Ona tili darsliklar, Ona tili fanidan 1-11-sinflar uchun elektron darsliklar

Ona tili darsliklar, Ona tili fanidan 1-11-sinflar uchun elektron darsliklar

”So‘z” bo‘limiga oid:

6 sinf ona tili fani darslik

Дидактические игры, используемые для повышения эффективности уроков родного языка в 1 классах начального образования

Муминова Нилуфар Абдурахмоновна,

п реподаватель кафедр ы методики дошкольного и начального образования Каршинского государственного университета Республика Узбекистана.

B oshlang‘ich ta’lim 1- sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirishda foydalaniladigan didaktik o‘yinlar

Muminova Nilufar Abduraxmonovna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida har bir fan o‘ziga xos xususiyat va ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan ona tili fani bolalarni imloviy savodxonligini oshirishda, yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Boshlang ‘ ich ta’lim jarayonida ona tili darslarining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

– o na tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o ‘ zgalar fikrini aniqlash, o ‘ z fikrlarini og ‘ zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo ‘ la olish ko ‘ nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi ;

– ona tili ta’limi standarti ko‘rsatgichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish nuqtai nazardan belgilanadi.

Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrda standart mezon orqali aks ettiriladi:

a) o’qish texnikasi;

b) o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash;

c) fikrni yozma ravishda bayon eta olish.

1- sinf Ona tili darslarida o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma, malakalarga ega bo’lishi lozim:

Nutq. Og‘zaki va yozma nutq. Gap, so‘z, bo‘g‘in, unli va undosh tovushlar, alifbo, so‘z ma’nosi, gap va matn, o‘zbek tilidagi 30 ta tovush, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasi borligini bilish;

Tovush va harfni farqlay olish. Harflarni to‘g‘ri yoza bilish. So‘z ma’nolarini farqlay olish va ularga so‘roq berish. Gaplarni ifoda mazmuniga ko ‘ ra farqlay olish. Diktant turlarini farqlay olish. So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olish. Tabriknoma, taklifnoma, e’lon yoza bilish.

15-20 so‘zdan iborat diktant yoza olish. Matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozish. 2-3 gapdan iborat sodda matn tuzish. O‘quvchiga tanish bo‘lgan va ko‘z oldiga keltiria oladigan buyum, manzara, voqea-hodisalar tasviri, ruxsat so‘rash, iltimos, minnatdorchilik kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalarini ishlab chiqish. [1]

O‘quvchilar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar darsliklar va ularning mavzularida aks ettiriladi. O‘quvchilar bu mavzular bilan tanishar ekanlar, yangi bilimlarga ega bo‘lib boradilar. Pedagog esa ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga, o‘quvchilarning bilim olish bosqichlarini ketma-ket amalga oshirish vazifasini bajaradi. Bizga ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qiziquvchan, bilimga ishtiyoqi keng bo‘ladi. O‘qituvchi metodlar, ko‘rgazmali vositalar bilan bir qatorda didaktik o‘yinlarni keng qo‘llaydi.

Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o‘yinlar qoidali o‘yinlar jumlasiga kiradi. Bunday o‘yinlar asosini bilishning u yoki bu mazmunini, o‘yinning borishini belgilaydigan harakatlarni bajarishga qaratadigan aqliy va irodaviy urinishni tashkil etadi. Didaktik o‘yinlarda asosiy fikrlash jarayonlarni –tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish takomillashadi.

O‘yin jarayonida o‘quvchilarning ish faoliyati kuchayadi, ixtiyory diqqati, xotirasi takomillashadi. O‘yinda bolalar o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p harakatlarni bajaradilar, birgalikda jamoa bo‘lib ishlaydilar. O‘z fikrlarini mustaqil bayon etadilar, do‘stlik, o‘rtoqlik, bir-birini hurmat qilish hissi uyg‘onadi.

1- sinf Ona tili darslarida didaktik o‘yinlarning bir nechta turlaridan keng foydalanish mumkin. Biz ana shunday didaktik o‘yin turlarini tavsiya etamiz. (Didaktik o‘yinlarni qo‘llanilishini 1- sinf Ona tili darsligidagi mavzular yuzasidan tahlil etildi.)

