MTM tarbiyachisining xujjatlari
MTM tarbiyachisining xujjatlari
DO`STLARGA ULASHING:
MTM da murabbiy va tarbiyachilarga zarur bo’lgan shaxsiy xislatlari byicha pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar.
murabbiy va tarbiyachilarning bolalarni tushuna olish va bola shaxsiga hurmat bilan qarash bilan bog’liq hislatlari;
murabbiy va tarbiyachilarning o’z tarbiyalanuvchilariga tarbiyaviy va ruhiy (ertak, hikoya, hikoyat, hikmatlar va donolar fikrlarini aytish orqali) ta’sir o’tkaza olishga doir xislatlari;
murabbiy va tarbiyachilarning o’z atrofdagilariga, ayniqsa o’z tarbiyalanuvchilariga ibrat-namuna bo’la olishi, ya’ni “Ibrat-namuna hayot dorilfununi” tizimidagi ma’lumotlar bilan qurollanggan holda mashg’ulotlar o’tkaza olishiga oid xislatlari.
MTM dagi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTM da faoliyat yurituvchi murabbiy va tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning nutq madaniyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular o’z nutq madaniyatiga ham talabchan bo’lishlari kerak. Ularga qo’yilgan talabni quyidagicha ifodalasak bo’ladi:
Murabbiy va tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachining o’z ovozini xohlagan paytda va holatda boshqara olishi, rostlay olishi va o’z ovoziga muloyimlik ruhi va ta’sirchanlik ruhi beraolishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachi bolalarga muomala borasida katta hajmdagi so’z boyligiga ega bo’lishi kerak va ular ichidan har bir bolaga mos va xos chiroyli muomala qila olishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachi bolalarga biror narsa yoki voqyea haqida so’zlab berganda ifoda etilayotgan jarayon ichiga kirib keta olishi, uni jonli ifoda etishi, ya’ni nutqda obrazli va hayojonli harakatlarni ifoda etishda aktyorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda “qog’ozsiz” (ya’ni faqat o’qish orqali emas) chiqishga odatlanish kerak, aks holda bolalar tezda zerikib qoladi;
Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda imo-ishoralardan oqilona foydalanishi kerak, aks holda bolalar sizga “artist”, degan taxallus qo’yib yuboradi.
MTM dagi tarbiyachi va murabbiylar o’zlarining kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablarga amal qilsa, quyidagidek yutuqlarga erisha oladi:
bolalar bilan ishlashda ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qayg’uradi, hamda ularga ishonish orqali bolalarning faollik va ijodiy qirralarini namoyon qila oladi. Bunda bolalarni tushuna olish qobiliyati ularning pedagogik mahoratiga o’ta muhim sifatiy ko’rsatkichdir;
ular tashkilotchilik faoliyati orqali bolalarda mashg’ulotga qiziqishni, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ijobiy-jamoaviy ta’sir etishni, bollarda havaskorlik va tashabbuskorlik hamda javobgarlik hislarini shakllantira oladi. Bunday holatda ularning o’zidagi bor energiyani boshqalarga o’tkaza olishi va o’z bilim, ko’nikma, malakalarini to’liq ishga solib bolalarga ta’sir o’tkazishi o’ta muhimdir;
ularning o’z-o’zini baholay olishi va shu asosda o’zini boshqarishi o’z tarbiyalanuvchilaridagi sabr toqatlilik, tanqidiy fikrni to’g’ri qabul qilishlik, o’z-o’ziga talabchanlik, chegaralilik, mehnatdan qo’rqmaslilik kabi insoniy sifatlarni shakllantirishga asos bo’lishi mumkin;
O
“Biz bugun barpo etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatni, avvalambor, o’zimiz uchun, o’nib – o’sib kеlayotgan, bu-gun boshlagan ishlarimizni ertaga davom ettirishga qodir bo’lgan bolalarimiz uchun qurmoqdamiz”
Islom Karimov
’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasi, O’zbek xalqining ozod va obod Vatan, erkin va demokratik jamiyatni barpo etish yo’lidagi ezgu maqsadlarini, shuningdek, mustaqillik mafkurasining asl mazmun mohiyatini bog’chadan tortib to keng xalq ommasigacha batafsil har tomonlama tushuntirish bugungi mustaqillik gullab – yashnayotgan davrning
MTM da ushbu maqsadda olib boriladigan mashg’ulotlarga metodik tayyorgarlik ko’rishga oid ma’lumotlarni keltiramiz. Ular asosan quyidagi asosiy qismlardan iborat bo’ladi:
Mashg’ulotga tayyorgarlik:
Mashg’ulot maqsadi va vazifalarini anglash;
Mashg’ulotga qatnashuvchi bolalar uchun rag’batlantiruvchi omil va unga qo’yiladigan mezonni aniqlash (Sovrinlar va ular o’rinlari haqida);
Mashg’ulot uchun optimal variantni (qulay vaqt va joy bo’yicha) tanlash va ularga mos imkoniyat va sharoitlarni tayyorlash;
Bolalar ishtiroklarini hisobga olishga varaqlar tayyorlash va unda shkalalarni belgilab qo’yish;
Kutiladigan natijalarni loyihalashtirish;
Faoliyat turi va o’quv mashg’ulotining vaqtini belgilab olish;
O’quv materiallari va vositalarini tayyorlash: vatman qog’oz, ekran, magnitli taxta, flomasterlar, markerlar, maketlar, video ikkilik va mashg’ulot mazmuniga mos qilib tayyorlanggan disklar va hokazo.
