OLIMP TOGʻI

OLIMP TOGʻI

OLIMP TOGʻI — Gretsiyadagi eng baland togʻ massivi. Egey dengizining Termaikos koʻltigʻi sohilida. Eng baland joyi 2917 m. Ohaktosh va slaneslardan tuzilgan. Tik yon bagʻirlarida dara koʻp. Keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bor. Choʻqqilarida qishda qor boʻladi. Milliy bogʻ tashkil etilgan. Yunon afsonalarida Olimp togʻi muqaddas togʻ, xudolar makoni hisoblangan.

Ensiklopediya.uz
OLIMP TOGʻI

Оставьте комментарий