Ona tili darslarida lug‘at ustida ishlash
– Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-kurs
Xalqaro baholash dasturlari ( pisa, timss, pirls) va ularni amalda qo‘llay olish
Юсупова, Г., & Сабурова, Ш. (2022). Xalqaro baholash dasturlari ( pisa, timss, pirls) va ularni amalda qo‘llay olish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 302–306. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5613
Гулара Юсупова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Шахноза Сабурова, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Аннотация
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ( PISA, TIMSS, PIRLS)
VA ULARNI AMALDA QO‘LLAY OLISH
Yusupova Gulara Ataxanovna
– Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
instituti dotsenti, PhD
Saburova Shaxnoza
– Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti 1-kurs
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida
ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali
kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi har tomonlama e’tiborni kuchaytiradi.
innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda
kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yoshlarni ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida
baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy
tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish
muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli
qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
– boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
– 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan
– rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida
o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish;
– 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
EGRA va EGMA
esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika
bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv
dasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija
ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi
Bu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari,
egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho
berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi. O‘quvchilarning
savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturi haqida qo‘llanma.-T.:2019.-6-bet
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
Hozirgi kunga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni
baholash xalqaro assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-
yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
PISA (inglizcha – Programme for International Student Assessment) – turli
davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar)
savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Unda o‘quvchilarning bilim sifati o‘qish,
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha monitoring qilinadi va 1000 ballik tizimda
baholanadi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta
qo‘llanilgan.
PISA – o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro
dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va
ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi –
15yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy
munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni
yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch
yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi.
Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch
yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib
boriladi
PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni
o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro
tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich
maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda
o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga
xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng
qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish
va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari, PIRLS o‘qish
maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri
xulosalar chiqarish, g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va
matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
O‘qish savodxonligining maqsadi
– badiiy tajriba orttirish;
– axborotni olish va undan foydalanish.
Tushunish jarayoni:
– diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni topish;
– to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
– g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish;
– kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
oecd.org/pisa/ – PISA xalqaro baholash dasturi sayti
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
TIMSS – (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabda
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim
yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur
dastur 4-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim
darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga
yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagi
maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni,
o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tahsil
oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan
omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat
qiladi.
PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy
farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o‘tkazilishidan iboratdir.
Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo‘lsa,
TIMSS esa muayyan yoshdagi o‘quvchilarning emas, balki to‘rtinchi va sakkizinchi
sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS
baholashlari o‘quv dasturlariga asoslangan bo‘lsa, PISA esa, o‘quvchilar egallagan
bilim va ko‘nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi.
TIMSS aynan maktab bilimlarni o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va
ko‘nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo‘llay olish darajalariga
alohida e’tibor qaratadi.
Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlari mazmunini
o‘zgartirishga undadi. Ona tili, matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi
yo‘nalishidagi savollar milliy bazasini yaratildi va o‘quv dasturlariga kiritildi. PISA
baholash dasturi yo‘nalishidagi savollar singdirilgan o‘quv dasturlari asosida
qo‘shimcha qo‘llanma hamda adabiyotlar yaratish va amaliyotga joriy etildi. 5-
sinfdan 11-sinfgacha o‘quv darsliklarida buni ko‘rish mumkin. PISA ona tili,
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod, texnologiyalarini yangilanib
o‘qituvchilarning bu boradagi bilimini oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar
savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratilib, 2019-2021-yillarda amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda
o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili darslarida foydalansa, o‘quvchilarni
mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va
sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va
intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 7-sinf ona tili dasturida
berilgan “Biriktiruv bog‘lovchilari” mavzusini o‘tishda o‘qituvchi mavzuni
mustahkamlash maqsadida darslikdan tashqari quyidagi matn asosida PISA
topshiriqlari tuzishi mumkin:
“Aljabr” matni asosida mantiqiy topshiriqlar
Riyoziyot olimi al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday dedi:
-Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1 ga teng. -Agar inson husn sohibi bo‘lsa,
birning yoniga nolni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi. -Agar inson boy bo‘lsa, yana bir nolni
qo‘shamiz – 100 bo‘ladi. -Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz-1000
bo‘ladi. -Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib,
nollarning o‘zi qoladi.
Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari
1-topshiriq: Javobi tanlanadigan test
Al-Xorazmiy insonning qanday fazilatini 1 ga tenglashtiradi?
A.Uning nasl-nasabini
B.Yaxshi xulqini
S.Husn sohibi ekanligini
D. Boyligini
2-topshiriq: Bir necha javobli test
Al-Xorazmiy insonni yaxshi xulqli, chiroyli va boy
bo‘lishini uch xonali songa tenglashtiradi.
Agar yaxshi xulq yo‘q bo‘lib ketsa, 3 xonali son 2 xonali
songa almashadi.
Xorazmiy ushbu ajoyib tenglamada insonning qiymati,
avvalo, yaxshi xulqi bilan o‘lchanishini ta’kidlayapti.
3. Javobi yoziladigan test:
RIYOZIYOT so‘zi hozirda qaysi fanni bildiradi?
Javob: (Hozirgi matematika fani)
4-topshiriq: Lingvistik topshiriq:
Matn mazmunidan kelib chiqib, bir o‘rinda
bog‘lovchisini, yana bir o‘rinda
ham bog‘lovchisini qo‘llang. Qo‘llangan bog‘lovchilar matn mazmuniga ta’sir
ko‘rsatmasin.
Agar inson yaxshi xulq sohibi va chiroyli bo‘lsa, uning qiymati
10 ga teng. Agar inson ham yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, ham chiroyli bo‘lsa, uning
qiymati 10 ga teng.
Ona tili darslarida bunday keng qamrovli topshiriqlarni qo‘llash matematikadan
o‘rgangan nazariy bilimlarini hayotiy ko‘nikmalar asosida idrok etishimkoniyatini
beradi.
Adabiyot darslarida ham matn mazmunini tinglab tushunish kompetensiyasini
o‘stirish o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturiga tayyorlashda muhim omildir.
Yangi avlod darsliklarida bu talablarga asosiy urg‘u berilayotgani hech kimga sir
emas. 9-sinf adabiyot darsligida Xojaning “Kechadur” g‘azali keltirilgan
o‘rganish jarayonida quyidagi mantiqiy savollar bilan ishlash o‘quvchilarni xalqaro
baholash dasturlariga tayyorlashda dastlabki qadamdir:
Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur
Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur.
Anbarin zulfung xayolidin ko‘zumga, ey pari,
Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.
1-topshiriq: Xojaning “Kechadur” g‘azalidagi 1-baytdagi “kechadur”
so‘zlariga berilgan to‘g‘ri izohni toping.
1.1-misradagi “Kechadur” so‘zi kunduz so‘ziga qarama-qarshi qo‘yilgan. HA-
2.1 va 2-misradagi “kechadur” so‘zining ikkitadan ma’nosi mavjud. Ha-Yo‘q
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.:
O‘zbekiston, 2019. 87-bet.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya
2-topshiriq: Geografik bilimlaringiz asosida oy, yil, soat, kun so‘zlarini
xronologik tartibda yozing va ushbu atamalarga ta’rif bering.
Xulosa qilib aytganda, ona tili va adabiyot darslarida aniq fanlar, tabiiy fanlar
bilan fanlararo integratsiyani qo‘llash o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga
tayyorlashning muhim omili hisoblanadi.
Adabiyotlar:
1. Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf. Darslik. – Toshkent: Sharq,
2. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2018. 23-b.
3. Muhammajonov A. 7-sinf O‘zbekitson tarixi. – Toshkent: Sharq, 2017. 146-b.
4. G‘ulomov A. v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012, 8-9 b.
5. G‘ulomov A.v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012,11-b.
6. Ona tili va adabiyot fanidan bilish darajasini
baholashning milliy test sinovi
test topshiriqlari kitobi, DTM 2021.
7. Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,
8. Mengliboevna, B. S., & Atakhanovich, M. S. (2021). Phonetic-Lexical
Commonity and Characteristics in Uzbek and Karakalpak Literature Text Lexemas.
Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 6-8.
Библиографические ссылки
Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot. 5-sinf. Darslik. – Toshkent: Sharq, 2020, 155-b.
Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Cho‘lpon, 2018. 23-b.
Muhammajonov A. 7-sinf O‘zbekitson tarixi. – Toshkent: Sharq, 2017. 146-b.
G‘ulomov A. v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012, 8-9 b.
G‘ulomov A.v.b. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent, 2012,11-b.
Ona tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashning milliy test sinovi test topshiriqlari kitobi, DTM 2021.
Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.
Mengliboevna, B. S., & Atakhanovich, M. S. (2021). Phonetic-Lexical Commonity and Characteristics in Uzbek and Karakalpak Literature Text Lexemas. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 6-8.
Ona tili darslarida lug‘at ustida ishlash
Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturida ona tili, o‘qish bolalarning lug‘atini boyitish.
Bog‘lanishli nutqni o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini
shakllantirirsh, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir deyiladi. Bu vazifalar
grammatik mavzularni o‘rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug‘aviy-
grammatik mashqlar orqali bajariladi.
Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi bilan
belgilanadi. Til aloqa vositasi – so‘zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa
til vositalari orqali ruyobga chiqqan fikrni anglatadi.
Ona tili fani o‘qituvchilarni fikr bayon qilish va uni o‘qib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr
til vositasida ruyobga chiqar ekan, har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni
bilish uning grammatik – qonun qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilning boy
imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilishdir, ya’ni fikrini og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri,
tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili dasrlarida lug‘at ustida
ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Shular ustida
ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning nutqda foydalanishlariga erishish,
o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llangan
har bir so‘zning, ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda, ishlatilgan
so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini
belgilab olish kerak.
Tilning lug‘at boyligini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ona tili darslarida
so‘zlarning quyidagi ma’nolari bilan tanishtiriladi.
1. O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.
O‘quvchilar darslikdagi so‘z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo‘lishi mumkin.
Bu so‘z yangi paydo tbo‘lgan so‘z bo‘lmasa ham o‘quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak,
o‘quvchi uchun yangi so‘z hisoblanadi. Masalan, 1-sinf “Ona tili” darsligida xabib (do‘st) darparda
(oyna o‘rniga shaffof qog‘oz yopishtirilgan deraza parda), (mag‘rur (kekkaygan, mag‘rur-kamtar),
kamol (har tomonlama yetuk, to‘kis, kamol topmoq-xazon bo‘lmoq), xaroba (qarovsiz qolgan
vayrona), qardosh (do‘st, birodar, qarindosh-urug‘), safdosh (harbiy xizmatda birga, tashkilotda
birga), xavza (daryo va ko‘llarga qo‘yiladigan, uni tashkil etadigan irmoqlar yoki majmui rasm
ko‘rsatiladi), sarkarda (qo‘mondon, lashkarboshi), zeb (bezak, ko‘rk, husn), ziynat (go‘zallik uchun
xizmat qiluvchi buyum), qasr (xashamatli saroy, ko‘shk) kabi so‘zlarga duch keladilar. Bunday
so‘zlarning ma’nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo‘li bilan qarshi ma’noli so‘zlar bilan izoh
berish, gap tuzish orqali ma’nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish mumkin. Bunday
ishlash o‘quvchilarda so‘z ma’nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi.
2. O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. O‘quvchilar ko‘p ma’noli
so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bildirmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning
hamma ma’nolarini birdaniga o‘zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini o‘zlashtirish bosqichma
bosqich amalga oshiriladi. 1-2 sinfda ko‘p ma’noli so‘zning bir-ikki ma’nosi bilan tanishsa, 3-4-
sinflarda yana boshqa ma’nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlarini: fonetika, leksika, so‘z
tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang‘ich sinfda bu bo‘limlar “Tovushlar va harflar”, “So‘z”,
“Gap”, “Bog‘lanishli nutq” deb nomlanadi)ni o‘rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar,
ma’nodosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish turlari asosida
tushuntirib boriladi. 1-sinf ona tili darsligida fikr buzuq-ko‘chma ma’noli ibora berilgan, uni soat
buzuq birikmasi bilan taqqoslang. Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanayapti? (soat buzuq) Qaysi
birikma boshqa ma’noda qo‘llanayapti? (fikri buzuq). Fikri buzuq birikmasi qanday ma’noni
ifodalayapti? Bolalar o‘ylab, niyati yomon kishilarni fikri buzuq deyishadi deb izoh beriladilar.
Ko‘rinadiki, taqqoslash usuli so‘z ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. Quloch otib,
tanbeh yedi, ko‘zi o‘ynar, qalbi olov, til topishdi, rohatini totdi iboralarining ma’nosi ustida ham
shu tarzda ishlanadi.
T. G‘afforova va b. “Ona tili”, T., “O‘qituvchi”, 2001 yilgi nashr.
1-sinf darsligida Xiva ona tarix tilmochi, . bilan egachi, urush yo‘lini taqqa bekitdik, biz
ma’nosiga zeb bersak, rediskaga akaman, karvon bo‘lib kelamiz (Turnalar), chehrasiga tabassum
yugurdi, bahor oq bulutni yetaklab ketdi, 2-sinf darsligida dov-daraxtning soch-soqolini qirishdi.
Biz oqlagan daraxtlar oppoq paypoq kiyishdi kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash
o‘quvchini til zar, uni tilida qo‘llovchi zargar bo‘lishiga undaydi.
3. O‘quvchilar tilida kam qo‘llaniladigan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash. Adabiy tilga oid
ba’zi so‘zlar o‘quvchilar nutqida kam qo‘llaniladi. Bu so‘zning ma’nosini o‘quvchi yetarli darajada
tushunmaydi. Uning o‘rnida oddiy so‘zlarni qo‘llaydi. O‘qituvchi ularni kitobiy so‘zlar bilan
almashtirish uchun nutqida qo‘llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirish
zarur. Masalan, jim –tinch, -osuda-osoyishta, yurakdan-dildan, soat strelkasi-soat millari, –
garmdori-qalampir, minut-daqiqa, rayon-tuman kabi.
So‘zlarning qo‘llanishini faolashtirish uchun yozma ishlar o‘tkazilayotganda ham
o‘quvchilar e’tiborini ayrim so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishlari ta’kidlandi. Masalan, 1-sinfda
rasmlar asosida og‘zaki hikoya tuzayotgan o‘quvchilarning nutq elementlari biri-biridan farqli
bo‘lishi –biri ikkinchisining so‘zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, shirinsuxan so‘zi o‘rnida
shirinso‘z, nasim-tonggi yel (shamol), tanbeh berdi –dashnom berdi, zilol suv-tiniq suv, kichik
mo‘jaz, tik-adl, nafis-nozik, ishbilarmon –ishning ko‘zini biladigan kabi.
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so‘zlarni boshqasi bilan
almashtirishga, kitobiy so‘zlar tanlashga e’tibor berish lozim.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko‘chma ma’nodagi badiiy ifodalar ko‘p
qo‘llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o‘quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqiy
adabiy tilga yaqinlashtiradi.
4. Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so‘zlar darslikda kam
qo‘llaniladi. Bunday so‘zlarning bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lganlarini ajratib olib “Bilib
qo‘ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa o‘quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.
5.Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. Grammatik atamalarning avvalo to‘g‘ri
talaffuzi, imlosi o‘rgatiladi. Shundan so‘ng misollar asosida uni mazmuni ochiladi. Qoidani o‘qitish
va mashqlar bajarish orqali atama ma’nosini to‘laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug‘at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
1. So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko‘chma ma’noli so‘z va
iboralar, paronim so‘zlar, shakli bir xil so‘zlar ma’nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo‘llaniladi.
Urush-urush: ikki kishining janjallashib qolishi –urish; ikki xalq, ikki davlat orasidagi jang-urush.
Bu so‘zlarning talaffuzi ham ikki xil.
2. So‘zlarning kuzatish usuli orqali so‘zlarning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o‘rgatish.
Bu usul o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida, ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil sifatlarining (qizil,
oq, ko‘k) ma’no nozikliklari, imlosi, talaffuzini o‘rgatishda qo‘llaniladi. Masalan: Gul: guldon,
gulchi, gulzor, gulli, gulsiz, gulla so‘zlarning tarkibini kuzatadilar. Bu so‘zlar ma’nosidagi farqni
izohlaydilar va tilning yangi so‘zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. Shunday o‘rinda
o‘qituvchi so‘zlarni o‘z so‘ziga aylantirishi orqali aniq fikr yuritishga o‘rganish o‘quvchining
burchi ekanini aytishi lozim.
Kuzatish usuli shakllari o‘zgarayotgan so‘zlarning imlosini o‘rganishda ham qo‘llaniladi:
og‘iz+im –og‘zim, singil+im-singlim, u+ga-unga.
3. So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo‘lib, u ona tili
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so‘zlarning
anglatayotgan ma’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi.
Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog‘liq. So‘zlarni guruhlash uchun avvalo ular
kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi:
Masalan, qavm-qarindoshlik bo‘yicha guruhlash:
1. Ota urug‘i: ota, amaki, amma, dada, oppoqdada, buvi, buva.
2. Ona urug‘i: ona, xola, tog‘a, oyi, buvi, buva.
Sifatlarda a)xususiyat bildiruvchi sifat: sho‘x, og‘ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, xayoli, hissiz,
andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va h. b)ta’m bildiruvchi sifat: shirin, achchiq,
nordon, taxir, sho‘r, mazali, bemaza, chuchmal va h.
Guruhlash musobaqa tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma’lum bir gurug‘dagi so‘zlar ro‘yxatinituzish ishini alfavit asosida yozdirish ham mumkin.
Guruhlashda quyidagi topshirqlardan foydalanish mumkin.
1. Bolalar o‘yinlari nomining lug‘atini tuzing.
2. O‘zingiz bilgan shoir nomlari ro‘yxatini tuzing.
3. Ertak nomlari ro‘yxatini tuzing.
4. Joy nomlari ro‘yxatini tuzing.
5. Ohangdosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing.
6. Ma’nodosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing.
Bular o‘rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog‘liq holda tashkil etiladi.
So‘zlarning izohli lug‘atini sinf va maktab matnlariga bog‘liq holda tashkil etiladi.
So‘zlarning izohli lug‘atini sinf va maktab miqyosida tuzib, osib, umumiste’molga kiritish
mumkin.
“O‘quvchilar pochtasi” tashkil etiladi. O‘quvchilar qaysi so‘zning ma’nosini bilib olishda
qiynalsalar, shu so‘zni yozib yashikka tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so‘zlar ma’nosi,
imlosi izohi o‘tkaziladi.
Boshlang‘ich sinflarda sintaksis elementlari ustida ishlash metodikasi.
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda sintaksisga oid materiallarning berilish tizimi,
2. Gap ustida ishlash.
3. So‘z birikmasi ustida ishlash.
4. Gap bo‘laklari ustida ishlash.
Boshlang‘ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar:1) amaliy o‘rganiladigan; 2)
nazariy o‘rganiladigan turlarga bo‘linadi. Sintaksis bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish
davridayoq boshlanadi va to‘rtinchi sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda “Bog‘lovsiz”,
“Gap”, “Darak gap”, o‘quvchilarda “His-hayajon gap”, “Sodda gap”, “Qo‘shma gap”, “Gap
bo‘laklari”, “Gapning uyushiq bo‘laklari”, “Undalma” mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular
yuzasidan turli mashqlar o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda
gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘zlashtirilgani uchun tilni
o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo‘lib,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ularning muhim kategoriyalarning
tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasi ham gap negizida
egallaydilar. So‘zning leksik ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda
ma’lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqari bir necha ma’no ifodalash
mumkin).
Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni o‘artli ravishda
besh yo‘nalishga bo‘ladi:
1.Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan napning muhim
belgilarini o‘rgatish).
2.Gap strukturasini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash,
gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarining xususiyatlari, yopiq va yig‘iq
gaplar ustida ishlash).
3. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish
ko‘nikmasini shakllantirish.
4.Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.
5. Yozma nutqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish, (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini
qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish.
Ishning bu besh yo‘nalishi bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini
o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi.
Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning
aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi.
O‘quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U
o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni
mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
“Gap“ mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib
boriladi. O‘quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi-gap xaqidagi elementar tasavvurdan gapning
bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, gapning uyushiq bo‘laklarini
o‘rganishga o‘tadilar.
Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu
davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi)
bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi.
Agar o‘quvchilar gapning bosh bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini
bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmuning asosini tashkil etadi.
Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘laklari ustida kuzatish
o‘tkazish ma’qul.
Gapning bosh bo‘laklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga
o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Gapni o‘rganish me’yoriga
qarab uning tarkibiy qismlari, xususan so‘z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, butun o‘quv yili
davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda, gap ustida ishlab boriladi.
Dasturga ko‘ra 1-sinfda o‘quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap
tugallangan fikr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari
qo‘yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.
2-sinfda esa o‘quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular gapdan kim yoki
nima haqida aytilganini va u hakda nima deyilganini bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida
gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo‘laklarni
o‘rganishga muqaddima bo‘ladi.
3-sinf gap ustida ishlash yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy o‘rganishdan
tushuncha sifatida o‘rganishga o‘tadi. Ular gapning muhim belgilarini bilib oladilar. Bosh va
ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim terminlari kiritiladi.
Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga katta e’tibor beriladi. O‘quvchilar gapning asosi
(ega va kesim) ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim
va tobe so‘zni)ni, so‘zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishini bilib
oladilar.
4-sinfda uyushiq bo‘laklarini o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi bilimlar kengaytiriladi.
Shunday qilib, o‘quvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasavvurni o‘stirish gapni
o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birichidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari gap bo‘laklarini
ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar)ga bo‘linishini o‘zlashtiradilar. Bu sinflarda
ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali
bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr,
asosan gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh
bo‘laklarning aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyatini ochish uchun o‘quvchiliar gapni tahlil qiladilar va
ular qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali
bo‘laklarning xususiyati gapni yoyish (yig‘iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol
ko‘rinadi. Masalan, o‘quvchilar Qaldirg‘ochlar uchib keldi gapini yozadilar. Fikrni to‘liq ifodalash
uchun gapga qayerga? va qachon? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni qo‘yish topshiriladi.
O‘quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo‘lagi (ikkinchi darajali bo‘lak)fikrni yana aniqroq
ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
O‘quvchilarda gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim
sintaktik va nutqiy ko‘nikmalar qatoriga kiradi. So‘z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va
boshlang‘ich sinflarni uning muhim belgilari idrok qilinadi.”So‘z birikmasi” atamasi darsliklarga
kiritilmagan, ta’rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi o‘quvchilar uning quyidagi muhim
belgilarini amaliy bilib olishlari zarur:
1. So‘z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog‘langan ikki so‘z. Masalan, Dunyo
xalqlari tinchlik uchun kurashadilar gapida ikki so‘z birikmasi bor:
1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar.
2. So‘z birikmasida bir so‘z hokim ikkinchi so‘z tobe bo‘ladi. Hokim so‘zdan tobe so‘zga
so‘roq beriladi, tobe so‘z shu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zdir. Masalan, (qanday?) iqtidorli
o‘quvchilar (qayerga?) to‘garakka a’zo bo‘ldilar. Ega va kesim so‘z birikmasi emas, ular gapning
asosini tashkil qiladi.
Gap tarkibida so‘z birikmalarni ajratish ko‘nikmasi uzoq mashq davomida shakllantirib
boriladi. Buning uchun o‘quvchilarning so‘z birikmasidan bir so‘zning boshqa so‘zga tobeligini
tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi.
1. Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo‘lagi yoyishni talab qilishini aniqlash.
Masalan, Daraxtlar gullabdi gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning
asosi)ajratiladi, daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so‘zni qo‘shish kerak? Bu
so‘z gapning qaysi bo‘lagi bo‘ladi? (Ikkinchi darajali bo‘lak). U gapning qaysi bo‘lagiga
bog‘lanadi? (tobelanadi?) (Kesimga bog‘lanadi) Qachon gullaydi? (aprelda gullaydi) Gapga egani
izohlaydigan yana bitta so‘z qo‘ying. Qanday gap hosil bo‘ldi? (Mevali daraxtlar apreldv gullaydi.
2. So‘zlar aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim)
tiklandi (aniqlanadi), so‘ng so‘roqdar yordamida ikkinchi darajali bo‘laklar (so‘z birikmalari)
“topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada terimchi, teradi, paxtani.
-Gap kim haqida aytilgan?
(Terimchi haqida, Kim? terimchi)
U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi-bosh bo‘laklar).
-so‘roqlar yordamida so‘z birikmasini toping. Nimani teradi?(Paxtani teradi) Nimada teradi?
(Mashinada teradi).
Keyin gapda so‘zlarning qo‘lay tartibi aniqlanadi. (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap
ohangi ustida ishlanadi.
3. U zluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo‘lishi
uchun har bir gapning bosh bo‘laklarini va so‘z birikmalarini ajratish lozim.
4.Gapni tahlil qilish va sxemani tuzish. Gap tahlil qilinayotganda dastlab uning asosi
ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali
bo‘lak, boshqa ikkinchi darajali bo‘lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak ajratiladi. Shunday
qilib, asta-sekin so‘z birikmalari aniqlana boradi.
5. O‘qituvchi bergan sxema yoki so‘roqlar asosida gap tuzish: kim? kimlarni? Nima qiladi?
(Shifokorlar kasallarni davolaydi).
So‘z birikmasi ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1) So‘zbirikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;
2) So‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat-so‘z, oltinsoat,
qo‘l soat, osma soat, elektron soat-so‘z birikmalari.
Quyida gapning bosh bo‘laklarini o‘rganish mavzusi namunasini keltiramiz.
II sinf.
MAVZU: Gap (gap asosini aniqlash)
Darsning maqsadi: 1. O‘quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (egani) va u
haqda nima deyilgan so‘zni (kesimni) gapdan topish ko‘nikmasini shakllantirish.
2. Nutqdan –gapni ajratish ko‘nikmasini o‘stirish.
Darsning borishi.
1. Uy vazifasi tekshiriladi.
2.Gap mavzusi esga tushiriladi.
O‘quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar havola qilinadi.
1. O‘qituvchi bolalarni o‘qitadi.
2. Kuzda har xil mevalar pishadi.
3. Tikuvchi kiyimlarni tikadi.
4. O‘quvchilar kitoblarni sevib o‘qiydilar.
Matnda nechta gap berilgan?
1.Gap nimalardan tashkil topadi?
2. Og‘zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz?
3. Yozuvda gapni boshi va oxiri qanday belgilanadi?
O‘qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so‘ng, o‘quvchilar javobini umumlashtiradi.
Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi. Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta,
so‘roq va undov belgisi qo‘yiladi. Gap so‘zlardan tuzilib, uning birinchi so‘zi bosh harfi bilan
yoziladi.
3. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har bir gap quyidagicha tahlil
qilinadi:
-Birinchi gapda kim haqida aytilgan?
-O‘qituvchi so‘ziga savol bering? (kim?) uning tagiga bir chiziq chizamiz. (O‘qituvchi
flomaster yordamida jadvalga chizadi.);
-O‘qituvchi haqida nima deyilgan?
-O‘qitadi so‘ziga savol bering (nima qiladi?) Uning tagiga ikki chiziq chizamiz (o‘qituvchi
chizadi).
-Ikkinchi gap nima haqida aytilganini qaysi so‘z bildiryapti? (Mevalar)-savol bering
(nimalar?) tagiga chizamiz.
-Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) tagiga chiziladi.
Shu tariqa keyingi gaplar ham tahlil qilinadi.
Shundan so‘ng o‘qituvchi tagiga chizilgan so‘zlar gapning asosiy mazmunini bildirishini,
yana shunday so‘zlar ishtirokisiz so‘zlardan loaqal bittasi ham gapda ishtirok etmasa, gap mazmuni
jihatdan yakunlanmay qolishi yoki noaniq bo‘lib qolishi tushuntiriladi. Uni misollar bilan
ko‘rsatadi.
Masalan, o‘quvchilar maktabga boradilar gapida gapning asoslaridan biri o‘quvchilar so‘zi
tushib qolsa, gapimiz noaniq bo‘lib qoladi, o‘quvchilar haqida nima deyilgan so‘z tushib qolsa (
boradilar), gap mazmuni ifodalanmaydi.
Darslikda qoida o‘qitiladi.
3. Darslik bilan ishlash;
261-mashq yozma bajariladi.
O‘quvchilar matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini o‘qituvchi
yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar.
262-mashq yuqoridagi mashq asosida o‘quvchilar tomonidan mustaqil bajariladi.(Bunda
o‘quvchilar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o‘qituvchiga topshiradilar.
4. Jadval asosida og‘zaki mashq.
Kim? bemorlarni davolaydi.
Nima? sichqonlarni tutadi.
Nima? yuk tashiydi.
O‘qituvchi xattaxtaga qo‘yish uchun kerakli bo‘lgan so‘zlarning rasmlarini qo‘yadi
(shifokor, mushuk, tuya ).
O‘quvchilar tayanch so‘zlar yordamida gaplarni o‘qiydilar va gaplar og‘zaki tahlil qilinadi.
5. Taxminiy tayyorgarlik ko‘rib bog‘lanishli gap tuzib va uni yozish.
Video orqali “Bog‘bonlarga yordam” lavhalari ko‘rsatilib, hikoya yozish topshiriladi. Gap
tuzishda har bir so‘zni takroriy ishlatishning oldini olish uchun ma’nosi yaqin so‘zlardan
foydalanish tushuntiriladi, masalan, bolalar, qizlar, o‘quvchilar, o‘rtoqlar. Bu so‘zlar doskaga katta
harf bilan yoziladi.
6. Uyga vazifa 263-mashq. O‘qituvchi uyga vazifani qanday bajarishni tushuntirib beradi.
O‘qituvchi tavsiya qilgan mavzu (“Paxta terimida”, “Oila davrasida”, “Onamga yordam” kabi)
yuzasidan ikkita gap tuzadilar. Uning grammatik asoslarini topadilar.
Ona tili litsey darslik pdf
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Ona tili o‘qitish metodiкasi
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Darslikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Ona tili»ni o‘qitish sohasida yuz bergan yangiliklar va o‘zgarishlar hisobga olingan holda, bu fanni o‘qitishning metodik jihatlari bayon qilingan. Shu bilan birga, ilmiy-nazariy ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq etish usullari yoritib berilgan.
Har bir fan tajriba va izlanishlar asosida rivojlanib borgani kabi ona tili o‘qitish metodikasi ham ilg‘or tajribalar, turli fikr-mulohazalar asosida taraqqiy etib boradi. Maktabda ona tili o‘qitish usullariga doir barcha masalalarni birgina ishda qamrab olish qiyin bo‘lgani uchun o‘qituvchilar maktabda ona tilini o‘qitishga ijodiy yondashib, sinfdagi mavjud sharoit va holatni hisobga olgan holda, bayon etilgan fikrlarni to‘ldirib boradilar, degan umiddamiz.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Qiziqarli malumotlar
Ona tili darslarida lug‘at ustida ishlash