Oltinchi hakim — jismoniy mashqlar ( 26-qism ) haqida malumot
Harakatsizlik zanglashdir. Zanglash esa tushkunlik va qarilikdir. Boshqacha aytganda, xarakat — xayot, turish — o‘lim demakdir. Agar biz muskullarimizdan foydalanmasak, ulardan ajrab qolamiz. Mushaklarimizni kuchli va yosh saqlash uchun ulardan doimo foydalanmog‘imiz lozim.
Faollik hayot qonunidir, o‘zini yaxshi sezish qonunidir. Har bir muchaning faol ishlab turishi uning kuchliligini va rivojlanishini oshiradi.
Biz tanamizni mashq qildirganda, uni kuchli, yangilangan va yashovchan qilamiz, agar erinchoqlik qilsak va muskullardan foydalanmasak, biz tanazzul va o‘limga yuz buramiz. Xar kunlik jismoniy mashqlar qonimizni yaxshiroq aylanishga majbur qiladi. Erinchoq kishilarda esa qon erkin aylanmaydi, unda sog‘likni saqlash uchun kerakli o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Muttasil jismoniy mashqlar bajarmagan kishilarning tonusi, ya’ni bardamligi nochor bo‘ladi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanayotganimizda, biz ter bezlari sekretsiyasining teridagi mavjud 96 million teshikning barchasidan chiqishiga imkon beramiz. Tanada eng katta ajratuvchi organ teridir. Agarda tanamizni moybo‘yok bilan qoplasak va shu bilan tana teshikchalarini bekitib qo‘ysak, unda biz oz vaqt ham yashay olmaymiz.
Mashqlar bilan biz terning yaxshi ajralishiga va organizmning zaharlardan tozalanishiga imkon beramiz.
Shunday qilib, teriga tabiiy poklovchi rolini bajarish imkonini beramiz. Agarda biz bu ishlarni har kungi mashqlarimiz bilan qilmasak, teri teshiklari amalga oshiradigan ishlar ham boshqa ajratuvchi muchalarga og‘ir yuk bo‘lib tushadi.
Faol jismoniy mashqlar qon bosimining mo‘ta’dillashuviga ham yordam qiladi, pulsning ham sog‘lomlashuvi uchun ko‘maklashadi. Faol jismoniy mashqlar antikoagulyant ham xisoblanadi. Ya’ni bu degani mashqlar qon tomirlarining to‘silib qolishidan saqlaydi.
Tibbiyotda qon tomirining to‘silib qolishi tromboz deyiladi va oqibatda u yurak xurujiga olib keladi.
Har qanday odam yoki jonivorning muskul faoliyati tanasidan chiqitlarni chiqarib tashlashga sharoit yaratadi.
Agarda siz muskullarning faolligini ta’minlamasangiz, bo‘shashishi, osilib ketishi, semirishiga yo‘l qo‘ysangiz, bu og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Muskullaringiz egiluvchanligi va kuchini yo‘qotishi natijasida ichki ifloslanish boshlanib, tanamizdan chiqib ketishi lozim bo‘lgan chiqindilar to‘plananib qoladi. Bu zaharlanish demakdir. Doimo yodingizda tuting, kasalliklarning bosh omili kamxarakatlikdir.
Ochlik va tabiiy parxez-uzoq umr ko‘rish, salomatlik, yoshlik va uyg‘unlikni ta’minlovchi eng yaxshi omillardir. Jismoniy mashqlar bajarishingiz esa ishtahangizni ochadi va ovqatlanishga kuchli ehtiyoj sezasiz. Bu jismoniy mashqlar bajarganingizda sarf bo‘lgan energiyaning o‘rnini to‘ldiradi.
Yashash uchun yurish
Men xar qanday mashqlarni qadrlayman, lekin, men bu xaqda yuqorida ham aytgan edim, so‘zsiz, eng ma’qul mashq bu piyoda sayr qilishdir.
Piyoda sayr qilish sizga og‘ir botadigan bo‘lmasligi lozim. Tez va judayam shaxdam yurmang, yaxshisi, erkin yurganingiz ma’qul. Albatta, o‘zingizga e’tibor bir qadar qilganingiz tuzuk. Bemalol qadam tashlang, boshingizni tik tuting, egilmang, qomatni tik tutib, yelkani kerib yuring.
