O’simliklar fiziologiyasi kitob pdf

O’simliklar fiziologiyasi kitob pdf

Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Markaz rahbari
  • ARM haqida
  • Foto lavhalar
  • Sayt xaritasi
  • Blog Featured
  • About
  • Features
  • Services
  • O`zbek tilidagi adabiyotlar
  • Rus tilidagi adabiyotlar
  • Xorijiy tildagi adabiyotlar
  • Elektron talim vositalari
  • Fan dasturi
  • Malaka talablar

Fiziologiyasi

O ZBEK 3STO N RESPUBLIKASI
OLIY VA O RTA MAXSUS T A ‘L IM V A ZIR LIG I
BOTANIKA VA О4 SIMLIKLAR
FIZIOLOGIYASI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun
o‘quv qo‘Hanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT – 2018

UO К: 581.1(075.8)
К В К 28.5
В 22
В 22
Botanika va o ‘sim liklar fiziologiyasi. -Т .: «Fan va lexnologiya»,
201 8 ,3 8 8 bet.
ISBN 9 7 8 -5 9 4 3 -1 1 -8 7 5 -1
Qishloq x o ‘jaligi oliy o ‘quv yurtlarida o’qitilayotgan botanika kursi o ‘simlik-
shunoslikning nazariy asosi hisoblanadi. Shuning uchun b o ia ja k o’sim likshunoslar.
o’rm onchilar, agronom lar va boshqalar botanika va o’sim liklar fiziologiyasini o’qitish
jarayonida ularning kelajakdagi nazariy va amaliy faoliyatlari uchun doimiy zarur
bo‘ladigan o’sim liklarning anatomik tuzilishi, morfologik qonuniyatlari va sistematik
kategoriyalari bilan tanishishlari har jihatdan foydalidir.
0 ‘quv qoMlanmada har bir bob uchun tegishli illyustrativ materiallar. nazorat
savollaii, test topshiriqlari berilgan.
U O ‘K: 581.1(075.8)
KBK 28.5
Mualliflar:
I.V. Belolipov, N.Z. A rabova, X, Axmedov,
K.X. Buxorov, A.M . lslam ov, Sh.E. Abdurasulov
Taqrizchilar:
K. Safarov – biologiya fanlari doktori;
Б. Ahmedov – biologiya fanlari nomzodi.
ISBN 978-9942 -1 lr « T 5 -l
M /
a
.

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2018.

MUQADDIMA
Mustaqillik yillarida jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotimizning
hamda ijtimoiy hayolning real talablaridan kelib chiqqan holda,
vurtimizda oliy ta’Iim tizimini modernizatsiya qilish, unga o’qitish-
ning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish hamda Qishloq
xo‘jaligi uchun yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha katta ishlar qilindi
va qilinmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreidagi
«Oliy ta’lim tizimini vanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida»gi PQ-2909-sonli Qaroriga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini
vanada yaxshilash hamda oliy malakali mutaxassislar tayyorlash
uchun mukammal darsliklar va qo‘llanmalar yaratish hozirgi kunning
dolzarb vazifalandan biridir. Ushbu qarorning ijrosi sifatida hamda
hozirgi kunning talabidan kelib chiqqan holda Botanika fanidan
agronomiya
ta’Iim
sohasi
uchun
mo‘ljallangan
qo’llanma
tayyorlandi.
Botanika fanidan yozilgan qo’llanmani yaratish jarayonida
mahalliy va xorijiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar hamda fan
o‘qituvchilarining ko‘p villik tajribalaridan foydalanildi. 0 ‘quv
qo‘llanmada Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Buyuk Britaniya
botanik olimlarining so‘nggi ma’lumotlari tahlil qilingan holda
mavzularga mos holda yoritib berildi.
Ushbu qo‘llanmada 0 ‘zbekiston florasidagi o ‘simliklar bilan
birga Rossiyaning Yevropa qismi uchun xos bo‘lgan o‘simliklardan
jo ‘ka (lipa), tilog’och (listvennitsa), javdar, chernika hamda AQSH
hududida tarqalgan arabidopsis, Amerika jo ‘kasi kabi talabalar uchun
notanish bo‘lgan o‘simliklar haqidagi m a’lumotiar keltirilgan.
Talabalar qc‘llanma bilan tanishish jarayonida qarag‘ayzorlar,
emanzorlar, jo ‘kazorlar, moxli botqoqliklar kabi terminlar haqidagi
tushunchalarga ega boMishadi. Shu bilan birgalikda Respublika-
mizdagi qishloq xo’jaligi oliy o’quv yurtlarida ta’Iim olayotgan u
yoki bu sohaning bo‘lajak mutaxassislari vatanimiz sarhadlarida
o’savotgan archazorlar, pistazorlar, bodomzorlar, olmazorlar hamda
3

