga bo’linadi. Sanoq sonlar ham, tartib sonlar ham, raqamlarni ifodalovchi quyidagi so’zlar yordamida yasaladi:

ikki اثنان اثنتان

to’rt أربع أربعة

sakkiz ثمانٍ ثمانية

to’qqiz تسع تسعة

yigirma عشرون عشرون

o’ttiz ثلاثون ثلاثون

qirq أربعون أربعون

ellik خمسون خمسون

oltmish ستون ستون

yetmish سبعون سبعون

sakson ثمانون ثمانون

to’qson تسعون تسعون

yuz مئة (مائة) مئة (مائة)

million مليون مليون

milliard مليار مليار

Eslatma. Bu sonlar ichidan إحدى -kelishikda turlanmaydigan so’z, اثنان – اثنتان ikkilik soni kabi turlanadigan so’z, 20 dan 90 gacha sonlar muzakkar to’qri ko’plik kabi, qolganlari esa uch kelishikli so’zlardir.

أحد so’zi gapda «kimdir» gumon olmoshi yoki inkor gaplarda «hech kim» ma’nosida ham ishlatiladi. Masalan:

جاءني أحد – Oldimga kimdir keldi.

ما جاءني أحد – Oldimga hech kim kelmadi.

1 dan 10 gacha SANOЈ SONLAR

1 va 2 sanoq sonini ifodalash uchun sonni iishlatmaslik mumkin, chunki birlik va ikkilik grammatik kategoriyasi predmetning bitta yoki ikkitaligini ko’rsatib beradi. Mas.,

كتاب- kitob yoki bitta kitob,

مجلتان – Ikkita jurnal.

Lekin predmetning bitta yoki ikkitaligi ta’kidlanishi kerak bo’lsa, واحد (واحدة), اثنان (اثنتان) sonlari sanalmish otdan keyin qo’yiladi va sanalmish ot bilan moslashgan aniqlovchi kabi to’rt jihatdan moslashadi. Mas.,

لي كتاب واحد – menda bitta kitob bor.

في الكتاب الواحد حقيقة – Bitta kitobda haqiqat bor.

اشتريت كتابا واحدا – Bitta kitob sotib oldim.

في المجلتين الاثنتين مقالتان – Ikki jurnalda ikki maqola bor.

  1. Son bilan sanalmish ot izofa tashkil etadi. Bunda son muzof ilayhi, bo’lib keladi. Son sanalmish ot birligining jinsiga teskari jinsda keladi., sanalmish ot esa, noaniq holatda ko’plikda keladi. Mas.,

سبعُ غرفٍ – yettita hona,

عشرة أيامٍ – o’n kun,

8 soni muannas ot bilan ishlatilganda, kelishiklarda عالٍ so’zi kabi turlanadi. Mas.,

ثماني ساعات – 8 soat.

في ثماني ساعات – 8 soatda

انتظرنا ثماني ساعات – 8 soat kutdik.

Izofa qoidasiga muvofiq gapdagi bajarayotgan vazifasiga qarab, sonning kelishigi o’zgaradi, holos. Mas.,

في أربعِ غرفٍ طلاب – To’rtta honada studentlar bor.

اشترت الجامعة سبعة بيوتٍ – Universitet yettita uy sotib oldi.

عطلتنا الشتوية عشرة أيامٍ – Јishki kanikulimiz o’n kun.

Umumiy qoidaga binoan bunday izofalar من predlogi yordamida ajratilishi ham mumkin. Mas.,

رأيت أربعة من الطلاب – To’rt studentni ko’rdim.

3-10 gacha bo’lgan ma’lum sonni bildirgan «bir necha» so’zi ham (بضع ، بضعة) sanalmish ot bilan 3-10 gacha bo’lgan son kabi izofa hosil qiladi. Mas.,

بضعة أيامٍ – bir necha kun

بضعُ ليالٍ – bir necha tun

2. Avval sanalmish ot, so’ng son keladi. Bunda ham sonning jinsi sanalmish otning jinsiga teskari bo’lishi shart. Gapdagi vazifasiga qarab ikkovining kelishigi o’zgarishi mumkin. Mas:

الأركان الخمسة للإسلام – Islomning beshta rukni

الصلوات الخمسة – Besh vaqt namoz

11 dan 19 gacha bo’lgan sanoq sonlar

11-19 gacha bo’lgan sonlar sanalmish bilan quyidagicha munosabatda bo’ladi:

1. 11 soni sanalmish ot bilan jinsda to’qri moslashadi va har uch kelishikda ham tanvinsiz tushum kelishigida keladi. 1 soni uchun واحد – إحدى varianti ishlatiladi. Mas:

في مدينتنا أحد عشر متحفا – Shahrimizda 11 ta muzey bor

في أحد عشر متحفا – 11 ta muzeyda

زرنا أحد عشر متحفا – 11 ta muzeyni tomosha qildik.

