Oʻ va Gʻ harflari, tutuq belgisi: muammolar va yechimlar
I don’t like yoga. (standart apostrof, U+0027)
O’qib Sana / UNIX Time Stamp Converter, vaqt
Siz UNIX vaqt tamg’asi uchun o’qib sana / vaqt o’zgartirishingiz mumkin.
2023-02-03 22:05:00 ⇒ 1675429500
World Soat
Current vaqt ro’yxati. Bundan tashqari, muayyan mamlakatning izlab tezroq soat uchun kalit so’z qidirish foydalanishingiz mumkin. ☀ = kun icon. ★ = kecha icon.
yilligi Calculator
7 kun, 100 kun, 1000 kun, 1 yil, 2 yil, 3 yil va muayyan kundan boshlab yana yilligi keyin kun.
Yosh Kalkulyator
Siz tug’ilgan sana asosida aniq yoshi hisoblash mumkin.
Zodiac qidirish
Siz o’z Zodiac bu vosita bilan kiring topishingiz mumkin.
o’qiydigan Sana / vaqt Converter, UNIX vaqt tamg’asi
Siz o’qib sana / vaqtga UNIX vaqt tamg’asi o’zgartirishingiz mumkin.
O’qib Sana / UNIX Time Stamp Converter, vaqt
Siz UNIX vaqt tamg’asi uchun o’qib sana / vaqt o’zgartirishingiz mumkin.
Sek / Min / soat / Day Converter
300 secounds → 5 daqiqa
1200 daqiqa → 20 soat
Sana Calculator From kun
Siz uchun qo’shing yoki muayyan kundan boshlab olib tashlamoq mumkin.
Bugungi kunda → 29/03 (Mar) dan 100 kun / 2017 so’ng kun
siz Piangse ham 🙂 bilan 100 kun yilligini kalkulyator uchun foydalanishingiz mumkin
Oʻ va Gʻ harflari, tutuq belgisi: muammolar va yechimlar
Bu harflarni yozishda har kim o‘zi bilgan va klaviaturasida (Windows, Mac, Android, iOS va h.k.) mavjud belgidan foydalanib kelmoqda. Xususan, odamlar sharoitdan kelib chiqib quyidagi belgilardan foydalanishmoqda:
a) O’zbekiston | to’g’ri | ma’naviyat
‘ – bu belgining nomi ingliz tilida APOSTROPHE (apostrof) deyiladi va uning UNICODE tizimidagi kodi U+0027 hisoblanadi. Bu belgi tinish belgisi hisoblanadi. Bu belgi standart apostrof hisoblangani tufayli, odatda, barcha turdagi klaviaturalarda mavjud, shuning uchun o‘zbek tilida yozganda ham odamlar xoh kompyuter, xoh mobil qurilmada bo‘lsin, shu belgidan osongina foydalanib ketishadi.
Xususan, mobil qurilmalardan yozganda 99% odam Oʻ va Gʻ harflari hamda tutuq belgisi uchun shu belgidan foydalanadi, desak bo‘laveradi.
b) O`zbekiston | to`g`ri | ma`naviyat
` – bu belgining nomi ingliz tilida GRAVE ACCENT (gravis) deyiladi va uning UNICODE tizimidagi kodi U+0060 hisoblanadi. Bu belgi ham tinish belgisi hisoblanadi. Bu belgi kompyuter klaviaturalarida Tab tugmasining tepasida joylashgan, shuning uchun odamlar kompyuterda yozayotganda ko‘pincha Oʻ va Gʻ harflaridagi belgi uchun undan foydalanishadi, biroq tutuq belgisi sifatida bu belgidan kamroq holatda foydalanishadi.
v) O’zbekiston | to’g’ri | ma’naviyat
’ – bu belgining nomi ingliz tilida RIGHT SINGLE QUOTATION MARK (o‘ng bir tirnoq) deyiladi va uning UNICODE tizimidagi kodi U+2019 hisoblanadi. Bu belgi ham tinish belgisidir. Bu belgi aslida yuqorida (a) tilgan olingan standart apostrofning (ʼ) bir ko‘rinishi hisoblanadi. Shuning uchun ham ingliz tilidagi matnlarga e’tibor bersangiz apostrof sifatida har ikkalasidan ham foydalanishaveradi va bu ular uchun to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan:
I don’t like yoga. (standart apostrof, U+0027)
I don’t like yoga. (o‘ng bir tirnoq, U+2019)
Bu, odatda, matn yozilayotgan shriftga va matn qayerda yozilayotganiga bog‘liq. Ikkala belgi ham kompyuter klaviaturadasidagi bitta tugma orqali – Enter tugmasining chap tomonidagi tugma orqali yoziladi. Xususan, Microsoft Word dasturida matn yozayotganda mazkur tugma bosilganda o‘ng bir tirnoq (ʼ) chiqsa, deylik, Facebook saytida post yozayotganda yoki Telegram orqali xabar yozayotganda mazkur tugma bosilsa standart apostrof (‘) chiqadi.
Ingliz tilshunoslari orasida ham qaysi apostrofni ishlatish maqsadga muvofiq ekani yuzasidan ko‘p bahslar bo‘ladi. Xususan, standart apostrof yozuv mashinkasi paydo bo‘lgan paytda uning klaviaturasiga apostrof sifatida kiritilgan yagona belgi hisoblanadi. Biroq, keyinchalik kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan apostrofning gulli ko‘rinishi – ’ (o‘ng bir tirnoq, U+2019) paydo bo‘lgan. Shuning uchun aksariyat tizimlarda standart apostrof (‘) matnda avtomatik ravishda o‘ng bir tirnoqqa (’) almashtiriladi.
O‘zbek lotin yozuvida to‘g‘ri yozishga qaror qilgan odamlar (tilshunoslar, olimlar, tarjimonlar va h.k.) tutuq belgisi uchun mana shu o‘ng bir tirnoqni (’) ishlatish to‘g‘ri, deb hisoblashadi, chunki lotin yozuvi joriy qilingan paytdan boshlab turli plakatlarda, darsliklarda tutuq belgisi uchun aynan shu belgi ishlatilgan.
Keling, shartli ravishda tutuq belgisi uchun shu o‘ng bir tirnoqni (’) ishlatish to‘g‘ri, deb qabul qilib turaylik.
g) O‘zbekiston | to‘g‘ri | ma‘naviyat
‘ – bu belgining ingliz tilidagi nomi LEFT SINGLE QUOTATION MARK (chap bir tirnoq yoki teskari bir tirnoq) deyiladi va uning UNICODE tizimidagi kodi U+2018 hisoblanadi. Yuqorida (v) tilga olingan chap bir tirnoq (‘) va ushbu o‘ng bir tirnoq (’) bir-birining jufti hisoblanadi, shuning uchun ham ularning UNICODE tizimidagi kodlari mos ravishda U+2018 va U+2019 hisoblanadi. Masalan, ingliz tilida bu belgilar ichki iqtibos belgilarini (inner quotes) ifodalash uchun ishlatiladi:
Bobbi asked, “Did Delia say, ‘This will never work’?”
Yana lotin yozuvimizga qaytsak, o‘zbek lotin yozuvida to‘g‘ri yozishga qaror qilgan odamlar (tilshunoslar, olimlar, tarjimonlar va h.k.) Oʻ va Gʻ harflarida mana shu chap bir tirnoqni (‘) ishlatish to‘g‘ri deb hisoblashadi, chunki lotin yozuvi joriy qilingan paytdan boshlab turli plakatlarda, darsliklarda Oʻ va Gʻ harflaridagi belgi vizual jihatdan aynan shunday.
Keling, shartli ravishda Oʻ va Gʻ harflari uchun shu chap bir tirnoqni (‘) ishlatish to‘g‘ri, deb qabul qilib turaylik.
d) O´zbekiston | to´g´ri | ma´naviyat
´ – bu belgining nomi ingliz tilida ACUTE ACCENT (akut) deyiladi hamda uning UNICODE tizimidagi kodi U+00B4 hisoblanadi. Bu belgi ham tinish belgisi hisoblanadi. Akut – yuqorida (b) tilga olingan gravis (`) belgisining jufti hisoblanadi.
Bu belgini yozish kompyuter klaviaturalarida ham, mobil qurilmalar klaviaturalarida ham juda qiyin, shuning uchun bo‘lsa kerak, bu belgini odamlar juda kamdan-kam holatda ishlatishadi, lekin shaxsan o‘zim bu belgi ishlatib yozilgan matnlarni ko‘rganman.
Shunday qilib, Oʻ va Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda odamlar ishlatadigan belgilar shular. Biroq, bunday belgilar yuqorida keltirib o‘tilgan 5 xil belgi bilan cheklanib qolmaydi, biz asosiylarini keltirdik xolos. UNICODE tizimida tinish belgilari, xususan, ko‘rinishi chap va bir tirnoqqa o‘xshash belgilar juda ko‘p.
