Onasi haqida insho yozgan bola judayam tasirli (oxirigacha o qing)

Onasi haqida insho yozgan bola judayam tasirli (oxirigacha o qing)

Har bir inson do’stiga muhtoj – ruhi jihatidan sizga yaqin odam, u bilan vaqt o’tkazish qiziq bo’lgan odam. Do’st – bu sizni qayg’uda ham, quvonchda ham qo’llab-quvvatlaydigan, har doim maslahat va amalda yordam berishga harakat qiladigan odam.

Ona tili videokursi

Kurs orqali siz Hozirgi o‘zbek adabiy tilining kelib chiqishi, yasalishi, grammatikasi va boshqa nozik qirralari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Har bir videoga oid testlar bilan bilimlaringizni tekshirib boring.

57 Ovoz berildi
499000

Nimalarni o‘rganasiz

  • O‘zbek tilining taraqqiyot boshqichlarini o‘rganadi
  • Tovush va harflarni va ularni farqlash
  • So‘zni asos va qo‘shimchalarga ajratish
  • So‘zning grammatik ma’nosi, so‘z turkumlari va ularning grammatik shakllarini
  • So‘zlarning bog‘lanishi, gap va uning turlarini
  • To‘g‘ri yozish qonun-qoidalarini
  • Tinish belgilarining to‘g‘ri ishlatilishini

O‘qituvchilar

O‘quvchidan talablar

  • # Son, sifat, fe’l haqida boshlang‘ich va umumiy tushunchalarga ega bo‘lish
  • # Qo‘shimchalar haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish
  • # Ega va kesim haqida boshlang‘ich tushunchaga bo‘lishi

Kurs haqida

Berilgan kurs 70 dan ko‘proq mavzularga bo‘lingan bo‘lib, abituriyentlarni kirish test imtihonlariga tayyorlashga, litsey va kollej o‘quvchilariga doimiy darslariga yordam berishga, maktab o‘quvchilarining darslarda ona tilini osonroq o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish uchun tayyorlangan.

Videodarslarda testlarda va darsliklarda ko‘p uchraydigan misollar qo‘llanilib tushuntirilgan.

Kursda tilning kelib chiqishi, til bo‘limlari, imlo qoidalari, shuningdek, o‘zbek tili grammatikasiga oid nozik nuqtalarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Har bir videodarsdan so’ng, mavzuga doir testlar berilgan bo’lib, testlarni ishlash orqali nafaqat mavzuni qay darajada o ‘zlashtirganingizni bilib olishingiz mumkin, balki mavzuni uzoqroq muddatga eslab qolishingizga ham xizmat qiladi.

Onasi haqida insho yozgan bola judayam tasirli (oxirigacha o’qing).

