O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Nihoyat, oradan bir yil chamasi vaqt o’tib, Marg’ilonga qatnash etti-sakkizga etgach O’zbek oyimning g’idi-bidisi bilan bo’lsa kerak, YUsufbek hojida ham bir oz o’zgarish ko’rila boshlaydi. Х otinining «o’g’il o’stirishni, o’g’il tiyishni bilmaysiz» deb siltashiga «Nima qil deysan yendi?» deb so’raydi.

Ish reja.uz

Abdulla Qodiriy ijodining muhim х islati-tari х iy burilishlar davrida х alq ichida bo’layotgan katta х odisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu х islat, ayniqsa uning yirik tari х iy prozasida yaqqol ko’rinadi. 1922 yilda parchalari bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «O’tgan kunlar» romani yaqin o’tmishning yeng og’ir, yeng qora kunlari bo’lgan « Х on zamonlariga» bag’ishlangan yedi. «O’tgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O’rta Osiyo х alqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo’lib, katta ijtimoiy qiziqish tug’dirdi.

Mashhur sharqshunos E.YE.Bertels «O’tgan kunlar» munosabati bilan «Evropa romani, ingliz romani, rus romani bilan bir qatorda o’zbek romanining yaratilganligi» ni yozgan yedi. Ulkan qozoq yozuvchisi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondasi Mu х tor Avezov fikricha, «O’tgan kunlar» romani bilan Abdulla Qodiriy 20-yillarda «Sharqning yeng ulkan yozuvchisi bo’lib qolgan yedi».

Abdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yo’li bilan bordi va izlanishlari samarali bo’ldi. U o’zbek romanchilik maktabini yaratdi.

«Modomiki biz yangi davrga oyoq qo’ydik, – deb yozgan yedi u o’sha romanga so’z boshisida-bas, har yo’sinda ham yangi davrning yangiliklari ketidan yergashamiz va shunga o’ х shash dostonchilik, romanchilik va hikoyachiliklarda ham yangi asarlar yaratishga, х alqimizni shu zamonning «Tohir va Zuhra» lari, «Chor darvesh» lari, «Farhod va Shirin» lari, «Bahromgo’r» lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his yetamiz». Yozuvchining fikricha «O’tgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan tanishuv yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’rirog’i, bir havas» yedi. Ammo o’zbek adabiyotida to’ng’ich roman bo’lgan-«O’tgan kunlar» bir milliy adabiyotda hozirgi zamon ma’nosidagi etuk adabiyotimizning g’alabasigina bo’lib qolmay, butun o’zbek mumtoz adabiyotidan abadiy o’rin oldi. «O’tgan kunlar» da o’zbeklar va boshqa O’rta Osiyo х alqlari hayotining XIX asr birinchi yarmidagi manzarasi yoritilgan. Feodallik zulmi, hukmdorlarning х alqlar va qabilalar orasiga nizo solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning fojiali oqibatlari, bu fojiani ko’rib, mamlakatni manfaatparast х onlar va beklar beboshligidan х alos qilishni orzu yetgan ilg’or kishilarning boshiga tushgan kulfatlar «O’tgan kunlar» ning mazmunini tashkil yetdi.

Davr uchun juda х arakterli va ijtimoiy taraqqiyotga bevosita aloqador voqealar Abdulla Qodiriy tomonidan san’atkorona tasvirlab bergani uchun «O’tgan kunlar» o’zbek х alqi va O’rta Osiyo х alqlari adabiyotida yangi davr ochdi.

O’tmish х odisalariga asar yaratilgan zamonning ilg’or mafkurasi nuqtai nazaridan baho berishga intilish Qodiriy ijodiyotidagi tub burilishlaridagi alomatlaridan biridir. Turkistonda feodal mustamlaka zulmini ag’darib tashlab yangi mustaqil hayot qurishga intiladi.

«O’tgan kunlar» o’tmishni ana shu yangi hayotga intilish nuqtai nazaridan baholash ruhi bilan sug’orilgan Abdulla Qodiriy feodal davrni mehnatkashlar uchun zulm, ba х tsiz х orlik davri sifatida qoralaydi. O’tmishga shunday baho ma’rifat jihatdangina yemas, ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham katta aktual ahamiyatga yega yedi. Yangicha davrga intilish, х alq ongida o’tmishning adolatsizliklari haqida chuqur tushuncha hosil qilish bilan ham bog’liq yedi. Zamonasining ijtimoiy yehtiyojlarini sezgan Abdulla Qodiriy uchun birdan-bir to’g’ri yo’l-haqqoniy tasvir yo’li bilan boradi. Abdulla Qodiriy davrning hayot manzarasini, oddiy kishilarning taqdirini tasvirlash orqali yaratishi х arakterlidir, bu yesa etuk romanchilik х ususiyatidir.

«Tari х bizga vog’ealarni, uni avra tomonidan, sahna tomonidan ko’rsatadi. Ichkarida bo’layotgan х odisalar ustidagi pardani ko’tarib tashlaydiki, bu х odisalar orqasida haligi bizga ko’rsatilayotgan voqealar manbai ham, ularning kundalik oddiy hayotda qanday ro’y berishi ham bekinib qoladi.

Roman tari х iy faktlarni aytib berishdan voz kechadi va voqealar romanning mazmunini tashkil yetuvchi х ususiy voqea munosabati bilan tilga oladi, ammo shu sha х siy voqea orqali bizning ko’z oldimizda tari х iy voqealarning ichki faktlarini, ularning astarini ochib beradi. Mamlakat hayoti va asarning koloriti, ularning odatlari va х alqlari tari х iy romanning har bir х ususiyatida (garchi bu uning maqsadi bo’lmasada) yaqqol ko’rinib turadi. Shuning uchunham tari х iy roman-fan sifatida tari х ning san’at bilan qo’shilib ketgan nuqtasidir, tari х ning qo’shimchasidir; go’yoki uning boshqa tomonidir.

Abdulla Qodiriy o’z tasvirida tari х iy faktlarga, hatto ayrim sha х slar Х udoyor х on, Musulmonqul, Azizbek va boshqalarni tasvirlashga suyangan holda, davr tavsifi, «jamiyat hayotining poyetik analizi» ni romanning markaziy qahramonlari Otabek va Kumushning taqdirini tasvirlash orqali beradi. Otabek va unga hayrihoh kishilarning taqdiri juda murakkab, ba’zan fojialidir. Bu ayniqsa romanning bosh qahramonlari taqdiri uchun х arakterlidir. Otabek, uning otasi YUsufbek Hoji, Kumushbibi va boshqalarning taqdiri orqali o’quvchini o’z davrining deyarli hamma ijtimoiy tabaqalari hayotiga olib kiradi.

Х on Х udoyor х ondan boshlab qul Hasanaligacha jamiyatning turli tabaqalari vakillarining hayoti, bu davrda hukmdorlar va tobelar, х otinlar bilan yerkaklar, yoshlar bilan keksalar orasidagi munosabatlar, kishilarning turmushi va ularning bir-biriga bo’lgan munosabatlari asar davomida lavhalarda gavdalanadi.

Abdulla Qodiriy х arakterlarning ishonchli va yorqin tasvirlanishiga alohida ye’tibor beradi.

Boylar va savdogarlar muhitidan Otabek, YUsufbek Hoji, Qutidor, Ziyo Sho х chi, Homid va boshqalar; feodallar muhitidan Azizbek, Musulmonqul, O’tabboy qushbegi va boshqalar; mehnatkashlar muhitidan (ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim, Usta Parpi va Hasanali hamda boshqalarning х arakterlari romanda juda ustalik bilan yaratilgan. Х arakterlar tasvirida yozuvchi, hayot haqiqatiga mos ravishda ularning х ilma- х illigi, bir-biriga o’ х shamasligini ko’rsatishga intiladi va shu bilan hayotning rang-barang yekani haqida tasavvur uyg’otadi.