Yuqoridagilarni xulosa qilib, shartli ravishda quyidagi belgilarni to‘g‘ri deb qabul qilib turaylik:
Oʻ va Gʻ harflari uchun – ‘ (chap bir tirnoq, U+2019)
Tutuq belgisi uchun esa – ’ (o‘ng bir tirnoq, U+2018)
O‘zbekiston | to‘g‘ri
Ma’naviyat | sur’at
Demak, o‘zimiz uchun to‘g‘ri belgilarni tanlab oldik. Biroq, aslida, Oʻ va Gʻ harflarida chap bir tirnoqni (‘), tutuq belgisi uchun esa o‘ng bir tirnoqni (’) ishlatish ham noto‘g‘ri! Bu gapimdan ko‘pchilik shokka tushishi mumkin. Xato deyishimni maqolaning pastrog‘ida izohlayman va eng to‘g‘ri belgini sizlarga aytaman.
Hozircha, yuqorida aytganimdek, Oʻ va Gʻ harflarida shartli ravishda chap bir tirnoqni (‘), tutuq belgisi uchun esa o‘ng bir tirnoqni (’) ishlatish to‘g‘ri, deb qabul qilib turaylik.
Endi, mana shu biz to‘g‘ri deb hisoblayotgan belgilar qanday muammolarga sabab bo‘lishi haqida gaplashamiz.
1.2. Bu belgilarni kompyuter va mobil qurilmalar klaviaturalari orqali yozishning juda murakkabligi
Yuqorida aytilganidek, kompyuter va mobil qurilmalarning klaviaturalarida biz yuqorida to‘g‘ri deb qabul qilgan belgilar standart holatda mavjud emas. Ularni yozish uchun har xil murakkab usullardan foydalaniladi. Xususan:
Kompyuterda Word dasturida (1) Oʻ va Gʻ harflarini yozish uchun avval O yoki G harfini yozib, keyin bitta bo‘sh joy (probel) tashlab, keyin Enter tugmasining chap tomonida joylashgan apostrof tugmasi bosilsa, bizga kerakli chap bir tirnoq (teskari bir tirnoq ham deyiladi) yoziladi; (2) alohida raqamlar paneli bor klaviaturada Alt + 0145 tugmalari birikmasini bosish orqali. Tasavvur qilyapsizmi, birgina harfni yozish uchun naq 5 ta (!) tugma bosilishi kerak; (3) o‘zbek tilida tarkibida Oʻ va Gʻ harflari qatnashgan so‘zlarning ko‘pligi bois yuqoridagi ikki usul kattaroq matn yozishda juda-juda murakkablik qiladi. Shuning uchun «ishbilarmon» odamlar avval Word dasturida matnni istalgan apostrof yordamida kiritib olib, keyin dasturning qidirib topish va almashtirish (Find & Replace) funksiyasi yordamida bir tirnoqlarni avtomatik tuzatib chiqishadi. Bu usul har doim ham to‘g‘ri ishlayvermaydi, uning ham o‘ziga xos kamchiliklari bor, bu haqda to‘xtalish menimcha shart emas.
Kompyuterda tutuq belgisini yozishda ham aynan Oʻ va Gʻ harflaridagi belgini yozishdagi muammolar mavjud. To‘g‘ri, ba’zi holatlarda tutuq belgisini Word kabi dasturlarda yozish oson, bu haqda yuqorida ham aytib o‘tdim. Lekin boshqa holatlarda muammo saqlanib qolaveradi.
Mobil qurilmalarda esa bu belgini yozishning birdan-bir usuli klaviaturaning tinish belgilari paneliga o‘tib, standart apostrof (‘) joylashgan tugma biroz bosib turilsa, uning tepasida boshqa turdagi bir tirnoqlar chiqib keladi, keyin shulardan mosi tanlab olinadi.
Mobil qurilmalarda odamlar tez yozishni yoqtirishadi, shunga odatlanishgan, shuning uchun deyarli hech kim yuqoridagi usul yordamida Oʻ va Gʻ harflaridagi yoki tutuq belgisidagi bir tirnoqni yozmaydi!
1.3. Bu belgilar matnning vizual ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, lotin yozuvidagi o‘zbekcha matnlarni o‘qishda ko‘zning toliqishiga sabab bo‘ladi
Xo‘p, har qanday qiyinchilik bilan bo‘lmasin, yuqorida o‘zimiz uchun to‘g‘ri deb qabul qilgan belgilarni yozishga muvaffaq bo‘ldik deylik, lekin undan keyin hosil qilingan matn bilan ishlash, uni o‘qish qanchalik qulay?
Bu belgilar har xil shriftlarda turlicha ko‘rinishi, ba’zan esa so‘zlar orasini buzib yuborishi ham mumkin.
Yuqoridagi rasmda barcha qatorlarda Oʻ va Gʻ harflari uchun chap bir tirnoq (U+2018) va tutuq belgisi uchun esa o‘ng bir tirnoq (U+2019) ishlatilgan. Ko‘rib turganingizdek, Verdana va Tahoma kabi shriftlarda bu belgilar boshqa shriftlardagidan keskin farq qilmoqda.
Qolaversa, Oʻ va Gʻ harflarining yozma ko‘rinishi ularning bosma ko‘rinishidan keskin farq qiladi:
Bosma shaklda chap bir tirnoq (U+2018) shaklida bo‘lgan bu belgi yozma shaklga o‘tganda to‘lqinli chiziqchaga aylanib qolgan. Shaxsan men mana shu yerda mantiqsizlikni ko‘raman doim, chunki ana o‘sha yozma shakldagi to‘lqinli chiziqchaning UNICODE tizimidagi nomi COMBINING TILDE (birlashtiruvchi tilda) deyiladi va uning kodi U+0303 hisoblanadi. Ko‘rib turganingizdek, chap bir tirnoq (U+2018) va birlashtiruvchi tilda (U+0303) alohida belgilar hisoblanadi. Hozirgi o‘zbek lotin alifbosining boshqa hech qaysi harfida bunday holat uchramaydi.
1.4. Lotin yozuvidagi ro‘yxatlarni alifbo tartibida avtomatik saralashning imkonsizligi
Istalgan tildagi biror ro‘yxatni (masalan, biror tadbirda qatnashuvchilarning ism-familiyalari) alifbo tartibida saralash funksiyasining ishlash prinsipi juda oddiy: bu funksiyaga oldindan har bir tilning alifbosi kiritilgan bo‘ladi, funksiya ro‘yxatdagi so‘zlarni shu alifbo asosida tartiblaydi.
Lekin, o‘zbek lotin yozuvida bunday ishni avtomatik bajarish imkoni yo‘q, sababi o‘sha funksiyaga Oʻ va Gʻ harflari bittadan harf ekanligini uqtira olmaysiz, chunki har qanday kompyuter tizimi bu harflardagi belgini tinish belgisi sifatida, Oʻ va Gʻ harflarini esa mos ravishda 2 tadan belgi sifatida qabul qiladi. Shuning uchun ham bunday funksiya Oʻ bilan boshlanuvchi so‘zlarni ham O bilan boshlanuvchi so‘zlar qatoriga kiritadi. Xuddi shunday qilib, Gʻ bilan boshlanuvchi so‘zlarni ham G bilan boshlanuvchi so‘zlar qatoriga kiritadi.
Muammo so‘zning birinchi harfini hal qilish bilan tugamaydi. Xabaringiz bo‘lsa, so‘zlarni alifbo tartibida saralashda so‘zdagi har bir harfning alifbodagi tartibi hisobga olinadi. Masalan, 2 ta so‘z O harfi bilan boshlansa, ularning ikkinchi harfi taqqoslanadi va h.k. Shuning uchun, Oʻ va Gʻ harflarining muammosi so‘zlar tugaguncha ham davom etmaydi, ya’ni bu ishni odam qo‘li bilan bajarish juda mushkul. Kompyuter tizimlari esa, masalan, Microsoft Word dasturi bu ishni ingliz tilida bir soniyaga qolmasdan bajaradi.
Shu o‘rinda Sh va Ch harflarida ham xuddi shu muammo borligini aytib o‘tish joiz. Bu haqda keyinroq Sh va Ch harflariga bag‘ishlangan maqolada batafsil gaplashamiz.
1.5. Bu belgilarni yozishda har kim o‘ziga qulay usuldan foydalangani tufayli, internetdagi o‘zbekcha materiallarni qidirib topish, ular bilan ishlash yanada qiyinlashadi.
Ishonmasangiz, Google orqali (1) O’zbekiston (2) O`zbekiston (3) O’zbekiston yoki (4) O‘zbekiston deb qidirib ko‘ring, har safar har xil sondagi natijalarni olasiz. Yanayam so‘nggi yillarda Google qidiruv tizimi apostroflar bilan ishlashni takomillashtirib, qidiruvda ularni e’tiborga olmaslikka o‘tdi. Lekin baribir internet birgina Google bilan cheklanmasligini hisobga olsak, bu muammo internetdagi butun o‘zbekcha materiallarni qamrab olgan.