Badavlat kishi kibr ila etikdo’z bolaga:
– Poyafzalimni tozala, – deb buyurdi.
Bolakay: – Hop bo’ladi, janob, – dedi.
Kishi: – Tezroq bo’l, tezroq! – dedi jirkib-xo’mrayib.
Bolakay: – Qayerga shoshayapsiz, janob? – dedi.
Kishi mensimay: – Sen bir hashorat pashsha bo’lsang, nima ishing bor qayerga shoshyapganim bilan, – dedi, aftini buzmaytirib.
Bolakay: – Janob men pashsha emasman, men ham Ollohning yaratgan bir bandasiman – dedi, ma’yuslik bilan. Kishi: – Yaramas bola ekansanku, hoziroq jim bo’lmasang, shapaloq tushiraman! – dedi, asabi buzilib.
Bolakay asta xo’p bo’ladi, janob! Lekin sizga bir savolim bor edi. – dedi.
Kishi: – Tezroq so’ra, shoshib turibman! – dedi, qoshini chimirib.
Bolakay: – Men bilan teng bolalaringiz yo’qmi? – dedi, sekin boqib.
Kishi: – Sen bilan borabar farzandim bor edi, lekin bir necha yil ilgari uni yo’qotib qo’yganman. – dedi, o’yga tolib.
Bolakay: – Uni yaxshi ko’rarmidingiz? – dedi.
Kishi: – Qalbimdagi eski yaralarimni tirnama. – dedi, mahzun bo’lib.
Bolakay ikkinchi marta: – Yo’qolgan bolangizni yaxshi ko’rarmidingiz?! – deya so’radi.
Kishi: – Senga nima?! – dedi, ensasi qotib.
Bolakay uchinchi bor so’radi: – Yo’qolgan bolangizni yaxshi ko’rarmidingiz?! – dedi.
Kishi: – Qanidi uni uchratsam, – dedi.
Bolakay: – Men sizning bolangizman, – dedi.
Kishi: – Bolalarim sen kabi isqirt hayot kechirmaydilar, – dedi, istehzoli kulib.
Bolakay: – Alloh nomiga qasam ichaman! Men sizning bolangizman! – dedi, yolvorib.
Kishi bolakayni oyog’i bilan tepib-itarib yuborib: – Boshqa bu gapingi takrorlama. – dedi, o’shqirib.
Bolakay ko’zlari jiqqa yosh bo’lib: – Siz dadamsiz. axir, dadam, – dedi.
Kishi: – Bu gapni qaerdan olding, ahmoq bola? – dedi, jahli chiqib.
Bolakay: – Bir yil oldin onam vafot etdi. O’limidan oldin meni mana shu uyning oldiga olib kelib, «shu erda dadang yashaydi» dedi. Men har kuni tongda kelib sizni uydan chiqishingizni kutib turar, chiqsangiz oyoq kiyimingizni tozalab qo’yib, sizga yaxshilik qilmoqchi bo’lish ilinjida bo’laman, – dedi, yig’lab.
Kishi: – Onang kim? – dedi, hayratlanib, mayn ovozda.
Bolakay: – Menga homilador bo’lganini eshitib, yarim kechasi ko’chaga quvganingiz o’sha ayol mening onam edi, bechora onam, jannatim – onam! – dedi, ko’zlaridan ko’zyoshlarini tinmay oqizib.
Kishi: – Nimaaa? – dedi, ajablanib.
Bolakay: – Otajon elkangizda chandiq izi bor, – dedi, ishonishiga umid qilib
Kishi: – Sen. Se-e-en. – dedi – yu, tiz cho’kib qoldi.
Bolakay: – Ismim nima bilasizmi? – dedi.
Kishi: – Isming nima, bo. o. o..lam?! – dedi.
Bolakay: – Ismim, sizning ismingiz, dada! – dedi.
Kishi: – Nima uchun, mening ismim senga qo’yildi? – dedi, ta’ajjublanib.
Bolakay: – Onam odamlar meni sizning ismingiz bilan chaqirishlari va kun kelib sizga yo’liqishimni juda umid qilgandi, – dedi, boshini egib.
Kishi: – Onang qaerda? – dedi, savolga tutib.
Bolakay: – Onam vafot etgan. U menga «otangni qidirib top, unga yaxshilik qil! Xizmatini qil, shoyad shu sabab jannatga kirsang» deb vasiyat qilgan, – dedi, iltijo qarash qilib.
Kishi chidab turolmay hammani oldida yig’lab yubordi. Ko’z yoshlari yuzini yuvdi.
Bolakayni mahkam quchdi va: – Bolajonim seni qanchalar sog’inganimni bilsayding. – dedi.
Bolakay: – Onamni hech ham sog’indingizmi?! – dedi.
Kishi jim bo’lib qoldi, hatto yuzi qizarib ketti.
Bolakay: – Nimaga jimsiz, dada? Onam menga aytgan edilar, ikkinchi xotiningiz onamni taloq qilishingizni va shu paytgacha biron marta ko’rmagan farzandingizdan voz kechishingizni shart qilgan ekan, shuning uchun bizdan kechdingizmi? Onam qanchalar qiynalganini bilganingizda edi. shunda ham meni sizga nisbatan mehr bilan ulg’aytirdi. Sizni yomonlamasdi. – dedi.
Kishi afsus nadomat ichra sukut saqlardi. Bir yaqiningizni deb, boshqa yaqiningizdan aslo kechmang! Ularga bir xil munosabatda bo’ling! Bu ishingizda Alloh yordam berishini so’rang!