2. 12 soni ham sanalmish ot bilan shunday munosabatda bo’ladi. Faqat 2 soni اثنا – اثنتا shaklida, qaratqich va tushumda esa اثني – اثنتي shaklida bo’ladi. Mas:

لجارنا اثنا عشر ولدا – Јo’shnimizning 12 ta bolasi bor.

في اثني عشر بيتا – 12 ta uyda

في اثنتي عشرة مكتبة – 12 ta kutubhonada

3. 13-19 gacha bo’lgan sonlar har doim tanvinsiz tushum kelishigida bo’ladi. Birlar honasining jinsi sanalmish ot jinsiga teskari, o’nlar honasining jinsi sanalmish ot jinsi bilan bir hil bo’ladi.Mas:

سبعة عشر عاما – 17 yil

في سبعة عشر عاما – 17 yilda

أربع عشرة طاولة – 14 ta stol

20-99 gacha bo’lgan sonlarning ishlatilishi

Bu sonlarni ishlatishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:

1. 21,31,41 va boshqalardagi 1 raqami uchun ko’pincha واحد – واحدة varianti olinadi va u sanalmish ot bilan jinsda to’qri moslashadi. Birlar honasi bilan o’nlar honasi و boqlovchisi yordamida boqlanadi hamda sanalmish ot birlikda noaniq holatda tushum kelishigida keladi. Sonlar esa har uch kelishikda uch hil turlanadi:

واحدٌ و ثلاثون مترا – 31 metr

في واحدٍ و ثلاثين مترا – 31 metrda

قرأت واحدةً و عشرين مجلةً – 21 ta jurnal o’qidim.

2. 22, 32, 42 kabi sonlarda 2 raqami uchun اثنان – اثنتان so’zlari olinadi va u sanalmish bilan jinsda to’qri moslashadi. Bu sonlarning sanalmish ot bilan birikuvi 21 , 31 , 41 kabilarning birikuvi bilan bir hil bo’ladi.Mas:

اثنان و عشرون كتابا – 22 ta kitob

اثنين و عشرين كتابا في – 22 ta kitobda

اثنتان و خمسون مجلة – 52 ta jurnal

في اثنتين و خمسين مجلة – 52 ta jurnalda

3. 23, 33, 43 va undan yuqori sonlarda birlar honasi sanalmish ot bilan teskari moslashadi. O’nlar honasi bilan و boqlovchisi yordamida birikadi. O’ar uch kelishikda turlanadi. Sanalmish ot birlikda noaniq holatda tushum kelishigida keladi. Mas:

تسعة و أربعون مترا – 49 metr

تسعة و أربعين مترا في – 49 metrda

اشتريت ستا و ثمانين ريشة – 86 ta pero sotib oldim.

100 va undan ortiq sanoq sonlar

Bu sonlarni ishlatishda quyidagilarni bilish kerak:

1. 100, 1000 kabi yahlit sonlar sanalmish ot bilan izofa hosil qiladi. Muzof ilayhi bo’lib kelgan sanalmish ot noaniq holatda birlikda keladi. Mas:

مائةُ مساءٍ – 100 oqshom

في مائةِ مساءٍ – 100 oqshomda

ألفُ ليلةٍ – 1000 kecha

في ألفِ ليلةٍ – 1000 kechada

2. 200 va 2000 kabi yahlit sonlar ham shu tahlit yasaladi. Faqat bu sonlarning ikkilik shakli olinadi. Mas:

مائتا مساءٍ – 200 oqshom

ألفا ليلةٍ – 2000 kecha

في ألفي ليلةٍ – 2000 kechada

3. 1000 gacha bo’lgan yuzliklarda yuz so’ziga sanalmish ot sifatida qaraladi, lekin u birlikda keladi. Sanalmish ot bilan esa izofa zanjiri hosil qilinadi. Mas:

ثلاثُ مائةٍ yoki ثلاثمئة – 300

خمسُ مائةٍ yoki خمسمئة – 500

من ثلاثمئة طالبٍ – 300 ta studentdan

4. YAhlit sonlardan keyin 1 yoki 2 soni qo’shilsa u quyidagicha bo’ladi:

خمسمئة قلمٍ و قلمانِ – 502 ta qalam

ألفُ ليلةٍ و ليلةٌ – 1001 kecha.

