O’zbek dasturchisi qayerdan ish izlashi kerak ?
Ishni tezroq topish uchun siz o’z rezyumeyingizni nafaqat mashhur saytlarda, balki IT-mutaxassislari uchun tematik portallarda ham nashr qilishingiz mumkin. Biz siz uchun ajoyib ro’yhat tayyorladik.Ushbu ro’yhatdagi resurs va linklardan foydalanib birinchi ishingizni yoki amaliyotingizni topishingiz mumkin.Platformalarda rezyumeni qanchalik faol joylashtirsangiz, orzuingizdagi ishga kirish imkoniyati shunchalik ko’p bo’ladi.
Ish izlayotganlar uchun qanday usullar bor ? Shu savolga eng keng tarqalagan usul va variantlarni shu ro’yhatda ko’rishingiz mumkin.
Ixtisoslashgan saytlar orqali.
hh.ru — Bu yerda deyarli barcha soha vakillari , ish beruvchilar , ishchilar o’zlariga kerakli kadr , yoki ishlarga ega bo’lishlari mumkin.
Работа.ру — HeadHunter analogi.
linkedin.com — Butun dunyo bo’ylab faoliyat yuritadigan ish portali, ro’yhatdan o’tib ish izlasangiz bo’ladi. Albatta rezyume to’ldirishni unutmagan holda.
Shu o’rinda linkedin uchun alohida e’tibor qaratishingizni maslahat beramiz. Sababi butun dunyo bo’yicha deyilgandan keyin albatta o’zbekistondagi ish vakansiyalari ham joylab boriladi. Epam kabi yevropa kompaniyalari ham xozirda o’zbekistonda filiallarini ochishgan va ular aynan o’zbek dasturchilarini yonlashmoqda.Bunday takliflarni esa linkedin ga ko’p uchratasiz.
Telegram orqali.
GeekJob — Rus tilini biladiganlar va rus auditoriyasi uchun bir qancha ish topishga qaratilgan kanallar jamlanmasi.
UstozShogird — Asosan o’quvchi topish yoki o’rganishga ustoz topish uchun ishlaydigan kanal. Lekin vaqti vaqti bilan IT vakansiyalar haqida ham e’lonlar berib boriladi. Bu yerdan siz birinchi ishingizni yoki kerakli kadrni e’lon berish orqali topishingiz mumkin.
ClickJobs — Bu ham o’zbekistondagi vakansiyalarni o’zida to’plagan kanal.
Ish qidirish bo’yicha maslahatlar
Asosiy qidiruv mezonlaringizni yozing. Bu ish haqi kutishlari, ofisning joylashuvi, ish grafigi yoki siz ish qidirayotgan sohalar bo’lishi mumkin.
O’zingizning rezyumeingizga qanday tajribani kiritishingiz kerakligini va qanday tafsilotlarni o’tkazib yuborishingiz mumkinligini o’ylab ko’ring. Hayotiy va sohadagi yutuqlaringizni rezyumeingizga qo’shing.
Shaxsiy linklaringizni tekshiring. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar ochiq bo’lishi va pochtadagi taxallus munosib bo’lishi kerak. Rambo91 mos kelmaydi!
Ideal holda, egallamoqchi bo’lgan lavozimingizni yozing. Siznda maqsadlaringizga erishishga yordam beradigan kasbiy rivojlanishingiz uchun yo’l xaritasi
bo’lishi ham yaxshi.Masalan keyingi 6 oy ichida ingliz tilini kuchaytirish , yilni oxirgi kvartalida back-end texnologiyalaridan birida bilimlarni yangilash kabi. Siz bunday yo’l haritasini o’zingiz yoki mutaxasis bilan tuzsangiz bo’ladi. Bunday yo’l haritasidan eng muhim joylari rezyumeda bo’lishi ish beruvchilarni o’ziga jalb qilishi mumkin. Axir oldinda rivojlanish rejasi bor kadr kimga kerak emas ?
Umumiy Dasturlash
O’zbek dasturchisi qayerdan ish izlashi kerak ?