1.6. Bu belgilar tinish belgilari hisoblangani bois ular so‘zni ikkiga bo‘lib yuboradi
Bu yerda «bo‘lib yuboradi» deyilganda so‘zning kompyuter tizimlari tomonidan qabul qilinishi, qayd qilinishi nazarda tutilmoqda.
Mana shu muammo aslida bu belgilarning eng katta muammosi hisoblanadi. Har xil «tryuklar» bilan yuqoridagi 5 ta muammoni bartaraf qilsangiz ham, mazkur muammoni hal qila olmaysiz, chunki bu xalqaro standart – tinish belgilari doim so‘zning tugaganini bildiradi.
Masalan, O‘zbekiston degan so‘zni kompyuter tizimlari yaxlit Oʻzbekiston sifatida emas, balki [O] va [zbekiston] tarzida qabul qilinadi. Xuddi shunday, ma’lumot degan so‘z ham [ma] va [lumot] tarzida qabul qilinadi.
Kompyuter tizimlari so‘zni qanday qabul qilishi va tushunishini quyida heshteg (#) yordamida vizual ifodalab berishga harakat qilaman. Heshteg shunday narsaki, u doim yaxlit bir so‘zni qamrab oladi, masalan, Telegramda mana bunday:
Yuqoridagi rasmda ko‘rib turganingizdek, barcha hollarda heshteg faqat so‘zning tinish belgisi qo‘yilgan joygacha qismini qamrab olyapti. Men Telegramda heshtegning qo‘llanilishini misol sifatida keltirdim xolos, tushunishga oson bo‘lishi uchun.
1.7. Hozirgi sharoitda Oʻ va Gʻ harflari hamda tutuq belgisi uchun eng to‘g‘ri belgi qaysi?
Yuqoridagi argumentlardan va manbalardan kelib chiqib, shartli ravishda Oʻ va Gʻ harflari uchun – ʻ (chap bir tirnoq, U+2018), tutuq belgisi uchun esa – ʼ (o‘ng bir tirnoq, U+2019) belgilarini to‘g‘ri deb qabul qilgan edik. Biroq, 1.6. bandda bu belgilar ham aslida xato ekanligini asoslab berdik.
Xo‘sh, unday bo‘lsa, qaysi belgini ishlatish to‘g‘ri hisoblanadi? Bu savolning javobini topish uchun UNICODE saytidagi ushbu eslatmaga yuzlanamiz:
The combinations gʻ (Cyrillic g‘) and oʻ (Cyrillic o‘) are represented using U+02BB ʻ MODIFIER LETTER TURNED COMMA.
The other apostrophe-like signs, which are used for glottal stop, are represented using U+02BC ʼ MODIFIER LETTER APOSTROPHE.
O‘zbek lotin yozuvidagi gʻ (kirillcha g‘) va oʻ (kirillcha o‘) harfiy birikmalarini yozishda ʻ (U+02BB, MODIFIER LETTER TURNED COMMA) (harfni o‘zgartiruvchi teskari vergul) belgisidan foydalaniladi.
Tutuqni bildiruvchi apostrofga o‘xshagan belgini yozishda esa ʼ (U+02BC, MODIFIER LETTER APOSTROPHE) (harfni o‘zgartiruvchi apostrof) belgisidan foydalaniladi.
UNICODE tavsiya qilgan belgilarni indamay qabul qilaveramizmi, deydiganlar uchun haqiqatan ham ular taklif etgan belgilar biz uchun eng to‘g‘risi ekanligini asoslab beraman.
Birinchidan, harfni o‘zgartiruvchi teskari vergul – ʻ (U+02BB) belgisi haqiqatan ham vizual jihatdan yuqorida biz Oʻ va Gʻ harflari uchun shartli ravishda to‘g‘ri deb qabul qilgan chap bir tirnoq – ‘ (U+2018) belgisi bilan bir xil. Ularning ko‘rinishi faqat ayrim shriftlarda biroz farq qilishi mumkin, xolos. Xuddi shunday, harfni o‘zgartiruvchi apostrof – ʼ (U+02BC) belgisi haqiqatan ham vizual jihatdan yuqorida biz tutuq belgisi uchun shartli ravishda to‘g‘ri deb qabul qilgan o‘ng bir tirnoq – ʼ (U+2019) belgisi bilan bir xil.
Ikkinchidan, UNICODE tavsiya qilgan belgilar so‘zni bo‘lib yubormaydi, uning bir butunligiga zarar yetkazmaydi. Esingizda bo‘lsa, chap va o‘ng bir tirnoqlar so‘zni bo‘lib yuborayotgan edi. Buni quyidagi rasmda vizual ifodalab berishga harakat qilaman, yana yuqoridagi misoldagidek heshtegdan foydalanamiz.
Yuqoridagi rasmda ko‘rib turganingizdek, belgilar vizual jihatdan bir xil, lekin UNICODE tavsiya qilgan belgilar so‘zning butunligiga putur yetkazmayapti, shuning uchun ham shu belgilar biz uchun eng to‘g‘risi hisoblanadi.
UNICODE tavsiya qilgan harfni o‘zgartiruvchi teskari vergul – ʻ (U+02BB) belgisini sodda qilib «okina» belgisi deyishimiz ham mumkin. Xuddi shunday, tutuq belgisi o‘rnida ishlatiladigan harfni o‘zgartiruvchi apostrof – ʼ (U+02BC) belgisini esa «okinaning jufti» deb ataymiz, chunki bu belgilar bir-birining jufti hisoblanadi.
Oʻ va Gʻ harflari hamda tutuq belgisi uchun eng to‘g‘ri hisoblangan belgini aniqlab olganimiz bilan bu harflar muammosi hech qachon hal bo‘lmaydi. Chunki, okina va uning juftini xoh kompyuter, xoh mobil klaviaturalardan bo‘lsin, ularni yozish juda qiyin. Ularni klaviaturalardan kiritish chap va o‘ng bir tirnoqdan ham qiyin. Chap va o‘ng bir tirnoqni kompyuter yoki mobil qurilmalarning klaviaturalaridan bir nechta «tryukni» ishlatib yozish mumkindir, lekin okina va uning juftini hech qaysi klaviaturadan yozib bo‘lmaydi, chunki bu belgilar kam ishlatiladigan belgilar sirasiga kiradi. Ularni yozish uchun bu belgilar klaviatura dasturini tuzgan kompaniyalar tomonidan oldindan kiritilgan bo‘lishi lozim, bu esa aksariyat hollarda imkonsiz narsa.
Shuning uchun, ratsional jihatdan eng to‘g‘ri belgini topganimiz bilan, biz muammoning bir qismini hal qilamizu, lekin boshqa muammolar o‘z holicha qoladi, ayrimlari esa kuchayadi. Maqolamiz boshida 5 xil belgi haqida gapirgan bo‘lsin, endi ularning soni 7 taga yetadi. Bu esa, o‘z navbatida, xalq uchun juda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman, Oʻ va Gʻ harflaridagi maxsus belgi qanchalik muammo yaratsa, tutuq belgisi ham shunchalik muammo yaratadi, shuning uchun muammoni batamom yo‘q qilish uchun nafaqat Oʻ va Gʻ harflarini almashtirish, balki tutuq belgisini ham almashtirish talab etiladi!
II. YeChIMLAR
2.1. Oʻ va Gʻ harflari uchun diaktrik belgili harflardan foydalanish
Diaktrik belgi deganda, harfning ustiga yoki ostiga muayyan belgilarni qo‘shish orqali yangi harflar yoki tovushlar hosil qilinadigan belgilar tushuniladi. Diaktrik belgilar juda ko‘p, ularga qiziqqanlar Vikipediyadagi ushbu maqola orqali tanishishi mumkin.
Demak, O‘ harfi uchun quyidagi asosiy diaktrik belgili harflar mos kelishi mumkin:
Yuqoridagi belgilardan birinchi uchtasi Oʻ harfi uchun asosiy da’vogar deb hisoblayman. Quyida izohlarimni keltirib o‘taman.
1) Ö – diyerezisli O (umlautli O ham deyiladi), kengaytirilgan lotin alifbosi tarkibiga kiradi. Bu belgi ko‘pchilikka tanish, chunki 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi Oʻ harfi uchun aynan shu Ö ishlatilgan, biroq oradan atigi ikki yil o‘tib, 1995 yilda bu harf O‘ harfiy birikmasi bilan almashtirilgan. Qolaversa, bu harf turk, ozarbayjon, turkman kabi turkiy xalqlar alifbosida hamda nemis va boshqa tillar alifbosida ham mavjud. Bu belgini aksariyat mobil qurilmalar klaviaturalarida ham qiyinchiliksiz yozish mumkin (yangi o‘zbek lotin alifbosi uchun klaviatura terilmasi ishlab chiqilgunicha vaqtinchalik yechim sifatida).
