O’t pufagi toshlari haqida

O’t pufagi toshlari haqida

O’t pufagi toshlari — bu o’t pufagi yoki o’t yo’llarida toshlar paydo bo’lishi bilan tavsiflangan kasallik.

Sabablari

Kasallik safro ishlab chiqarilishi va aylanishining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Buning sabablari:

  • irsiy omil;
  • xolesterin va bilirubin almashinuvini buzadigan dorilarni qabul qilish;
  • noto’g’ri ovqatlanish, parhezlar;
  • ortiqcha vazn;
  • qonda xolesterin miqdorining oshishi;
  • metabolik kasalliklarning oqibatlari;
  • oshqozon-ichak trakti kasalliklarining oqibatlari;
  • oshqozon operatsiyasi.

Bolalarda o’t pufagi toshlari metabolik kasalliklar va safro tizimi rivojlanishining buzilishi tufayli rivojlanadi.

Belgilari

  • Jigar, safro kolikasi;
  • Bo’yin, o’ng yelka, jigar sohasida og’riq;
  • Qusish, ko’ngil aynishi;
  • Og’izda achchiq ta’m;
  • Haroratning ko’tarilishi;
  • Terining, ko’zning sklerasining sariqligi;
  • Axlat rangi o’zgarishi.
ico
Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini olish osonroq.

Diagnostika

O’t pufagi toshlarini qanday davolashni aniqlash uchun gastroenterolog bir qator tadqiqotlarni buyuradi, ular orasida:

Davolash

  • Jarrohlik usullari (xoletsistomiya, o’t pufagini olib tashlash-xoletsistektomiya;
  • Toshlarni maydalash uchun ultratovush yoki elektromagnit davolash;
  • Ursodeoksikolik va xenodeoksikolik kislotalarni o’z ichiga olgan preparatlar.

Kerakli ma’lumot topmadingizmi?

Bizga Telegramda yozing, biz sizga shifokor topib, qabuliga yozib beramiz

Xavfli jihatlari

Agar xolelitiyozni davolash o’z vaqtida boshlanmasa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, masalan:

  • o’t pufagining yallig’lanishi;
  • pankreatit;
  • xolangit;
  • perikoletsistit;
  • o’t yo’lining tiqilib qolishi;
  • o’t pufagining yorilishi;
  • peritonit;
  • o’lim.

Xavf guruhi

Kasallika chalinish xavfi ostida:

  • irsiy moyilligi bo’lgan odamlar;
  • qariyalar;
  • ayollar (ayniqsa homilador ayollar);
  • kamharakat hayot tarzini olib boruvchi odamlar;

Oldini olish

Ushbu kasalliknioldini olish uchun bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  • balansli ovqatlanish;
  • yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilish;
  • tana vaznini normada saqlash;
  • qorin bo’shlig’i a’zolari kasalliklarini o’z vaqtida davolash;
  • jismoniy mashqlar bajarish.


Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Kasalliklar
O’t pufagi toshlari