OLIMXON

OLIMXON

OLIMXON (? — 1810) — Qoʻqon xoni (1801 — 10). Ming sulolasidan. Norboʻtabiynint oʻgʻli. Uning davrida saltanat hududini kengaytirish davom ettiriladi. U Ohangaron, Chimkent, Sayram, Toshkent viloyatining ham-masini, Rossiyaga boruvchi karvon yoʻllaridagi mux. im manzilgoqlarni zabt etadi. U Buxoro amirligiga qarshi turishga kuchi yetajagini koʻrib xon unvonini qabul qiladi, davlati esa Qoʻqon xonligi deb atala boshlandi. Poytaxt — Qoʻqonning siyosiy ahamiyati oshgan. Olimxon togʻli tojiklar: qorateginlar, shoʻgʻnonliklar, badax-shonliklar, eroniylar va b. dan ibo-rat yollanma qoʻshin tuzgan. Bu qoʻshin hokimiyatni markazlashtirish uchun kurashda uning tayanchi boʻlgan. Olimxon davrida Rossiya bilan 1-marta savdo aloqalari oʻrnatilgan. Olimxon liniy sohada ham oʻzgarishlar qilishga intilgan, xususan, diniy unvon hisoblangan «eshon»ni bekor qiladi, kambagʻal, bechoralarga va qalandarlarga yer maydonlari va chorva bera-di, shu bilan ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim di-niy arboblarni imtihon qiladi va yolgʻonchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ulamolar uning bu xattiharakatlaridan norozi boʻladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar, u oʻldirildi, deb mish-mish tarqatadilar. Taxtga uning ukasi Umar-xon oʻtqaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yoʻl bilan Qoʻqonga joʻnaydi. Yoʻlda qoʻyilgan pistirma O. ni otib oʻldiradi.

Ensiklopediya.uz
OLIMXON