OKSIDLANISHLI FOSFORLANISH

OKSIDLANISHLI FOSFORLANISH

OKSIDLANISHLI FOSFORLANISH — tirik organizmlarda organik kislotalar (substratlar)ning oksidlanishi natijasida hosil boʻlgan energiya hisobiga adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfat kislotadan adezontrifosfat kislotaning (ATF) sintezlanish jarayoni. Bu koʻpincha nafas olish zanjiridagi fosforlanish deb ham ataladi. Oksidlanishli fosforlanish natijasida xujay-rada koʻp mikdorda energiyaga boy makroergik birikma — ATF toʻplanadi. ATF energiyasi keyinchalik hujayrada sodir boʻladigan barcha hayotiy jarayonlarni energiya bilan taʼminlaydi. Oksidlanishli fosforlanishning asosiy substratlari Krebs siklila hosil boʻladigan organik kislotalardir. Oksidlanish bilan bogʻliq boʻlgan fosforlanish jarayonini rus olimi V. A. Engelgardt kashf etgan (1930). Nafas olish bilan bogʻliq boʻlgan fosforlanish jarayoni esa rus olimlari V. A. Belitser va Ye. T. Sibakovalar tomonidan ochilgan (1939). Keyinchalik A. Leninjer (AQSH) bu jarayon nafas olish zanjirida elektronlarning koʻchirilishi b-n bogʻliq ekanligini koʻrsatdi. Elektronlar nafas olish zanjiriga qaytarilgan nikotinamida denindinukleotid (NADN2) yoki nikotinamida denindinukleotidfosfat (NADFN2) dan keladi; koferment Q orkali ketma-ket ravishda potensiali manfiy boʻlgan birikmalardan musbat potensialli birikmalarga koʻchiriladi. Nafas olish zanjiri orqali elektronlarning koʻchirilishi kislorodning qaytarilishi va suv molekulasining hosil boʻlishi bilan tugalla-nadi. Bu oxirgi jarayon murakkab tuzilishga ega boʻlgan sitoxromoksidaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, substratlarning kislorod yordamida oksidlanishi bir qator oksidlanish va fosforlanish reaksiyalari b-n bogʻlangan boʻlib, bu reaksiyalarning har biri uchun oksidlanayotgan substratning molekulasida toʻplangan energiya ozozdan ajralib turadi va bu energiyadan hujayra toʻliq foydalanishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ajralib chiqqan energiyaning foydali energiyaga aylanishi «fosforlanish nuktalari» deb ataluvchi qismlarda sodir boʻladi. ATFning hosil boʻlishi ATF sintetaza fermentlari majmuasi yordamida amalga oshiriladi. Bu reaksiya qaytar xarakterga ega boʻlib, teskari reaksiya, yaʼni ATFning parchalanishini ham amalga oshiradi.

Ensiklopediya.uz
OKSIDLANISHLI FOSFORLANISH