Ochlik arteriyani yosh saqlaydi ( 20-qism ) haqida malumot

Ochlik arteriyani yosh saqlaydi ( 20-qism ) haqida malumot

Biz qo‘shma shtatlar yo‘llarida avtomobil halokati tufayli qancha odamlar xalok bo‘lganini eshitib hayratga tushamiz. Har yili 50 ming kishi xalok bo‘ladi va bir necha million kishi mayib bo‘ladi va bir umrga majrux bo‘lib qoladi. Avto xalokatlar natijasida xalok bo‘lgan kishilar xaqida eshitsak xayratga tushamiz. Dunyodagi turli xarbiy xarakatlar natijasidagi qurbonlar haqidagi statistikani xam eshitib xayratga tushamiz. Lekin xar bir soniyada yurak xurujidan jon berayotganlar xaqidagi fakt esa eng xayratlanarlisidir. Xar ikki o‘limning bittasi yurak xastaligidandir. Yurak xastaligi g‘arb taraqqiyotining ofati deb to‘g‘ri ta’kidlangan.

Milliy statistika xizmati 1965 yili yurak qon tomir kasalliklari bilan 978260 kishi vafot qilganligini e’lon kildi. Bu kasallik xozirgi kunda epidemiya darajasiga ko‘tarildi.
Dushman o‘z o‘ljasini nafaqat keksa kishilar orasidan izlaydi. Buni isbotlash uchun Koreyada vafot qilganlarning uch yuztasi yorib ko‘rildi. Kuzatishlar ko‘rsatdiki, 18-25 yoshda bo‘lgan yoshlarning 77,7 foizida arteriyalari xaddan tashqari ko‘p ishlagan va ishdan chiqqan edi. Yurak xam xuddi shu axvolda ekan.

Yurak xastaligi yashirin xolda rivoj topmaydi. Arteriyalarni nochor axvolga olib kelish uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bunga uzoq vaqt davomida tamaki, alkogol, yog‘li ovqatlar xaddan tashqari ko‘p iste’mol qilish xolatlari ta’sir o‘tkazadi.
Arteriyaning kasallanishiga sabab bo‘ladigan boshqa omil esa jismoniy faoliyatning susayishidir. Ko‘pincha arteriyaning yomon axvoldaligi xavfli oqibatlarga olib keladi. Buni bemor sezmasligi xam mumkin. Kishining 50 foiz arteriyasi kasallangan bo‘lsa-da, u buni umuman sezmasligi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘ladi. Xatto moxir mutaxassislar xam zamonaviy izlanish usullarini qo‘llab xavfli xech narsa topa olmasliklari mumkin.

Arteriyani to‘sib qo‘yishga ko‘maklashuvchilar — xolesterin va parazit to‘qimalardir. To‘sib qo‘yish jarayoni asta-sekinlik bilan bo‘ladi va arteriyaning ichki devorlari oralig‘i toraya boradi, natijada yurak-qon tomirlarini oziqlantira oladigan miqdorda qon oqib o‘ta olmay qoladi. Arteriyada qon o‘tishi o‘ta og‘irlashgach, ya’ni qisqarib qolgandan keyin koronar (yurak tomirlari xastaligi) xolat o‘zini namoyon qiladi.

Arteriyaning degeneratsiya (noto‘g‘ri ishlashi) si ancha yoshlikdan boshlanadi, uni to‘sish va xarob qilish jarayoni asta sekinlik bilan kechadi. Kunlardan bir kun ertalab, odatdagi ishini boshlab, to‘satdan ko‘z oldi jimirlashadi va kutilmaganda yurak xuruji kasalidan vafot qiladi yoki yaxshi deganda, butun umrga nogiron bo‘lib qoladi.
Keyinchalik yurak xurujiga olib keladigan narsalardan arteriyaning doimo toza saqlanishiga e’tiborni qaratmoq lozim. Ancha katta xavf tug‘diradigan oxakli tiqinlarning paydo bo‘lishiga ovqatlarimiz ko‘maklashadi.
Ko‘pchilik kishilar arteriyalarida halokat alomatlari sezilmaguncha kayf-safo qilib yuraveradilar.

