Nega kimyo kitob

Nega kimyo kitob

Atom-kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrasidir.

KIMYO FANINING KELIB CHIQISHI VA HAYOTIMIZDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muhammadyusuf Paxlavonjon Ogli Alixanov, Roziyaxon Xalimjon Qizi Xurboyeva

Siz ushbu maqolada kimyo asoslari, tabiiy boyliklarning kimyo bilan bog`liqligi, kimyoning har sohaga qanday holatda bog`liqligi haqida bilib olishingiz mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Muhammadyusuf Paxlavonjon Ogli Alixanov, Roziyaxon Xalimjon Qizi Xurboyeva

KIMYO FANI VA UNING VAZIFALARI
KIMYOVIY TA’LIM METODLARINING TASNIFI
O’quvchilarga fizika fanini o’qitishning innavatsion usullari
KOORDINATSION BIRIKMALAR SINTEZI
KISLORODLI ORGANIK BIRIKMALAR BO’LIMINI O’QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ORIGIN OF CHEMISTRY AND ITS PLACE IN OUR LIVES

In this article you will learn the basics of chemistry , the relationship of natural resources to chemistry , the relationship of chemistry to any field

Текст научной работы на тему «KIMYO FANINING KELIB CHIQISHI VA HAYOTIMIZDAGI O’RNI»

KIMYO FANINING KELIB CHIQISHI VA HAYOTIMIZDAGI O’RNI Muhammadyusuf Paxlavonjon o’g’li Alixanov1 Roziyaxon Xalimjon qizi Xurboyeva2

‘ Andijon davlat unverstiteti talabalari alixonov322434@gmail.com

Siz ushbu maqolada kimyo asoslari, tabiiy boyliklarning kimyo bilan bog liqligi, kimyoning har sohaga qanday holatda bog liqligi haqida bilib olishingiz mumkin.

Kalit so’zlar: Kimyo, atom, fan, element, sanoat.

THE ORIGIN OF CHEMISTRY AND ITS PLACE IN OUR LIVES

In this article you will learn the basics of chemistry, the relationship of natural resources to chemistry, the relationship of chemistry to any field.

Keywords: Chemistry, atom, science, element, industry.

Kimyo fani ham boshqa fanlar qatorida, odamlarning amaliy faolyati natijasida vujudga kelgan. Kimyoga doir dastlabki bilimlarni o’rganish dastlab qachondan boshlanganligi noma’lum, insoniyatqachomdan buyon olovdan foydalana boshlagani, metallarga termik ishlov berishni qachon o’rgangani ma’lum emas. Lekin oziq-ovqat tayyorlash, kundalik ehtiyoj uchun mahsulototlarga kimyoviy kimyoviy ishlov berishda kimyoviy bilimlarning ortib borishi insoniyat rivojida katta burilishlarga olib kelgan. Misrda, Xitoyda, Hindistonda, Yunonistonda bunday fikrlar jamlangan. Misrliklar rudalardan temirni suyuqlantirib olish rangdor shisha hosililish, teri oshlash , o’simliklardan dori darmonlar, bo’yoqlar va xushbo’y moddalar ajratib olishni, spool buyumlar yasashni bilishgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Insonlar juda qadimdan qand, yog’ va oqsilga boy o’simlik mahsulotlaridan iste’mol qilganlar. Ular bundan 6 ming yil avval oltin va

kumushdan zebu-ziynat buyumlari tayyorlashni bilganlar. Eramizdan 2000 yil avval Xitoyda qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda margimushdan foydalanilgan. O’sha davrlarda Misrda o’simlik va hayvon organizmlar turli bo’yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan.

Barcha xalqlar juda qadimdan bijg’ish jarayonini bilganlar. Har bir xalqni o’ziga xos spirtli ichimligi bo’lgan. Uni dondan, asaldan yoki uzum sharbatidan tayyorlaganlar. Sirkadan oziq-ovqat tayyorlashdagina foydalanmay, undan bo’yoq olishda ham foydalanilgan. Lekin o’sha davrlarda kimyo bilan faqat maxsus kishilargina shug’ullangan.

