Neptun

Neptun

Neptun

neptun 660f001a1b73e

Neptun — Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha sakkizinchi, massasi bo‘yicha uchinchi (17.2 Yer massasi), diametri bo‘yicha esato‘rtinchi (3.9 Yer diametri)o‘rinda turuvchi sayyora. 2006- yildan e’tiboran, Quyosh tizimining eng olis sayyorasi hisoblanmoqda. U noodatiy tarzda kashf etilgan. Galileyning qo‘lyozmalaridagi tasvirlarga qaraganda, Neptunni birinchi bo‘lib aynan Galileo Galiley kuzatgan bo‘lishi ehtimoli katta. Lekin u neptunni sayyora ekanligini xayoliga ham keltirmagan, aksincha uni, Yupiter ortidagi qo‘zg‘almas yulduzlardan biri deb o‘ylagan. Galiley kuzatishlar olib borgan 1612 yilning dekabrida, Neptun orqaga tisarilgandek harakat boshlagan, bunday harakat, Yerning o‘z orbital harakati natijasida tashqi sayyoralarni quvib o‘tganida kuzatiladi. Lekin, uning harakati Galileyning kuchsiz teleskopi seza olishi uchun yetarli darajada bo‘lmagan. Shu tufayli Galiley Neptunni ochgan ilk olim deb hisoblanmaydi.

Oradan 169 yil vaqt o‘tib Uilyam Gershel Uran sayyorasini kashf qildi. 1821-yilda esa Aleksis Buvar Uranning orbital harakati jadvallarini ishlab chiqdi va chop ettirdi. Buvar jadvallari Yevropa astronomlari orasida keng tarqaldi. Astronomik kuzatuvlarda ulardan foydalanish ko‘lami ortdi. Biroq, ko‘p o‘tmay Buvar jadvallariga nisbatan shubha paydo bo‘la boshladi. Uran Buvar hisoblagan trayektoriyadan og‘ib, anomal harakat qilayotganligi aniqlandi. Xususan ingliz astronomi T.Xassi o‘zining kuzatishlarida Uranning belgilangan orbitadan og‘ayotganini aniq hisoblab chiqardi. Xassi 1834-yilda Parijda, Buvar rasadxonasida mehmon bo‘ldi va Uran orbitasidagi anomaliyalarni muhokama qildi. Buvar Xassining mazkur anomaliyalarni Urandan ham keyinroqda joylashgan sakkizinchi sayyoraning gravitatsion ta’siri natijasi bo‘lsa kerak degan farazini qabul qildi va jadvallarni, anomal o‘zgarishlar asosida muvofiqlashtirib chiqdi. Bu vaqtlarda Neptunni ko‘ra oladigan kuchli teleskoplar mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun Neptun harakati qonuniyatlarini va uning fizik parametrlarini Uranga qilayotgan gravitatsion ta’siri qiymatlaridan kelib chiqib, toza matematik yo‘l bilan hisob-kitob qilish zarur edi. Bunday favqulodda mushkul matematik masalani Buvar va Xassi ilgari surgan sakkizinchi sayyora haqidagi g‘oya paydo bo‘lgach, oradan 9 yil o‘tib, 1843 yilda ingliz astronomi Jon Kuch Adams, va farang astronomi U. Leverye bir-biridan mustaqil ravishda hal qilishdi. Ular Uran orbitasi anomaliyalari asosida sakkizinchi sayyoraning fazodagi taxminiy joylashuv nuqtasini sof matematik usulda hisoblab chiqarishdi.


Neptun kashf etilgan dastlabki davrlarda uni shunchaki
«Urandan keyingi sayyora«, yoki, «Leverye sayyorasi« deb atashgan. Gallening o‘zi «Yanus« nomini ilgari surgan, Angliyada esa, «Okean« nomini taklif etishgan.

Bu o‘ziga xos olamshumul kashfiyot edi. Sababi, Neptunning toza matematik usulda kashf etilishi, birinchidan Butun olam tortishish qonunining o‘ta aniq va to‘g‘ri ifodalanganligini isbotlasa, ikkinchidan, qadimdan saqlanib kelgan yetti sayyora haqidagi tushunchaga[1] barham berdi. Qolaversa, Neptun inson aql zakovati mahsuli natijasida, jisman ko‘rinishidan ham avval, fazoviy harakati qonuniyatlari kashf etilgan ilk osmon jismi edi.