2) Ŏ – brevisli O, diaktrik belgisi kirillchadagi Oʻ harfidagi belgi bilan bir xil. Shuningdek, Gʻ harfi uchun Ğ harfi qabul qilinadigan bo‘lsa, u bilan juda mos tushadi. Natijada, qabul qilinayotgan harflardagi diaktrik belgilarning turi ko‘paymaydi va bu odamlarga ancha qulaylik yaratadi.
3) Õ – tildali O, diaktrik belgisi hozirgi paytdagi Oʻ harfining yozma ko‘rinishidagi to‘lqinli chiziqcha bilan bir xil, biroq shundan boshqa afzalligi yo‘q biz uchun, shuning uchun bu harfni da’vogarlar safidan chiqarish maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.
4) Ō (makronli O) va Ô (sirkumfleksli O) harflari bizga umuman notanish, shuning uchun ulardan foydalanmagan ma’qul.
5) Ó (akutli O) va Ò (gravisli O) harflaridagi diaktrik belgilar bir-biriga vizual jihatdan yaqin bo‘lgani bois odamlarda ikkilanish va chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan bu harflarni ham da’vogarlar safidan chiqarganimiz yaxshi.
Yuqoridagilarni xulosa qilib, Oʻ harfi uchun Ö yoki Ŏ eng maqbul variant, deb hisoblayman.
Endi Gʻ harfiga kelsak, uning uchun quyidagi asosiy diaktrik belgili harflar mos kelishi mumkin:
1) Ğ – brevisli G, kengaytirilgan lotin alifbosi tarkibiga kiradi. Bu belgi ko‘pchilikka tanish, chunki 1993 yilgi lotin alifbomizda hozirgi Gʻ harfi uchun aynan shu Ğ ishlatilgan, biroq oradan atigi ikki yil o‘tib, 1995 yilda bu harf Gʻ harfiy birikmasi bilan almashtirilgan. Qolaversa, bu harf turk, ozarbayjon, turkman kabi turkiy xalqlar alifbosida ham mavjud. Bu belgini aksariyat mobil qurilmalar klaviaturalarida ham qiyinchiliksiz yozish mumkin (yangi o‘zbek lotin alifbosi uchun klaviatura terilmasi ishlab chiqilgunicha vaqtinchalik yechim sifatida). Shuningdek, Oʻ harfi uchun Ŏ harfi qabul qilinadigan bo‘lsa, diaktrik belgisi u bilan juda mos tushadi. Natijada, qabul qilinayotgan harflardagi diaktrik belgilarning turi ko‘paymaydi va bu odamlarga ancha qulaylik yaratadi.Yuqoridagi belgilardan faqat birinchisi Gʻ harfi uchun asosiy da’vogar deb hisoblayman. Quyida izohlarimni keltirib o‘taman.
2) Ḡ (makronli G) va Ǵ (akutli G) harflari bizga umuman notanish, shuning uchun ulardan foydalanmagan ma’qul.
3) Ǧ (karonli G) va Ĝ (sirkumfeksli G) harflaridagi diaktrik belgilar bir-biriga vizual jihatdan yaqin bo‘lgani bois odamlarda ikkilanish va chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababdan bu harflarni ham da’vogarlar safidan chiqarganimiz yaxshi.
Yuqoridagilarni xulosa qilib, Gʻ harfi uchun Ğ eng maqbul variant, deb hisoblayman.
Demak, quyidagi o‘zgarish amalga oshirilgani eng maqbul variant:
Oʻ / oʻ > Ö / ö yoki Ŏ / ŏ
Oʻ harfi uchun qaysi birini tanlashni har xil usullarda aniqlash mumkin: ovoz berish, so‘rovnoma o‘tkazish, ilmiy mushohada va h.k. Har ikkisidan biri tanlansa ham bu biz lotinsevarlar uchun yutuq hisoblanadi.
2.2. Tutuq belgisini nima qilamiz?
Yuqoridagi barcha muhokamalardadan bir narsa aniq bo‘ladiku, tutuq belgisi yaratadigan muammolar Oʻ va Gʻ harflari yaratadigan muammolar bilan bir xil, shunday ekan tutuq belgisini ham shu holicha qoldirish yaxshi ish emas. Alifboni isloh qilishga bel bog‘ladikmi, uni oxirigacha yetkazishimiz, alifbodagi har qanday xato va kamchiliklarni tuzatishimiz darkor.
Tutuq belgisi yuzasidan oldimizda 3 ta yo‘l bor:
1) Tutuq belgisini o‘zbek lotin yozuvidan olib tashlash
Bu fikrim ancha keskin tuyulishi mumkin, lekin quyida buni asoslab beraman.
Birinchidan, kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tilayotgan paytda shunga o‘xshash uchta ish qilingan:
birinchisi – kirill yozuvimizdagi yumshatish belgisi (, myagkiy znak) shunchaki olib tashlangan, masalan, aprel > aprel bo‘lib o‘tgan;
ikkinchisi – ob’yekt, sub’yekt kabi rus tilidan o‘zlashgan so‘zlardagi ayirish belgisi (’, tvyordiy znak) ham olib tashlangan, masalan, ob’yekt > obyekt, sub’yekt > subyekt bo‘lib o‘tgan lotinga;
uchinchisi – mo‘’jiza, mo‘’tabar kabi o‘zbekcha so‘zlardagi ayirish belgisi (lotindagi tutuq belgisi) ham muayyan sabablarga ko‘ra olib tashlangan edi, xususan, mo‘’jiza > moʻjiza, mo‘’tabar > moʻtabar bo‘lib o‘tgan lotinga.
Ikkinchidan, o‘zbek tilidagi tutuq belgili so‘zlarning aksariyati (ruschadan o‘zlashgan so‘zlar chiqib ketsa, hammasi, menimcha) bizga arab tilidan kirib kelgan. Bunday so‘zlarning arabchasida «ayn» harfi bo‘lgani uchun lotin yozuviga shu «ayn» harfi tutuq belgisi (ʼ) bo‘lib kirgan. Biroq, masalaning boshqa tomoni shundaki, bu prinsip doim ham ishlayvermagan, balki bu lug‘at tuzuvchilarning xatosidir, balki boshqa qoida sabab, arabcha so‘zlardagi «ayn» ba’zan o‘zbek tilida shunchaki tashlab ketilgan. Masalan, quyidagi misolga qaraylik:
Taʼqib – bu so‘zning arabchasida «ayn» harfi mavjud, shuning uchun o‘zbek tiliga o‘zlashganda ham tutuq belgisi bilan olingan. Quyidagi skrinshot O‘zbek tilining izohli lug‘atidan olingan (A.Madvaliyev tahriri ostida, 2006–2008)
Taqiq – bu so‘zning ham arabchasida «ayn» harfi bor, lekin o‘zbek tiliga o‘zlashganda hech qanday tutuq belgisi yo‘q. Quyidagi skrinshot O‘zbek tilining izohli lug‘atidan olingan (A.Madvaliyev tahriri ostida, 2006–2008)
Bunaqa misollar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin, men hozircha shu ikkitasi bilan cheklandim. Shu paytgacha bir nechta holatda tutuq belgisi olib tashlangan ekan, nimaga uni barcha tutuq belgili so‘zlarga nisbatan qo‘llamaymiz? Bundan ko‘rinadiki, tutuq belgisi olib tashlansa biz ko‘p narsa yutqizmaymiz. Faqat ayrim so‘zlarda omonimlik xususiyati paydo bo‘ladi xolos, bu esa tilimizda mavjud hodisa:
surʼat > surat (omonimlik xususiyati paydo bo‘ladi)
Tutuq belgisining olib tashlanishi tilimizga va yozuvimizga juda ko‘p jihatdan foydalar keltiradi, xususan:
a) tutuq belgisining har xil ifodalanishi muammosining bartaraf etilishiga (yuqorida bu haqda juda ko‘p muammolarni sanab o‘tganman)
b) internetda belgilar bilan bog‘liq muammoning kamayishiga.
2) Tutuq belgisi o‘rniga boshqa biror harfiy belgini joriy qilish
Agar tilshunoslarimizning (va boshqalarning) hammasi bir ovozdan tutuq belgisidan voz kecha olmaymiz deb, unga asosli sabablar keltira olsa, biz uchun ikkinchi yo‘l bu belgini boshqa biror harfiy belgi bilan almashtirish hisoblanadi.