Sizning yoshingiz arteriyalaringiz holati bilan taqiqlanadi

Oldindan ma’lum bo‘lgan naqlni yana bir bor takrorlashga ruxsat eting: Sizning yoshingiz — bu arteriyangiz axvolining ko‘rsatkichidir. Qon tomirlarining bekilib qolish holati yoshlikda boshlangan bo‘lishi mumkin va asta-sekinlik bilan rivojlanib boradi, ayniqsa yurak-qon tomirlari xastaligi ko‘p bo‘ladigan davr taxminan 55 yoshgacha, davom etadi. Ochlik yurak-qon-tomirlari xastaligiga shifo demoqchi emasman. Ochlik — bu oldini oluvchi tadbirdir. U, men mazkur kitobda ko‘p marta ta’kidlaganimdek, ichki tozalovchidir. Qonimiz yurakni yaxshi oziqlantirib turishi uchun qon tomirimizni toza holda saqlashga yordam beradi.

Qon tomirlar tizimi orqali ozuqaviy moddalarni butun tanamizga yetkazib turadi. Tanada qon aylanishi davriy va doimiy bo‘ladi. Agarda vujudimizning qaysidir bir qismiga daqiqaning bo‘laklarida qon bormay qolsa, biz kuchli zarbani sezamiz. Agarda bunday holat ko‘z atrofida bo‘lsa, qon quyilishi sodir bo‘lishi va ko‘r bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin. Qon oqishi uchun arteriya bo‘sh va erkin bo‘lmog‘i lozimki, u organizmning barcha qismlarini to‘siqsiz ta’minlab tursin.
Xozirgi vaqtda 70-80 va xatto 90 yoshga kirgan holda toza va egiluvchan arteriyaga ega bo‘lgan kishilarni kam bo‘lsa-da, uchratasiz. Bunday kishilar ulug‘ yoshda ekanliklariga qaramay, qon-tomirlari bo‘g‘ilmagan, elastik va xarakatchan bo‘lganligi uchun xam yosh ko‘rinadilar. Bunday kishilarning tanasi toksinlardan xoli bo‘lsa va yaxshi ishlasa, nega endi, ular juda ko‘p yillar yashamasligi kerak?

Injildan bizga ma’lumki, dunyoni suv bosgunga qadar odamlar 900 yilgacha umr ko‘rganlar. Ular umrlarining xisobini bizga nisbatan boshqa yo‘l bilan xisoblaganlar, deb kulamiz. Shunday deyishga bizning haqqimiz bormi? Ehtimol, bu kishilar qon tomirlarini a’lo darajada saqlash uchun qanday yashash va ovqatlanishni yaxshi bilishgandir. Qon tomirlar qanchalar to‘g‘ri va samarali ishlasa, butun tananing garmonik faoliyati o‘shanchalik yaxshi saqlanadi.