O’z hirsingizni deb, boshqalarning umrini, baxtini zoe qilishdan qo’rqing!

. Faqat onagina bizni butun umr ko’tarib yuradi!
. 9 oy qornida,
. uch yoshgacha qo’lida,
. butun umr o’z yuragida.

. Ona shunday insonki, u hammaning o’rnini bosadi, biroq uning o’rnini hech kim bosa olmaydi.
. Onalar eng katta mehnatkashlardir. U o’zining tishsiz jajji ho’jayinining bitta kulgisi uchun;
. maoshsiz,
. dam olish kunlarisiz,
. va tushlikka chiqmasdan ishlashga tayyor.
. Onaning mehr~muhabbati shinam hovli kabi. Hamisha issiq va quyoshli.
. Onalar doim yordamga keladi, hatto ular yonimizda bo’lmasa ham.
. Ona qalbi hamisha kechirim tuyg’usi topiluvchi tubsizlikdir !!

Ona tilim — a’lo tilim

Oktabr oyi ta’lim muassasalarida filologiya yo‘nalishidagi fanlar oyligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan maktablarda ona tilimizga bag‘ishlangan tadbirlar, badiiy kechalar o‘tkaziladi. Respublika ta’lim markazi o‘qituvchilarga qo‘llanma sifatida ushbu adabiy-ma’rifiy kecha senariysini tavsiya etadi.

Maktab zali bayramiga mos qilib bezatiladi. Ona tili haqida allomalar so‘zlari bitilgan shiorlar ilinadi. Davlatimiz bayrog‘i, gerbi sahnaning yuqori qismida turadi. Sahna to‘rida “1989-yil 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” deb yozilgan. O‘ng burchakda “Turkiy tillarning shajara daraxti” o‘z bezagi bilan sahnaga ko‘rk qo‘shadi. Mehmonlar to‘plangach, O‘zbekiston madhiyasi yangraydi.

Mirtemirning “Ona tili” she’ri o‘qiladi.

Ona tilim — onajonim tili bu,

Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

El-u yurtim, xonumonim tili bu,

Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.

Bobolardan bizga meros ezgu til,

Avlodlarga xazinayi bebaho.

Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,

Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.

Ham samimiy, ham hovuri,

Ko‘z yoshidan, oq sutidan,

Jilg‘alarning sho‘x g‘ovuri,

Yo‘g‘rilgan til — ona tilim.

Cho‘ponlarning qamish bayti,

Go‘ro‘g‘lining alp siymosi,

She’r o‘qilishi mobaynida o‘quvchilar sahnada ovozsiz, bir vaqtning o‘zida ikki daqiqalik “Ona allasi”, “Ustoz — shogird” kompozitsiyasini yaratadilar.

She’r tugagach davrani olib boruvchilar sahnaga chiqishadi.

1-boshlovchi: — Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil bo‘ldi. Bayram tadbirimizga xush kelibsiz!

2-boshlovchi: — Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham — til. Shu sabab onadek aziz tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

1-boshlovchi: — Darhaqiqat, inson o‘z ona tilida so‘zlab ulg‘ayadi, kamolga yetadi. Komillikning bi­rinchi belgisi til orqali namoyon bo‘ladi.

2-boshlovchi: — Zero, nutqning go‘zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o‘ziga xos husndir. Unda oxir-oqibatda jamiyatning, millatning ma’naviy qiyofasi aks etadi.