Tarqatma materiallarni tayyorlashga qo’yilgan talablar:
Tayyorlanggan materiallar rejalashtirgan mavzuning mazmun — mohiyatini chuqurroq o’rganishga xizmat qilishi kerak va mashg’ulot agar biror maket yoki buyum yasalishiga mos bo’lsa, ular rejalashtirilgan natijaga ham mos kelishi kerak;
Tarqatma materiallar bir dars mashg’ulot uchungina tayyorlanmasligi kerak, balki undan o’xshash mavzularni o’tkazish uchun foydalanish mumkin bo’lsin;
O’quv materiallari va vositalari barcha bolalarga yetarli bo’lsin, asosiysi, ya’ni kattarog’i (hamma uchun ko’rinadigan qilib tayrlanggani) tarbiyachi stoli ustida taxt bo’lsin;
Bolalar I.F.O. va uning to’g’risida ularning dars mashg’ulotlari paytidagi yutuq va kamchiliklarini belgilovchi joylari ham bo’lsin.
Tashkiliy masalalar:
Joyning yetarliligi va qulayligini yana bir ko’rib chiqish kerak, chunki bu mashg’ulotga qiziqib, boshqa kishilar ham kirishi mumkin;
Xona ichida bolalar erkin harakat qilishiga hamda o’quv materiallaridan bemalol foydalanishga sharoit yaratilishi kerak;
Dars mashg’ulotlarida darsga xalaqit bermasligi chora – tadbirlarini oldindan belgilash;
O’quv vositalarining bemalol ishlashini nazorat qilib qo’yish va hokazo.
Foydalaniladigan metodlar:
4.1. Bolalar ongiga ta’sir e’tuvchi metodlar:
Hikoya. Bunda yaxshi xulq, ezgulikni math etuvchi ma’lumotlar beriladi;
Tushuntirish. Bunda muayyan holat yoki hodisa to’g’risida ma’lumot beriladi va bolalar ongiga ularning ham ijobiy, ham salbiy tomoni singdiriladi;
Namuna ko’rsatish. Bunda ustoz va murabbiylarning shaxsiy ibrat-namunasi e’tiborga olinadi hamda “Ibrat – namuna — hayot dorilfununi” ruknidagi faoliyatni doimo yuritib turish e’tiborga olinadi;
Kishining ijobiy xislat va fazilatlari, insonning oliyjanobligiga ishontirish. Bunda xalq qahramonlari, donishmand va allomalar, davlat arboblarining turmush tarzidan foydalaniladi;
Tanlovlar o’tkazish. Bunda “Krassvord” yechish, “Rebus” tuzish va yechish, “Boshqotirmalar” tayyorlash, “Aql — zakovat” o’yinini uyushtirish, “Oltin toj” o’yini va shu kabilardan foydalaniladi;
Multimediali tarbiya texnologiyalari. Bunda “Axloq”, “Qadriyatlar”, “Immunitet” kabi ko’makchi kompyuterli tizimlardan foydalaniladi.
Ishchanlik o’yinlari. Bunda “Aqlli odam bo’lish yaxshimi yoki dono”, “Yashash yaxshi, yaxshi yashash undan yaxshi” va xokazo. Ko’rinishdagi o’yinlar tashkil qilinadi;
“Aqliy hujum”. Bunda bolalar ongida ezgulikni va adolatni shakllantirishga oid trening fasllarini tashkil etish nazarda tutiladi;
Bu yerda, avvalo, texnologiya va texnologik xarita terminlariga izoh beraylik.
Texnologiya – yunoncha so’z bo’lib, u “tehne” (ma’nosi “Mahorat” va “san’at” so’zlariga to’g’ri keladi) va “logos” (“fan” va “ta’limot” so’zlariga to’g’ri keladi), degan so’zlardan tashkil topgan. Uning yordamidagi manbalarda sifat o’zgarishlarini amalga oshirish mumkin.