saksovulzorlar kabi formatsiyalar haqidagi qimmatli m a’lumotlarga
ega bo‘lishadi. Bu fanni o‘zlashtirish jarayonida talabalar qishloq
xo‘jaligimizning asosiy ekinlari hisoblangan g‘o‘za, makkajo‘xori,
beda, mosh, loviya, no‘xat kabi dukkakli ekinlar hamda poliz ekinlari
haqidagi bilimlarni egallashadi. 0 ‘zbekiston florasi o ‘zining turli-
tuman o‘simliklari bilan ajralib turadi. Ushbu qo‘llanmada
0 ‘zbekiston tabiatidagi hamda qishloq xo‘jaiigida ahamiyatga ega
bo!lgan o‘simlik turlarining hujayra va to’qima tuzilishi, vegetativ va
generativ organlarining morfologik va anatomik tuzilishi yoritib
berilgan. Vatanimiz hududida o‘sadigan va keng tarqalgan madaniy,
yovvoyi, zaharli va dorivor o‘simliklar haqida ham m a’lumotlar
keltirilgan. Talabalar o‘simliklar geografiyasi, geobotanikasi hamda
ekologiyasi bo‘limi bilan tanishish jarayonida o ‘simliklarning yer
shari bo‘ylab tarqalish hamda taqsimlanish qonuniyatlari, flora, areal
tushunchalari, turlari. begona o‘t!ar, ularning klassifikatsiyasi haqi­
dagi bilimlarga ega bo’Iishadi. Shu bilan birga, o ‘simliklar jamoalari,
fitotsenoziar, ularda uchraydigan o !simliklar, ularni o‘rganish tartibi,
o‘simliklar ekologiyasi. bo‘limlari, qonuniyatlari, iqlim omillari,
ularga nisbatan o‘simlik guruhlari hamda edafik, biotik, orografik,
antropogen omillar va ularning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati
yoritib berilgan.
Qo‘llanmaning sistematika qismini yozishda A.Taxtadjyan
tomonidan yaratilgan o‘simliklar sistematikasi asos qilib olindi.
Akademik Q.Z. Zokirov va P.K. Zokirovlar tomonidan
yaratilgan klassifikatsiya bo‘yicha Markaziy Osiyo tog‘lik hududlari
o‘simliklarini vertikal zonallik bo‘yicha tarqalishi bayon qilingan.
Qo‘llanmada 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi» va noyob
o‘simliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.
Botanika fani va uning obyekti
Botanika – tiriklikning bir qismi bo‘lgan o ‘simliklarni o‘rga-
nuvchi fan hisoblanadi. «Botanika» so‘zi yunoncha «botane»
so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, sabzavot degan m a’noni bildiradi.
Hozirgi kunda planetamizda 500 millionga yaqin o ‘simlik turlari
bo‘lib, planetamizning hamma joyida: 149 mln km2 iborat quruqlikda
hamda 361 mln km2 maydonni egallagan okean va dengizlardan
л

tashkil topgan suvliklarda keng tarqalgandir. Mana shu o‘simlik-
laming morfologik va anatomik tuzilishini, ulami tashqi muhit bilan
hamda o’zaro munosabatlarini, ularda yuz beradigan barcha hayotiy
jarayonlar: oziqlanish, fotosintez, nafas olish, kcrpayish, transpi-
ratsiya, moslashish kabi tiriklik xususiyatiarini, ulami evolutsion
taraqqiyot jarayonidagi rivojlanishi hamda yer yuzi bo‘ylab tarqalish
qonuniyatlarini, bu o‘simliklarni yaqin va uzoq belgilariga asoslanib
filogenetik sistemaga solishni, o‘simliklardan ongli ravishda
foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani
o ‘rganadi. Botanika fanini o’rganishni boshlagan talabalar –
o ‘simlik!ar deb nomlanuvchi biologik organizmlaming evolutsion
nuqtayi nazardan rivojlanish xususiyatiarini, morfoanatomik tuzi­
lishini, ekologik xususiyatiarini, tashqi muhit sharoitlariga mos­
lashish mexanizmlari haqidagi m a’lumotlarni o’zlashtiradilar.
Biz yashayotgan olamning bir qisini bo‘lgan o‘simliklar ham
barcha tirik organizmlar kabi oziqlanadi, o‘sadi va rivojlanadi,
ko‘payadi, tashqi muhit ta’sirlariga nisbatan javob reaksiyasini
amalga oshiradi va yashaydigan muhitiga moslasha oladi. Yer
yuzidagi barcha o ‘simliklar yuksak va tuban o ‘simlikIarga ajratiladi.
Yuksak va tuban o‘simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko‘ra,
avtotrof va geterotrof o‘simliklarga bo’linadi. Avtotroflar – xlorofill
pigmentiga ega bo‘lgan yashil o‘simliklar bo’lib, oziqlanish uchun
kerakli organik moddalarni o‘zlari tayyorlaydi. Avtotrof o‘simliklar
yashil avtotroflar va xlorofilsiz avtotroflarga bo‘linadi. Yashil
avtotroflar yer yuzida keng tarqalgan barcha yashil o ‘simliklardan
iborat. Xlorofilsiz avtotroflar o‘zlari uchun kerakli organik
moddalarni sintez qiladigan o ‘simliklar bo‘lib, ularga temir,
oltingugurt bakteriyalari hamda erkin azotni o‘zlashtiruvchi azot
to‘plovchi bakteriyalar misol bo‘ladi. Bu tuban o’simliklar organik
moddalarni sintez qilish jarayonda quyosh nuridan emas, balki
oksidlanish natijasida ajralib chiqadigan kimyoviy energiyadan
foydalanadi. S.N. Vinogradskiy bu jarayonni xemosintez deb atagan.
Geterotroflar – tayyor organik moddalar hisobiga yashaydigan
organizmlar bo‘lib, ularga bakteriyalar va zamburugMar kiradi.
Geterotrof o ‘simliklarning ayrimlari boshqa organizm hisobiga hayot
kechirgani uchun parazitlar hisoblansa. o’sim lik va hayvon qoldiqlari
yoki chirindilar hisobiga yashaydiganlari saprofitlar deyiladi.
5