Agar faqat boyvachchalar doirasini olsak, Otabek bilan Homid х arakterlari shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lib maydonga chiqadilar. Х otin-qizlardan Kumush, Zaynab, Х ushro’y, O’zbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va bir jinsga mansubligiga qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir. Abdulla Qodiriy х arakterlar tasvirida ularning «tabiiyligi» ga katta ye’tibor berar, hatto satira borasida ham «adabiyotda bir necha х il kulgi yo’llari bo’lsa ham. lekin yeng mo’’tabari х arakter kulgisi» yekanini uqtirib berar yedi.

«O’tgan kunlar» qanchalik novatorlik х arakteriga yega bo’lmasin, milliy adabiyotning asriy an’analaridan ajrab qolmagan, ularning yeng ya х shilarini rivojlantirish ruhida yozilgan.

Abdulla Qodiriy o’z romanini Sharq х alqlari tomonidan necha asrlar davomida sevib kelingan «Tohir va Zahra», «Farhod va Shirin» larga o’ х shatgani bejiz yemas. Abdulla Qodiriyga mazmundan ajrab qolgan shakl, o’quvchining tabiiy ta’b yehtiyojlari ko’zda tutilmay yozilgan asar, bemaqsad va bema’ni «novatorlik» dan yot yedi. O’z romanida adabiyotning an’analaridan «etarli darajada uzoqlashmagani» ni ayb hisoblagan tanqidchilarga qarata yozuvchi aytgan yedi.

Biz ko’pchillik ishchi va dehqon ommasi uchun yozar yekanmiz, «yeski usul bilan yozadi, binoan alay х bu yozuvchiga birinchi nomerni bermaymiz» deb qilingan tasdiqlardan qo’rqmaymiz.

Sovet adabiyotining ayrim vakillari turli formalistik «oqimlar» ta’siriga tushganidan kulib, A.Qodiriy «Mushtum» jurnaliga she’riy hajviyasida quruq shakliy «izlanishlar» yo’liga tushib ketish halokatli deb ye’lon qilgan yedi. «O’tgan kunlar» ning mumtoz adabiyot va х alq ijodi bilan bog’lanadigan tomonlari-hayotdagi yorqin sha х slarga ye’tibor berish, ularni adabiyotga bosh qahramon sifatida olib kirish va yana ham «ko’tarib» tasvirlashdirki, buning natijasida Abdulla Qodiriyning ijobiy qahramonlari kuchli jozibadorlik kasb yetadilar. Otabek o’z davrining ilg’or kishisi, u mamlakat va х alq taqdirini o’ylaydi, feodal zulmning halokatli yekanini ko’rib, undan х alos bo’lish yo’llarini a х taradi va zamonasi kishilarining ko’pchilligiga yordam qo’lini cho’zishga harakat qiladi. Qodiriy zamonasi kishilarining ko’pchilligiga х os bo’lgan milliy va diniy cheklanganlik illatlarini engib, ijobiy namunani «yot х alq» dagi idora usulinigina havas qiladi va savdo ishlari bilan Shamayga borganda uning idora uslubini ko’rib, Turkistonda ham х uddi shunday idora uslubi bo’lishini hohlaydi. Ziyo Shohchi oilasida bo’lgan yig’ilishda shu masalaga to’ х talib o’tadi. Otabek haqqoniy va samimiy so’zlariga ahli hayron qoladi.

Rus shaharlariga borib, savdo qiluvchilar Turkistonda juda oz hisobda bo’lib, ularni ko’rgan Otabek majlisga tansiqlandi. Ruslar to’g’risida allaqanday rivoyatlar yeshitib yurgan qutidor va ZiyoShohchining Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib, undan Shamayda ko’rgan-kechirganlarini so’radilar. Otabek Shamay х otiralarini so’zlab berdi. Ruslarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini yeshitguvchilarni hayratda qoldirib, ortiq tafsiloti bilan aytib chiqqach:

-Shamay bormasdan ilgari o’z hukumatdorligimizni ko’rib, boshqalar ham shundaydir deb o’ylar yedim, – dedi Otabek – lekin Shamay menim bu fikrimni ost-ust qilib, o’zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o’risning idora ishlarini ko’rib, o’z idoramizning х uddi bir o’yinchoq bo’lganligini iqror yetishga majbur bo’ldim.

Bizning idoraliq bukungi tartibsizligi bilan keta bersa, hammamizning nima bo’lishiga aqlim etmayd qoldi. Shamayda yekanman qanotim bo’lsa, vatanimga uchsam, to’ppa-to’g’ri х on o’rdasiga tushsamda, o’risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, х on ham arzimni tinglasada, barcha yelga yorliq yozib, o’risning idora tartibini dasturamol yetishga buyursa, men ham bir oy ichida o’z yelimni o’risniki bilan bir х il qatorda ko’rsam. Ammo, o’z yelimga qaytib ko’rdimki Shamayda o’ylaganlarim, oshiqqanlarim shirin bir hal yemish! Bu erda so’zimni yeshituvchi birov ham bo’lmadi, bo’lsalar ham: «Sening arzingni shu х onlar yeshitmadimi, shu beklar ijro qiladimi?» deb meni ma’yus qildilar. Ilgariroq men ularning gapiga bovar qilmay yursam ham, so’ngidan to’g’ri so’zni aytganliklarini bildim. Darhaqiqat, mozoristonda «hay-yu alal-falah» х itobini kim yeshitar yedi!

Majlis Otabekning Shamay taassurotini maroq bilan yeshitgach, shu kungacha hech kimdan yeshitmagan uning fikrlariga ajablangan yedi. Istiqbol tuyg’usi tushiga ham kirmagan bu kishilar Otabekning dardni dildan chiqarib aytgan gaplaridan hissiz qolmadilar.

Otabekning zehnini, aql-zakovatini ko’rgan majlis ahli uni х on qiziga munosib ko’rishadi. Otabekga berilayotgan tarifu-tavsiflar Homidning ko’nglini g’ashlatardi. Qutidorning «uylanganmi» degan savoli yanada og’ir ahvolga soladi.

Otabekning shu yoshgacha hali hech kimga ko’ngil bermagan, faqatgina uning ma’sum muhabbatiga Kumushgina sazovar bo’ldi.

Otabek tahorat olish uchun Qutidorning tashqarisiga kirdi. Bu yo’lni unga do’kondor ko’rsatgan yedi. Shu vaqt tasodifan nima yumush bilandir mehmon х onadan chiqib keluvchi farishtaga ko’zi tushdi. Kumush ham ariq yoqasiga kelib to’ х tagan chingilin yigitga bei х tiyor qarab qoldi. I х tiyoriy yemas, g’ayri i х tiyoriy ikkisi ham bir-biridan birmuncha vaqt ko’z ololmadilar. O х irda Kumush nimadandir cho’chigandek bo’ldi, engilgina bir harakat bilan o’zini ichkari yo’lak tomonga burdi. Bu burilishdan uning orqa-o’ngini tutib yotgan qirq kokillari to’lqinlandi. Kumush ichkariga qarab chopar yekan, yo’l ustidan ariq bo’yida qotib turgan yigitga yana bir qarab qo’ydi va bu qarashda unga engilgina bir tabassum ham hadya qildi. Kumush ichkariga ichkariga kirib ko’zdan g’oyib bo’ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mi х langandek qotib qoldi. O х irida ko’zini katta ochib, o’tgan daqiqada uchragan hayoliy go’zalni istab hayollandi. Biroq haqiqat boshqacha yedi. Tahorat olmoq uchun ariq bo’yiga o’tirdi, ammo ko’zi hamon yasharingan yo’lakda yedi. Tahoratlanib bo’ldi, yana ko’zini o’sha tarafdan uzolmadi. Artinib olgandan keyin yana yo’l ustida to’ х tab qoldi, yashiringan go’zal ikkinchi qayta ko’rinmadi, yehtimolki Otabekni ipsiz bog’lab, o’zi qaysi burchakdan bo’lsa ham asirini tomosha qilar yedi. Otabek Kumush hayoli bilan uyqusiz kunlarini o’tkazar, bunday kunlarning birida Hasanali payqab qoldi. Akram hoji va Hasanali kelib Qutidorning qizi Kumushga Qutidornikiga bordi. Qutidorning roziligi bilan Kumush va Otabeklarning nikoh to’ylari bo’lib o’tdi.