Oldingizga eng yaxshi yuruvchi bo‘lishni maqsad qilib qo‘ying va xar kuni, yil davomida va xar qanday ob-xavo sharoitida sayr qiling. Agar atrof muhit sizni chalg‘itmasa, ichki dunyongizga e’tiborni qarating. Siz sayr qilayotganingizda har kunlik tashvishlardan xolisiz va agar, tushunayotgan bo‘lsangiz, shuni istasangiz, siz shoir yoki faylasuflarga yaqinlashib qolgansiz. Xar kim o‘z ta’biga qarab ish tutadi, masalan, men uchun golf o‘yinidan sayr yokimliroq- hayot ko‘p narsaga o‘rgatarkan, shuning uchun xam vaqtni boshqa yigitlardan yaxshiroq to‘p tashlashga sarflash menga achinarli hol bo‘lib ko‘rinadi. Lekin natija bir xil: to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatayotgan muskullar va qon aylanishining tezlashishiga qo‘shuv baxt va uyg‘unlikni xis etish.
Bog‘dorchilik xam yaxshi. U kishiga toza havoda ko‘prok vaqt bo‘lish imkonini beradi. Bu yerda harakat qilish imkoniyati kam bo‘lganligi uchun to‘lishib ketishingiz mumkin, buning ustiga ko‘pincha enkayib yurishga to‘g‘ri keladi. Mana shu sabablarga ko‘ra piyoda yurishni ma’qul ko‘raman. Ehtimol, siz unisini xam, bunisini xam birga ma’qul ko‘rarsiz. Bog‘da ozroq ishlab, keyin sayr qilib kelarsiz. Men esa ritmik gimnastika bilan tez yurish va yugurishni qo‘shib olib borishni ma’qul ko‘raman.
Qorin mushaklari uchun mashqlar
Inson tanasining barcha muskullariga nafi tegadigan mashqlarni eng maqbul mashqlar deb bilaman. Yelka, bel, ko‘krak qafasi, qorin mushaklarini chiniqtiring va ularning mustahkam, egiluvchan bo‘lishiga erishing. «Bu bilan siz o‘pka, jigar, yurak, oshqozon va buyragingizning samaraliroq ishlashiga erishasiz.
Ko‘krak qafasingizning yanada kengayishiga erishib, o‘pkaning erkinroq ishlashiga imkoniyat yaratasiz. Sizning elastik diafragmangiz yurak nasoslarining yanada faolroq ishlashiga imkon beradi. Qorin mushaklaringiz baquvvat bo‘ladi va oshqozon ishiga ko‘maklashadi. Tananing rivojlanishi ichki muchalarning xam rivojlanishiga olib keladi va buning oqibatida vaqt degan buyuk xakamning vayron etuvchi xarakatlariga qarshi kuch paydo qiladi.
Qanchalar ko‘p ochlansangiz tanangizdan shunchalik ko‘p zahar chiqib ketadi. Organizmingiz doimo tozalanib, muskullaringiz kuchga to‘lib borgani sayin, sizda erinchoqlik yo‘qolayotganini, uning o‘rniga yana faolroq bo‘lish istagi ko‘payayotganini sezasiz.
Ochlik vaqtida jismoniy mashqlar bajarish kerakmi?
Bu savolga ochlanayotgan kishining o‘zi javob bergani ma’qul. Ochlik davrida jismoniy faoliyatga extiyoj sezilmasa, jismoniy mashqlar bajarishning xojati yo‘q. Ochlik sizga xordiq beradi va agarda faollikka xoxish bo‘lmasa, imkoni boricha, ko‘proq dam olgan ma’qul.
Sizning organizmingiz barcha kuchini ichki tozalanish uchun sarf qiladi. Agarda yetti yoki o‘n kunlik ochlik davrida piyoda sayr qilishni xohlab qolsangiz, marhamat, lekin o‘zingizni bunga majbur etmang.
Odamlar jismoniy mashqlar bajarmasa, ularning oyoqlari shishishi mumkin, chunki to‘qimalarni chiqitdan tozalaydigan qon kamroq aylanadi. Jismoniy mashqlar bajarishni rad etishga asos yo‘q. Inson jismonan baquvvatmi yoki yo‘q, baribir, xar bir kishi uchun mashqlar muhim odatga aylanmog‘i lozim. Har kunlik jismoniy mashqlar barvaqt qarishni va turli kasalliklarni daf qiladi, u organizmning chidamliligi va ko‘rashuvchanligini oshiradi.
Jismoniy mashqlar aqlingizni charxlaydi va xotirjamligingizni saqlashga yordam qiladi. Toza havoda sakkiz kilometrlik sayr har qanday nosog‘lom hayajoningizni joyiga keltiradi. Mashqlar diqqatingizni kerakli joyga qaratishingizga yordam beradi. Ular irodani tarbiyalaydi. Ochlik va jismoniy mashqlar dasturini xayotga tadbiq etib, siz ko‘rinishingiz va kayfiyatingizni yaxshilab olishingiz mumkin.
© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz
Kasalliklar
Oltinchi hakim — jismoniy mashqlar ( 26-qism )