Saprofit
organizmlarning
hayot
faolivati
tufayli
organik
mocldalaming chirishi hamda parchalanib mineral moddalarga
aylanishi, sut kislotali, yog‘ kislotali achish va spirtli bijg‘ish
jarayonlarini amalga oshishi natijasida qatiq, sariyog’. silos, vino,
pivo, non tayyorianadi hamda terilarni oshlashda foydalaniladi.
Avtotrof va geterotrof o ‘simliklaming faolivati natijasida tabiatda
liologik moddalar almashinish jarayoni uzluksiz davom etadi.
Ma’lumki, o ‘sish — bu tirik organizmning hajmi va o‘lchamlarini
kattalashish jarayoni hisoblanadi. 0 ‘simliklaming o‘sishi hujayralar
sonini ortishi va hujayralarning kattalashishi hisobiga amalga oshadi.
Daraxtlar butun hayoti davomida o ‘sadi va tanasi sezilarli darajada
kattalashadi. Odam va hayvonlar organizmida esa voyaga yetish
davridan keyin о ‘sish jarayoni deyarli to ‘xtaydi.
0 ‘simliklarda o‘sish jarayoni maysa davridan to gullaguncha
bo‘lgan davrni o ‘z ichiga olib, keyingi davr rivojlanish jarayonini
davom ettiradi. Rivojlanish davrida gulli o‘simliklarda sifat
o‘zgarishlari kuzatilib. ular gullash va urug‘lash davrini boshlaydi.
Eman daraxti hayotining dastlabki davri urug‘langan tuxum hujayra,
ya’ni zigotadan boshlanadi va ko‘p hujayrali embrion hosil bo‘ladi.
Urug‘ tarkibidagi ko‘p hujayrali embriondan – o‘simlikning ildizi,
poyasi va barglari shakllanadi. Urug‘ unishi jarayonida undan
o‘simta o‘sib chiqadi va niholga aylanadi. Shunday qilib, yosh
o‘simlik niholining o‘sishi tufayli baquvvat, yirik eman daraxti shakl­
lanadi. Biologiya fanlarining muhim fundamental tushunchalaridan
biri – bu hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan tirik organizmlarning
ko‘payish mexanizmi hisoblanadi. Ko‘payish – bu biologik
organizmdan jinsiy yoki jinssiz usulda o‘ziga aynan o‘xshash yangi
avlodni hosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, tiriklikning o ‘ziga xos
jihatlaridan biri hisoblandi. Qarag‘ay turlarining ayrimlari mingyillar
davomida hayot kechirsa, boshqa tirik organizmlar qisqa vaqt
davomida hayotini tugatadi va nobud bo‘ladi. K o‘payish jarayoni
tirik organizmlarni o ‘ziga o‘xshash avlodni qoldirish imkonini
beradi. Ko‘pgina turlarda ko‘payish jarayoni jinssiz usulda amalga
oshadi, y a’ni bunda gametalaming (reproduktiv hujayralar) o’zaro
qo‘shilish jarayoni amalga oshmaydi. Jinssiz usulda ko‘payish
natijasida hosil bo’lgan yangi organizm boshlang‘ich ona avlod
organizmga aynan o’xshash bo‘ladi. Jinsiy usulda ko‘payishda
6