Kimyoning nazariy masalalari bilan qadimgi grek olimlari eramizdan avvalgi V-VI asrlarda shug’ullangan. Ular butun borliqning asosini to’rtta > – suv, havo, tuproq va olov tashkil etadi deb tushuntirganlar.

Keyinchalik Arastu (eramizdan avvalgi 384-322-yillari) butun borliq bitta asosiy materiyadan tuzilgan, degan nazariyani yaratdi. Uning fikricha to’rtta xossa: sovuqlik, issiqlik, namlik va quriqlikning asosiy materiyaga har xil nisbatda birikishidan – suv, havo, tuproq va olov hosil bo’ladi. Masalan, asosiy materiyaga issiqlik va namlik qo’shilsa havo, namlik va havo qo’shilsa suv va hokazo hosil bo’ladi. Ular bir-biriga aylanishi ham mumkin. Masalan, havo sovutilsa, issiqligi chiqib ketib suvga, suv qizdirilsa namligi chiqib ketib tuproqqa aylanadi va hokazo. Moddiy dunyoga bunday Arastucha qarash Yevropada XVI asrgacha hukm surib keldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir jamiyatni, fanni o’rganish bilan birga uning paydo bolish, rivojlanish, yuksalish va bugungi kundagi mavqeiga erishgunga qadar bosib o’tgan yo’li, bu yolning ayrim bosqichlari, ularda yashab o’tgan izlangan olimlar shu faning yaratilishiga qo’shgan hissalari, hodisa va atrof muhitdagi materiyani o’rganishda ularga yondashish usullari va ularni o’rganish hozirda zamonaviy hayotimizda juda muhim masala bolib qolmoqda.

Kimyo fanining ham oz tarixi bor. Bu tarix bilan tanishish kimyo fani qachon paydo bola boshladi, u yoki bu kimyoviy hodisalar qanday qilib kashf qilindi va ular kishilar hayotida o’rin egallay boshladi.

Fan tarixini organish shu fanni har tomonlama, chuqur va mukammal, ichki mantiqiy boglangan malumotlar asosida omil va vosita hisoblanadi

Kimyo fanining har bir davrning o’z tarixchilar bo’lgan. Ammo keyingi ikki-uch asr davomida kimyo tarixini yaratishda ancha ish qilganlar Bertalo, Ladenburg, Djua, Meyer, Marnovnikov va boshqalardir.

Kimyo fanini yaxshiroq o’zlashtirish uchun avvalambor uning eng asosiy tarkibini ya’ni atom, molekula, kimyiviy element va moddalarning davriy jadvali, ularning o’lchov birliklarini yaxshilab o’rganishimiz zarur.

Atom-kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrasidir.

Molekula- moddaning mustaqil mavjud bo’la oladigan va shu moddaning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’zida saqlab qoladigan juda kichik zarrasidir.

Kimyoviy element-o’zida muayyan hodisalarni mujassamlashtirilgan va kimyoviy usullar bilan boshqa oddiy moddaga aylana olmaydigan atomlar turidir. Demak, oddiy modda elementning erkin holda mavjud bo’lishi shaklidir.

Kimyo fani biz uchun har sohada kerakli fandir. Misol qilib oladigan bo’lsak, tabiiy qazilma boyliklarini faqat qazib olish bilan ish bitmaydi. Yani u har doim ham sof holatda qazib olinmaydi. Uni qazib olib, avval u qanday ekanligini aniqlash, tarkibiy qismlarini bilish, uni tozalash lozim. Bizga bu fan nafaqat qazilmalar bilan ishlashda balki, tekstil, tibbiyot, farmatseftika, agrar soha va hokazo yo’nalishlar uchun kerak.

Mustaqil respublikamizni ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida sotsial iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, xalq xo’jaligini sifat jihatdan qayta ko’rib yanada yuqori pog’onalarga ko’tarish uchun qator masalalarga kompleks va sistemali ravishda yondashilgan holda ish ko’rila boshladi.

Muhim yo’nalishlar rivojlanishini ta’minlab , ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish, iqtisodiy rivojlanishni yangi izga solish, boshqarishning samarali usullaridan foydalanib, sotsial muammolarni keng ko’lamda kompleks holda hal etish va bu masalalarni hal etishda asosiy omillardan biri ham kimyoga kelib taqaladi.