Otabek Marg’ilon va Toshkent o’rtasida bordi-keldi ko’p bo’lib qoladi. O’zbek oyim o’g’lini qizg’anishmi yoki o’g’lidan ajralib qolaman deb o’yladi shekilli YUsufbek Hojiga Otabekni uylantiramiz deb turib oldi. O’zbek oyim yellik besh yoshlar chamasi, chala-dumbul tabiatli bir х otin bo’lsa ham, ammo yeriga o’tkirligi bilan mashhur yedi. Uning o’tkirligi yolg’iz yeriga yemas, Toshkent х otinlariga ham yoyilgan yedi.

Bittayu bitta o’g’il Marg’ilon degan joyda, allakimning qo’lida, asli noma’lum kishilarning qiziga uylansada, bugun yerta o’g’limning orzu-havasini ko’raman deb yentikib o’tirgan va o’g’il boqib katta qilgan ona-O’zbek oyim ikki qo’lini burniga tiqib qola bersin.

Bu х abarni Hasanalidan yeshitgan kunlari bu ishga chidab turolmadi. «YEndi menga bundog’ o’g’il kerak yemas. Oq sutimni oqqa, ko’k sutimni ko’kka sog’dim. YEndi Toshkentga kelmasin u o’zboshimcha betiyiq» deb baqirib-chaqirib, yig’lab-siqtab, dardu hasratni boshiga kiyib oldi.

Uch oylar ko’rmagan o’g’lini quchog’iga bosib ko’rishmak o’rniga undan yuzini o’girib, sen kimsan, keldingmi deb so’ramadi va salomiga alik ham olmadi, go’yo u х lamoqchi bo’lgan tovuqdek hurpayib oldi. Otabek onasining araziga allaqachon tushungan, ham shu holni Marg’ilondayoq kutgan yedi.

To’g’ri gap: Otabekning Marg’ilonga uzoq bormay turishi mumkin yemas yedi. Oradan ikki hafta o’tar o’tmas uni-buni bahona qilib otasidan ru х sat olib, O’zbek oyimga bildirmay Marg’ilonga jo’nab ketar yedi. O’zbek oyim «o’lganning ustiga chiqib tepish» qabilida bor g’azabini yeriga to’kar yedi. «Siz qarib yesingizni eb qo’yibsiz, o’g’lingizni Marg’ilonlikka topshirib qo’yib, yana yel ichida boshingizni ko’tarib yurmoqchi bo’lasizmi?» der yedi. YUsufbek hoji bu gaplarni og’ir vazminlik bilan enga olardi.

Otabek Toshkentga qaytib kelib «YEndi araz bitgandir» degan o’yda onasiga salom berar, araz bitish qaerda, O’zbek oyimning o’g’liga qarshi kinoyasi bir necha qator ortgan, ammo bu gal salom beruvchiga bir qaraydi-da, «o’g’lim, menga salom berib nima qilasan, Marg’ilonlik onangni duosini ol» deb yuzini chetga o’girar yedi. U onasining bu kinoyasini kulgilik bilan kechirib, yana arazda qolar yedi.

Nihoyat, oradan bir yil chamasi vaqt o’tib, Marg’ilonga qatnash etti-sakkizga etgach O’zbek oyimning g’idi-bidisi bilan bo’lsa kerak, YUsufbek hojida ham bir oz o’zgarish ko’rila boshlaydi. Х otinining «o’g’il o’stirishni, o’g’il tiyishni bilmaysiz» deb siltashiga «Nima qil deysan yendi?» deb so’raydi.

-Biz Otabekni Toshkentdan uylantirsak, Marg’ilonga yugurishidan qutilamiz. Suv quygandek tinar qolar, Marg’ilon balosini yesidan chiqarar deydi.

-O’g’ling qaytsinchi bo’lmasa.

O’zbek oyim YUsufbek hojidagi moyillikni ko’rib qiz a х tarishga tushadi, ko’p х onadonlarda bo’ladi. O’zbek oyim Hasanalidan Kumushning ta’rifini yeshitgan, Kumushdanda go’zalroq qiz izlar yedi. Unga Olim ponsadning qizi yoqib tushadi. YUsufbek hoji va O’zbek oyim kelishib seni Zaynabga uylantirdik deydi.

Bir oylar vaqt o’tgach Otabek qaytib keldi. Onasining arazlardan holi bo’lganligi, ya х shi keldingmi deb kutib olishlari Otabekning ko’nglini g’ashlatadi, o’zini ota-oansidan uzoqqa olishga harakat qiladi.

Lekin ota-onasi uni ushlab pandu-nasihatlar bilan dilidagi bor gaplarni aytadi.

Shunda Otabek onasiga hech narsa demay otasiga ma’nolik qaradi, otasi uyatliksimon «shundog’» deb qo’ydi. Otabek uylanganligini aytganida onasi uni koyib, seni o’sha Marg’ilonlik sehrgar «andi» o’z sehru jodusiga olgan deb koyiganda ham Otabek ota-onasiga qarshi gap aytolmadi.

YUsufbek hoji o’g’liga:
-«Bizni kuttirma, o’g’lim!»,- deganda Otabek otasiga:

Men sizlarning orzularingizni bajarishga, agar х ursandchiligingiz shu bilan bo’lsa har vaqt hozirman. Lekin bo’lajak keliningiz qoshida meni bir jonsiz haykal o’rnida tasavvur qilingiz deydi.

O’zbek oyim o’g’liga:
-«Mayli, bolam, bu yog’ini sen hozir o’ylamay qo’y!»,- dedi.

Lekin Otabek to’ydan oldin Marg’ilonga borib kelishga keyin to’y taraddusini ko’rishga rozilik berdi. O’zbek oyim bunga rozilik berdi.

Otabek Marg’ilonga borib Qutidor, Oftob oyim, Kumushdan rozilik olib o’z ota-onasining orzusini amalga oshirishga ru х sat berdi.

Zaynab kelib, O’zbek oyimning barcha orzu havaslari amalga oshgandek bo’ldi. Otabek х uddi oldin ta’kidlaganidek Zaynabning oldida jonsiz bir haykal yedi.

Otabek Kumushga yozib turadi. Lekin Otabekning uylanganidan х abar topgan Homid o’rtaga tushadi. Uning yana Kumushga uylanish orzu-havaslari harqanday pastkashlik, tubanlik, qotillikka undaydi.

Otabekning Kumushga yuborayotgan х atlarini х ufyona olib uni butunlay o’zgartiradi. Hatto o’z manfaati yo’lida taloq х atini yozishga ham boradi. Bu gaplardan be х abar Otabekning ahvolini ta’riflash qiyin. Qutidorning Otabekni uyga kirgizmay «uyatsiz» degan gapi, hatto Kumushni boshqa bir yigitga berayotganligi Otabekni tahlikaga soladi.

Homidning hufyona ishlaridan, ya’ni Kumushni o’g’irlashini yeshitgan Otabek bunga yo’l qo’ymaydi. Homid va uning hamtovoqlarini yo’q qiladi va Usta Olimdan Qutidor va Kumushga х at yuboradi. Otabek har bir kitob х onda adolat, mehr-muhabbat urug’larni undiradi. Kumush va Qutidor Otabek oldida yalingan bir ahvolga tushadi. Qutidor va Kumush Toshkentga х at yuborishadi. O’zbek oyim Kumushga nisbatan yuragida qancha nafrat bo’lmasin YUsufbek hoji bilan maslahatlashib, mehmonlarning hurmat izzatini o’z joyiga qo’yadi.