Tutuq belgisining hozirgi shakli qanday muammolarni keltirib chiqishini yuqorida sanab o‘tdik, shuning uchun uni xuddi kirill yozuvidagi ayirish belgisi (’) kabi biror harfiy belgi bilan almashtirsak, muammoning yechimini topgan bo‘lamiz. Chunki kirill yozuvidagi ayirish belgisi (’) yozishga qulay (uni ham kompyuter, ham mobil qurilmalar klaviaturalaridagi kirillcha terilmada yozish qulay), so‘zni ikkiga bo‘lib yubormaydi (kompyuter tizimlari kirill yozuvidagi ayirish belgisi bor so‘zlarni ham bir butun so‘z sifatida qabul qiladi va tushunadi, ko‘rinishi ham unikal (uni boshqa biror belgi bilan adashtirib yuborish juda qiyin).
Shunga o‘xshash ishni belaruslar ham lotin alifbosida joriy qilishgan, garchi ularda lotin yozuviga o‘tilmagan bo‘lsada. Belarus lotin alifbosida kirill yozuvidagi apostrof belgisi o‘rniga «j» harfi kiritilgan, masalan: ab’yekt > abjekt.
Esingizda bo‘lsa, yuqoriroqda bu holatda bizda lotin yozuviga o‘tishda «ob’yekt», «sub’yekt» kabi rus tilidan o‘zlashgan so‘zlardagi ayirish belgisi (’, tvyordiy znak) olib tashlangani haqida yozgan edik: ob’yekt > obyekt, sub’yekt > subyekt bo‘lib o‘tgan lotinga.
Xo‘sh, tutuq belgisini qaysi belgiga almashtirish maqsadga muvofiq? Bu borada hozircha menda aniq bir taklif yo‘q. Agar o‘zbek lotin yozuvini isloh qilish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh shunday qarorga keladigan bo‘lsa, eng mos belgini UNICODE tizimidan topish muammo emas.
Ko‘zingizga juda notanish ko‘rinyaptimi? Shuning uchun ham tutuq belgisini yozuvimizdan umuman olib tashlash tarafdoriman men. Qolaversa, UNICODE belgilari yaxshilab o‘rganib chiqilsa, bundan yaxshiroq variant chiqishi mumkin, bunga ishonaman.
3) Tutuq belgisini shundayligicha qoldirish
Mabodo, ishchi guruh yuqoridagi ikki taklifdan hech biriga ko‘nmasa, tutuq belgisini shundayligicha qoldirishga, u keltirib chiqaradigan muammolarni ham shundayligicha qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday bo‘lmasligiga umid qilib qolaman.
Yozuvida apostrof mavjud ukrainlar va belaruslarning bu boradagi muammo va yechimlari bilan qiziqib ko‘rdim. Ikkalasida ham yozuvi kirill alifbosiga asoslangan, biroq ular ruslarning kirill yozuvidan farqli o‘laroq ayirish belgisini emas, apostrof belgisidan foydalanishadi. Bu haqda yuqorida ham bir ikki misollarni keltirgan edim.
Apostrof borasida UNICODE quyidagi qoidani ilgari suradi – apostroflarning 3 xil turi mavjud:
(1) ‘ – APOSTROPHE (apostrof), UNICODE kodi – U+0027. Uni yozuv mashinkasidagi apostrof ham deyishadi.
(2) ’ – RIGHT SINGLE QUOTATION MARK (o‘ng bir tirnoq), UNICODE kodi – U+2019
(3) ʼ – MODIFIER LETTER APOSTROPHE (harfni o‘zgartiruvchi apostrof), UNICODE kodi – U+02BC
Ingliz tilida apostrof uchun (1) va (2) turidagi apostroflardan foydalanaverishadi, chunki yuqorida aytganimdek, aksariyat kompyuter tizimlari, dasturlar (1) apostrofni avtomatik ravishda (2) apostrofga aylantirib beradi. Lekin ingliz tilida apostrof boshqa maqsadda, to‘g‘riroq aytganda o‘z maqsadida – biror so‘zga qo‘shimcha qo‘shganda, ikkita so‘z qo‘shib yuborilganda ularni qisqartirganda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Biroq, o‘zbek tilida, shuningdek, ukrain va belarus tillarida esa apostrof boshqa maqsadda – so‘zning orasida ishlatiladi. Shuning uchun ingliz tilidagi apostrof qoidasi bu tillarga mos tushmaydi. Shuni inobatga olgan holda ham belarus, ham ukrain tilida yuqoridagi 3 xil apostrofdan eng to‘g‘risi (3) ʼ – MODIFIER LETTER APOSTROPHE (harfni o‘zgartiruvchi apostrof) ekani ta’kidlangan va hujjatlashtirilgan. Shunday bo‘lsada, ularda ham apostroflarni chalkashtirib ishlatish holatlari ko‘p kuzatilar ekan.
Agar o‘zbek lotin yozuvida ham tutuq belgisi qoldiriladigan bo‘lsa, uning uchun eng to‘g‘ri belgi – MODIFIER LETTER APOSTROPHE (ʼ, U+02BC) ekanligi hujjatlashtirilishi lozim. Biroq, xuddi ukrainlar va belaruslarda bo‘lganida bizda ham odamlar bu belgini boshqa apostroflar bilan chalkashtirib ishlatish holatlari bo‘lishi aniq, buni albatta hisobga olish lozim.
III. XULOSA O‘RNIDA
Bu muammolar, o‘z navbatida, o‘zbek lotin yozuvi uchun imloni tekshiruvchi, grammatikani tekshiruvchi, matnni nutqqa aylantiruvchi hamda nutqni matnga aylantiruvchi dasturlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda. To‘g‘ri, Microsoft Word dasturiga o‘zbek lotin yozuvi uchun imloni tekshirish funksiyasi qo‘shildi, lekin uning ishlash prinsipini tayyorlashda mazkur muammoning oldini olish uchun alohida qoidalar kiritildi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari rivojlanib, bu muammoning ham oldini olsa bo‘ladi, faqat ish ko‘payadi xolos. Lekin bu yechimlar hech qachon universal bo‘lmaydi, hammasi xususiy hol uchun o‘rinli bo‘ladi xolos.
Hozir butun dunyoda rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt sohasining bir qismi hisoblangan tabiiy til bilan ishlash (Natural Language Processing) sohasi rivoji uchun yuqoridagi muammolar qanchalik tez hal bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Ana shundagina o‘zbek tilida ham matnni o‘qib eshittirish yoki aksincha nutqni matnga aylanirish funksiyalari, yaqin kelajakda esa virtual ovozli yordamchilar (Siri, Google Assistant, Amazon Alexa kabi) va boshqalar paydo bo‘lishini orzu qilishimiz mumkin.
хитой тилини урганиш
Assalomaleykum qadirli tomoshabin do’stlarim ) Bugundan boshlab hudoxoxlasa har xil Xitoy tili darsliklar qilib X-vid .
XITOY TILI 1- DARS/ HSK 1/ LEARNING CHINESE, xitoy til, хитой тили дарси
Просмотров 2 тыс. Год назад
assalomu aleykum qadirli tomoshabinlar, ushbu rolik sizlar uchun foydali boladi digan umiddaman! #xitoy #xitoytili #xitoydatalim .
Xitoy tilini o’rganish
Просмотров 18 тыс. 3 года назад
Хитой тилини тез урганиш. Мавзу: хитойча тана аъзолари. Бош, соч, огиз, бурун вам хоказо.
Xitoy tili 1-dars | Xitoy tilini oson va tez o’rganish | Nima uchun Xitoy tilini o’rganish kerak?
Просмотров 10 тыс. 7 месяцев назад
Xitoy tiliga oid 1-darsimizda ushbu tilning ahamiyati va undagi iyerogliflarning o’qilishi bilan yaqindan tanishing va olgan .
Хитой Тилини қанча вақтда ўрганса бўлади? | Xitoy Tilini qancha vaqtda o’rgansa bo’ladi?
Просмотров 922 2 года назад
Ассаламу Алейкум Азиз дўстлар! Пайтдан фойдаланиб, янги X-vid каналимга ески видеоларни жойлаштиришни .
XITOY TILINI ORGANISH OSONMI?/ЛЕГКО ЛИ НАУЧИТЬСЯ ГОВОРИТЬ НА КИТАЙСКОМ?/XITOY MILLIY TAOMLARI.
Просмотров 1,5 тыс. 2 года назад
Xitoy taomali #Shanghai #Uzbek Talabasi #KoronavirusXitoy #Xitoyga oqishga kirish #Xitoy haqida #Xitoy xalqi .
Xitoy tilini mukammal o’rganamiz! 1-dars Xitoy tiliga kirish qadami .
Просмотров 4 тыс. 2 года назад
200 ta iboralar – Xitoycha – Oʻzbekcha
Просмотров 15 тыс. 3 года назад
#UsefulChinese #LearningPhrases Menga yordam bering va obuna boʻling .