Mustaqil mamlakatimizda kimyoga oid qator sanoatlar tez suratlar bilan rivojlanmoqda, yirik kimyo korxonalari barpo etilmoqda, chunonchi ularda o’nlab tonna fosfor, sirka kislota angridi, sirka kislota, ammiak, ammoniy, nitrate, azot kislota, soda, sement, shisha, karbamid, paxta selluloza, akrilatnitrit, kaprolaktam, atsetilen, etilen nitron, kapron va atsetat tolalar va xalq xo’jaligini muvaffaqiyatli

rivojlantirish uchun zarur bolgan ko’pgina boshqa mahsulotlar respublikamiz mintaqalaridagi er osti va usti zahiralaridan foydalanib ishlab chiqarilmoqda.

1. “Kimyo nazariy asoslari” Toshkent -2005. yil.

2.Toshpo„latov Yu.T., Ishoqov Sh.S. Anorganik kimyo. T.: O„qituvchi.1992

3. Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition,England 2013

Назар Эшонқул. Қора китоб (қисса)

Биродар, яхши одам бўлсангиз керак, кўзларингиз айтиб турибди. Сиз ҳам бу чархи дунёнинг кўп надоматларини бошдан кечирганга ўхшайсиз. Негадир сиз билан жуда суҳбатлашгим келаяпти, тўғрисини айтсам, ҳозир кимгадир кўнглимни бўшатмасам, «тарс» ёрилиб кетадигандайман. Ичганга ўхшайсиз дейсизми? Нега секин айтасиз, бақириб айтинг. Ичганман, тўйиб ичганман, беш йилдан бери тўйиб ичаман. Буни юзимга қарасангиз, дарров сезасиз. Куйган чарм дейсиз. Юзим эмас, юрагим куйиб кетган, куйган ковушга ўхшаб қолган. Ўзим ҳам мисоли ғижимлаб ташланган қоғозман. Ҳаёт мени ғижимлаб ташлади, биродар. ғижимлаб-ғижимлаб, сўнг мана шу хиёбонга отиб юборди. Кўнглим куйганидан ичаман, ҳаётим несту забун бўлганидан ичаман. Қўлларимга қаранг, кимнинг қўлларига ўхшайди? Зиёли одамнинг дейсизми? Тополмадингиз, биродар, қотилнинг қўлига ўхшайди. Бу қўллар қотил қўллар, ўз фарзандини бўғиб ўлдирган қўлдир. Нега юзингиз оқариб кетди, қўрқиб кетдингизми? Афтидан, тагли-тугли одам бўлсангиз керак, келинг, сизга тақсирим деб мурожаат қилай. Олис замонларда яхши одамлар бир-бирларига тақсир деб муомала қилишаркан. Сизга ёқдими? Хурсандман. Шундай, тақсир, бу қотил қўллар. Сизга мана шу қотиллик ҳақида гапириб бермоқчи эдим. Бўшман дейсизми? Жуда яхши. Ҳаёт, сизга айтсам, тақсирим, тавқи-лаънат тўшагидир. Момоҳаво билан Одам отанинг гуноҳи нимада биласизми? Олма ўғирлаганликда? Билмабсиз, тақсирим, иккаласининг айби шундаки, улар ер юзида гуноҳкорлар, тавқи-лаънатга учраганлар наслини пайдо қилди. Мана шу уларнинг катта гуноҳи. Одамзодни яратмаслик керак эди. Парвардигор одам билан бирга гуноҳни ҳам ер юзига экиб қўйди. Биз ҳаммамиз лаънатга маҳкум этилганлармиз.
Ёмғир ёғаяпди? Ўтиб кетади. Ёмғир барибир гуноҳларимизни ювиб кетолмайди. Қаранг, ер ҳиди келиб қолди. Мен ёмғирдан кейин шу ҳидни яхши кўраман. Тақсирим, кечалари менинг тушимга жалалар кириб чиқади. У ойлаб, йиллаб ёғаётган бўлади — ҳаммаёқ сувга тўлиб кетади, шаҳарлар сел остида қолади, ер юзи ғарқоб бўлади. Бу гуноҳ селлари, тақсирим, гуноҳ ёмғирлари, бу ёмғир ҳар кеча мени бир марта чўктириб ўлдиради ва мен яратган олдида тавба қила бошлайман. Ул олий ҳилқатнинг жамолини кўриш учун ўзимни ҳозирлайман, айрилиқ пардалари кўтарилгунча, кўзларимни висол юлдузлари қамаштиргунча уйғониб кетаман ва шунда дунё яратгандан бери уни жизғанак қиламан деб, ҳар тонг аҳд қилиб чиқадиган, лекин ҳар кечқурун умидсиз сўнадиган қуёш кўзларимни қамаштириб турган бўлади. Мен шундай пайтда кўзларим кўр бўлиб қолишини истайман. Биласизми, тақсирим, ўша олис тушимда бир куни узоқларда қизғиш туман қоплаган оқшом пайти сел гирдобига чўкиб кетган бир одамни кўриб қолдим, чўкаркан, у жон ҳолатда қичқирди — унинг қичқириғидан тушимнинг деворлари зириллаб кетди, сўнг у кўпириб оқаётган тим қора лойқа остида кўринмай қолди. Мен унинг абадий чўкиб кетганини англадим — ўша чўкиб кетган одам мен эдим, тақсирим, сиз кўриб турган ва ҳар куни гуноҳкор, қуёшни олқишлаб уйғонадиган шунчаки жасад, ўша чўкиб кетган одамнинг қичқириғи, холос. Йўқ, мен эмас, бутун одамзод нафрат тўла қичқириқ. Сизга кўнглимни очаяпман, тақсирим, фақат сизга. Гапларим эриш туюлаётгандир, бироқ мен одамзоднинг анови чуркун хазонлардай чириб бўлганини сизга айтиб қўймоқчиман. Унда на ният қолди, на истиқбол. Гапларим китоблардагига ўхшаб кетаяпдими? Демак, ўша китоблар башорат қилиб ёзилган экан. Мен ҳам сиздай навқирон пайтларимда ҳаёт нақадар гўзал деб ўйлардим. Энди эса, ҳаёт заҳар бўктирилган чиройли кулчадан бошқа нарса эмас, дейман, тақсирим.

