Ona tili elektron darslik

Ona tili elektron darslik

O’zbek – jahon xalqlari orasida birinchilardan bo’lib, turkiy xalqlar o’rtasida esa eng oldin o’troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo`shgan milatdir. (Jahon qomusiy lug`ati)

Ona tili fanidan elektron darslik, Til va yozuv tarixi

4. hozirgi o’zbek tili kabi taraqqiyot bosqichlariga bo’linadi.

1. Qadimgi turkiy til miloddan oldingi davrlardan X asrgacha qo’llangan.

Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar bir necha davrlarga bo’ladilar:

a.Oltoy davri.

b.Eng qadimgi turk davri.

c.Qadimgi turk davri.

d.O’rta turk davri (hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanish hamda rivojlanish davri).

1893-yil 25-noyabr kuni V.Tomsen birinchi bo’lib bitiktoshlar sirini ochganligini e’lon qildi. Bu vaqtda V.V.Radlov 10 ta harfni o’qib ulgurgandi. Mazkur sirli yozuvlar turk xalqiga tegishli ekan. Enasoy hamda O‘rxun daryolari havzalaridan topilgani uchun ular O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb atala boshlandi. Hozirda ularning 700 ga yaqin namunalari fanga ma’lum.

budun – xalq; bilig – bilim; ingek – sigir; yag’i- yov, dushman; batsiq – g‘arb; ko’ch – urug‘, zot; o’kush – ko‘p; o‘z – jon, vujud; art – tepa, dovon; erik – mard, botir, erkin.

2. Eski turkiy til XI – XII asrlarda amalda bo`lgan.

Qoraxoniylar tomonidan ikki rivojlangan madaniy markazning – sharqda uyg’ur madaniyatining va g’arbda, Markaziy Osiyoda, turk-eron madaniyati.

Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» nomli qomusiy asari qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo‘nalishiga asos soldi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (Baxt keltiruvchi bilim) asari

Xo’ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq»

«Turkiylar, aslida, 20 qabiladir. Har bir qabilaning allaqancha urug’lari bor. Men bulardan asosiylarini – ona urug‘larini yozdim, shaxobchalarini tashladim. O’sha davrda bajanak, qipchoq, o’g’uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg’iz, chigil, tuxsi, yag’mo, ig’raq, uyg’ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil qilgan. Ulardan eng yengili – o’g’uz; eng to’g’risi, yaxshisi – yag’mo, tuxsi; eng ochiq, ravon til – Xoqoniy o’lkasida yashovchilarning tilidir».

Eski turkiy tilga oid so’zlar.

ko’kramak – na’ra tortmoq; sandilach – sa’va; qirg’ilach – qaldirg’och; sandug’ach – bulbul; elig – hukmdor; bo’gu – dono; al – qizil; ko’ni- to’g’ri, rost, haqqoniy.

3. Eski o‘zbek adabiy tili. XII XIII asrlardan XX asr boshlarigacha Lutfiy, Atoyi, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Feruz, Muqimiy, Furqat kabi mumtoz shoirlarimizning shoh asarlari yozilgan eski o‘zbek tili hozirgi o’zbek tilining shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan.

ikki adabiy til an’anasi – sharqiy (qarluq-uyg’ur) adabiy til va g’arbiy (qipchoq-o’g’uz) adabiy til o’zbek tili­ning shakllanishiga xizmat qildi. Xususan, g’arbiy til an’anasida yozil­gan Qul Alining «Qissayi Yusuf» dostoni (1239-yil) hamda sharqiy til an’anasida yozilgan Rabg’uziyning «Qisasi Rabg’uziy» (1309 – 1310) asari o’zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etadi. A.Borovkovning e’tirof etishicha, «Tafsir» (XIII asr) tili eski o’zbek tili­ning yorqin namunasidir. O’zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdinning «Mo’g’ullar tarixi» asarida atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Herman Vamberining «Turkiy xalq» asarida esa o’zbek so’ziga «asl bek» deb ta’rif berilgan. O’zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig’atoy singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo’lib qolishi Shayboniyxon boshchiligidagi o’zbek urug’larining Markaziy Osiyoda o’troqlashuvi, hokimiyatni qo’lga olishi bilan bog’liq.