o‘simlik turlarida hosil bo‘luvchi gametalar deb nomlanuvchi
hujayralarning qo‘shilishi amalga oshadi. Bunda gametalar alohida
o‘simliklarda yoki bitta o‘simlikda ham hosil boiishi mumkin.
Gametalar — spermatozoid va tuxum hujayradan iborat jinsiy
hujayralardir. Bu jinsiy hujayralarning qo!shilishi natijasida zigota
hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi o‘simlik rivojlanadi. Jinsiy usulda
ko‘payishda hosil bo‘lgan yangi organizm genetik jihatdan ota yoki
ona organizmga aynan o ‘xshash bo‘imasdan, balki har ikkala ota-ona
organizmlar oelgi-xossalarining o‘ziga xos kombinatsiyasiga ega
bo‘ladi.
0 ‘simliklaming yana bir tiriklik xususiyatlaridan biri, bu tashqi
muhitning ta’siriga javob reaksiyasidir. 0 ‘simliklardagi javob
reaksiyasini shakllanishiga sabab bo‘Iuvchi tashqi ta’sirlar sifatid a-
yorug‘lik nurining rang spektri yoki intensivlik darajasi, harorat,
tuproq qatlami, suv yoki atmosfera havosining kimyoviy tarkibi kabi
tashqi muhit omillarining o‘zgarishlarini rnisol qilish mumkin.
O’simliklarda ekologik omillarga nisbatan javob reaksiyasi hayvon-
lardagi kabi sezilarli darajadanamoyon bo‘lmaydi. Masalan, bo‘ri o’z
o ‘ljasi – quyonga tashlanganda. quyon undan tezkor harakatlanishi
natijasida qochib qolishga intiladi. 0 ‘simliklarda esa tashqi
ta’sirlarga
javob
reaksiyasi
sifatida
o^ish-rivojlanishining
tezlashishi yoki sekinlashishi, ildizlari tuproq qatlamida namlik
qidirib o‘sishi kuzatiladi. Gultuvakda o‘stirilgan o ‘simlik gultuvagi
yotqizib qo‘vilsa, uning ildizi asta-sekin pastga tomon o‘sadi.
O ’simlik poyasi esa poya va novdalarning uchki qismidagi apikal
meristema hujayralarini mitoz usulda boiinishi natijasida yuqoriga
qarab o’sadi. 0 ‘simlik o‘sgan gultuvak yiqitib qo‘yilsa, o‘sirnlik
poyasining yuqoriga qiyshayib o‘sishi boshlanadi. 0 ‘simliklarni
yangi muhitga moslashishi ulami yashab qolishiga imkon beradi.
Moslashish (adaptatsiya) – bu tirik organizmlarning ma’lum bir
tashqi muhit sharoitlarida yashovchanlik darajasi nisbatan yuqori
bo’lishi imkonini beruvchi xususiyatiar yig‘indisi hisoblanadi. Bunda
moslashish tirik organizmning tuzilishi, shakli yoki funksiyalarida
amalga oshuvchi o ‘zgarishlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Masalan, kaktus o ‘simligining qalin, etli poyasi – bu suvni zaxira
shaklida saqlash va o ‘z navbatida, yog‘ingarchilik miqdori kam
bo‘lgan qurg’oqchilik hukmronlik qiluvchi cho‘l mintaqasida o‘sish

imkonini beruvchi moslashish mexanizmi hisoblanadi. Shuningdek,
kaktus o‘simligining poyasini qoplab turuvchi qalin tikonlar uni
o‘txo‘r hayvonlar yeb ketishidan himoya qiluvchi moslashish
mexanizmidir. Har bir tirik organizmda o’ziga xos moslashish
mexanizmlari shakllangan bo‘lib, bu moslashishlar turning spetsifik
shart-sharoitlari bilan tavsiflanuvchi tashqi muhitda yashovchanlik
darajasining ortishini ta’minlaydi. Uzoq vaqt davom etgan evolutsion
taraqqiyot davomida biologik turlarda avioddan-avlodga uzatiluvchi
moslashishlar
shaklidagi
genetik
ozgaruvchanlik
belgilari
shakllangan.
0 ‘simliklar yer yuzining quruqlik hududlarida
yashaydigan odam va hayvonlardan farq qilib, o ‘ziga xos moslashish
mexanizmlariga ega boMgan tirik organizmlar hisoblanadi. Yuksak
tuzilgan o ‘simlik va hayvonlar tashqi ko‘rinishidan yaqqol farq
qilsada, ayrim xususiyatlari bilan o‘xshash hisoblanadi. Ba’zi
o‘simliklar xuddi hayvonlar singari tashqi ta’sirlarga nisbatan javob
reaksiyasini amalga oshiradi. Ayrim o’sim lik turlarida tashqi
ta’sirlarga nisbatan kutilmagan tezlikda, o‘ziga xos javob reaksiyasi
shakllangandir. Pashshaxo‘r o ‘simlik turining (Dionaea muscipula)
shakli o ‘zgargan barglari o ‘ziga xos ikki tavaqali. tikonsimon
o ‘siqchalarga ega. Bu tikonchalar mexanik ta ’sirga nisbatan yuqori
darajada sezgir bo’lib, pashsha turlarini tezlikda tutib olishga
moslashgandir. Hasharotxo‘r o ‘simlikning barg chetlaridagi o‘tkir
tikonchasimon
o‘siqchalarga
hasharot
tegib
ketishi
bilan
qopqonsimon barg tezlik bilan yopilib qoladi va o ‘lja tutib olinadi.
0 ‘simlik bargi ajratgan hazm qilish fermentlari ta’sirida hasharot
tanasi parchalanadi.
Pashshaxo’r kabi
hasharotxo‘r o‘simliklar tarkibida azot moddasi kam bo’lgan
tuproqlarda o‘sganligi uchun ular azotga bo‘lgan ehtiyojini
hasharotlarni tutib olish va «yeyish» orqali qondiradi. Shuningdek,
hayvonlar organizmi huj ay ral arming tashqi devori mavjud emas, bu
hujayralar tashqi tomondan plazmatik membrana bilan o’ralgan
bo‘lib, zoologiyada bu tashqi qobiq hujayraning tashqi membranasi
deb nomlanadi. Yuksak o ‘simliklar turlarida esa – hujayralar tashqi
qobiqqa (devor) ega bo‘lib, bu qobiqning tarkibi selluloza tolalari
yordamida turli xil darajada zichlashganligi uchun mustahkam va
qattiq bo‘ladi. Yuksak o ‘simliklar hujayralarni o ‘zaro bir-biri bilan
bog‘lovchi plazmodesma deb nomlanuvchi mikroskopik kanallarga
8