Texnologiya zamirida o’rganilayotgan manbadagi jarayonlar kechishini amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlarni yuzaga chiqarish yotadi va uning natijasida obyektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari namoyon bo’ladi.
Texnologik xarita — bu o’qitish faoliyatining bajarilishi bo’yicha amalga oshiriladigan amaliy ishlar majmui bo’lib, uni loyihalash pedagogik mahorat cho’qqisi hisoblanadi, chunki mashg’ulot davomida bajariladigan amaliy ish jarayoni texnologik xaritada qoidali tarzda tasvirlanadi. Shuning uchun ko’pgina murabbiy va tarbiyachilarimiz o’z kasbiy faoliyatida texnologik yondoshuvga katta ahamiyat bermoqda. Bunga sabab – bu mashg’ulotning aniq kutilgan (rejalashtirilgan) natijalariga erishishni ta’minlovchi uzluksiz jarayondir.
T/r
Mashg’ulot bosqichlari
TARBIYACHI faoliyati
TARBIYALANUVCHI faoliyati
1
2
3
4
1.
Birinchi -tayyorlov bosqichi
Mashg’ulotning mavzusi, maqsadi, vazifalari aniqlanadi; mashg’u-lotning baholash mezoni ishlab chiqiladi; erishiladigan natija-lar loihalanadi; mashg’ulotning natijalari bosqichma-bosqich iz-chil ravishda aniqlab olinadi; o’quv materiallari va vositalari tayyorlab olinadi.
Tarbiyachi borligida mashg’ulotga tayyorlanadi; ulardagi moyillik va qiziqish o’yg’otiladi; tarbiyachi yorda-mida mashg’ulotga qatnashishdan maqsad bolalarga o’qtiriladi; mashg’ulot mazmunidagiday odam bo’lish oliy insoniylik fazilat ekanligini o’qtirib, ularda mashg’ulotni orziqib kutish hislarini tayyorlaydilar.
2.
Ikkinchi bosqich — mashg’ulotning kirish qismi
Jihozlangan xonada bolalar mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va vazifalari bilan ta-nishtiriladi; qisqagina mavzuga moyillikni uyg’otuvchi suhbat o’tkaziladi; maqsad asosida guruh ichida kichik guruhlar tash-killashtiriladi; (agar shu lozim bo’lsa).
Mavzuni, maqsadni bilib oladi; guruhlashadi; eshitishadi; harakat qilishadi;
3.
Uchunchi bosqich — asosiy qism.
Mashg’ulotning rejalashtirilgan har bir bosqichi hisoblanadi; mashg’ulotdagi ma’lumotlar bayoni izchillik va uzluksizlik bilan olib boriladi; bolalarning mashg’ulotga qiziqishi yoki zeriki-shi yoki e’tiborsiz bolaning bo’lib qolishiga doimo e’tibor beriladi.
Ko’rsatilgan o’quv vositalariga va rasmlarga munosabat bildaraladi; taqlid qilganligi haqidagi ma’lumotlarini bayon qiladi; jamoasi g’alabasi uchun kurashadi; ishlarni bosqichma-bosqich, izchil bajarishga kirishadi; fikr almashilinadi.
1
2
3
4
4.
To’rtinchi bosqich – asosiy xulosalar shakllantiriladi va ular bolalar ishtirokida maqullantiriladi.
Mashg’ulot davomida bolalarning erkin fikrlarini bildi-rishlarini e’tiborga olinadi; asosiy xulosalar shakllantirila-di va ularni bolalarga maqul-latib ham olinadi; mashg’ulot natijalari aniqla-nadi.
Mashg’ulot davomida tarbiyachi tomonidan ruhsat etilganda fikrlarini to’liq izhor etadi; tarbiyachi xulosa chiqarganda bolalarga shu xulosa ma’qulmi?, deb so’ralganda fikrni bildiriladi.
5.
Beshinchi bosqich — tahlil qilish va baholash bosqichi.
Mashg’ulot natijalari aniqlang-andan keyin, tarbiyalanuvchilar bilimlari tahlil qilinadi; natijalar aniqlanadi; ular baholanadi va nihoyat g’oliblar (ilg’orlar) rag’batlantiriladi. Rag’batlantirish hammaning ko’z oldida bo’ladi. Har bir rag’batlanggan bolaga alohida olqishlar bo’lishini amalga oshi-radi.
Tarbiyachining xulosasini eshitadi va unda kimning ilg’or va yaxshi qatnashganini bilim olishga butun vujudi bilan quloq tutadi. O’rtoqlari rag’batlantirilayotganda olqishga qo’shilib qarsak chaladi; bu-larni tarbiyachi tashkil etishi kerak.
III — BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA “MA’NAVIY SABOQLARI” MASHG’ULOTLARINI OLIB BORISH AMALIYOTI
MTM tarbiyachisining xujjatlari