O’zbek oyim qotib qolgan х arakter yemas. Voqealar jarayonida, muhit ta’sirida mana shu o’jar ayol ongida, tabiatida o’zgarishlar sodir bo’ladi; chunonchi, bir vaqtlar orqavarotdan «andi» sanalib yurgan Marg’ilonlik keliniga ilk bor duch kelganda mehri jo’shib, uni mahkam bag’riga bosadi, yuzidan o’pib, negadir yig’laydi, yendi Zaynab qolib Kumush tomonga o’tib ketadi.

Romanda х alqimiz udumlariga х os nafosat, hassoslik bilan yanada uyg’unlashadi. Ba’zi misollar: YUsufbek hojining kelini Kumush bilan ilk bor uchrashuvi lavhasi shunday chiziladi: «Kumush uyalib zo’rg’agina salom berdi va YUsufbek hojining yaqiniga kelib bo’yin yegdi. Hoji qo’li bilan Kumushning elkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayiga tekkizib olgan o’z qo’lini o’pdi».

Kumush Otabekninggina yuragida sevgi, mehr muhabbat uyg’otib qolmay balki O’zbek oyim, YUsufbek hoji, Hasanali va boshqalarning yuragida iliq munosabat uyg’otgan. Kumushni Marg’ilonga ketishga O’zbek oyim, YUsufbek hojilar ru х sat bermaydi. Kumushda ham ketish istagi tug’ilmaydi. Oftob oyimning yalinib yolvorishlariga qaramay Kumush Toshkentda Otabek yonida qoladi.

Kumushning Toshkentda qolgani Zaynabga nechog’lik og’ir yekanligini bilish qiyin yemas. Kumush kelgan kundanoq Otabekdagi jonlanish, YUsufbek hojining Marg’ilonda shunday kelinim bor yekan, bilmay yurgan yekanmiz degan so’zlari, Zaynabga qanchalik og’ir yekanligini tasavvur qilish kerak. O’zbek oyimning Zaynabga bo’lgan munosabati o’zgaradi. Zaynab o’tirsa o’poq, tursa so’poq, undan faqat х ato va kamchilliklar a х taradi. Hammaning tilida Kumush. Kumush va Zaynabning o’zaro urushlari Otabekni ham qiyin ahvolga solib qo’yadi. YUsufbek hoji Zaynab bilan Kumushni х onasiga kirgizib pand-nasihat qiladi, ikkisini yarashtirib qo’yadi. Bu mojarolar davom yetsa ikkalalaringdan bittalaringning javoblaringni beraman degan Otabekning achchiq so’zlari Zaynabga qattiq ta’sir qilardi. Chunki Zaynab bilardi, Otabek Kumushni qanchalik sevishini. Otabekning bu gaplari Zaynabga aytilayotgandek jo’yilar yedi.

Ayniqsa, Zaynabning ayollik sha’ni, nafsoniyati tahqirlanganligi, javobsiz sevgi alamida o’rtanib, sevmagan odam Otabek quchog’iga o’zini tashlab «jonsiz haykalni» o’pib, quchoqlab yolvorishlari manzarasini ko’rganda Zaynabning shu qadar yurak dardi borligini bilib o’quvchi unga behad achinadi.

Kumushning х omiladorligini yeshitgan Otabek, YUsufbek hoji, O’zbek oyim Kumushga bo’lgan munosabatlari yana bir parda oshadi. Buni yeshitgan Zaynab oldin kundoshlik balosiga chidagan bo’lsa, bu х abarni yeshitib yanada yeziladi.

Biz Zaynabga ham, Kumushga ham, Otabekka ham oson tutolmaymiz. Ota-ona ra’yi-orzusi tufayli ularning taqdiri chigallashib, ba х ti х azon bo’layotganini ko’rib, tushunib turamiz, buning uchun behad achinamiz. Kundoshlik muhitida bo’sh-bayov, mut’e Zaynab sekin-asta «haqi» ni tanib, qasoskorga aylana boradi. Biroq u hali qotil darajasiga borgan yemas. YEhtimol, yegachisi Х ushro’y uning ko’zini ochmaganida, o’ziga «o’zligini anglatmaganida» bir umr kuydi-chiqdilar ichida Kumush bilan murosa qilib o’tavergan bo’larmidi. Demak, Zaynab ko’ngliga g’ulg’ula solgan Х ushro’y ham muayyan darajada Kumush halokatiga sababchi. Biroq yozuvchi bu ayolni ham oshkora qoralamaydi. Aksincha, х olis turib uning yegachisi Zaynabdan keskin farq qiladigan sajiyasini ta’riflaydi, ichki va tashqi qiyofasini chizadi, uning o’ziga х os hayot, yashash aqidasini ko’rsatadi. Ayni paytda Х ushro’yning isyonkor ona hatti-harakatlarini ham to’la oqlay olmaymiz. Birovning oilasi vayronasi ustida tiklangan oilani haqiqiy oila, shafqatsizliklar yevaziga topgan ba х tni chinakam ba х t deb bo’lmaydi. Qodiriy realizmining kuchi avvalo ana shunda-hayotni, odamlar turmushi, taqdiri, tabiati, ular amal qiladigan aqidalarni bor holicha butun murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko’rsatganligidadir.

Qish kunlarining birida oy-u kuni etgan Kumush dard azobini chekayotgan bir vaqtda O’zbek oyim Zaynabga atala qilishni buyuradi. Zaynab bunday qulay vaziyatdan foydalanib atalaga za h ar soladi. Kumushning ko’zi yoriydi. YUsufbek h oji oilasida yangi tug’ilgan chaqaloq ovozi yangraydi. Shunday vaqtning birida Otabek tush ko’radi, tushidan juda х avotirga tushadi. Otabek o’g’illi bo’lganini yeshitib benihoya х ursand yedi. YUsufbek hojining х ursandchiligi dunyoga sig’mas yedi. Faqatgina Zaynab yuragidan kechayotgan dard, alam, g’azabini bilish qiyin yemas yedi. Bu х ursandchilik uzoqqa cho’zilmadi. Ataladan tanavvul qilgan Kumushning a’zoi badani qaqshayotganini ko’rgan O’zbek oyim qiyin ahvolga tushadi. Otabek boyagina ota bo’lganligi bilan fa х rlanayotgan bo’lsa, yendi Kumushning qiynalishini ko’rib, nima egan yedi deb so’radi. Shunda atalani ko’rsatishdi, tabib atalani tekshirib ko’rib Kumushning zaharlanganligini aytdi.

Butun oila bir zum sukut ichida qoldi. Otabek atalani kim qildi deb so’radi, unga atalani Zaynab qilganligini aytishdi. Otabek qattiq g’azab ichida Zaynabni chaqirdi, unga atalani egin deb baqirdi. Zaynab o’zini chetga oldi. Otabek Zaynabni uch taloq qildi. Shu payt yeshikdan YUsufbek hoji keldi. Zaynabga ket bu erdan, hayf sendek х otinga deb haydadi.

Odamni titratib yuboradigan yana bir yorqin milliy lavha: Kumush zaharlanib o’lim to’shagida yotibdi. Qaynotasi YUsufbek h oji Kumushning boshiga kelib o’tirdi. Kelinning ko’zi yumiq, sochlari yuzi ustida parishon. Hoji kelinning sochlarini tuzatib, manglayiga qo’lini bosdi, «Oyim. oyim» deb murojaat yetadi. Bunaqa tig’iz holatda yoshi ulug’ odam, qaynotaning kelin yoniga kelib parishon sochlarini tuzatishi, manglayiga qo’lini qo’yib hol-ahvol so’rashi tabiiy bir hol. Shunga qaramay Kumush ko’zini ochib besaranjom unga nazar tashlaydi va tanib. qo’zg’olmoqchi buldi. Qarangki, behush yotgan kelin bir dam o’ziga kelib qaynotasini tanib, uning oldida aftodhol hijolat chekib, o’sha nochor holatda ham odob bilan qo’zg’olmoqchi, o’rnidan turmoqchi bo’ldi.