ega. Yuksak o’simliklar hujayralari bo‘linish jarayonida yangi hosil
bo‘luvchi hujayralar o’rtasidagi qobiq mitozning telofaza bosqichda
shakllanadi. 0 ‘simliklar hujayralarida qayd qilinuvchi plastidalar
hayvon
hujayralarida
uchramaydi.
Shuningdek,
o ‘simlik
hujayralarida ko’pincha katta oicham da mavjud bo’lgan vakuolalar
odatda, hayvon hujayralarida kichik o‘lchamda boMishi yoki mutlaqo
boim asligi ham mumkin. Bundan tashqari hayvonlaming eng muhim
farqlaridan biri bu oziqlanishiga ko‘ra-geterotrof organizmlar
hisoblanishidir. 0 ‘simliklar tirik tabiatning asosiy komponentlaridan
biri bo‘lib, insonlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. 0 ‘simliklar
atmosferani kislorod bilan boyitadi, oziq-ovqat manbai hisoblanadi,
dori-darmonlar, qurilish materiallari. gazlamalar uchun tolalar
tayyorlanadi, qog’oz uchun xomashyo hisoblanadi. Ulardan
oshlovchi, bo‘yoq moddalar, efir moylari, kauchuk, smola kabi
birikmalar olinadi.
Hozirda botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan
biri tabiiy sharoitda uchraydigan o ‘simlik guruhlarini: dasht, cho‘l,
o‘rmon, o ‘tloq va shu kabilar bo‘yicha o’rganib, ulardan xalq
xo‘jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir.
Botanikaning qisqacha rivojlanish tarixi
Botanika fani ham boshqa fanlar qatori jamiyatning talablariga
bogMiq holda rivojlangan. Insonlar qadimdan o’simliklarni oziq-
ovqat sifatida ishlatishgan. Keyinroq foydali birikmalarga ega
boMgan o‘simlikIarni farqlashni va ishlatishni o‘rganishgan. Foydali
o ‘simliklar to‘g‘risidagi dastlabki yozuvlar eramizdan avvalgi 6000-
yillarda 0 ‘rta Osiyoda hozirgi Iroq hududida yashagan shumerey-
larga tegishli bo‘lgan eng qadimgi yodgorliklarda uchraydi. Shubha-
siz, qadimgi bitiklar vujudga kelishiga qadar ham o ‘simliklardan turli
maqsadlarda
foydalanishgan,
ayrim
o ‘simliklarning
foydali
xususiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar odamlaming hayoti davomida
to‘plangan va avloddan avlodga og’zaki vetib kelgan. Insonlar
tomonidan dehqonc’nilik asosini tashkil qiluvchi o‘simlikIar va
madaniy o ‘simliklarni o‘stirish bir necha ming yil avval amalga
oshirilgan. Eramizdan avvalgi 3000-yillarda ko‘knori o‘simligining
urug‘i, rovoch, odamgiyoh (jenshen) va boshqa yow oyi holda
9