Qachonki biz, biror odamning qarib qolganligi haqida gapirganimizda, uning arteriyasi yosh va egiluvchan bo‘lishini ta’minlash uchun ovqatlanish va yashashni bilmasligi anglashiladi. Agarda zararlangan arteriya o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarmasa, tananing turli chekkalariga qon yetarli miqdorda yetib bormaydi va natijada inson kasalmand, qarigan va xotirasi zaiflashgan holatga tushadi. Ularning tana va miyasini qon yaxshi oziqlantirmaganligi uchun uzoq davom etgan xastalik natijasida vafot qiladi.
Agarda biz ochlanadigan bo‘lsak, tananing barcha xayotiy quvvati ichki tozalanishga sarf bo‘ladi, shu jumladan badanni ham poklaydi. Mana nima uchun o‘n kunlik ochliklan keyin ko‘pincha butun tanada yengillik seziladi, ong o‘tkirlashadi va idrok qilish kuchayadi, xotira mustahkamlanadi. Katta jismoniy faollikka ehtiyoj seziladi.
Men arteriyalarni to‘sib qoladigan narsalardan ochlikni tabiiy ovqatlanish bilan mutanosib ravishda olib borish dasturiga amal qilish orqali xalos bo‘lish mumkin deb bilaman. Bu bilan biz yurakning umrini uzaytiramiz, deb xisoblayman.
Agarda salomatlik uchun hal qiluvchi jangda g‘olib bo‘lishni istasak, biz o‘z qon tomirlarimizni xayot bulog‘i deb bilmog‘imiz lozim.

Agarda siz har kuni yog‘li go‘shtlar bilan ovqatlansangiz, tabiiy xolda tanangizga zaxar to‘playverasiz va to‘lov kuni xam yetib keladi. Organizm uchun juda kam miqdorda yog‘ kerak, lekin biz xar kuni juda ko‘p miqdordagi yog‘li ovqatlarni iste’mol qilamiz va natijada yurak-qon-tomir kasalliklari ro‘yxatining boshida turamiz. Ertalikni qilmang deganimning sabablaridan biri mana shudir. Har kuni ertalabdan cho‘chqa go‘shti va tuxum, buterbrod va kartoshka, qaymoqli qahva iste’mol qilishga o‘rganib qolgan, ko‘rinishidan sog‘lom erkak va ayollarni bilaman. Yana shuni xam bilamanki, sirtidan sog‘lom bo‘lgan bu odamlarning ko‘pchiligi yurak xuruji kasalligi qurboni bo‘ldilar va ayrimlari vafot etishdi, yana bir qismi bir umrga nogiron bo‘lib qoldilar. Siz bunday taomlarni yeyish lozim deb o‘ylaganingiz uchun xam iste’mol qilasiz va o‘z tanangiz fiziologiyasini bilmasligingiz tufayli xatongizni tushunib yetmaysiz. Ovqat yeyish xam o‘ziga xos ilm bo‘lib, lazzatlanishdan ko‘ra kattaroq narsani anglatadi.

Mazkur kitobdagi dasturga amal qilishdan oldin yurak kasalliklari bo‘yicha mutaxassis bilan maslahatlashing. U sizga yurak va qon tomirlaringiz axvoli haqida xabar bersin, qon bosimi va yurak urishini tekshirsin, keyin esa bir yil davomida parxez va ochlanishga kirishing. Keyin yana xakimingizga uchrang. Ishonchim komilki, u sizga: “O‘z tanangizda mo‘’jizalar qilibsiz”, — deb aytadi.

Hakim sizning ixtiyoringizda

A’lo darajadagi sog‘likka ega bo‘lishimiz uchun tabiat bergan to‘qqiz hakim doim yordamga tayyordir. Ular yuz foizlik yutuqqa kafolat beradilar. Ular mijozlariga hech qachon zarar keltirmaydilar, ammo mijoz foydasini bilmay, ularni ayrim xollarda tan olmay qo‘yadilar. Lekin bu hakimlar juda soddalar. Ularga mijoz murojaat qilayaptimi, murojaat qilmayaptimi, bu bilan ishlari yo‘q. Ular sizga yordam berish uchun doim tayyor. Ularning bilimi hamma uchun: yosh-qariga xam, boy-kambag‘alga xam ochiq. Ular jarroxlik qilishmaydi, hatto eng so‘ngi modadagi dori-darmonni xam berishmaydi.
Men   sizga xamma narsaga xayot beruvchi, eng buyuk, eng kuchli va ulkan shifokorni tanishtirmoqchiman.

© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz

Kasalliklar
Ochlik arteriyani yosh saqlaydi ( 20-qism )