Neptunning Quyoshdan uzoqligi 30.1 astronomik birlik. Quyosh atrofidagi orbitasi bo‘ylab aylanish davri 164 yil 288 kun. Shunday qilib, Neptun ochilganidan buyon faqat bir marotaba — 2011-yilning 12-iyul kunida Quyosh atrofini to‘liq aylanib chiqdi, ya’ni Neptun yili to‘ldi. Neptunning diametri 50200 km, o‘rtacha zichligi esa, 2.3 gr/sm3. Bunday ko‘rsatkichlariga ko‘ra Neptun — gigant sayyoralar turkumiga mansub bo‘lib, uning asosini vodorod va geliy elementlari tashkil qiladi. Hisoblashlarga ko‘ra Neptun markazida og‘ir yadro mavjud bo‘lib, uning tarkibi, taxminan silikatlar hamda, og‘ir metallardan iborat ekan.

Neptun atmosferasining tarkibiga ko‘ra, molekulyar vodorod va geliy asosiy ulushni egallaydi, shuningdek, kam miqdordagi metan mavjudligi aniqlangan. Neptun kosmik apparatlar obyektivida moviy rangda namoyon bo‘ladi. Buning sababi asosan metan gazi hisoblanadi.

Neptun atmosferasida butun Quyosh tizimidagi eng kuchli po‘rtana va bo‘ronlar yuz beradi. Ba’zi fikrlarga ko‘ra ularning tezligi 2100 km/soatgacha yetar ekan. 1989-yilda Voyadjer-2 kosmik apparati tomonidan Neptun atmosferasida oq dog‘ — Yupiterning qizil dog‘iga o‘xshash hodisani qayd etdi. Bu yuqoridagi neptun bo‘ronlari haqidagi fikrni tasdig‘i sifatida qarala boshladi. Neptunning atmosfera qatlamlaridagi harorat -220 °C ni tashkil qiladi. Biroq uning yadrosida esa 5400 K gacha issiqlik bo‘lishi mumkin ekan. Neptunni kuzatishlardagi aniqlangan ajablanarli hodisalardan biri, uning Quyoshdan oladigan issiqlik miqdoriga nisbatan, o‘zi ko‘proq issiqlik miqdori chiqarishidir. Buni olimlar Neptun yadrosida termoyadro reaksiyalari borsa kerak degan faraz bilan izohlashgan.

o‘z o‘qiga nisbatan og‘ish burchagi Yer va Marsnikiga yaqin, ya’ni 28,32° bo‘lganligidan, Neptunda fasllar almashinuvi jarayoni yuz beradi. Neptun fasllari har 40 yilda bir almashadi. Neptun fasllari almashinuvi uning albedo qiymatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Urandan farqli ravishda Neptun kuchli ichki issiqlik manbaiga ega. U o‘zi quyoshdan oladigan energiyaga nisbatan 161% ko‘p miqdorda ichki issiqlik ishlab chiqaradi. Buning sababi sifatida olimlar, sayyora yadrosining kuchli radiogen qizishini keltirishmoqda.

Neptunda ham ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimi hamda juda ingichka va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli materiallardan tashkil topgan muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.

Tabiiy yo‘ldoshlarning eng kattasi — Tritonni, Neptunning o‘zi kashf etilishidan 17 kun o‘tib, Uilyam Lasselning o‘zi ochgan. Triton nomini Kamil Flammarion 1880-yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-yo‘ldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qo‘llanilmay, u faqat «Neptun yo‘ldoshi» sifatida yuritilgan. Triton, quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan uchta tabiiy yo‘ldoshdan biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yo‘nalishda va spiralsimon orbita bo‘ylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmay, balki uzoq o‘tmishda Neptun tomonidan «tutib olingan» bo‘lishi ham mumkin ekan. Neptunning ikkinchi yo‘ldoshi Nereida 1949-yilda golland olimi Jerard Koyper tomonidan kashf etilgan. Keyingi yo‘ldoshlarni esa 1989 yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan keyin aniqlandi. 2002-2003 yillar davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi — 14 tabiiy yo‘ldoshi 2013-yilda aniqlangan bo‘lib, unga hali nom berilganicha yo‘q (vaqtinchalik nomi — S/2004 N 1).