  1. Son necha hil bo’ladi?
  2. 1-10 gacha bo’lgan sanoq sonlar sanalmish bilan qanday moslashadi?
  3. 21-99 gacha bo’lgan sanoq sonlarning sanalmish bilan moslashuvi qanday bo’ladi?
  4. «Bir necha» so’zi qanday beriladi?
  1. Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» T. 1997.
  2. Kovolev. Sharbatov «Uchebnik arabskogo yaz’ka» M., 1998.
  3. Holidov B.Z. «Uchebnik arabskogo yaz’ka» T., 1991.

5.1-5.2. OTLARDA JINS KATEGORIYASI

Arab tilida otlar ikki jinsga muzakkar va muannasga ajraladi. Muannas jinsning grammatik belgisi so’z ohiridagi -atun, -atu qo’shimchasidir. U yozuvda ة (ta-marbuta) harfi bilan ifodalaniladi.

غرفةٌ -hona المدينةُ -shahar مكتبة -kutubhona.

Shuningdek, اءُ au qo’shimchasi bilan tugagan hamda ى (a) qo’shimchasi bilan tugagan so’zlar, agar, ى (a) harfi o’zak tarkibiga kirmasa muannas so’z hisoblanadi. Masalan:

صحراءُ -sahro, بُشْرَى – esdalik, حُبْلَى – oqiroyoq.

Arab tilida yana shunday so’zlar mavjudki ularning belgisi grammatik belgiga ega emas, shu so’zning mazmuniga qarab belgilanadi.

1. ة ta marbuta harfi bilan tugagan so’z erkak zotini bildirsa yoki erkak kishiga qo’yilgan ism bo’lsa, bu so’z muzakkr so’z hisoblanadi.

خليفةٌ -halifa قتادةُ -Јatoda

حمزة -hamza طلحةُ -Talha

2. Muannaslik grammatik belgisi bo’lmagan quyidagi so’zlar muannas hisbolanadi. a) ayol kishini va ayollarni ismini bildiruvchi so’zlar. أمٌّ -ona, عروسٌ – kelinchak, زينبُ -Zaynab, بنتٌ -qiz.

b) tanadagi juft a’zolarni bildiruvchi so’zlar.

عينٌ -ko’z, يَدٌ -qo’l, أذْنٌ -quloq, رِجْلٌ -oyoq

v) aniqlik artiklni olmagan va tanvin qo’shimchasi bilan tugamaydigan geografik nomlar.

مِصْرُ -Misr بَغْدادُ -Baqdod

بصرةُ -Basra, طرابلوسُ -Tripoli

g) shamol, olov, urush, quyosh kabi so’zlar.

شَمْسٌ نارٌ حّرْبٌ سمومٌ

3. Bundan tashqari ة bilan tugamagan ayrim otlar har ikkala jinsda ham ishlatilishi mumkin.

فَرَسٌ – ot كَبْدٌ – jigar قَوسٌ – yoy

  1. Muzakkar jins nima?
  2. Muannas jinsning qushimchalari qaysilar?
  3. Ikki jinsda ham ishlatiluvchi ismlar ham bormi?
  1. Ibrohimov. N.I. «Arab tili grammatikasi» T. 1997.
  2. Kovolev. Sharbatov «Uchebnik arabskogo yaz’ka» M., 1998.
  3. Holidov B.Z. «Uchebnik arabskogo yaz’ka» T., 1991.

Похожие:

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vaziligi O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Fransuz filologiyasi va fanologiyasi kafedrasi
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova
«Bank ishi», «Moliya va kredit» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti
«Milliy istiqlol g’oyasi va huquq ma`naviyat asoslari» yo’nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan.

Разместите кнопку на своём сайте:
Документы

База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации

Qiziqarli malumotlar
O’zbekiston Oliy va O’rta Mahsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti