OMON MATJON

OMON MATJON

OMON MATJON (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand un-tining filologiya f-tini tugatgan (1969). Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri (1969-85), «Yoshlik» jur. da bosh muharrir (198591), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991—94), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais oʻrinbosari (1994— 99), «Choʻlpon» nashriyotida direktor (1999—2001). 2001-y. dan «Gulxan» jur. bosh muharriri. Sheʼrlari 1965-y. dan boshlab eʼlon qilina boshlagan. Shoirning «Karvon qoʻngʻirogʻi» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi koʻraman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «Oʻrtamizda birgina olma» (1990), «Odamning soyasi quyoshga tushdi» (1991), «Qush yoʻli» (1993), «Iymon yogʻdusi» (1994), «Ardaxiva» (2000), «Xoja Ahror ziyoratlari» (2002) va b. sheʼriy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, oʻzi tugʻilib oʻsgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustu-vorlik qiladi.

Ensiklopediya.uz
Omon Matjon

Оставьте комментарий