Kumushning ahvoli borgan sari og’irlashdi va kuchli qonli qaytlardan keyin bu dunyoni tark yetdi. Zaynab nima bo’ldi degan savollar tug’iladi. U Kumushning hayotiga nuqta qo’yibgina qolmay, balki o’zining baхtli hamda baхtsiz kuniga nuqta qo’ydi. U telbaga aylanib, men Kumushman deya qabristonlarda kezib yurardi.

Otabek yesa o’g’li Yodgor bilan Marg’ilonga ketdi.

«O’tgan kunlar» romanidagi voqealarga хulosa qilib aytganda romanni o’qigan har bir o’quvchi undagi Otabek, Kumush, YUsufbek hoji, Qutidor, Oftob oyim kabi ijobiy obrazlardan bahra oladi. Zaynab, Хushro’y, Homid kabi baхil, qora niyatli salbiy obrazlarning taqdiri hamisha shu ahvolga tushushini asar davomida biladi. «O’tgan kunlar» romanini o’qiganda boshdan-oyoq qulog’ingiz ostida voqea-хodisalar ruhiga mos musiqiy ohang yeshitilib turganday bo’ladi. Bu ohanglar o’quvchi dilida har хil kayfiyatlar uyg’otadi.

Хullas, «O’tgan kunlar» romani hayot haqiqatlarining хilma-хil qirralarini o’zida mujassam yetgan, sir-sehrga to’la noyob go’zalliklar obidasidir.

“O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

O’tkan kunlar / The days gone by / milliylik / milliy xos so’zlar / realiya / o’shashlik / tafovvut / tarixiy-arxaik so’zlar / Utkan kunlar / The days gone by / nationality / national words / similarity / difference / archaic words

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Choriyeva, Muxlisa Jumamurodovna

Ushbu tadqiqot Abdulla Qodiriyning “ O’tkan kunlar ” romanining tarjima variantlarini o’rganishga qaratilgan. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi romanda ifodalangan milliy xususiyatlarni aks ettirishda tarjimonlar mahoratini o’rganish hamda tarjimada so’z tanlashdagi o’zaro o’xshashlik va tafovvutlarni ifodalash

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Choriyeva, Muxlisa Jumamurodovna

Milliy so’zlarning tarjimada berilishi

ABDULLA QODIRIYNING “O’TKAN KUNLAR” ROMANINING INGLIZCHA TARJIMASIDA BADIIY TASVIR VOSITALARINING BERILISHI

ABDULLA QODIRIYNING “O’TKAN KUNLAR” ROMANIDAGI TABIAT TASVIRINING TARJIMADAGI IN’IKOSI
REALIYALAR SEMANTIKASINING TARJIMA MATNLARDAGI IFODASI
SHARQ TILLARIDA TARJIMANING NAZARIY VA AMALIY MASALALAR
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIFFERENCES AND SIMILARITIES BETWEEN NATIONAL EXPRESSION AND TRANSLATION IN THE TRANSLATION VERSIONS OF THE NOVEL “THE PAST DAYS”

This current study aims to investigate translated version of “ The days gone by ” by Abdulla Kodiri. The main purpose of the research is to study the skills of translators in reflecting the national characteristics expressed in the novel, as well as to express the similarities and differences in word choice in translation.

Текст научной работы на тему «“O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR»

”O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA

Muxlisa Jumamurodovna Choriyeva

Buxoro davlat universiteti, o ‘qituvchi

Ushbu tadqiqot Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanining tarjima variantlarini o’rganishga qaratilgan. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi romanda ifodalangan milliy xususiyatlarni aks ettirishda tarjimonlar mahoratini o’rganish hamda tarjimada so ‘z tanlashdagi o ‘zaro o’xshashlik va tafovvutlarni ifodalash.

Kalit so’zlar: O’tkan kunlar, The days gone by, milliylik, milliy xos so’zlar, realiya, o’shashlik, tafovvut, tarixiy-arxaikso’zlar.

This current study aims to investigate translated version of “The days gone by” by Abdulla Kodiri. The main purpose of the research is to study the skills of translators in reflecting the national characteristics expressed in the novel, as well as to express the similarities and differences in word choice in translation.

Keywords: Utkan kunlar, The days gone by, nationality, national words, similarity, difference, archaic words.

Milliylik u yoki bu millatning ma’naviy faoliyati va moddiy hayotidagi o’ziga xosliklardan iboratdir. Ma’naviy faoliyatga kishilarning xarakteri, tafakkur tarzi, ruhiyati, intilishlari, qiliqlari, yumor xususiyatlari va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Moddiy hayot esa urf-odat, rasm-rusm, marosimlar, kiyimlar, uy-ro’zg’or anjomlari, cholg’u asboblari, pazzandachilik, ismlar va boshqalardir. Badiiy asarlarda aks etgan ana shu milliy xususiyatlar yig’indisi adabiyotshunoslikda milliy kalorit deb ataladi. “Milliy xos so’zlarga milliy taomlar, kiyim-kechaklar, cholg’u asboblari, ro’zg’or anjomlari, nomlar, taxalluslar, laqablar, qishloq xususiyatlari, me’morchilik, geografik nomlar, tabiat manzaralari, daraja, unvon, tabaqa va boshqa bo’linishlarni ifodalovchi so’zlar, muassasalar, tashkilotlar, diniy marosimlar va boshqa etnografik belgilarni bildiruvchi so’z va iboralar kiradi.”1 Badiiy asarning milliy shaklini qayta tiklash – badiiy tarjimaning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Milliy o’ziga xoslikni boshqa til vositalari bilan berish sohasida katta tajribalar to’plangan. Badiiy asarlar tarjimasida milliylikni qayta yaratish muammolari asarni boshqa bir tilda qiyoslangandagina namoyon bo’ladi. Rus tilini puxta o’zlashtirgan kitobxon, tabiiyki,

1 Hamroyev H. Milliy xos so’zlar-realiyalar va badiiy tarjima. Tarjima madaniyati(maqolalar to’plami).-Toshkent, 1982

badiiy asami ham aynan asl tilida mutolaa qila oladi. Agar uning sevimli asari ayni ona tiliga o’girilsa, albatta ona tilida ham mutolaa qilib chiqadi. Ikki tilda jonlangan badiiy asar o’quvchining tasavvurida yo maqtov, yoki asl nusxadagi taassurotlarni ola olmaganligidan shikoyat paydo qilishi mumkin. Shuni inobatga olib, tarjima shunchaki tajriba bo’lib qolmasligi uchun mutarjim har sohada chapdast, uddaburon bo’lmog’i, o’ziga ham tanqid ko’zi bilan qarashni bilishi kerak.

O’zbek adabiyoti tarixida o’chmas iz qoldirgan va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan buyuk yozuvchilarimiz yetarli. Ularning hayot tarzi va boy adabiy merosining yaratilishi bugungi davr odamlarini tarix haqida o’ylashga majbur qiladi. Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani ham tarixiy roman hisoblanib, o’zbek tilida yozilgan birinchi roman bo’lib, joriy yilda uning dastlabki boblari yozila boshlanganligiga 100 yil to’ladi. Asarda Otabek va Kumush muhabbati XIX asr o’rtalarida mamlakatimizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar fonida ko’rsatib berilgan. Ayni paytga qadar asar rus, nemis, turk, tojik, qozoq, turkman va boshqa ko’pgina tillarga tarjima qilingan. Bir necha yillardan beri asarning o’zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi bilan I.To’xtasinov va uning jamoasi shug’ullanib kelmoqda. Asarning rus tilidan tarjimasi angliyalik tarjimon va adabiyotshunos Kerol Ermakova tomonidan ingliz tiliga o’girilgan. Bundan tashqari asarning keyingi tarjimasi amerikalik olim, AQSH harbiy-dengiz akademiyasi Mintaqaviy tadqiqotlar markazining sobiq direktori Mark Riz tomonidan amalga oshirilgan. U 1994-1996 yillari Tichlik korpusining O’zbekistondagi birinchi ko’ngillilaridan bo’lgan. M.Riz mamlakatimizda ko’p vaqtini Farg’onada o’tkazgan, O’zbekiston mustaqillikka erishgach, vodiyga tashrif buyurgan birinchi amerikaliklardan hisoblanadi. M.Riz AQSH Mudofaa vazirligi va Davlat departamentida xizmat qilgan, Afg’onistonga tarjimon sifatida yuborilgan, Davlat departamentining qiyosiy diniy tadqiqotlar dasturiga rahbarlik qilgan, shuningdek, AQSH hukumat dasturlariga Markaziy Osiyo bo’yicha mutaxasis sifatida jalb etilgan. Olim uchun romanni tarjima qilish o’n besh yildan ko’proq vaqt davom etdi. Kitobni nashr etish jarayoni O’zbekistonning AQSHdagi elchixonasi, yurtdoshlarimiz va o’zbekistonlik mutaxassislarning faol ko’magi bilan sezilarli darajada tezlashdi. Kitobning tarjimasi 660 betni tashkil qilgan. Nashr Abdulla Qodiriy tomonidan “O’tkan kunlar”da ishlatilgan turli atama va frazeologizmlar bo’yicha 400 dan ortiq izoh, o’zbek xalqining XIX asr birinchi yarmidagi madaniyati, an’analari, urf-odatlari va hayotining o’ziga xos xususiyatlari haqidagi sharhlarni ham o’z ichiga oladi. Tarjimon fikricha, A.Qodiriy o’z asarini o’sha davrda ushbu tarixiy roman qahramonlari kabi hayotiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan o’quvchilar uchun bitgan. “Yozuvchi o’tmish saboqlarini 1917 yilgi