”Unli tovushlar va harflar” mavzusiga oid:

b) Berilgan rasmlarning nomlarini topib, tushib qolgan unli harflarni o‘z o‘rniga qo‘ying.

”So‘z” mavzusiga oid:

2. ”Keyingi bo‘g‘inni top” didaktik o‘yini.

Bu didaktik o‘yin yakka tartibda yoki guruh shaklida ham o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan bosh bog‘inlar beriladi. O‘quvchilar ana shu bo‘g‘in bilan boshlanadigan yangi so‘zlarni aytadilar. (1- tarqatma) .

3. ”Davom ettir” didaktik o‘yini:

O‘qituvchi gapning birinchi qismini aytadi, o‘quvcilar esa davom ettiradilar. Bu didaktik o‘yin o‘quvchilarning zukkoligini oshiradi, hozirjavoblikka o‘rgatadi.

1. Men bugun matematika fanidan.

2. Shaxrisabz qadimiy va .

3. Yomg’ir tingach.

4. Bahor faslida.

5. Bahor faslida qushlar.

6. Qumri xola bolalarga.

4. ”So‘zdan marjon tizing” didaktik o‘yini.

”So‘z” bo‘limiga oid:

1. Kishilar ismiga oid so‘zlar: Dilbar, Lola, Halima, Asadbek, Karim

2. Joy nomlariga oid so‘zlar: Buxoro, Koreya, Qarshi. Samarqand, Kesh

3. Hayvon nomlariga oid so‘zlar: Olapar, Mosh, Targ’il, Boychibor

4. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar: o‘qidi, yozdi, gulladi, tepdi

5. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar: chiroyli, baland, achchiq

6 . Shaxs va narsaning miqdori va tartibini bildirgan so‘zlar: beshta, o‘nta, uchta

Bu didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari kengaytiradi, mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. O‘z fikrlarini mustaqil va tezda bayon etishlariga olib keladi. O‘qituvchining darsda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o ‘ quv dasturi. T. : 2010.

2. Pedagogika. / prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Т.: ’’O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010,- 400 b.

3. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O ‘ qituvchi. 2010 y. 254-263 b.

4. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91-b.

5. G ‘ afforova T. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. T. : Sharq, 2016 y. 111-b.

Поступила в редакцию 05.04.2017 г.

[1] Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. T. : 2010 .

[2] Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91-b.

2006-2019 &copy Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов.
Все материалы, размещенные на данном сайте, охраняются авторским правом. При использовании материалов сайта активная ссылка на первоисточник обязательна.

Ona tili darsliklar, Ona tili fanidan 1-11-sinflar uchun elektron darsliklar

Ona tili darsliklari, Ona tili fanidan 1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-sinf kitoblar, elektron darsliklar yuklab oling.

Yuklab olsh yo’riqnomasi

Darsliklarni ozbek, rus va qaraqalpoq tillarida yuklab oling marhamat.

Sinflar O’zbek tilida Rus tilida Qaraqalpoq tilida
1-sinf Ona tili Ona tili va yozuv fanlari yuklab olish yuklab olish yuklab olish
2-sinf Ona tili ONA TILI VA O‘QISH O‘ZBEK TILI ANA TILI
3-sinf Ona tili Ona tili. 3-sinf (2016 Rus tili. 3-sinf (2016
4-sinf Ona tili Ona tili va yozuv fanlari yuklab olish
5-sinf Ona tili ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI
6-sinf Ona tili Ona tili. 6-sinf (2017 Rus tili. 6-sinf (2017
7-sinf Ona tili Ona tili. 7-sinf (2013) va Ona tili. 7-sinf (2017) Rus tili. 7-sinf
8-sinf Ona tili Ona tili. 8-sinf (2014 Rus tili. 8-sinf (2014
9-sinf Ona tili Ona tili. 9-sinf Rus tili. 9-sinf
10-sinf Ona tili ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI O’ZBEK TILI / RUS TILI
11-sinf Ona tili ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI O’ZBEK TILI / RUS TILI

Eslatma bu yerda Matematika fanidan 1-11-sinflar barcha sinflar uchun elektron darsliklar kitoblarni yuklab oling.

Ona tili darslarida AKTdan foydalanish

Yurtimizda zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodni yetuk inson bo`lib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Jumladan, amalga oshirilayotgan barcha ishlarimiz asosida ana shu maqsad-muddao mujassam.

Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning izchil borayotganligini ko`rish mumkin. Farzandlarimizni sog`lom va baquvvat, barkamol inson etib tarbiyalay olgan yurtdagina taraqqiyot, buyuklik bo`ladi.

Shu o`rinda biz pedagoglar oldiga bugungi kunda, ayniqsa, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari zimmasiga juda katta ma’suliyat yuklandi.

Ona tili fani darslariga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish va uni ta’lim tizimi mazmuniga singdirish, tadbiq etish, darsda yangi usullardan qo`llash, noan’anaviy darslarning ahamiyati, DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi.

Men ham pedagogik faoliyatimda DTS talablariga asoslangan holda har bir darsimda o`quvchi shaxsini kamol toptirish, o`sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini singdirishda, milliy tilga, o`z xalqining an’analariga iftixor tuyg`usining kamol toptirishga harakat qilaman.

Shu maqsadga muvofiq, ona tili fani darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, elektron darsliklar asosida olib borish o`qituvchi uchun yaqin ko`makdosh vazifasini o`tashi mumkin. Chunki ona tili fanidagi ayrim mavzularni o`quvchilarga tushuntirish qiyinchilik tug`dirayotganini inobatga olish kerak. O`quvchilarning murakkab mavzularni o`zlashtirishida o`qituvchidan eshitgandan ko`ra AKT orqali ko`rib tushungani o`qituvchining o`ziga ham yordam beradi. O`quvchining yozma nutqiy ko`nikmalarini hosil qilishda nafaqat grammatik bilimlar, balki sara bilimlarni egallashi zarur. Chunki o`quvchilar grammatik bilimlar yordamida to`g`ri jumlalar tuzishni o`rgansa, nutqiy bilimlar orqali so`zlarni tanlash, so`zlarni o`z joyida ma’lum ifoda vositalari sifatida qo`llab, mazmunini maqsadga muvofiq ifodalashga o`rganadilar.

Ona tili fanining 5-9 sinf uchun uzviylashtirilgan o`quv rajasidagi ayrim mavzular o`quvchilar uchun tushunishida qiyinchilik tug`dirayotganini aytib o`tmoqchiman.

Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish

Reja:

  1. Zamonaviy ta’lim tizimida ona tili fanining samaradorligi.
  2. Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish.

Yurtimizda zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodni yetuk inson bo`lib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Jumladan, amalga oshirilayotgan barcha ishlarimiz asosida ana shu maqsad-muddao mujassam.

Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning izchil borayotganligini ko`rish mumkin. Farzandlarimizni sog`lom va baquvvat, barkamol inson etib tarbiyalay olgan yurtdagina taraqqiyot, buyuklik bo`ladi.

Shu o`rinda biz pedagoglar oldiga bugungi kunda, ayniqsa, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari zimmasiga juda katta ma’suliyat yuklandi.

Ona tili fani darslariga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish va uni ta’lim tizimi mazmuniga singdirish, tadbiq etish, darsda yangi usullardan qo`llash, noan’anaviy darslarning ahamiyati, DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi.

Men ham pedagogik faoliyatimda DTS talablariga asoslangan holda har bir darsimda o`quvchi shaxsini kamol toptirish, o`sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini singdirishda, milliy tilga, o`z xalqining an’analariga iftixor tuyg`usining kamol toptirishga harakat qilaman.

Shu maqsadga muvofiq, ona tili fani darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, elektron darsliklar asosida olib borish o`qituvchi uchun yaqin ko`makdosh vazifasini o`tashi mumkin. Chunki ona tili fanidagi ayrim mavzularni o`quvchilarga tushuntirish qiyinchilik tug`dirayotganini inobatga olish kerak. O`quvchilarning murakkab mavzularni o`zlashtirishida o`qituvchidan eshitgandan ko`ra AKT orqali ko`rib tushungani o`qituvchining o`ziga ham yordam beradi. O`quvchining yozma nutqiy ko`nikmalarini hosil qilishda nafaqat grammatik bilimlar, balki sara bilimlarni egallashi zarur. Chunki o`quvchilar grammatik bilimlar yordamida to`g`ri jumlalar tuzishni o`rgansa, nutqiy bilimlar orqali so`zlarni tanlash, so`zlarni o`z joyida ma’lum ifoda vositalari sifatida qo`llab, mazmunini maqsadga muvofiq ifodalashga o`rganadilar.

Ona tili fanining 5-9 sinf uchun uzviylashtirilgan o`quv rajasidagi ayrim mavzular o`quvchilar uchun tushunishida qiyinchilik tug`dirayotganini aytib o`tmoqchiman.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ona tili darslarida AKTdan foydalanish»

Uchqo`rg`on tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashl 6-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Jarkinova Zulfiya Abdulhayevnaning “Ona tili darslarida AKTdan foydalanish” mavzusida

Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish

  1. Zamonaviy ta’lim tizimida ona tili fanining samaradorligi.
  2. Ona tili fani darslarida AKTdan foydalanish.

Yurtimizda zamonaviy ta’lim tizimi yosh avlodni yetuk inson bo`lib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Jumladan, amalga oshirilayotgan barcha ishlarimiz asosida ana shu maqsad-muddao mujassam. Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning izchil borayotganligini ko`rish mumkin. Farzandlarimizni sog`lom va baquvvat, barkamol inson etib tarbiyalay olgan yurtdagina taraqqiyot, buyuklik bo`ladi. Shu o`rinda biz pedagoglar oldiga bugungi kunda, ayniqsa, ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari zimmasiga juda katta ma’suliyat yuklandi. Ona tili fani darslariga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish va uni ta’lim tizimi mazmuniga singdirish, tadbiq etish, darsda yangi usullardan qo`llash, noan’anaviy darslarning ahamiyati, DTS talablarini bajarishga zamin yaratadi. Men ham pedagogik faoliyatimda DTS talablariga asoslangan holda har bir darsimda o`quvchi shaxsini kamol toptirish, o`sib kelayotgan yosh avlodga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg`usini singdirishda, milliy tilga, o`z xalqining an’analariga iftixor tuyg`usining kamol toptirishga harakat qilaman. Shu maqsadga muvofiq, ona tili fani darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, elektron darsliklar asosida olib borish o`qituvchi uchun yaqin ko`makdosh vazifasini o`tashi mumkin. Chunki ona tili fanidagi ayrim mavzularni o`quvchilarga tushuntirish qiyinchilik tug`dirayotganini inobatga olish kerak. O`quvchilarning murakkab mavzularni o`zlashtirishida o`qituvchidan eshitgandan ko`ra AKT orqali ko`rib tushungani o`qituvchining o`ziga ham yordam beradi. O`quvchining yozma nutqiy ko`nikmalarini hosil qilishda nafaqat grammatik bilimlar, balki sara bilimlarni egallashi zarur. Chunki o`quvchilar grammatik bilimlar yordamida to`g`ri jumlalar tuzishni o`rgansa, nutqiy bilimlar orqali so`zlarni tanlash, so`zlarni o`z joyida ma’lum ifoda vositalari sifatida qo`llab, mazmunini maqsadga muvofiq ifodalashga o`rganadilar. Ona tili fanining 5-9 sinf uchun uzviylashtirilgan o`quv rajasidagi ayrim mavzular o`quvchilar uchun tushunishida qiyinchilik tug`dirayotganini aytib o`tmoqchiman.

Masalan: 5-sinf: Nutq tovushlari. Lab va til undoshlari.

O`quvchilarga mavzuni tushuntirishda AKTdan foydalanib, klaster usuli yoki boshqa usullar yordamida, tovushlarni o`quvchilarning o`zlariga og`zaki ravishda talaffuz ettirish orqali yetkazish mumkin. O`quvchilarga rasmli slaydlar yordamida nutq tovushlarni topish vazifasini topshiriq sifatida berish mumkin. Bundan tashqari o`quvchilardan matnlar ichidan nutq tovushlarini topib, unli va undoshlarini ajratish ko`nikmasini shakllantirish mumkin. Bir tomondan o`quvchida topqirlik qobiliyati shakllantirilsa, ikkinchi tomondan esa mavzuni mustaqil o`zlashtirish ko`nikmasi hosil bo`ladi.

6-sinf: Fe’llarning vazifa shakllari. Fe’llarning munosabat shakllari.

