Mustaqil mutolaa to‘grisida
Mustaqil mutolaa to‘grisida
DO`STLARGA ULASHING:
Ilm berish faqat maktabning ishi emas. Maktab shu bilimga kalit beradi xolos. Maktabdap tashqari o‘qish hayotni to‘laligicha qamrab oladi! Inson bir umr ilmini oshira borishi lozim.
A. V. LUNAChARSKIYInson hayot ekan, garchi sochi oqargan bo‘lsa ham bilim olishi mumkin, bilim olishni istaydi va bilim olishi shart. Binobarin, maktabdan tashqari olinadigan har qanday bilim, chupik hayot butun borligi bilai maktab doirasiga sig‘maydi, mustaqil o‘qish jarayonidir.
A. V. LUNAChARSKIYHech bir odam mukammal, ya’ni to‘la shakllangan holda dunyoga kelmaydi, ammo uning butun hayoti betinim harakatdagi o‘sish va doimiy shakllanishdan iboratdir.
V. A. BELINSKIYHar bir odam ikki xil tarbiya oladi: biriichi tarbiyani o‘z hayot tajribalarini singdirish yo‘li bilan ota-ona beradi, ikkinchisi, yanada muhimrog‘ini esa unga hayotning o‘zi o‘rgatadi.
E. TELMANO‘z hayot tajribasini har tomonlama boyitmagan odamning tarbiyasi — behuda.
E. TELMANTarbiya ishida o‘z-o‘zini takomilllashtirish jarayoniga katta o‘rin berilmog‘i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etgan.
SPENSERHar qanday chuqur bilim faqat mustaqil o‘qish yo‘li bilangina orttiriladi.
N. A. RUBAKIN
O‘z ustingizda mustaqil ishlashdan hech vaqt to‘xtamang, qanchalik o‘qimang, qanchalik bilmang, ilm va o‘qishning cheki va chegarasi yo‘qligini unutmang.
N. A. RUBAKINO‘z fikrini yaxshi ifodalay olmaslik — illat; lekin mustaqil fikrga ega bo‘lmaslik esa undan ham battarroq illat; mustaqil fikrlar, mustaqil orttirilgan bilimlardangina tug‘iladi.
K. D. UShINSKIYBirovdan eshitib olingan bilimlar bilan qanoatlanishni sira tasavvur etolayman; o‘zgalarning bilimi garchand bizni u-bu narsaga o‘rgatsa ham, ammo faqat o‘z aqling bilan aqlli bo‘la olasan.
M. MONTENO‘zgalarning dasturi — maslahat ovozidan boshqa narsa emas.
N. A. RUBAKINO‘zi harakat qilmasa, hech kim hech qachon maqsadiga erisholmaydi. Birov ko‘rsatgan har qanday yordam ham sen qilgan urinishlarning o‘rnini bosolmaydi.
N. A. RUBAKINHaqiqatni o‘zgalar tilidan to‘la bilib, to‘ti singari yodlab olgandan ko‘ra, o‘z hara-kating bilan chalaroq bilganing afzal.
R. ROLLANTirishqoqlik ilm sari yagona yo‘ldir.
B. ShOUFanda eng ishonchli ko‘makchi o‘z aqling, tafakkuringdir.
J. FABRTayyor e’tiqodlarni na yaxshp tanish-bilishlardan tilab, na kitob magazinidan sotib olish mumkin. Uni o‘z miyamizda sodir bo‘ladigan mustaqil fikrlash jarayonida shakllantira borishimiz zarur.
D. I. PISAREVFan cho‘qqilariga chiqishga urinishdan avval fan asoslarini egallang. Boshlagan ishingizni oxiriga yetkazmay turib, keyingisiga qo‘l urmang. Olgan bilimingizdagi kemtiklarni hatto eng dadil taxmin va farazlar bilan ham ifodalashga urinmang. Fanda qora ishdan qochmaslikka o‘rganing.
I. P. PAVLOVKamolot va bilimga hech bir odam o‘z-o‘zidan erisholmaydi. Kimki bilimdon bo‘lishni istar ekan, unga o‘z faoliyati, o‘z kuchi, o‘z tirishqoqligi bilan erishmog‘i lozim.
A. DISTERVEGAgar chindan ham farzandlarimiz bilimli odam bo‘lishni istasalar, ular bilimni mustaqil mashqlar orqali egallamoqlari kerak.
N. G. ChERNIShEVSKIYOz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.
MONTESKEO‘qimishlilik achchiq ildizning shirin mevasidir.
KATTA KATONziyouz.uz
Mustaqil mutolaa to‘grisida