o‘suvchi o’simliklarning organizmga davolovchi ta’sir etishi m a’lum
bo‘lgan.
Zardo’shtiylik
dinining
ilohiy
kitobi
«Avesto»da
organizmga ta’sir etuvchi 1000 dan ortiq o ‘simliklarning nomlari va
ta ’sir etish xususiyatlari haqida namunalar keltirilgan. Eng qadimiy
davrlarda yozilgan asarlar – bu tablichkalar (ma’lumot yozilgan
taxtacha) ko’rinishida bo‘lib, Shumer shahridagi qazish ishlarida
topilgan (miloddan oldingi III ming yillikka qadar). Bu Shumer tilida
yozilgan she’riy misralar 145 ta qatordan iborat bo‘lib, unda xantal,
oqqarag‘ay, qarag’ay, toshcho’p, majnuntol, olxo’ri mevalari, noklar,
anjir va boshqa o ‘simliklar haqida m a’lumotlar keltirilgan. Adabiyot
manbalarining guvohlik berishicha. Misr, Hindiston, Xitoyda
miloddan
3000-yil
oldin
davolovchi
o‘simliklardan
foydalanilganligini, eramizning boshlaridan esa – Eron, Gretsiya va
Rimda: 0 ‘rta asrlarda – arab mamlakatlarida, 0 ‘rta Osiyo,
Ozarbayjon, Gruziya, Armanistonda va Yevropa mamlakatlarida
o‘simliklarning dorivorlik xususiyatiarini bilishgan va ulardan turli
kasalliklami davolashda foydalanishgan. Xitoy, Hindiston, Tibet
tabobatida shifobaxsh o‘simliklardan keng qo‘llanilgan. Miloddan
avvalgi
3216-yillarda Xitoy
imperatori
Shennun tibbiyotga
bag‘ishlab yozgan «Веп-sao» kitobida o’simliklarning ahamiyatga
ega boMgan qismlarini ta’riflab bergan. Yunon favlasufi va
tabiatshunosi
Aristotel
(miloddan
avvalgi
384-322-yillar)
hayvonlarga qiziqishi bilan birga
0
‘simliklar haqida ham ancha
ma’lumotlar to ‘plagan. Uning « 0 ‘simliklar nazariyasi» kitobi
bizgacha yetib kelmagan. Aristotelning shogirdi Teofrast (371-286)
o‘zining « 0 ‘simliklaming tabiiy tarixi» nomli asarida o ‘sim!iklarni
hayotiy shakliga ko‘ra to’rt guruhga: daraxt, buta, chala buta va
o‘tlarga boMgan. Teofrastni Karl Linney «botanika fanining otasi»
deb nomlagan. Rim tabiatshunosi Katta Pliney (23-79) «Tabiat
tarixi» asarida lOOOga yaqin o’simliklami tasvirlab bergan. Qadim
zamonning mashhur tabiblari Gippokrat, Dioskorid, Galin va
boshqalar davolovchi o ‘simliklardan keng foydalanganlar. Gippokrat
ikki yuzga yaqin o ‘simlik turlarining xossalarini ta’riflagan.
Keyinchalik Dioskorid ham taxminan 400 ga yaqin o ‘simliklami
nomlagan va ularning xususiyati haqida ma’lumot bergan. 0 ‘rta
Osiyoning buyuk olimlari – Beruniy va Ibn Sino
0
‘simliklar va
ulardan foydalanish haqidagi ilmiy mulohaza va tadqiqot natijalarini
1 0

o‘z asarlarida bavon qilishgan. Abu Rayhon Beruniy foydali
o’simliklarning batafsil tavsifini keltirgan va ko‘plab o ‘simliklarni
sistemalashtirgan. U o‘zining farmakognoziyaga bag‘ishlagan
«Saydana» asarini umrining oxirgi yillarida (1041-1048) vozgan
bo‘lib, 750 tur o‘simliklaming botanik tavsifi, geografik: tarqalishi
haqida ma’lumotlar keltirgan. Asarda o‘simliklar olib kelinadigan
400ta mamlakatlarning nomlari tilga olingan ( 0 ‘rta Osiyo, Afg‘o-
niston, Eron, Arabiston. Armaniston, Azarbayjon va boshqalar).
Ayniqsa, oobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning 450 dan ortiq asar
yozganligi qayd etilgan bo‘lib, shuiardan 43 tasi tabobatga oid, 23
tasi tibbiyot ilmiga bag’ishlangandir. Ibn Sino ko‘p tomli boMgan
«Tib qonunlari» asarini yaratuvchisi sifatida dong taratgan, u 0 ‘rta
Osiyo va unga chegaradosh boMgan mintaqalarda o’suvchi bir qancha
o ‘simliklar
turlarini
o’rgangan
va
o‘simliklardan
olingan
preparatlardan muvaffaqiyat bilan va keng koMamda foydalangan.
«Tib qonunlari» kitobida taxminan 900 ta o‘simlikni qoMlash usullari
va ularning tavsifi keltirilgan. Uning tibbiyot faniga oid nazariy va
amaliy masalalarga bag‘ishlangan eng yirik asari «Tib qonunlari»
boMib, u beshta kitobdan iborat, ularning har biri ma’lum sohani
izchil va har tomonlama yoritib bergan. «Tib qonunlari» asari 0 ‘rta
Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlarida XV-XVII asrlar
davomida bir necha rnarta nashr etildi va botanika fanining
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Buyuk sayohatchilar Xristofor
Kolumbning Amerikaga (1492) hamda Vasko de Gainaning (1498)
Hindistonga borishi va u yerdan oziq-ovqat, dori-darmon boMadigan
o ‘simliklarning meva, urug”, tugunaklarini olib kelishi botanikada
butunlay yangi burilish davrini boshlab berdi. O’sha davrda boshqa
hududlardan olib kelingan o ‘simlik urugMari Italiya hamda
Venetsiyadagi botanika bogMarida ekib o‘stirilgan. Iialiyalik botanik
Andrea Sezalpin o‘simlik!ar sistematikasiga hissa qo‘shgan olimlar
qatoriga kiradi. U o‘simliklarni ikkiga: yog‘ochli (daraxt va buta,
chala buta) va o‘t o‘simliklariga boMadi, ularni sinflarga ajratishda
meva, uya va urugMar sonini hamda murtak tuzilishini asos qilib
olsada, u varatgan sistema sun’iy sistema edi. Shved tabiatshunosi
Karl Linney (1707-1778) o‘zining «Botanika falsafasi» (1751) nomli
asarida 1000 ga yaqin atamalami tanga kiritadi. Keyinchalik Linney
(1753)
«O’simlik
nirlari»
degan
asarini
yaratadi.
Linney
1 !