voqealardan keyin keskin siyosiy davmi boshdan kechirayotgan zamondoshlariga ogohlantirish sifatida taqdim etgan. Kitobda ko’tarilgan mavzular jamiyatning bugungi muammolariga ham tegishli, O’zbekistondagi dolzarb masalalarni hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini faol bo’lishga chaqiradi”, -deydi M.Riz.

Shuni ta’kidlash joizki, adabiy asarlar ayniqsa romanlarni tarjima qilishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular boshqa adabiy asarlardan farq qilgan holda asl nusxasining o’rnini bosolmaydi va asar matni to’liqligicha tarjima qilinmaydi. Romanning Kerol Ermakova (“Days Gone By”) va Samarqand chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov (“The Days Gone by”) tomonidan tarjima qilingan variantalari asosida tahlil olib borar ekanmiz, shuni ta’kidlash joizki, tarjimonlarimiz uchun asliyat tili turlicha bo’lganligi uchun tarjimada turlicha farqlarni ko’rishimiz mumkin.

Quyida “O’tkan kunlar” romanida tarixiylikni belgilovchi tarixiy-arxaik tushunchalarda ko’p uchraydigan unvon, kasb-korga tegishli so’zlar va realiyalar (milliy xos so’zlar) tarjimasini tahlil qildik. Zero, bularni tarjimada to’liq aks ett irish muhim ahamiyatga ega.

Asliyat: “Musulmonqul Normuhammad qushbegiga besh ming sipoh qo’shib, Toshkand ustiga jo’natqan!”2

O’zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi: “Musulmonqul sent troops of five thousand people to Normuhammad Qushbegi to lead a riot against Tashkent!”3

O’zbek tilidan rus tiliga tarjimasi: “Мусулманкул отправил в Ташкент пять тысяч воинов, во главе которых стоит Нармухаммад кушбеги” Кушбеги – почетное звание правителя города или области.4 Rus tilidan ingliz tiliga tarjimasi: Musulmon Kul has sent five thousand warriors headed by Nar Mohammed Kushbegi* to suppress the uprising!” *Kushbegi – title of the first minister of the khan’s court.5 Bizga ma’lumki, qushbegi unvoni amir va xonlar saroyida bosh vazir yoki huquqi vazirga teng bo’lgan yirik amaldor, hokim hisoblangan. Fikrimizcha, tarjimonlarimiz yuqoridagi tarjima variantlarining barchasida qushbegi so’zini tarjima qilmasdan “Qushbegi”, “Кушбеги”, “Kushbegi” tarzida berilgan, shu bilan bir qatorda ingliz va rus kitobxonlariga tushunarli bo’lishi uchun taglama asosida qushbegi so’zining ma’nosi keltirib o’tilgan. Rus tiliga tarjimasi hamda rus tilidan

2 Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. “Sharq” nashriyoti. Toshkent.

3 Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. Toshkent:”Mashhur -press”, 2017.

4 Abdulla Kadyri. Minuvshiye dni. Roman, Tashkent.

5 Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. Toshkent:”Mashhur -press”, 2017.

ingliz tiliga tarjimasida o’quvchi uchun taglama tushuntirish berib o’tgan bo’lsa, o’zbek tilidan amalga oshirilgan bevosita ingliz tiliga tarjimasida hech qanday izoh berib o’tilmagan. Ushbu lisoniy birlik transleteratsiya orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Carol Ermakova o’z tarjimasida o’quvchilar o’qish jarayonida hech qanday muammoga duch kelmasin deya roman tarkibidagi ismlami ham bilvosita tarjima jarayonidan ham qiyinchiliksiz muammoni bartaraf etgan deb hisoblaymiz. Sababi har bir kitobxon o’zga bir tildagi atab qo’yilgan birliklarni o’qishga qiynaladi va tushunishi qiyin bo’lgan nomni aytish birozgina muammo yuzaga keltiradi. Yuqorida Carol Ermakova buni his etgan deya olishimiz mumkin.

Barchamizga ma’lumki, tarjima ham san’at hodisasi hisoblanadi, aynan qayta yaratish san’ati. Agar bir badiiy asarni o’n kishi o’girsa, ularning tarjimalari bir xil qolipdan chiqqani singari bir-biriga aynan o’xshab qolmaydi, balki jiddiy farq qiladi. Chunki, har bir tarjimon ijodkor sanaladi. Biroq ular bir-birlariga o’xshamaydilar. Har biri o’z oldiga asar muallifíning uslubini aks ettirishni maqsad qilib qo’yadi. “Har vaqtki, tarjima maydoniga ikki alp-muallif bilan mutarjim yakkama-yakka tushadilar.”6 Tarjimon ham ijodkordir, u muallif uslubiga qanchalik mahliyo bo’lib ketmasin, o’zini muallifning irodasiga itoat etishga majbur qilmasin, har bir tarjimachining betakror, o’ziga xos uslubi ham shundoqqina sezilib turadi. Shu o’rinda yuqoridagi ikki tarjimonimiz ham asar tarjimasiga alohida yondashgan holda, mahorat va san’atkorliklarini namoyon etishga harakat qilganlar. Mutarjimlarimiz asl nusxada aks etgan shakl bilan mazmunning birligini, yaxlitligini saqlash uchun bo’lak tildan muqobil vositalar qidirib topganlar.

Asarni tarjima qilish davomida tarjimonlarimiz muallif uslubini qayta yaratishga, asar ritmi va intonatsiyasini saqlash, personajlar nutqini asliyatdagi tabiiyligi bilan aks ettirishga, milliy koloritni berish, frazeologizmlarning muqobil variantini topishga, sheva xususiyatlarini ifodalash kabilarga e’tibor qaratganlar. Tarjimonlarimiz o’zbek tilini bilish bilan bir qatorda, xalqimizning ijtimoiy o’zini -o’zi anglashi, milliy xarakteri, hayot tarzi, an’analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlari yig’indisi va dunyoqarashi haqida chuqur bilimga ega ekanliklarini ham isbotlaganlar.