1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ti­limizga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, uning rivoji yo‘lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbek tilining davlat tili ekani Konstitutsiyamizda qayd etildi. Bosh Qomusimizning 4-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluv­chi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlar va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi, ularning rivoj­lanishi uchun sharoit yaratadi”. Biz bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz.

So‘z maktab direktoriga beriladi. So‘ng Erkin Vohidov qalamiga mansub ona tilimizni madh etuvchi “Ona tilim o‘lmaydi” she’ri o‘quvchilar tomonidan aytiladi.

Musiqa sadosi ostida sahnaga ona va farzand obrazidagi o‘quvchilar chiqib keladi.

Ona: — Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o‘z yurtiga fidoyi, mard pahlavonlarim. Ona tilimizni hamisha asrab-avaylanglar. O‘z tilimiz qatori qardosh tillarni ham o‘rganib, hurmat qilinglar. Siz­larga aytar so‘zim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o‘rinli foydalanishga hara­kat qiling, go‘zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon bo‘ladi. “Yaxshi so‘z — jon ozig‘i”, deganlaridek shirinsuxan bo‘linglar.

Farzand: — Munis onajon, har bir so‘zingiz biz uchun bebaho. Chunki o‘zingiz bu tuyg‘uni, mehrli allangiz ila ko‘nglimizga jo etgansiz.

(Sahnaga yana boshlovchilar chiqadi).

1-boshlovchi: — Tilimizning barqarorligi o‘zga tillar bilan hamjihatligidadir. Bugun 20 dan ortiq tillar oilasi mavjud. Endi e’tiboringizni ona tilimiz tarixiga qaratsak.

O‘quvchilar sahnadagi “Shajara daraxti”ga bog‘langan turli tasmalarni hilpiratadilar. Tasmalarga turkiy tillar oilasiga mansub o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur, tatar, qoraqalpoq kabi so‘zlar yozilgan.

1-o‘quvchi: — Keling, birgalikda tilimizning tarixi­ni, qudratini, madhini kuylaylik.

2-o‘quvchi: — Bu azim daraxtning ildizi shunchalik mustahkamki, har bir bo‘g‘inida buyuk kutubxona mavjud.

3-o‘quvchi: — Bu tilda Rabg‘uziy “Qisasi Rabg‘u­ziy” asarini yaratdi.

4-o‘quvchi: — Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asari bilan til tarixidan so‘zladi.

5-o‘quvchi: — Alisher Navoiy turkiy tilda “Xa­zoyin ul-maoniy”dek bebaho va “Xamsa”dek shohona asarini yaratib, so‘z mulkining sultoni bo‘ldi.

6-o‘quvchi: — Zahiriddin Muhammad Bobur betakror “Boburnoma” asari orqali xalq yuragidan joy oldi.

7-o‘quvchi: — Forobiy “Fozil odamlar shahri” kitobini bitdi.

8-o‘quvchi: — Darhaqiqat, ne-ne allomalarimiz ona tilimizning qudrati bilan ezgulikdan so‘zladi, buning barobarida jamiyat yuksaldi.

(Til tarixidan so‘zlovchilar musiqa sadolari ostida sahna ortiga o‘tadi).

1-boshlovchi: — Tilimizning buyukligi, serqirra va sirli jozibasini Navoiy bobomiz singari barcha o‘zbek shoir va adiblari o‘z asarlarida isbot qilishga harakat qilmoqda. O‘zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o‘qimang, tilimiz sizni faqat ezgulikka chorlaydi.

2-boshlovchi: — Tilning buyukligi shundaki, kishilarning ma’naviyatini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka undaydi.

1-boshlovchi: — Keling, navbatni mushoiraga beramiz. Bunda ona tili saboqlarini “Fonetika”, “Morfologiya”, “Sintaksis” guruhlaridan tinglaymiz.

(Nomlari alohida qayd etilgan holda, sahnaga uch guruhda besh nafardan o‘quvchi chiqadi. Har bir guruh­ga she’riy ta’rif beriladi).

