Nodiraning umr yóli

Nodiraning umr yóli
nodiraning umr yoli 6634d3ea463d2

Nadira

Nodiraning umr yóli

Mundarija скрыть
Nodiraning umr yóli
DO`STLARGA ULASHING:
shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Uning onasi Oyshabegim maʼrifatli ayol boʻlgan. Oʻzining oilaviy silsilasiga koʻra Bobur nasliga mansub boʻlib, shoiraning ota-onasi ham davrning eʼtiborli kishilari edilar. Mohlaroyimning taʼlim-tarbiyasi shu muhitda kamolotga yetdi va u tahsil yillarida xalqimizning tarixi, madaniyati, ilm va adabiyoti ravnaqidan yaxshigina xabardor boʻlib oʻsdi. Mohlaroyim sheʼriyatga juda erta havas qoʻydi. Ustoz Navoiy, Jomiy va Bedil kabi allomalarning asarlariga boʻlgan eʼtiqodmandlik bilan ruhan barkamollashib bordi. Maʼlumki, bu yillarda Qoʻqon xonligini Olimxon idora qilardi. Uning ukasi Umarxon esa Fargona vodiysining nufuzli shaharlaridan boʻlgan Margʻilonda hokim edi. 1807 yillarda ilgaridan bir-birlariga koʻngil qoʻyib, sevishib kelgan Umarxon va Mohlaroyim turmush quradilar. Shu munosabat bilan Mohlaroyim Margʻilonga keladi. Koʻp oʻtmay Qoʻqon xonligida davom qilib kelayotgan ziddiyatlar oqibatida 1810 yili Olimxon qatl etilib, uning oʻrniga Umarxon taxtga koʻtariladi. Shundan boshlab Mohlaroyim taqdiri Qoʻqon bilan bogʻlanib qoladi. Uning shoira sifatida keng koʻlamda ijod maydoniga kirib kelishi ham shu yillarga toʻgʻri keldi. Nodira Qoʻqonda xon saroyida ekan, davlat ishlaridan ham voqif boʻlib borardi. Xususan, adabiyot va sanʼat ahli bilan yaqinlashishga, qoʻp asrlik adabiyotimiz yoʻlidan borib, davr sheʼriyatini yuqori koʻtarishga astoydil kirishadi. Mohlaroyim va Umarxonning oilasida ikki oʻgʻil tugʻiladi. Muhammad Alixon va Sulton Mahmudxonlar oʻsibulgʻayib boradilar. Umarxonning 1822 yili bevaqt vafotidan keyin yosh Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi. Nodira ham yosh oʻgʻlining yoniga kirib mamlakatni boshkarish ishida faol ishtirok eta boshladi.

DO`STLARGA ULASHING:

