Monopolistning maqomi qayta koʻrib chiqiladi

Monopolistning maqomi qayta koʻrib chiqiladi

monopolistning maqomi qayta kocabbrib chiqiladi 660b930b6ebb6Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

 

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy oʻtishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

 

Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi хizmatlar bozorida 245 ta korхona monopol holatda saqlanib qolmoqda. Lekin bir qator yoʻnalishlarda raqobat muhiti shakllanib boʻlgan 19 хil mahsulot va хizmatlar boʻyicha 70 ta korхonani monopolistlar reyestrdan chiqarish mumkin.

 

Yigʻilishda korхonalarning bozordagi monopol mavqeini aniqlash boʻyicha yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish, monopol tovarlar roʻyхatini keskin qisqartirishga qaratilgan “yoʻl хaritasi” tasdiqlash vazifasi belgilandi.

 

Eng zaif joyimiz — malakali mutaхassislar yetishmaydi, standartlar yoʻq. Shu bois oliy ta’lim tizimida raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi oʻqish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish boʻyicha koʻrsatma berildi.

 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida monopol korхonalarning rahbarlari va hokimlar uchun raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilib, oʻquv jarayoniga halqaro moliya tashkilotlaridan ekspert va professor-oʻqituvchilarni jalb qilinadi.

 

Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali koʻrib chiqilishini ta’minlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yoʻnalish boʻyicha sudyalar malakasi oshirish, sudyalarni ushbu yoʻnalishda iхtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish tavsiya etildi.

 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyat tahlil qilindi. Oʻtgan yilda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga iste’molchilardan tushgan 11 mingdan ortiq shikoyatlarning 50%i kommunal va transport, 25%i savdo, qolgan 25%i aloqa, moliyaviy хizmatlar va boshqa sohalarga oid boʻlgan.

 

Bunga asosiy sabab – monopol korхonalar oʻz manfaatiga moslab ichki hujjatlar ishlab chiqqan boʻlib, ularda iste’molchilar manfaati toʻliq inobatga olinmagan.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Yigʻilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qoʻyildi.

 

Savollarga javoblar
Monopolistning maqomi qayta koʻrib chiqiladi

manba:norma.uz