Eski o‘zbek tiliga oid so’zlar.

c herik – askar, qo’shin; ev – uy; qopungda – eshigingda; ulus – el, xalq; butradi – tarqaldi, ketdi; xuvaydo – ayon, ravshan; kilk – qamish qalam; pesha – kasb, hunar; bilmon – bilmayman; behbud – sog’lomlik.

O‘zbeklar haqidagi fikrlar:

O’zbek – jahon xalqlari orasida birinchilardan bo’lib, turkiy xalqlar o’rtasida esa eng oldin o’troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo`shgan milatdir. (Jahon qomusiy lug`ati)

O’zbek o’g’lonlari botir bo’lur (A . Fitrat).

Qadimgi Gretsiya Yevropada sivilizatsiya o`chog`i sifatida qanday o’rin tutgan bo’lsa, O’zbekiston va o’zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o’lkalar va barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi shunday o’rin egallaydi (Chingiz Aytmatov).

O’zbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Do’ppisida suv tashib bo‘lsa-da daraxt ko’kartiradi. 0‘zbek tom ma’noda bunyodkordir (I.A.Karimov).

DUNYO TILLARI

Dunyoda 7 mingga yaqin til bor.

Ma’lum tillarning vujudga kelishi uchun manba bo‘lib, o‘zi aloqa vositasida ishlatilmaydigan til asos til (bobo til) deyiladi: Roman tillari uchun lotin tili bobo til bo‘lib hisoblangan.

Dunyodagi xalqaro tillar sifatida ingliz, rus, ispan, fransuz, xitoy, arab tillari tan olingan.

Tillar tirik tillar va o’lik tillarga bo’linadi. Xalqlar hozir gaplashadigan tillar tirik til hisoblanadi, masalan, ukrain tili, ozarbayjon tili, turk tili, o‘zbek, ingliz, afg‘on, qirg‘iz, nemis va boshqalar.

Bizga yozma yodgorliklari yetib kelgan, ammo yer yuzida yashayotgan xalqlarning hech biri muomalada ishlatmaydigan til o’lik til deb yuritiladi. Masalan, lotin tili, qadimgi hind tili yoki sanskrit, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili, qadimgi arab, qadimgi fors, toxar, anatoliy, so‘g‘d tili va boshqalar.

Zamonaviy tilshunoslik ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi kunda 20 dan ortiq til oilalari mavjud.

Jahonda keng tarqalgan til oilalari quyidagilar:

Hind-yevropa tillari oilasi.

Oltoy tillar oilasi.

Fin-ugor tillar oilasi.

Kavkaz tillari oilasi.

Xitoy-tibet tillari oilasi.

Shuningdek, dunyo tillari yana morfologik jihatdan, ya’ni tarkibidagi so‘zlaming tuzilish jihatidan ham tasnif qilinadi. Bunga ko‘ra dunyo tillari 4 guruhga bo‘linadi.

1.Amorf tillar. Tarkibidagi so‘zlar hech qanday so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri birikib, bog‘lanib keladi.

2.Agglutinativ tillar. Har bir grammatik ma’no ma’lum bir grammatik ko‘rsatkich bilan ifodalanadi.

3.Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no birgina grammatik ko‘rsatkich orqali ifodalanadi.

4.Polisintetik tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so‘z shaklida yoziladi.

TURKIY TILLAR TARMOG‘I VA O’ZBEK TILI

Oltoy tillar oilasi 30 ga yaqin jonli tillarni o’z ichiga oladi.

Turkiy tillar oilasi

Qarluq guruhiga: o’zbek va uyg’ur tillari;

Qipchoq guruhiga: qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar;

O’g’uz guruhiga: ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari mansub.