Neptun quyosh tizimidagi eng kam o‘rganilgan sayyoralardan biridir. Unga hozircha faqat bitta — Voyajer-2 kosmik apparati yetib borgan. Yanada yangi va batafsil ma’lumotlarni balki keyingi avlod fazoviy apparatlari yetkazishar.

Kashf etilishi

Kashf etgan olim

Urban Leverye

Iogann Galle

Kashf etilgan joy

Berlin, Germaniya

Kashf etilgan sana

23-sentyabr, 1846 yil

Kashf etish usuli

Matematik hisob-kitob

Neptunning orbital ko‘rsatkichlari

Perigeliy

4 452 940 833km; 29,76607095a.b.

Afeliy

4 553 946 490km; 30,44125206a.b.

Katta yarim o‘q (?)

4 503 443 661km; 30,10366151 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,011214269;

Siderik aylanish davri

60 190,03kun; 164,79 yil.

Sinodik aylanish davri

367,4kun;

Orbital tezligi (v)

5,4349km/soniya;

o‘rtacha anomaliya(Mo)

267,767281°

Peritsentr argumenti

265,646853°

Og‘ishi

1,767975°

Yo‘ldoshlari

14

Neptuning fizik ko‘rsatkichlari

Ekvatorial radiusi

24 764 ± 15 km;

Albedo

0,0,29 bond;

Qutb radiusi

24 341 ± 30km;

Ekvatorial aylanish tezligi

2,59 km/s-ya

Sirt yuzasi (S)

7,6408·109km2 ;

Sirtidagi ikkinchi kosmik tezlik

23,5km/s-ya

Hajmi (V)

6,254·1013km;

Ko‘rinadigan yulduz kattaligi

8,0-7,78m

Massasi (m)

1,0243·1026kg;

Neptun atmosferasi tarkibi

o‘rtacha zichligi (ρ)

1,638 g/sm3;

Vodorod (H2)

80±3,2 %

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g)

11,15m/soniya2;

Geliy (He)

19±3,2%

O‘qining og‘ish burchagi

28,32°

Metan (CH4)

1,5±0,5 %

Neptunning tabiiy yo‘ldoshlari:


Tabiiy

yo‘ldosh nomi

Sayyora sirtidan

o‘rtacha

uzoqligi

(ming km.)

Aylanish davri

(kun)

Diametri yoki

o‘lchamlari

(km)

Ochilgan yili

Kashf

etgan olim / kosmik apparat

1

Triton

354

17*

4000

1846

U.Lassell

2

Nereida

5570

5

300

1949

J.Koyper

3

Nayada

48

0.296

50

1989

Voyadjer-2

4

Talassa

50

0.312

80

1989

Voyadjer-2

5

Despina

52.5

0.333

180

1989

Voyadjer-2

6

Galateya

62

0.429

150

1989

Voyadjer-2

7

Larissa

73.6

0.554

190

1989

Voyadjer-2

8

Protey

117.6

1.121

420

1989

Voyadjer-2

9

S/2004 N 1

105.3

0.96

18

2013

 

10

Galimeda

15728

1879.71

48

2002

 

11

Psamafa

46695

9115.9

28

2003

 

12

Sao

22422

2914

44

2002

 

13

Laomedeya

23571

3167.85

42

2002

 

14

Neso

48387

9374

60

2002

 

 


* Boshqalarga nisbatan teskari yo‘nalishda aylanadi.


[1] Teleskop kashf etilgunicha yashagan qadimgi zamon munajjimlari koinotda faqat yetita sayyora mavjud deb ishonishgan. Bular faqat tungi osmonda qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan sayyoralar edi.

* Boshqalarga nisbatan teskari yo‘nalishda aylanadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Astronomiya
NEPTUN

Manba:orbita.uz