O`quvchilarga ushbu mavzuni tushuntirishda ham AKTdan foydalanib, klaster, tezkor savol-javob va boshqa metodlarni qo`llagan holda tushuntirish mumkin. Ushbu chizma orqali men “Fe’llarning vazifa shakllari” mavzusini o`quvchilarga tushuntirishda slayd yordamidan foydalanishim mumkin. O`quvchi ushbu chizmani ko`rib, mavzuni tushunishi mumkin bo`ladi.

7-sinf: “Bilan” yordamchi so`zining ham ko`makchi, ham bog`lovchi vazifasida qo`llanishi.

Ushbu mavzuni tushuntirishda AKTdan foydalanishdan tashqari misollar keltirish orqali ham o`quvchi ongiga yetkazish mumkin. Masalan: 1. Ona bilan bola, gul bilan lola. 2. Farhod qalam bilan rasm daftariga chiroyli rasm chizdi. Quyidagi gaplarning birida “bilan” bog`lovchi, birida esa ko`makchi vazifasida kelganini slayd orqali ko`rsatib, o`quvchilarga topshiriq sifatida berish mumkin. Ushbu usul yordamida o`quvchida mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.

8-sinf: Ega ishtirok etgan gaplar. Egasi yashiringan gaplar.

O`quvchilarga bu mavzuni tushuntirishdan avval o`qituvchining o`zidan ham kasbiy mahorat talab etiladi. Chunki o`qituvchi o`zi ham ushbu mavzuni yaxshi bilishi kerakdir. Shu o`rinda men bu mavzuni tushuntirishda klaster, bingo metodlaridan,AKT yordamida esa biror badiiy asardan parcha keltirish orqali o`quvchilardan ega ishtirok etgani yoki etmaganini aniqlash topshirig`ini berishni tavsiya etishim mumkin.

Ushbu chizma orqali yangi mavzuni tushuntirishda foydalanish mumkin.

9-sinf: Ergashgan gaplar va ularning turlari.

Bu mavzuni tushuntirishda ham bevosita yoki bilvosita AKTdan foydalanib, turli inovatsion usullarni qo`llash orqali o`quvchi ongiga singdirish mumkin. O`quvchining o`ziga mustaqil gap tuzdirish orqali ergashgan gaplarni topish vazifasini topshirish mumkin. Bundan tashqari elektron darslik yordamidan ham foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi, deb o`ylayman.

Yuqorida ayrim mavzularni o`quvchiga tushuntirishda hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda o`qituvchidan o`z ustida tinmay ish olib borishi, internet, vebsayt orqali bilimini yanada takomillashtirib borishni davr talabi, deb o`ylayman. Ona tili va adabiyotga e’tibor hamisha yuksak darajada bo`lgan. Ona tilininig qadr-qimmati ham, nufuzi ham har doim nihoyatda baland baholar bilan o`lchangan. Chunki qancha-qancha avlodlar ona tili va adabiyot yordamida voyaga yetayotganiga guvohmiz. Odamlar badiiy adabiyotga iymonga ishonganday ishonishgan, o`z ona tilisini asrab-avaylashgan. Hattoki, A. Navoiy ham ona tilimizning naqadar jozibali ekanligi umrboqiy asarlarida ko`rsatib o`tgan. Insonlar adabiyotimizdan ruhiy va ma’naviy ozuqa olishgan. Muhtaram Prezidentimiz “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” nomli risolasida shunday fikrlarni keltiradi: “Bir so`z bilan aytganda xalqimiz ona tilini millat tili, adabiyotni esa muqaddas va ulug` dargoh” deb biladi. Men ham mana shunday ulug` va muqaddas dargohda mehnat qilayotganligimdan, kelajak avlodni yetuk va barkamol bo`lib voyaga yetayotganida oz bo`lsa-da, o`z hissamni qo`shayotganligimdan behad shodman. Bundan keyingi ish faoliyatimda men tinmay o`z ustimda muntazam shig`ullanishim lozimligi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Til va adabiyot ta’limi” jurnali.
  2. Ma’rifat” gazetasi.
  3. I. A. Karimov “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” risolasi.
  4. XXI asr muallimasi” jurnali.

Qiziqarli malumotlar
Ona tili darsliklar, Ona tili fanidan 1-11-sinflar uchun elektron darsliklar