Reja:
1.Nodiraning umr yóli
2. Mohlaroyimning ijodiy mеrosi;
3. Mohlaroyim shе’riyatining g’oyaviy xususiyatlari;
4. Sheʼriy mahorat qirralari
shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Uning onasi Oyshabegim maʼrifatli ayol  boʻlgan.  Oʻzining  oilaviy  silsilasiga  koʻra  Bobur  nasliga  mansub  boʻlib,
shoiraning ota-onasi ham davrning eʼtiborli kishilari edilar.
Mohlaroyimning  taʼlim-tarbiyasi  shu  muhitda  kamolotga  yetdi  va  u  tahsil yillarida  xalqimizning  tarixi,  madaniyati,  ilm  va  adabiyoti  ravnaqidan  yaxshigina
xabardor boʻlib oʻsdi.
Mohlaroyim sheʼriyatga juda erta havas qoʻydi. Ustoz Navoiy, Jomiy va Bedil kabi  allomalarning  asarlariga  boʻlgan  eʼtiqodmandlik  bilan  ruhan  barkamollashib
bordi.
Maʼlumki,  bu  yillarda  Qoʻqon  xonligini Olimxon idora qilardi.  Uning  ukasi
Umarxon esa Fargona vodiysining nufuzli shaharlaridan boʻlgan Margʻilonda hokim edi. 1807 yillarda ilgaridan bir-birlariga koʻngil qoʻyib, sevishib kelgan Umarxon va
Mohlaroyim  turmush  quradilar.  Shu  munosabat  bilan  Mohlaroyim  Margʻilonga
keladi. Koʻp oʻtmay Qoʻqon xonligida davom qilib kelayotgan ziddiyatlar oqibatida
1810 yili Olimxon qatl etilib, uning oʻrniga Umarxon taxtga koʻtariladi. Shundan boshlab Mohlaroyim taqdiri Qoʻqon bilan bogʻlanib qoladi. Uning shoira sifatida keng koʻlamda ijod maydoniga kirib kelishi ham shu yillarga toʻgʻri keldi.
Nodira  Qoʻqonda  xon  saroyida  ekan,  davlat  ishlaridan  ham  voqif  boʻlib
borardi.  Xususan,  adabiyot  va  sanʼat  ahli  bilan  yaqinlashishga,  qoʻp  asrlik
adabiyotimiz yoʻlidan borib, davr sheʼriyatini yuqori koʻtarishga astoydil kirishadi.
Mohlaroyim va Umarxonning oilasida ikki oʻgʻil tugʻiladi. Muhammad Alixon va
Sulton  Mahmudxonlar  oʻsibulgʻayib  boradilar.  Umarxonning  1822  yili  bevaqt
vafotidan  keyin  yosh  Muhammad  Alixon  davlatni  boshqarishga  kirishadi.  Nodira
ham  yosh  oʻgʻlining  yoniga  kirib  mamlakatni  boshkarish  ishida  faol  ishtirok  eta boshladi.
Nodira  davlat  va  mamlakat  ishlarini  tadbir  va  adolat  bilan  idora  qilishda homiylik  namunalarini  koʻrsatarkan,  bu  yillarda  mamlakatda  nisbiy  osoyishtalik saqlandi.  Qoʻshni  oʻlkalar  va  ularning  hukmdorlari  bilan  savdo-sotiq  va  boshqa
sohalarda  kelishuvlar  amalga  oshirildi.  Nodiraning  mamlakatdagi  qurilishlar sohasidagi  olib  borgan  ishlari,  madaniyat  va  adabiyot  borasida  koʻrsatgan
tashabbuskorliklari shoira devonining debochasida taʼkidlab oʻtilgan.
Shoira  keltirgan  bu  maʼlumotlarni  uning  zamondoshlari  Nodir,  Xotif  va Mushrif kabi tazkira va tarix asarlarining mualliflari toʻldiradilar va tasdiq etadilar.
Shoir  Nodir  Moxlaroyimga  bagʻishlab  yozgan  “Haft  gulshan”  dostonida  uni olimlarga, fozillarga ahamiyat bergani, isteʼdodli shoirlarni ijodga tashviq etgani,
ayniqsa, xotin qizlardan chiqqan shoira va fozilalarni oʻz himoyasiga olgani haqida gapiradi.  Oʻsha  davrda  yashagan  qozi  Abdunabi  Xotifning  Nodira  haqidagi
xotiralari  va  shoiraning  hayoti  hamda  ijtimoiy  faolyatiga  bagʻishlangan,  ammo
tamomlanmay qolgan voqeband dostonida shoiraning ilmiy va ijtimoiy faoliyatini
ishonarli dalillar bilan koʻrsatishga harakat qiladi. Xotif “Asar yozishdan maqsadim
Nodiraning  oqila,  fahmli,  ilm  va  soʻzning  qadriga  yetadigan  donishmand  ayol
ekanligini  koʻrsatishdir”,  deydi.  Nodiraning  madaniyat  va  adabiyot  homiysi
sifatidagi sarvarligi alohida taʼkidlanadi: “Umarxon vafotidan soʻng, – deb yozadi.
Shoiraning yuqorida soʻz borayotgan devonlari qoʻlyozmalarini koʻzdan kechirar ekanmiz, ularda Sharq adabiyoti, xususan, oʻzbek adabiyotining tematikasi, janr xususiyatlariga xos boy manzarani koʻramiz. Ayni paytda Mohlaroyim oʻtmishning teran anʼanalaridan bahramand boʻlib yaratgan gʻoyaviy va badiiy yetuk asarlari alohida diqqatga sazovordir.

Nodiraning umr yóli

Оставьте комментарий