Shuni ta’kidlash joizki, tarixiy asarlarda ijtimoiy-tarixiy harakatdagi xalq hayotining ma’lum bir davri ifodalanadi. Bunday asarda qo’llanilgan til vositalarining katta qismi vaqt o’tishi bilan turli o’zlashtirishlarga uchragan, bir qator so’zlar eskirib, iste’moldan chiqib, unitilib ketgan, bir guruh so’zlarning ma’no ko’lami kengaygan, yana boshqalarning esa aksincha chegaralanib, toraygan. Bir so’z bilan aytganda, asar yaratilgan davr tilida qanday qo’llanishda bo’lgan bo’lsa, shunday saqlanib qolgan til

6 Salomov F. Tarjima nazariyasi asoslari.T.1983

vositalarini topish mushkul. Tilda doimiy, turg’un hamda vaqtinchalik, o’tkinchi, o’zgaruvchan til hodisalari ham borki, tarjimon bu o’rinda tarjimasiga kirishgan asar yaratilgan o’tmishni chuqurroq o’rganishi, asar muallifining uslubini, dunyoqarashini bilishi, uning o’zi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi zarur. Shuningdek, tarixiy asarning shu davrga qadar boshqa tarjimonlar tomonidan amalga oshirilgan barcha tarjimalarini ham yaxshilab o’rganib chiqishi, ushbu yo’nalishdagi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi kerak. Bu kabi omillar tarixiy asarlar mazmunini chuqurroq anglashga, tarjima jarayonida uchrashi mumkin bo’lgan mushkullikning yechimini topishda va yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklarning oldini olishda yordam beradi. Tarixiy asarlar tarjimasida mutarjimlar barcha til vositalarini zamonaviy til orqali o’gira olmasligiga sabab asliyatning qadimiyligi bo’lsa, qadimiy til bilan o’rganishni inkor etuvchi sabab, uning zamonga xizmat qilishi zarurligidadir. Tarixiy asar tarjimasi ikki davrga taaluqlidir. Ya’ni, u zamonaviy tilda yaratilishi hamda o’zida tarixiy davr ruhini aks ettirishi kerak. Har bir asar o’z zamoni va makoniga ega. Tarjimada ana shu zamon va makonning asliyatda qoldirilgan izini o’zga kitobxonga yetkazish, tarjimonga katta mas’uliyat yuklaydi. Tarjimon zamondoshimiz, demak, bugungi kun o’quvchisi. U nafaqat o’quvchi, balki asl nusxaning badiiy tomonlarini tahlil qila oladigan tanqidchi hamda asarni o’z tilida qayta tiklay oladigan olim va yozuvchi hamdir.

Quyida keltirilgan parchani tahlil qiladigan bo’lsak, asliyat:

“Mirzaboshi kirib xong’a qulliq qildi va Musulmonqulg’a qarab qo’l bog’ladi. Musulmonqul yana xumori bo’lg’an edi – “Chilim!” deb tashqarig’a qichqirdi, so’ngra mirzaboshig’a dedi:

-Hozir Marg’ilon hokimi O’tabboy qushbegiga bir xat yozib, chopar bilan yubor. Xatni olg’an zamon Yusufbek hojining o’g’li Otabek deganni olib huzurimizga kelsin!”

O’zbek tilidan rus tiliga tarjimasi:

Вошел мирза-баши, поклонился почтительно хану, а затем Мусульманкулу. Тот все еще был крайне раздражен и испытывая физическую потребность покурить, приказал – “Чилим!”, затем обратился к мирза-баши:

-Немедленно напиши правителю Маргилана Утаббаю-кушбеги чтобы он явился сюда вместе с сыном Юсуфбека-хаджи Атабеком. Письмо отошли с гонцом.

Rus tilidan ingliz tiliga K.Ermakova tarjimasi:

“Mirza-bashi entered, bowed respectfully to the khan, and then to Musulman Kul. But the ruler was still extremely agitated and once again felt compelled to smoke.

“Chilim!” he yelled, before turning to Mirza-bashi:

“Write to the ruler of Margilan, Utabbayi-Kushbegi, at once, and order him to appear here together with Atabek, son of Yusufbek-hadji. Send the letter with a rider.”

O’zbek tilidan ingliz tiliga I.To’xtasinov tarjimasi:

“Mirzaboshi entered the hall and greeted Musulmonkul who got frustrated again and shouted-“Kalian”, then said to Mirzaboshi:

-Right now send a letter to the governor of Margilon, to Otabboy, with the courier. Ask him to bring Otabek, the son of Yusufbek Khoji, immediately!

Yuqorida berilgan parchalarni tahlil qiladigan bo’lsak, tarixda xon saroyida mirzaboshi degan lavozim ham bo’lib, u yozuv ishlarini olib bosrgan. Har ikkala tarjima variantida ham ushbu lavozim “Mnp3a-6arnH” “Mirza-bashi”, “Mirzaboshi” shaklida o’z holicha berilgan. Bundan asosiy maqsad albatta, o’sha davrning o’ziga xosligini kitobxon ko’z o’ngida bevosita jonlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari asardagi “chilim” so’ziga e’tibor beradigan bo’lsak, K.Ermakova ushbu so’zni o’z holicha qo’llagan bo’lsa, I.To’xtasinovning tarjimasida uning zamonaviy variantini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni uning tarjimasida “chilim” so’zi o’rnida “kalian” so’zi qo’llanilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, asl nusxa bilan tarjima tili bevosita bir-biriga teng emas. Har ikki tilning lisoniy imkoniyatlari bir-biriga “ekvivalentlik holatida bo’lmaydi. Shuning uchun ham ko’r-ko’rona tarjima qilish mumkin emas. So’zlarning aniq mazmuni bilan estetik sifatlari o’zaro bir-birining o’rnini qoplay olmaydi. Shu sababli matnning tili qanchalik serma’no, badiiy tarafidan serjilo bo’lsa, tarjima shunchalik qiyinlashadi.” Bu holatlarda asl nusxa bilan tarjima o’rtasidagi tafovutlar yuzaga keladi. Shundan qilib, har bir badiiy yodgorlik muayyan davr va xususiyat tasviriga bag’ishlanar ekan, tarjimon zimmasiga o’sha ruhni asliymonand tarzda aks ettirish mas’uliyati yuklanadi. Tarjima jarayonida ushbu talabga rioya qilmasdan, iste’moldagi lug’atlarga tayanib ish ko’rish adekvat tarjima yaratish tamoyiliga zid holda, muallif matnini zamonaviylashtirib qo’yishga olib kelsa, milliy xususiyatli lisoniy vositalarni beasos shunday xususiyatdan xoli bo’lgan birliklar yoki tarjima tili sohiblariga xos lisoniy vositalar bilan almashtirib talqin etish muallif matnini milliy asosdan mahkum etadi.

1. Abdulla Qodiriy. O’tkan kunlar. “Sharq” nashriyoti. Toshkent.

2. Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. Toshkent:”Mashhur -press”, 2017.

3. Abdulla Kadyri. Minuvshiye dni. Roman, Tashkent.

4. Abdulla Qodiriy. The Days Gone By. Translaters:I.M.Tukhtasinov, O.M.Muminov, A.A.Khamidov. ToshkenfMashhur -press”, 2017.

5. Hamroyev H. Milliy xos so’zlar-realiyalar va badiiy tarjima. Tarjima madaniyati(maqolalar to’plami).-Toshkent, 1982

6. Salomov G’. Tarjima nazariyasiga kirish. Toskent:O’qituvchi, 1978.

7. Quronov D. Nazariy qaydlar. Toshkent: Akademnashr, 2018

Abdulla Qodiriyning o‘tgan kunlari va «O‘tkan kunlar»i

O‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, uning rivoji uchun hissa qo‘shgan buyuk adiblar talaygina. Ularning hayot va ijod yo‘li, boy adabiy merosi, bolaligi o‘tgan xonadonlar bugungi kun kishilarining ko‘z oldida tarix sahifalarini jonlantiradi.

Kun.uz sayti yangi «Barhayot adabiyot» loyihasi orqali sevimli yozuvchi va shoirlarimiz yashagan xonadon hamda uy muzeylarida bo‘lib, o‘quvchilarni yozuvchilar merosi bilan tanishtirib borishni maqsad qildi.

Zero, Abdulla Qodiriy aytganidek, «Moziyga qarab ish tutmoq xayrlidir». Loyihaning birinchi sonini XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligi asoschisi, o‘z davrining muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlar faol ishtirokchisi Abdulla Qodiriydan boshlashga qaror qildik va adib yashab o‘tgan xonadonda bo‘ldik.