Shundan so‘ng sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. O‘quvchilar shoh, vazirlar va Alisher Navoiy timsolida ishtirok etadi.

Sahna ko‘rinishining qisqacha mazmuni: shoh vazirlariga: “Menga dunyodagi eng shirin va eng achchiq narsani keltiring”, — deydi. Vazirlar shohga juda ko‘p narsalarni ko‘rsatadilar. Shoh bularni rad etadi. Shunda vazirlar Navoiyning huzuriga boradi. Bo‘lgan voqeani aytib beradi. Navoiy o‘ylab ko‘rib: “Shohi­ngizga til olib boring”, — deydi. Ular podshohga til olib borishadi. Shoh bu jumboqni Navoiy topganini bilib, uni huzuriga olib kelishlarini buyuradi. Shoh unga sarpolar hadya etib, uni vazir etib tayinlaydi.

T.XUDOYQULOV, Respublika ta’lim markazi metodisti

Ona tili haqida insho rejalari

Har bir inson do’stiga muhtoj – ruhi jihatidan sizga yaqin odam, u bilan vaqt o’tkazish qiziq bo’lgan odam. Do’st – bu sizni qayg’uda ham, quvonchda ham qo’llab-quvvatlaydigan, har doim maslahat va amalda yordam berishga harakat qiladigan odam.

Ammo hammamiz do’st bo’lishni bilamizmi? Va umuman olganda – haqiqiy do’stlik nima? Shunday bo’ladiki, ikki kishi doimiy ravishda muloqot qiladi, ko’p vaqtni birga o’tkazadi, lekin ba’zilarida muammo yoki quvonch bor va mustahkam do’stlik yo’qoladi. Bunday odamlar odatda sinovdan o’ta olmagan deyishadi. Ulardan ba’zilari boshqasining muammolaridan qo’rqishgan, aralashishni xohlamagan, tashvishlanishgan . Va bundan ham battarroq bo’ladi – bir do’st boshqasiga hasad qila boshladi: uning yutuqlari, quvonchlari, g’alabalari . Haqiqiy do’stlik deb aytishmaydi baxtsizlik emas, quvonch bilan sinovlanadi.

Xo’sh, mening fikrimcha, haqiqiy do’stlik nima? Menimcha, bu yillar davomida sinovdan o’tkazilishi kerak. Odamlar ko’p yillar davomida do’st bo’lib kelganlarida, ular birgalikda ko’p narsalarni boshdan kechirgan va “kuch sinovi” dan o’tgan. Haqiqiy do’st, menimcha, sizga faqat yaxshilik tilaydi, har tomonlama yordam berishga, hayotingizni yanada yaxshilashga harakat qiladi. Bu degani, u doim sizga yoqimli narsalarni aytadi, umuman emas! Aksincha, haqiqiy do’st, bir nechtasidan biri, butun haqiqatni yuzingizga ayta oladi, biron narsaga ko’zingizni ochadi, qayerda xato qilganingizni ko’rsatib beradi. Axir, bu juda muhim – o’z vaqtida to’xtash yoki to’g’ri yo’nalishga yo’naltirish, xatolaringizni tushunishga yordam berish.

Haqiqiy do’st hech qachon xiyonat qilmaydi, sizni hech qanday foyda yoki foyda bilan almashtirmaydi. Siz unga kunning istalgan vaqtida qo’ng’iroq qilishingiz va yuragingizdagi hamma narsani aytib berishingiz, baham ko’rishingiz va qo’llab-quvvatlashingiz mumkin.

Albatta, do’stlik bu ikki tomonlama tushuncha. Ikki kishi o’zaro munosabatlarni teng ravishda qadrlashi, himoya qilishi, asrashga harakat qilishi kerak. Va keyin, mening fikrimcha, do’stlik haqiqatan ham mustahkam va mustahkam bo’ladi.

Qiziqarli malumotlar
Onasi haqida insho yozgan bola judayam tasirli (oxirigacha o qing)