OPTIK SPEKTRLAR
OPTIK SPEKTRLAR — ultrabinaf-sha (toʻlqin uzunligi 1 1 > 3800A) va in-fraqizil (1 > 7600A) nurlar, yaʼni 100 dan 0,01 mikrongacha uzunlikdagi toʻlqinlar sohasini oʻz ichiga oladigan spektrlar. Koʻpincha, spektr nurlanuvchi manba tabiatiga qarab ajratiladi. Shunga asosan, atom va molekula tash-qi elektron qobiqlari jarayonlarida, molekulalarning aylanma va tebranma harakatida hamda qattiq yoki suyuq moddani qizdirish va lyuminessensiya vaqtida chiqadigan spektrlar Optik spektrlar dir. Optik spektrlar tutash (uzluksiz), chizikli va yoʻl-yoʻl xillarga boʻlinadi. Qizdirilgan qattik. yoki suyuq moddalar tutash Optik spektrlar chiqaradi; bunda uzluksiz turli (qizil, toʻq sariq, yashil, koʻk, havo rang, bi-nafsha) spektrlar paydo boʻladi. Yuqori t-rada yaraklaydigan gaz va modda bugʻlari chiziqli va yoʻl-yoʻl Optik spektrlar chiqaradi. Chizikli spektrlar ayrim chiziklardan iborat boʻlib, atomlarga xos (q. Atom spektrlari). Yoʻlyoʻl spektrlar molekulalar nurlanishi boʻlib, har bir yoʻl alohida chiziqli spektrlardan iborat.
Ensiklopediya.uz
OPTIK SPEKTRLAR