Nyuton beshigi

Nyuton beshigi

Nyuton beshigi

nyuton beshigi 660eeaed8e395Yo‘q, shoshilmang. Maqola mashhur fizik olim Isaak Nyuton yotgan beshik haqida emas. Bu — 1960-yillar oxirida paydo bo‘lgan va butun dunyoda ommalashib ketgan suvenir-o‘yinchoqlardan biri xolos. Bu o‘yinchoq shuningdek maktab va kollejlar fizika laboratoriyalari uchun ham ajoyib tajriba vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. «Nyuton beshigi»ni dastavval 1967-yilda ingliz aktyori Saymon Prebbl yasagan bo‘lib, uning ilk konstruksiyasi yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lgan. Shu tufayli ham uni «beshik» deb qiyosiy nomlangan. Prebblning o‘zi o‘sha paytlardayoq ushbu suvenir-o‘yinchoqni tijorat maqsadlarida keng ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, sotuvga chiqara boshlagan. Nyuton beshigining zamonaviy ko‘rinishlari harakat yo‘nalishi bo‘ylab bir tekislikda tebranuvchi 5 yoki 7 ta metall sharlardan iborat bo‘lib, ular «beshik» ustuniga bir xil uzunlikdagi iplar bilan osib qo‘yilgan bo‘ladi.

Sharlarning hammasi bir xil o‘lcham va vaznga ega bo‘ladi va muvozanat holatida bir-biriga urinma holida teginib turadi. Agar eng chekkada turgan sharni ko‘tarib, qayta qo‘yib yuborilsa, u qaytib joyiga tushishda o‘ziga qo‘shni bo‘lgan sharga kelib uriladi va o‘zi to‘xtab, tinch holatga o‘tadi. Lekin, unga qarama-qarshi narigi chekkada turgan shar harakatlanib, ko‘tariladi. Bu jarayonda impuls ham saqlanadi, energiya ham saqlanadi; buni batafsil tahlil qilish masalasi, sharlarni o‘zaro ta’sirlarining mufassal va murakkab tahlilini talab qiladi.

Qo‘zg‘atilgan dastlabki shar qaytib tushib o‘z qo‘shnisiga urilganda, sharlar bo‘yicha taqsimlanadigan zarba to‘lqini yuzaga keladi. Bu tarzda o‘zaro zarbalanish tajribasini Saymon Prebbldan uch yuz yil avval farang fizigi va rohibi abbat Edma Mariott (1620-1684) tomonidan ham namoyish qilingan edi. Shuningdek, golland fizigi va faylasufi Vilgelm Gravezand (1688-1742) ham bu tur o‘zaro zarba almashinish jarayonini turli qurilmalarda tajriba qilish orqali tadqiq qilgan.

Hozirda Nyuton beshigining juda turli-tuman shakl va o‘lchamdagi talqinlari ishlab chiqariladi. Xususan, Nyuton beshigining har biri 7 kg tosh bosadigan va o‘lchami bouling sharlari o‘lchamidek keladigan 20 ta sharlardan iborat ulkan modeli ham mavjud. Ular 6,1 metr uzunlikdagi qalin troslarda osig‘liq turadi. Shuningdek, 2006-yilda «Nature» jurnali Pensilvaniya universiteti fiziklari tomonidan tayyorlangan «kvant Nyuton beshigi» haqida xabar e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, «Nyuton beshigi»ni kvant-mexanik zarrachalarga tadbir etilishi shaffof atmosferani yuzaga keltirar emish. Boz ustiga, bunda zarrachalar bir-biri bilan to‘qnashib, akslanishdan tashqari, aksincha, bir-biri ichidan o‘tib-qaytishi ham mumkin ekan. Umuman olganda, kvant olami fizik hodisalari biz ko‘nikib qolgan makrodunyo fizik hodisalaridan tamomila tubdan farq qilishi bilan bizni hayratga solishda davom etmoqda. Pensilvaniya universiteti fiziklariga ishonadigan bo‘lsak, demak, Nyuton beshigi ham kvant o‘lchamlarida bundan mustasno emas ekan.

nyuton beshigi 660eeaee7c03e

Nyuton beshigi tebranishida ham impuls, ham energiya saqlanadi; buni batafsil tahlil qilish masalasi, sharlarni o‘zaro ta’sirlarining mufassal va murakkab tahlilini talab qiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Qiziqarli fizika
Nyuton beshigi

Manba:orbita.uz