Xitoy tili 16 kunda
Просмотров 7 тыс. 3 года назад
1-dars Xitoy tili.
xitoy tili 1 dars 问候
Просмотров 1,8 тыс. 2 года назад
Ushbu dars orqali xitoy tilida salomlashish usullari bilan tanishib olasiz. Dars haqida fikrlaringizni kutib qolamiz. Qo’yilgan xato va .
Domla TV | Xitoy tili | Siz Xitoycha gapira olasizmi? | Boshlang’ich bosqich
Просмотров 1,7 тыс. 3 года назад
Ushbu epizodda Xitoy tilida qaysi tillarda gapira olishingiz haqidda qisqacha gapirish va birortasi qaysi tillarda gapira olishini .
Xitoy tili. HSK1 ( XITOYCHA-O’ZBEKCHA )
Просмотров 8 тыс. 4 года назад
HSK1. XITOY TILIDAN 1-DARAJA INTIHONI SO’ZLARI KAMCHILIKLAR UCHUN UZUR! PlayMarket: Xitoy Tili HSK dasturimiz!
Golland tili lug’ati talabasi | Golearn
Просмотров 120 2 года назад
All videos from GOLEARN We proceeded under the exact contract of the copyright holder IMAGE: nPine, , ETC company .
Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori
Har bir ayol orziqib kutgan ajoyib davr hech bir shubhasiz homiladorlikdir. Bu davrdagi ruhiyatni, ichki his tuygʻularni umr davomida kamdan-kam hollardagina tuyish imkoni mavjud. Shunday ekan, bu lahzalarni unutilmas va esda qolarlik qilib oʻtqazish muhimdir. Homiladorlik davri davomida bu kabi tuygʻularni his qilishingizda homiladorlik taqvimi sizga yordam beradi.
Homiladorlik kalendari (taqvimi) sizga homiladorlikning butun muddati davomida oʻz tanangizda boʻlayotgan ajib oʻzgarishlar haqida oʻqib, his qilib borish imkoniyatini taqdim etadi.
Homiladorlik kalendari — hisob kalkulyatori
Homiladorlik kalendari hisoblash kalkulyatori orqali hozirgi homiladorlik muddatingizni, ayollar konsultatsiyasiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtini, tug‘ruq kunini, shirin farzandchangizning birinchi yurak urush vaqtini bilib olasiz!
Ushbu homiladorlik kalkulyatori orqali qiziqarli maʼlumotlarni olish uchun uchta asosiy maʼlumotga tayanamiz, bu oxirgi hayz kelgan kun, urug‘lantirish sodir bo‘lgan kun yoki taxmin qilinayotgan tug‘ruq kuni bo‘lishi mumkin. Quyidagi formadan o‘zingizga maʼlum bo‘lgan maʼlumot turini tanlang va hisoblash tugmasini bosing.
Ma’lumot turi
So’nggi hayz kelgan kun ni belgilang
Boshqa natijalar
- Homiladorlikning hozirgi muddati:
- Ayollar konsultatsiyasida ro’yxatdan o’tish vaqti: 2021-yil 21-noyabrdan boshlab uch hafta ichida
- Tug’ruqqacha qolgan kunlar: 166 kun
- Homiladorlik testi natija ko’rsata boshlaydi: 2021-yil 10-oktyabrdan boshlab
- Homilaning birinchi yurak urishi vaqti: 2021-yil 24-oktyabrda
- Birinchi trimestr yakuni: 2021-yil 19-dekabr
- Homilaning birinchi qimirlashi vaqti: 2022-yil 16-yanvar
- Homilaning yashovchanligi boshlanish vaqti: 2022-yil 27-fevral
- Ikkinchi trimestr yakuni: 2022-yil 27-mart
- Taxminiy tug’ruq kuni: 2022-yil 19-iyunda
Quyida sizga homiladorlik davri mobaynida organizmingizda, boʻlajak shirintoyingizda yuz beradigan asosiy oʻzgarishlar haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.
Homiladorlik davomida zaruriy barcha maʼlumotlarni esa, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali topishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olish orqali homiladorlikdagi ona va boladagi oʻzgarishlardan tortib, toʻgʻri ovqatlanish, muhim tibbiy tekshiruvlar, ginekolog maslahatlari, homiladorlik mashqlari, boʻlajak farzandga ism tanlash, homiladorlik muddati hamda boshqa homilador ayollar bilan suhbat qurish, farzand jinsini taxminiy aniqlash kabi foydali vositalarni bepul qoʻlga kiritishingiz mumkin.
Ilova sizni qiziqtirayotgan boʻlsa, mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin: ://bit.ly/lalu-app
Homiladorlik kalendari birinchi trimestr
1-hafta
Organizmingiz homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rmoqda. Akusherlik muddatlaridan kelib chiqib hisoblansa, homiladorlikning birinchi haftasi oxirgi hayz koʻrilgan kundan boshlanadi.
2-hafta
Homiladorlikning 2-haftasida ayol organizmida ovulyatsiya jarayoni roʻy berib, organizm urugʻlanishga tayyor boʻladi, yaʼni tuxumdondan tuxum hujayra yetilib chiqadi. Ko‘pincha ayollar hayz siklining o‘rtasida, ya’ni 14-kunida homilador bo‘lishadi.
Agar tuxumdonlardan ikkita yetilgan tuxum hujayra ajralsa va ikkalasi ham urug’lansa, dizigota egizak homiladorlik yuz beradi.
Homiladorlik kalendari: 3-hafta
Homiladorlik testi salbiy natijani koʻrsatadi. Ammo, baʼzi ayollar oʻzlarida tez charchash, yengil koʻngil aynishi, koʻkrak bezlarining sezuvchan boʻlib qolishi, qonli ajralmalar yuzaga kelishi, peshob ajralishining koʻpayishi kabi homiladorlik alomatlarini sezishlari mumkin.
4-hafta
Homilaning kattaligi lolaqizgʻaldoq doni kabi boʻladi va u intensiv ravishda oʻsadi. 10-haftagacha homilaning barcha muhim organlari shakllanadi va baʼzilari ishlay boshlaydi. Mana shu davr ichida jadal oʻsayotgan embrion nozik boʻladi. Tashqi salbiy taʼsirlar uning oʻlimiga yoki tugʻilishdagi anomaliyalarga sabab boʻladi.
5-hafta
Homilador ayolning nerv tizimi va endokrin tizimidagi oʻzgarishlar va xorion (homilaning bir qavati)dan ishlab chiqariladigan xorionik gonadotropin (XG) sintezi hisobiga, koʻpchilik ayollarda birinchi uch oylikda toksikoz holati kelib chiqadi. Toksikoz belgilari – koʻp soʻlak ajralishi va qusishdir.
Homiladorlik kalendari: 6-hafta
Homilangizning uzunligi 0,51-0,64 sm.ga yetadi. Uning yuzi sekin-asta shakllanishni boshlaydi. Ikki nuqta paydo boʻladi va ulardan keyinchalik koʻz shakllanadi, yana ikki nuqtadan esa burun teshiklari shakllanadi. Bundan tashqari jagʻlar, ichki quloq, til va ovoz boylamlari hamda boʻyin va iyak farqlana boshlaydi. 6-haftalik embrionning boshi katta, tanasi esa “C” harfini eslatadi.
7-hafta
Homiladorlik – moslashish qiyin boʻlgan fiziologik jarayondir. Shu sababli ham 7-hafta ketayotgan boʻlsada, ayol kishida kayfiyat oʻzgaruvchanligi saqlanib qolgan boʻladi.
7-haftada kichik chanoq boʻshligʻiga qon oqimi koʻpayadi, buning natijasida peshob ajralishi oshadi, qorinda spazmlar yuzaga keladi.
8-hafta
Tugʻilajak bola organizmi jadal oʻsadi, homila uchun koʻp energiya qurilish materiallari kerak boʻladi. Shu sababli embrion yuragi koʻp marotaba qisqaradi, bir daqiqada 150-170 marotaba qisqaradi. Bosh miyada neyronlar shoxlanadi va yangi bogʻlamlar paydo boʻladi.
Homiladorlik kalendari: 9-hafta
Homiladorlik kalendari ning 9-haftasiga kelib ayol organizmida yogʻ toʻqimalari toʻplana boshlaydi – shu yoʻl bilan ayol organizmi sut orqali oziqlantirishga tayyorlanadi.
Koʻpchilik ayollarda relaksin gormonni taʼsirida – chanoq boylamlari boʻshashadi. Keyinchalik tugʻish jarayoni osonlashadi. Shu sababli ayol kishi chanoq sohasidagi ogʻriqlar va yurishdagi oʻzgarishlarni his etishi mumkin.
10-hafta
Bolakayingizning uzunligi 3-4 sm.dan koʻproq, tana vazni esa 4 gr.ni tashkil etadi. Yaqin haftalar ichida homila uch barobar kattalashadi, uning peshonasi boʻrtib chiqadi, chunki bosh miya ham kattalashadi. Homiladorlik vaqtida eng kerakli boʻlgan mikroelementlardan biri – ruhdir. Ruh koʻplab fermentlar tarkibiga kiradi va ular organizmdagi biokimyoviy jarayonlarda jadal qatnashadi. Ruh ishtirokida 300 dan ortiq turdagi oqsillar sintezlanadi.
