OLTOY TILI

OLTOY TILI

OLTOY TILI — turkip tillaraan biri. 1948-y. gacha oyrot tili deb atalgan. RF Oltoy oʻlkasining Togʻli Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Lahjalari 2 guruhga boʻlinadi: jan. (qirgʻiz-qipchoq guruhi) va shim. (uygʻur guruhi). Oltoy tili unlilar tizimi xususiyatiga va lab singarmonizmining umumiy qonunlariga koʻra qirgʻiz tiliga yaqinroq turadi. Undoshlar tizimida oʻxshashliklar bilan birga muayyan tafovutlar ham bor: qirgʻiz tilidagi soʻz boshida keluvchi qorishiq j oʻrnida Oltoy tilida dʼ mos keladi; qirgʻiz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Feʼllar tuslanganda, shaxs koʻrsatkichining reduksiyaga uchrashi Oltoy tili morfologiyasining asosiy xususiyatidir.

Ensiklopediya.uz
OLTOY TILI

Оставьте комментарий