Ёзувни танланг

Кирилл | Lotin

Мавзулар

Адабиёт

  • Ўзбек мумтоз шеърияти
  • Ўзбек шеърияти
  • Жаҳон шеърияти
  • Ўзбек халқ оғзаки ижоди
  • Ўзбек насри онлайн антологияси
  • Жаҳон насри онлайн антологияси
  • Энг сара асарлар

Сўнгги киритмалар

  • Дмитрий Мамин-Сибиряк. Доктор Осокиннинг соғайиши (ҳикоя)
  • Исмоил Бекжон. Умархўжа Хивақий – саркарда шоир
  • Лосось увулдириқ сочаётганида нега оқимга қарши сузади?
  • Собир Ўнар. Сел (ҳикоя)
  • Тулуза шаҳрида Мирзо Улуғбек ҳайкали ўрнатилди
  • Ўзбекистонда БМТ шартномалари қандай бажарилмоқда?
  • Тошкентда Озарбайжон–Ўзбекистон дўстлик музейи очилди
  • Хожа Самандар Термизий. Дастур ул-мулук: Подшоҳларга қўлланма
  • Александр Вампилов. Тўнғич ўғил (икки пардали комедия)
  • Улуғбек Ҳамдам. Кўнгилни танитмоқ фурсати етди

Сайт ривожига ҳисса

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© Зиё истаган қалблар учун. 2004-2021
Портал Ўзбекистон Матбуот ва ахборот агентлиги томонидан 27.07.2011 да рўйхатга олинган. Гувоҳнома № 0677
Сайтда тақдим этилган электрон манбалардан фақатгина шахсий мутолаа мақсадида фойдаланиш мумкин. Тижорий мақсадларда фойдаланиш (сотиш, чоп этиш, кўпайтириш, тарқатиш) қонунан тақиқланади.

Qiziqarli malumotlar
Nega kimyo kitob