Homiladorlik kalendari: 11-hafta
Homilador ayolning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Endi gormonal “dovul” pasayadi va ayolni koʻpda bezovta qilavermaydi. Avallari bezovta qilgan toksikoz belgilari endi homilador ayolni bezovta qilmaydi.
Shunday boʻlsa ham homiladorlik barcha ayollarda turlicha kechadi, baʼzilarda 11-12 haftaga kelib, barcha belgilar namoyon boʻlishi “choʻqqiga chiqishi” mumkin.
12-hafta
Homiladorlik davrining 12-haftasiga kelib homilaning rivojlanishida eng muhim jarayonlardan biri – reflekslar shakllanadi. Uning barmoqlari va kafti bukiladi hamda yoziladi, mushaklar qisqara boshlaydi, ogʻiz, koʻz atrofidagi mushaklar ham harakatlana boshlaydi, soʻrish refleksi paydo boʻladi. Endi homila ona qorniga qoʻl bilan paypaslanganini sezadi va unga javoban harakatlar qiladi. Ammo, ona bu kabi harakatlarni hali sezmaydi.
Homiladorlik taqvimi: 13-hafta
Bu haftaga kelib, UTT (UZI) yordamida boʻlajak farzandingizning jinsini aniqlasa boʻladi. Shunday boʻlsada, toʻliq ishonch bilan aytish qiyin. Bolakayning harakatlanishi aktivlashadi: endi u bemalol qoʻl va oyoqlarini harakatlantira oladi, yutinadi, esnaydi va hiqichoq tutadi.
Tabriklaymiz!
Siz homiladorlikning eng nozik pallasini ortda qoldirdingiz. Endi yengil tortsangiz ham boʻlaveradi.
Agar homiladorlik davrini yana ham mazmunliroq oʻtqazishni istasangiz, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini yuklab oling.
Yuklab olish
4,8 yulduzcha bilan baholangan
Homiladorlik taqvimi ikkinchi trimestr
14-hafta
Homilaning uzunligi 9 sm.ni, tana vazni esa 35-45 gr.ni tashkil qiladi. Homilaning tanasi boshiga nisbatan tezroq o’sadi, bo’yin aniq ko’rina boshlaydi. Bolakay nafas harakatlarini bajaradi, shu yoʻl bilan nafas mushaklari rivojlanishi tezlashadi.
15-hafta
Homilador ayol tashqi koʻrinishi turlicha boʻlishi mumkin. Bu davrda ayol bachadoni kichik chanoqqa sigʻmay qoladi va qorin sezilarli darajada katta boʻladi.
Gormonal oʻzgarish taʼsiri ostida qon hajmi koʻpayadi va burun shilliq qavatida toʻplanishi hisobiga burun bitishi va qonashi mumkin.
Homiladorlik kalendari: 16-hafta
Bolakayda ichki quloq shakllangan, eshituv suyaklari bor. Endi u sizni eshita oladi va ovozingizni esda saqlab qoladi. Tugʻilgandan keyin ham sizning ovozingizni farqlay oladi. Ilmiy izlanishlar natijasiga koʻra, chaqaloq ona qornidaligida eshitgan musiqalarni eslay oladi.
17-hafta
Qorin kattalashishi natijasida tana muvozanati buziladi va shu sababli ayol “oyogʻida turishi qiyinlashadi”. 17-haftaga kelib barcha ayollar bolakaylarining harakatlarini his etishadi.
Koʻpchilik ayollar homiladorlikning ikkinchi uch oyligida noodatiy tushlar koʻrishadi.
Homiladorlik kalendari: 18-hafta
Boʻlajak farzandingizning sezgi aʼzolari funksiyasi ortadi: eshituv, koʻruv va taʼm bilish. Bolakay ona organizmidagi jarayonlarni eshitadi, agar ona yonida baland tovush eshitilsa u “choʻchib tushadi”.
19-hafta
Bu davrga kelib, ayrim homilador ayollar chanoq, qorin va qov sohasidagi oʻtkir ogʻriqlarga shikoyat qiladilar. Odatda, bu kabi ogʻriqlar keskin harakat qilganda namoyon boʻladi va bir necha daqiqalardan keyin oʻtib ketadi. Bu holatga yumaloq boylamning choʻzilishi sabab sifatida koʻrsatiladi.
Homiladorlik taqvimi: 20-hafta
Homilaning uzunligi 25,4 sm, tana vazni esa 300 gr boʻladi. Homiladorlikning 20-haftasigacha boʻlgan davrda homila oyoqlari yigʻilgan boʻlganligi sababli uning butunlay boʻy uzunligini oʻlchashning imkoni boʻlmaydi, shu sababli chanoqdan to boshgacha taxminan oʻlchanadi. 20-haftaga kelib esa uning boʻy uzunligini tovondan to boshgacha oʻlchash mumkin.
21-hafta
Belda va kichik chanoq sohasida tortishish hissi paydo boʻlishi mumkin. Bu holat ogʻriqsiz namoyon boʻladi, 1 daqiqa davom etib soʻng oʻtib ketadi va har 4-5 soatda takrorlanib turishi mumkin. Bular yolgʻon toʻlgʻoq (dard) hisoblanadi. Uning sababi toʻliq oʻrganilmagan, ammo bu kabi toʻlgʻoqlar xavfsiz va normal holat sifatida baholanadi.
Homiladorlikda bel og‘rig‘ini yengillatish borasidagi tavsiyalarni mana bu maqola orqali o‘qib olishingiz mumkin: Homiladorlikda bel og’rishi – sabablari va bartaraf qilish usullari
Homiladorlik kalendari: 22-hafta
22-haftadan boshlab bolakayning shaxsiy “kun tartibi” boʻladi, yaʼni u bir vaqtda uxlaydi (12-14 soat davomida) maʼlum bir vaqtda uygʻoq boʻladi. Sizning qorningiz kattalashgan va gormonlar taʼsirida koʻkrak sut bezlari hajmi ham ortadi.
23-hafta
Bolakayning koʻp harakatlanishi tufayli sizda baʼzida bezovtaliklar kuzatilishi mumkin. Bunday paytda koʻproq sayr qiling, bolangiz bilan suhbatlashing, unga eʼtiborni qarating. Agar farzandingizga haligacha, ism tanlamagan boʻlsangiz, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasidan foydalanib, jajji shirintoyingizga ism tanlashingiz mumkin.
24-hafta
Homiladorlik kalendari 24-haftasiga kelib, boʻlajak farzandingizning kattaligi yumaloq qovun kabi boʻladi. Endi uning teri qoplamasi shaffof emas, chunki pigmentlar va teri osti yogʻ qavati shakllanadi. Mayda kapillyarlar koʻpayganligi sababli teri rangi pushtiga oʻzgarib boradi.
Homiladorlik kalendari: 25-hafta
Homiladorlikning bu vaqtga kelib, odatda homilador ayollar oʻzida biroz semirishni his qilishi mumkin. Agar siz ham oʻzingizda semirishni sezsangiz, bundan xavotirlanishingiz shart emas. Chunki organizmda suyuqlik ushlanib qolishi koʻpayishi natijasida ushbu holat kuzatiladi. Homiladorlik davri davomida vazningizni oʻlchab, mobil ilovamizning “Vazn nazorati” boʻlimida qayd qilib borishni unutmang.
26-hafta
26-haftaga kelib, bachadon tubi kindikdan 6 sm yuqorida joylashadi. Homila kattalashishi hisobiga uyqu vaqtida noqulayliklar kelib chiqadi. Birinchidan yotishning noqulayligi sababidan sizni homiladorlikda qanday yotish kerak, degan savol qiynay boshlaydi, ikkinchidan tugʻilajak bola haqida koʻp oʻylash sabab boʻladi. Ba’zida esa, bu holat homiladorlikda uyqusizlik darajasigacha borishi mumkin. Shuning uchun uyqu gigiyenasiga qat’iy amal qiling.
Bu kabi holatlarni bartaraf qilish hamda yengillatish uchun homiladorlik yostiqchalaridan foydalanishingiz mumkin.
Tabriklaymiz!
Siz va farzandingiz uzoq yoʻlni bosib, ikkinchi trimestrni ortda qoldirib, homiladorlikning uchinchi trimestri sari qadam qoʻyapsiz. Bu yoʻlni oson va muvaffaqiyatli bosib oʻtishingizda “Lalu — Homiladorlik maktabi” sizga hamroh boʻlishi mumkin.