sistematikaga
qo’sh
nomlashni
(binar
nomenklaturani)

o‘simliklarni turkum vatur nomlari bilan birga atashni kiritdi. Linney
o ‘simliklarni 24 sinfga ajratishda faqat changchilar sonini va ularning
joylashishini hisobga oladi. Shuning uchun ham u yaratgan sistema
sun’iy sistema deb e ’tirof qilinadi. XVII asrning oxiri va XVIII
asming boshlarida K.F. Volf (1733-1794), nemis shoiri hamda
tabiatshunosi I.V. Gyote (1749-1832), O.P. Dekandollar tomonidan
«metamorfoz to ^’risid ag i ta’limot» yaratiladi. K.F. Volf gulkosa-
chabarg va gultojibargni shakli o ‘zgargan barg deb hisoblaydi. I.V.
Gyote o‘zning (1798) « 0 ‘simliklar metamorfozi to’g’risida tajriba»
asarida bargning shakli o ‘zgarishidan gulkosachabarg. gultojibarg,
changchi va urug‘chi vujudga kelgan degan fikmi o ‘rtaga tashlagan.
Shveysariyalik botanik O.P. Dekandol (1778-1841) o ‘z davrining
yetuk mutaxassis bo‘lib, o ‘simlik morfologiyasi, fiziologiyasi va
sistematikasi bilan shug‘ullangan. Uning «Botanikaning elementar
nazariyasi» (1813) nomli asarida o‘simliklarning morfologik va
anatomik tuzilishi yoritib berilgan. Keyinchalik uning « 0 ‘simliklar
dunyosining tabiiy sistemasi» (1818) nomli asari nashr etilgan. XVIII
asr oxirida fransuz botanigi Antuan De Jyusse (1740-1836) birinchi
marta o ‘simliklarning tabiiy sistemasini tuzadi. U yaratgan
o‘simliklar sistematikasida qarindoshlik belgilari asos qilib olinadi.
Mashhur fizik Robert Guk (1635-1703) o ‘zi yasagan mikroskop
yordamida po‘kak kesmasini ko‘radi va ularni hujayradan
tuzilganligini aniqlaydi. Nemis botanigi M.Ya.Shleyden 1838-yilda
o‘simlik hujayralardan tashkil topgan degan nazariyani ilgari surdi.
1839-yilda esa T.Shvan hujayra nazariyasini yaratadi. 0 ‘simliklar
anatomiyasi va sitologiyasining rivojlanishida I.D.Chistyakovning
(1843-1877) xizmatlari katta. U hujayraning mitoz bo‘linishini
birinchi bo‘lib aniqladi. Charlz Darvin va Alfred Uollis tomonidan
birinchi marta biologik turlarning tabiiy tanlanish mexanizmi
haqidagi fikrlar bildirilgan. Charlz Darvin o’zining 1859-yilda nashr
qilingan — «Turlarning tabiiy tanlanish asosida kelib chiqishi» deb
nomlangan kitobida biologiya va geologiyaga oid ko’plab dalillar
asosida tabiiy tanlanish jarayonini aniq misollarda ko‘rsatib bergan.
U hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan biologik turlar xilma-xilligining
sababi
evolutsiva
davomidagi
biologik
organizmlarning
modifikatsion
o’zgarish
natijasidir
deb
hisoblagan.
Charlz
12

