Niqoblar haqida faktlar haqida malumot
Niqoblar haqida hamma bilishi kerak bo‘lgan 10 ta fakt teringizning yoshligi va go‘zalligini saqlashga yordam beradi.
Yuzni namlantiruvchi niqob kimlarga kerak?
Bizning quruq va issiq iqlim sharoitlarimizda yuzni namlantiruvchi niqob hammaga zarur! Terimizni haddan tashqari ko‘p namlantirib yuborishning iloji yo‘q, shu bois yuzni namlantiruvchi niqobdan iloji boricha ko‘proq foydalaning. Buning ustiga, agar oziqlantiruvchi, vitaminli, oqartiruvchi yoki namlantiruvchi yuz niqoblari ichidan tanlashga to‘g‘ri kelsa, sizga namlantiruvchi niqobni tanlashni tavsiya etamiz. Teringiz suvga to‘yinganidan keyin u yashnab ketadi va silliqlashadi, yuzdagi kichik nuqsonlar esa o‘z-o‘zidan yo‘qolganini sezasiz.
Multiniqoblarni qo‘llang
Ko‘pchiligimiz aralash turdagi teriga egamiz. Bu yuzning turli sohalari uchun turlicha parvarish talab etilishini anglatadi. Yuz terisining yog‘liligiga qarab bir vaqtning o‘zida ikki turdagi niqobdan foydalanish mumkin. Masalan, T-zona (ko‘p hollarda aynan u yog‘li bo‘lishga moyil bo‘ladi) uchun yuzni tozalovchi yoki qurituvchi niqobdan, yonoqlar va manglay uchun esa namlantiruvchi niqobdan foydalaning. Bu yuz parvarishini samaraliroq qiladi.
Terini quritib yubormang
Loy niqoblar juda yaxshi ta’sirga ega. Biroq ularni to‘g‘ri surtish lozim. Loy niqobni surtganingizdan keyin uning to‘liq qurishini kutib o‘tirmang – ustki qatlam biroz qurishi bilanoq yuvib tashlang. Agar niqob to‘liq qurib ketishiga yo‘l qo‘yilsa, u teri uchun qimmatli bo‘lgan namlikni tortib oladi. Bu esa bizga kerakmas.
Niqobni uzoq vaqt ushlab turishdan ma’ni yo‘q
Ko‘pchilik niqobni surtgandan so‘ng uni yuzda iloji boricha uzoq vaqt ushlab tursa, bu ikki baravar yaxshiroq natija beradi deb hisoblaydi. Bu noto‘g‘ri fikr. Har qanday kosmetik vosita o‘zining ta’sir qilish vaqtiga ega. Uzoq vaqt ushlab turish va bu bilan terining yuklamasini oshirishdan esa ma’ni yo‘q. Har qanday kosmetolog yoki dermatolog sizga niqobning optimal ta’sir qilish vaqti – 10-20 daqiqa deb aytadi.
Allergiya
Agar sizda qachonlardir kosmetik vositalarga allergik reaksiya yuz bergan bo‘lsa, unda niqobni ilk bor qo‘llashdan oldin uni sinab ko‘ring. Buning uchun biroz miqdordagi niqob tirsakka surtiladi va 10-20 daqiqaga qoldiriladi. Keyin kun davomida terining niqobga reaksiyasi kuzatib boriladi. Agar teri qizarsa, qichisa yoki boshqa noxush reaksiyalar paydo bo‘lsa, demak bu niqob sizning teringizga mos kelmaydi.
Niqoblarni yuz uchun zardoblar bilan birga qo‘llamang
Ikkala vosita ham o‘z samarasi bo‘yicha juda kuchli hisoblanadi. Ularni bir vaqtda qo‘llash teri uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Najotkor niqob
Muhim hayotiy vaziyatlar uchun o‘zingizning sinalgan niqobingizga yoki uy protseduralari kompleksiga ega bo‘lganingiz ma’qul. Agar charchab, kechasi mijja qoqmay chiqqan bo‘lsangiz, unda ertalab yuz uchun shishga qarshi niqob mos keladi. Yoki aksincha, biror tadbirga otlanayotganda, teringizni kechki bazmga oldindan tayyorlang. Bunda yuzni yashnatadigan yoki lifting samarasini beradigan niqoblardan foydalangan ma’qul.
Uxlashdan oldin terini kosmetik vositalardan yaxshilab tozalang
Uxlashdan oldin yuzdagi kosmetik vositalarning qoldiqlarini albatta mitsellyar suv yoki kosmetik sut yordamida tozalash, yuzni yuvish yoki tonik bilan artish zarur. Keyin kechki kremni surtish mumkin.
O‘zingizdan qizg‘anmang
Niqobni yuz, bo‘yin va dekolte sohasiga ko‘proq surting. Bo‘yin sohasini unutmang, u ham kundalik parvarishga ehtiyoj sezadi.
Maksimal samara
Mutaxassislar niqobni bug‘da yumshagan yuz terisiga surtishni tavsiya etadi. Bunda avval yuzni kosmetika va boshqa ifloslanishlardan tozalash kerak.
iWoman.uz nashri.
Array ( [title] => [pic] => [list_link] => )
Kasalliklar
Niqoblar haqida faktlar