Yozuvchining hayot va ijod yo‘li, u yashagan xonadondagi taassurotlarimizni suratlar orqali sizga taqdim etamiz.

Adib yashagan hovli Toshkent shahri markazidagi Samarqand darvoza mahallasida joylashgan.

Mahallaning tor ko‘chasi bo‘ylab borar ekanmiz, pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan hamda peshtoqiga Abdulla Qodiriy va Julqunboy yozuvi tushirilgan darvoza qarshimizdan chiqdi.

Qiziq, odatda biror ijodkor yashagan xonadonga sayohat qilganimizda falonchi adibning uy muzeyi degan jimjimador yozuvlarni ko‘rishga o‘rganganmiz. Biroq, Abdulla Qodiriy yashagan hovli haqidagi ma’lumot darvozaga tushirilgan shu yozuv bilangina cheklanar ekan.

Aniqrog‘i, qanchalik g‘alati eshitilmasin, o‘zbek adabiyotiga «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» kabi asarlarni taqdim etgan buyuk adibning uyi hali ham muzeyga aylantirilmagan.

Darvoza oldida bizni adibning nabirasi Irfon aka Qodiriy qarshi oldi. Xonadon bo‘ylab sayohat qilish haqidagi iltimosimizni u kishi quvonch bilan qabul qildi.

Adib yashagan uy. U ikki qavatdan iborat.

Ekskursiyani uyning ikkinchi qavatidan boshladik. Irfon akaning aytishicha, 1937 yilning 31 dekabrida Abdulla Qodiriy aynan shu uydan olib ketilgan va 1938 yil 4 oktyabrda «xalq dushmani» sifatida ayblanib otilgunga qadar bo‘lgan 9 oyni qamoqda tergov va qiynoqlarda o‘tkazgan.

Uy ichiga kirgandanoq o‘rin ko‘rpali temir krovat e’tiborimizni tortdi. Irfon Qodiriyning aytishicha, bu adibning yotoq krovati bo‘lgan.

Abdulla Qodiriy qo‘l yuvgan oftoba, uyni yoritishda xizmat qilgan fonus, hujjatlarni saqlash uchun foydalanilgan temir sandiq va uning rafiqasi Rahbarnisa aya kelinlikda olib kelgan sarpo sandig‘i adibning avlodlari tomonidan saqlab qolingan.

Ushbu yo‘l chemodani va soyabondan yozuvchi turli safarlar, xususan, vodiy viloyatlariga qilgan safarlarida ko‘p foydalangan.

Garderob va shkaflar yozuvchiga o‘sha davrdagi yozuvchilar uyushmasidan berilgan. Taqdirning ishini qarangki, o‘sha davr tuzumi sabab Abdulla Qodiriy avval yozuvchi sifatida tan olindi, taqdirlandi va so‘ngra «xalq dushmani» sifatida otildi.

Suratdagi qo‘lqop va bosh kiyim Abdulla Qodiriyning farzandi Habibulloh Qodiriyga tegishli.

Adibning nabirasidan ushbu qo‘lqop va bosh kiyimi tarixi haqida so‘rayman. Irfon akaning aytishicha, Abdulla Qodiriy qamoqqa olinishi va qatl etilishi ortidan uning farzandlariga ham ko‘p zahmatlar yetadi. Xususan, 1945 yilning 25 mayida Habibulloh Qodiriy «xalq dushmanining o‘g‘li» sifatida uzoq davom etgan qiynoq va so‘roqlardan so‘ng Sibirga surgun qilinadi.

Qo‘lqop va bosh kiyimidan Habibulloh Qodiriy Sibirning izg‘irinli sovuqlarida og‘ir mehnatlarda foydalangan.

Irfon Qodiriyga ko‘ra, otasi Habibulloh Qodiriy uzoq surgunlik va mashaqqatlardan keyin, 10 yil o‘tib, (Sobiq sho‘ro rahbari Iosif Stalin hokimiyati ag‘darilgach) 1955 yilda 37 yoshida uyga qaytadi va oila quradi.

Ekskursiyani Abdulla Qodiriy hovlisining markazida joylashgan shiyponda davom ettirdik.

Suhbatdoshimizning aytishicha, ushbu shiyponda Aleksey Tolstoy, So‘fizoda, Oybek, Komil Yashin, G‘afur G‘ulom, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qahhor, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Hamid Olimjon, Yunus Rajabiy kabi yozuvchi va san’atkorlarning qizg‘in suhbatlari, ijodiy bahslari kechgan. Bu haqda batafsil ma’lumotlar Habibulloh Qodiriyning adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan eng muhim manbalardan biri «Otam haqida» nomli kitobida uchraydi.

Afsuski, Abdulla Qodiriyning «xalq dushmani» sifatida otuvga hukm qilinishi va shiypondagi ijodiy uchrashuvlarning to‘xtab qolishida xonadonga kelib-ketib yurgan ayrim mahalliy yozuvchilarning ham qo‘li borligi haqidagi mish-mishlarni eshitganmiz. Ushbu jumlalarni yozganda, beixtiyor Muhammad Yusufning quyidagi satrlari yodga tushadi:

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,

Ana yurishibdi kiyganlari zar

Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar.

Uyning birinchi qavatidagi xona burchagida turgan temir sandiqda Abdulla Qodiriyning tugallanmagan asarlari saqlangan ekan.

U keyinchalik qo‘lyozmalari bilan ko‘mib tashlangan.

Irfon akaning aytishicha, sandiqda Abdulla Qodiriy yozishni rejalashtirgan «Amir Umarxonning kanizi» nomli tarixiy asari uchun to‘planayotgan material-ma’lumotlari ham bo‘lgan.

Adibning o‘zi asar haqida «O‘ylab yurgan ro‘monimni yozib bitirsam, kitob bo‘lib chiqsa, qo‘rqamanki, «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon»ni hech kim o‘qimay qo‘yadi», deya fikr bildirgani ma’lum.

Xo‘sh, dastlab 1929-1930 yillarda yozilishi boshlanib, vaqtincha to‘xtalish bilan (orada «Obid ketmon» qissasi yoziladi)1934 yilda yana yozilishi davom etgan asar taqdiri nima bo‘ldi?

Savolga Irfon aka quyidagicha javob berdi:

«Kunlardan bir kun otam, qo‘lyozmalar qay ahvoldaligini bilish maqsadida sandiqni kovlab oladi. Taqdirni qarangki, aynan o‘sha kuni uyimizga bostirib kirib, otamni qo‘lga olganlar. Tabiiyki, otam bilan birga bobomning qo‘lyozmalarini ham olib ketishgan. O‘sha vaqtlarda qog‘oz yetishmovchiligi bo‘lgani uchunmi yoki boshqa sababmi otamni qiynoqlar bilan so‘roq qilishganda natijalarini bobom qo‘lyozmalarining bo‘sh orqa tarafiga yozib borganlar. So‘roq chog‘ida tergovchining o‘sha qo‘lyozmalarga maxorka o‘rab chekkani va otamga ham uzatgani ma’lum. 1938 yil oktyabriga qadar davom etgan deyarli bir yarim yillik qiynoqlarda butun qo‘lyozmalar shu tarzda «maxorka» bo‘lib yonib bitgan».

Qodiriyning kunlari o‘tgan xonadondan qaytar ekanmiz, adib xotirasi, boy merosi avlodlar yuragida «O‘tkan kunlar» kabi doimo yonib turishiga amin bo‘ldik.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 dekabrdagi « Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida » gi farmoyishiga muvofiq, 2019 yilda yozuvchi yashab ijod qilgan manzilda uy-muzeyi tashkil etilishi belgilandi.

Ilyos Safarov,
Kun.uz muxbiri

Qiziqarli malumotlar
O’TKAN KUNLAR” ROMANINING TARJIMA VARIANTLARIDA MILLIYLIK IFODASI VA O’GIRMALARDAGI TAFOVUT VA O’XSHASHLIKLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»