Darvinning evolutsiya nazariyasi hozirgi kunda mavjud boMgan
biologiya fanlarining iaraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. Uning
amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari kuzatishlar va eksperimental
usulga tayanilgan bo‘lib, Yer yuzida biologik turlarning xilma-
xilligini izohlash va ularning kelib chiqishini o‘rganishda muhim rol
o’ynagan.
Biolog olimlarning taxmin qilishicha, rivojlanish
nazariyasi hozirgi vaqtda mavjud boMgan sodda hayvonlardan tortib
millionlab turli xil murakkab organizmiargacha boMgan keng
koMamdagi taraqqiyotni o‘z ichiga qamrab oladi. Evolutsion
taraqqiyot nazariyasi bizga tirik organizmlar xilma-xilligining
sababini aniqlashga imkon beradi. Nemis botanigi Vilgelm
Gofmeyster 1851-yilda «Yuksak spoiahlarning unib chiqishi,
rivojlanishi va generatsiyasini chog’ishtirish» nomli asarini yaratishi
bilan embriologiyaning rivojlanishiga asos soldi. Keyinchalik A.S.
Fominsin (1835-1918) yopiq urugMi o’simliklar murtagining
dastlabki taraqqiyotini o‘rganadi. I.N.Gorojankin (1848-1904) 1883-
yilda qarag‘ay
daraxtining urugManish jarayonini
amqladt.
Keyinchalik volvokslarning jinsiy ko’payishini ham aniqlagan. N.I.
Jeleznov (1816-1877) gulning paydo boMish nazariyasi to ‘g ‘risida
ilmiy asar yozgan. S.G. Navashin 1889-yilda yopiq urugMi
o ‘simliklardagi qo‘sh urugManish iarayonini aniqladi. XIX asming
boshida
Aleksandr
Fridrix
Vilgelm
Gumboldt
o ‘simliklar
geografiyasi faniga asos soldi. 0 ‘simliklar geografiyasining
rivojlanishida rossiyalik olim Andrey Nikolaevich Beketovning
(1825-1902) ham xizrnatlari katta boMib, 1896-yili uning « 0 ‘sim-
liklar geografiyasi» nomli asari nashr qilinadi. N.I.Vavilov irsiy
o’zgaruvchaniik to‘g‘risidagi gomologik qatorlar qonunini va mada-
niy o ‘simliklarning kelib chiqish markazlari to‘g’risidagi nazariyani
yaratadi.
0 ‘zbekiston o’simliklar dunyosining paydo boMishi, floristik
tarkibi, rivojlanishi va hozirgi holati hamda ulardan oqilona foydalanish
yoMlarini yoritib berishda respublikamizda faoliyat ko’rsalgan va ijod
qilayotgan A.I.Vvedenskiy, E.P.Korovin, M.G.Popov, Q.Z.Zokirov,
A.M.Muzaffarov,
I.I.Granitov.
J.K.Saidov,
A.A.Abdullayev,
N.A.Amirxonov,
O.A.Ashurmetov,
A.Ya.Butkov,
V.A.Burigin,
M.M.
Nabiyev,
V.P.Pechenitsin,
M.I.Ikramov,
0 ‘.P.Pratov,
F.N.
Rusanov,
V.A.Rumi,
S.S.Sahobiddinov,
J.Yu.Tursunov,
13

O’.H.Hasanov, R.Sh.Shoyoqubov, R.X.Xudoyberdiyev kabi olim-
laming
hissasi
kattadir.
Tntrodukter
olimlar:
F.N.Rusanov,
Yu.M.Murdaxayev,
I.V.Beloiipov,
L.X.Yoziyev,
N.F.Rusanov
tomonidan salmoqli ilmiy ishlar amalga oshirilishi natijasida
0 ‘zbekiston florasi yanada yangi o‘simlikIar bilan boyitildi.
0 ‘zbekistonda mikologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
olimlardan P.N.Golovin, S.S.Ramazanova, A.Sh.Sheraliyev, B.O.Ha-
sanov, M.A.Zuparovlar floramizda tarqalgan zamhurugMami chuqur
o’rgandilar va ko‘plab yangi turlarni aniqladilar.

O’simliklar fiziologiyasi kitob pdf

Qishloq xo`jaligi oliy o`quv yurtlarida o`qitilayotgan botanika kursi o`simlikshunoslikning nazariy asosi hisoblanadi. Shuning uchun bo`lajak o`simlikshunoslar, o`rmonchilar, agronomlar va boshqalar botanika va o`simliklar fiziologiyasini o`qitish jarayonida ularning kelajakdagi nazariy va amaliy faoliyatlari uchun doimiy zarur bo`ladigan o`simliklarning anatomik tuzilishi, morfologik qonuniyatlari va sistematik kategoriyalari bilan tanishishlari har jihatdan foydalidir. O`quv qo`llanmada har bir bob uchun tegishli illyustrativ materiallar, nazorat savollari, test topshiriqlari berilgan.

Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring

Elektron kutubxona

  • O’quv adabiyotlar
  • Monografiyalar
  • Badiiy adabiyotlar
  • Uslubiy qo’llanmalar
  • Avtoreferatlar va dissertatsiyalar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Bizning manzil

  • Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
  • +998 (66) 233 28 63
  • sammu@sammu.uz

Xarita

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Qiziqarli malumotlar
O’simliklar fiziologiyasi kitob pdf