Jahonning ko’zga ko’ringan yozuvchilari tomonidan ishlatilgan so’zlar miqdori:

Alisher Navoiy 26035 ta;

Aleksandr Pushkin 21193 ta;

Vilyam Shekspir 20000 dan ortiq;

Migel de Servantes 18000 dan ortiq;

Abdurahmon Jomiy 17600 ta;

Abdulla To’qay 14000 dan ortiq.

Grafika aslida grekcha “graphikos” so‘zidan olingan bo‘lib, tilshunoslikda yozuy degan ma’noni anglatadi. Demak, grafika umuman olganda harflar, yoki chiziqlar vositasida aks ettiriladigan shartli belgilaming muayyan tizimidir.

Tilshunoslikda yozuvning piktografik yozuv, ideografik yozuv va fonografik yozuv kabi turlari bor.

PIKTOGRAFIK YOZUV – dastlabki yozuv hisoblanib, bu xil yozuvda (rasm)orqali biror ma’no ifodalangan.

IDEOGRAFIK YOZUVDIR. Bunda bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy shakl olinadi.

PIKTOGRAFIK VA IDEOGRAFIK (uning birinchi bosqichi logografik– “so‘z+yozaman”) yozuv ancha murakkab bo‘lib, minglab shaklni chizish va uning mazmunini bilishni talab etgan. Shuning uchun kishilar yozuvning yangi bosqichi – FONOGRAFLK YOZUVga avvalo, ayrim bo‘g‘inni, keyinroq ayrim tovushni biror belgi bilan ifodalash usuliga o‘tgan. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bogliq.

YOZUVNING QUYIDAGI ASOSIY XUSUSIYATLARI bor:

1. Yozuvni o‘rganish ilgarigi davrda yaratilgan yozma yodgorliklami o‘qish, qadimda amal qilingan tillaming leksik-grammatik xususiyatlarini o`rganish, o`sha yodgorlik egasi bo‘lgan xalqning tarixiy urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

2. Yozuv kishilar o‘rtasida bilvosita (bevosita emas) aloqa vositasidir.

3.Yozuvga zamon va masofaning ahamiyati yo‘q.

4.Agar yozuv bo‘lmaganda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan bo`lardi.

O‘zbek yozuvi tarixi

Ona tili elektron darslik

SHE’RLARIM 0 6 –> 1 –> 0 –> 5 –>

O‘zbek tili. 6-sinf • Kutubxonachi.Uz

1536 dona Yuklangan


1.8 MB Hajmi


3584 dona Ko’rilgan

O‘zbek tili. 6-sinf

O‘zbek tili. 6-sinf (2009, R.Tolipova, H.Yo’ldosheva, M.Shomirzayeva)

R.Tolipova

O’xshash Yuklamalar

.djvu Alifbo. 1-sinf Document 3 Feb 2020

Alifbo. 1-sinf (2010, R.Safarov, M.Inoyatova, M.Shokirova, L.Shermamatova)

.djvu O‘zbek tili. 9-sinf Document 31 Jan 2020

O‘zbek tili. 9-sinf (2010, Abduroziq Rafiyev)

.djvu O’zbek tili. 7-sinf Document 31 Jan 2020

O’zbek tili. 7-sinf (2013, X.Muhitdinova, Y.Avlakulov, D.Nuriddinova)

.djvu O‘zbek tili. 5-sinf Document 31 Jan 2020

O‘zbek tili. 5-sinf (2007, R.Niyozmetova, A.Rafiyev, N.Alavutdinova)

.djvu O’zbek tili. 4-sinf Document 31 Jan 2020

O’zbek tili. 4-sinf (2013, A.Rafiyev, G.Muhammadjonova)

.djvu O‘zbek tili. 3-sinf Document 31 Jan 2020

O‘zbek tili. 3-sinf (2010, A.Rafiyev, G.Muhammadjonova, G.Ziyomuhamedova)

.djvu Ona tili. 9-sinf Document 25 Jan 2020

Ona tili. 9-sinf (2006, N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov)

Qiziqarli malumotlar
Ona tili elektron darslik