Obyekt va Class lar
Dasturlash olamida juda ko’p yoki to’g’rirog’i eng ko’p ishlatiladigan so’zlar ushbu ikki so’zdir. Ya’ni class va object. Agar siz dasturlashni endi o’rganayotgan bo’lsangiz va class va object nima ekanligini tushunmasdan keyingi mavzularga o’tmoqchi bo’lsangiz adashasiz. Siz bu mavzuni yaxshi o’rganishingiz kerak, to’g’rirog’i juda yaxshi o’rganishingiz kerak. Ushbu mavzuda object va class larni nima ekanligi va ularning farqini ko’rsatib o’tilgan.
Demak boshladik!
Avvalo object va classlarni nima ekanligini bilib olaylik. Tasavvur qiling, siz g’isht zavodidasiz yoki o’zingiz (qo’lbola) g’isht quymoqchisiz.Ushbu holatda sizning g’isht quyuvchi qolipingiz bu class va siz quygan g’ishtlar esa objectlar deb qarashingiz mumkin.
Menimcha tasavvur qildingiz deb o’ylayman.
-
Siz g’isht qolipni o’zingiz qilishingiz yoki tayyor yasalganini olishingiz mumkin. Tayyorini olishingizdan maqsad nima? Albatta u juda aniq o’lchamli va to’g’ri yasalgan bo’ladi. Demak siz Classlarni yaratishingizdan avval yaxshilab o’ylab yozishingiz kerak bo’ladi. Chunki sizning g’isht qolipingiz qiyshiq va o’lchamlarida adashilgan bo’lsa siz quygan barcha g’ishtlar qiyshiq va nostandart bo’ladi.
Siz ma’lum maqsad asosida ishlaysiz. Bu misolda esa sizning maqsadingiz nima? Albatta g’isht quyish. Demak siz g’isht quyishingizdan avval uni qolipini tayyorlab olishingiz kerak bo’ladi. Chunki qolip bo’lmasa g’ishtlar ham bo’lmaydi. Huddi shuningdek, Classlarsiz Objectlar ham bo’lmaydi.
Keling ushbu misolimizni dasturlashda ko’rib chiqamiz
Public so’ziga hozircha uncha e’tibor bermang, uni keyingi mavzularda, Acces Modifiers mavzusida o’rganib olasiz. Class so’zi doimo yozilishi kerak chunki biz class yaratayotganimizni bildirib turadi. BrikMold (inglizcha, G’ishtQolip) – class nomi, ya’ni biz G’ishtqolipi classini yozayotganimizni bildiradi. Siz buni boshqa nom bilan ham yozishingiz mumkin.
Yuqoridagilar esa g’ishtlarning o’lchamlari, ya’ni biz yasaydigan barcha g’ishtlar shu standard asosida yaratilsin degan ma’noni bildiradi.
Bu classdan foydalanishni ko’rib chiqamiz.
Natija :
Demak bu mavzu siz uchun tushunarli bo’ldi deb o’ylayman. Quyidagi namunalar orqali ko’proq yana o’rganishingiz mumkin. Bir-biridan farqlang, ma’nosini va ishlatilish usulini tushunishga harakat qiling. 1.
Natija : O'chamlari : 112.5mm , 75mm, 225 mm
Natija :
Dasturlash
Obyekt va Class lar