Yuklab olish
1800 nafar ayol tomonidan a’lo baholangan
Homiladorlik kalendari uchinchi trimestr
27-hafta
Kichkintoyingizning uzunligi 36-37 sm.ni tashkil qiladi. Bolakay uchun bachadon endi torlik qila boshlaydi, shu sababli uning harakatlari kuchli namoyon boʻlayotgandek tuyuladi.
Uning bosh miyasi murakkablashib boradi, reflekslar ham toʻliq shakllanadi. Bola barmogʻini soʻradi, koʻzlari yopiq holda, uxlaydi va uygʻonadi.
Illustrator: Yulduz Urazbayeva / Lalu
Homiladorlik kalendari: 28-hafta
Farzand haqida koʻp oʻylash va gormonal oʻzgarishlar taʼsiri ostida uyqu muammolari kuzatiladi. Uxlash uchun yotganingizda siz uxlagingiz kelmay qandaydir yumushlar bilan shugʻullanishni istab qolasiz.
29-hafta
Bolakay tanasi tugʻiladigan chaqaloqlar kabi holatga keladi, uning boshi ham tanasiga nisbatan juda katta emas. Homila teri osti yogʻ qavati oʻsishi hisobiga “semiradi”. Bu vaqtga kelib, uning shaxsiy immun tizimi shakllanadi, ammo antitelolarni ona organizmidan qon orqali olib turadi.
Homiladorlik kalendari: 30-hafta
Baʼzi ayollarda aksa urganda, yoʻtalganda, kulganda siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Oyoqlarda shish paydo boʻlib turadi. Bu kabi belgilar tugʻruqdan keyin yoʻqolib ketadi.
Uyqu bilan bogʻliq noodatiy holatlar kuzatiladi: uchinchi uch oylikda homilador ayollar uyqusida tez-tez bezovta boʻlib turishadi, har xil tushlar koʻradi. Bunga sabab gormonlar taʼsiri va tugʻilajak farzand haqida koʻp oʻylashdir.
31-hafta
Bu vaqtga kelib homilaning tana vazni boʻyining uzunligiga nisbatan koʻproq ortadi. Uning tana uzunligi 41 sm, tana vazni esa 1,5 kg ni tashkil etadi. 31-haftada ayrim bolakaylarning boshida sochlar juda koʻp boʻlsa, ayrim bolakaylar sochi umuman boʻlmasligi mumkin.
32-hafta
Jajji bolakayingiz tugʻilishini “kutib yotish” vaqtida – hayoti uchun muhim boʻlgan harakatlar, soʻrish, yutinish, nafas olish, boshini burish, oyoqchalari va qoʻlchalarini harakatlantiradi. U charchagan paytlarida uxlaydi, hatto tush ham koʻradi.
Homiladorlik kalendari: 33-hafta
Yolgʻon toʻlgʻoqlar yana-da koʻproq bezovta qiladi. Shu yoʻl bilan organizm tugʻruq jarayoniga tayyorlanib boradi. Chin toʻlgʻoq bilan yolgʻon toʻlgʻoqlarning farqi, yolgʻon toʻlgʻoqlar qisqa muddat ichida oʻtib ketadi.
34-hafta
Ushbu davrga kelib siz qorningizning biroz kichrayganligini sezishingiz mumkin. Buning ikki sababi bor. Birinchisi, homila biroz pastroqqa tushadi. Baʼzi hollarda bu holat ertaroq sodir boʻlsa, baʼzida esa tugʻruq jarayoniga bir necha soat qolganda roʻy beradi. Ikkinchisi esa, bachadonda amniotik suyuqlik kamayishi. Bunga oʻsayotgan homila uchun koʻproq joy ajratish lozimligi yoki organizmning kuchli suvsizlanishi sabab bo’lishi mumkin.
35-hafta
Homiladorlik kalendari 35-haftasiga kelib, bolakayingizning uzunligi 46 sm, tana vazni esa 2,4 kg.ni tashkil qiladi. Uning tana vazni teri osti yogʻ qavati qalinlashishi hisobiga ortadi. Kichkintoyingizning rivojlanishi deyarli toʻliq tugaydi.
Homiladorlik kalendari: 36-hafta
Homiladorlikning 36-haftasida va keyingi haftalarda homila biroz pastroqqa tushadi. Natijada jigʻildon qaynashi va hansirash yoʻqoladi, ammo siydik qopi ezilishi hisobiga peshob ajralishi kuchayadi, chanoq sohasida diskomfort namoyon boʻladi.
37-hafta
Bolakayning harakatlanishi kamayadi, agar harakat qilsa ham kuchli seziladi, chunki bachadon u uchun torlik qiladi. Homila tugʻilgandan keyin hayot uchun muhim boʻlgan barcha reflekslarni bajara oladi: nafas olish va chiqarish, yutish, soʻrish, koʻzlarini ochib yumish. U doim bu kabi harakatlarni takrorlab turadi.
Ma’lumot o’rnida, homiladorlikning 37-haftasi boshlanishidan oldin yuz bergan tug’ruq erta tug’ruq hisoblanadi.
38-hafta
Homilangizni – endi chaqaloq deb atasak ham boʻladi. Uning barcha aʼzolari toʻliq rivojlangan. U mustaqil ravishda yashashga toʻliq tayyor. Homila chanoq sohasiga tushadi va ayrim nerv tomirlarini ezib qoʻyishi mumkin.
39-hafta
Shoshilinch tugʻruq 38 va 42 haftalar oraligʻida roʻy beradi. Ilk bor farzand koʻrayotganlar odatda 41-haftada farzandlarini dunyoga keltiradilar. 39-haftada yolgʻon toʻlgʻoqlar bezovta qilib turadi. Agar chin toʻlgʻoq kuzatilsa, tug’ruq alomatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lsangiz, siz uni yolgʻon toʻlgʻoqdan qiyinchiliklarsiz farqlab olasiz: chin toʻlgʻoq ogʻriq bilan, belgilari kuchayib boruvchi xarakterli, uzoq muddat davom etadigan koʻrinishda namoyon boʻladi.
Homiladorlik kalendari: 40-hafta
Tug‘ruq jarayonini kutib, o‘zingizni xotirjam tuting. Agar quyidagi belgilar yuzaga kelsa, darhol tugʻruqxonaga borish kerak:
— Homila oldi suyuqligi kelsa. Siz oddiy qindan keladigan suyuqlikni homila oldi suyuqligidan bemalol farqlab olasiz, koʻpchilik ayollar peshob ajraldi deb oʻylashlari ham mumkin.
— Chin toʻlgʻoq boshlansa. Ular yolgʻon toʻlgʻoqlardan farqli ravishda ogʻriqli, davom etuvchi xarakterda va koʻproq diskomfort chaqiradi.
41-hafta
Homila uzunligi 50-56 sm, tana vazni esa 3,2-4,1 kg.ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkichlar naslga va boshqa omillarga bogʻliq boʻladi. Bu koʻrsatkichlar oʻrtacha qilib olingan. 41-haftaga kelib homila organizmida aytarli oʻzgarishlar roʻy bermaydi. Barcha aʼzolar yetilgan, bola dunyoga kelishga tayyor.
Tug’ruq akusher-ginekolog tomonidan tabiiy tug’ruq yoki kesarcha kesish usulida amalga oshiriladi.
Homiladorlik taqvimi: 42-hafta
Tugʻruq har qanday vaqtda roʻy berishi mumkin va siz yaqin vaqtlar ichida farzandingizni qoʻlingizda tutishingiz, uni emizishingiz, belanchakka belashingiz va shu kabi yoqimli mashgʻulotlar bilan band boʻlasiz. 42-haftada ham roʻy bermagan tugʻruq jarayoni ayol va homila hayotiga xavf tugʻdiradi. Shu sababli shifokorlar tomonidan sunʼiy ravishda tugʻruq chaqiriladi.
Yuklab olish
100 ming martadan ko’p yuklab olingan
Chaqaloq muborak boʻlsin!
Siz har bir ayol orziqib kutgan baxtga musharraf boʻldingiz, tabriklaymiz! Bunday baxtli onlaringizda sizga sherik boʻlganimizdan mamnunmiz!
Agar sizga “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi yoqqan boʻlsa, boshqa homilador doʻstlaringizni ham ushbu maktabimizga taklif qiling.
Sizga esa chaqaloq parvarishi va tarbiyasida omad tilagan holda, bu kabi muhim vazifaga xuddi homiladorlik davringizdagi kabi masʼuliyat bilan yondashishingizni soʻrab qolamiz.
Chaqalogʻingizni parvarishlashda sizga “Lalu — Onalar maktabi” ilovamiz asqatadi, deb oʻylaymiz. Agar, bolangizning toʻgʻri oʻsib-rivojlanishini hamda parvarishlashni ishonchli maʼlumotlar asosida olib borishni istasangiz ushbu ilovamizni yuklab oling!
Qiziqarli malumotlar
Oʻ va Gʻ harflari, tutuq belgisi: muammolar va yechimlar