Modifikatorlarga ruxsat berish
Ruxsat modifikatorlari
Ruxsat modifikatorlari — class, record, struct, interface va uning a’zolari, enum-ga qo’shiladigan kalit so’zlar bo’lib, ularning ko’rinishini va asosan ulardan qayerda foydalanish mumkinligini belgilaydi. Ushbu kalit so’zlar bizga inkapsulyatsiyani saqlashga va tasodifiy o’zgarishlarning oldini olishga yordam beradi, shu bilan kodimizni toza va xavfsiz saqlaydi.
Ahamiyati
Ruxsat modifikatorlaridan strategik foydalanish quyidagi sabablarga ko’ra C# da juda muhim:
-
Bu obyektning ichki holatini qasddan o’zgartirishning oldini oladi.
-
U ilovaning turli qatlamlari o’rtasida qanday foydalanishni belgilab beradi.
Bu yaxshi tuzilgan kodni ta’minlab, inkapsulyatsiya tamoyillariga rioya qilishga yordam beradi.
Shunday qilib, ruxsat modifikatorlarining kuchidan foydalanishga tayyormisiz? Keling, har xil turlarni ko’rib chiqaylik!
Turlari
C# har biri o’ziga xos funksionallikka ega bo’lgan oltita ruxsat modifikatorini taklif qiladi. Keling bularga kirishdan oldin solution va csproj degan tushunchalarga oydinlik kiritsak.
-
csproj — har bir C# proyekti, u tilda joylashgan direktoriyada joylashgan, proyektning asosiy fayli csproj fayli orqali nazorat qilinadi. Bu faylda proyektning qanday ma’lumotlarni, qaysi fayllarni, klasslarni, boshqa proyektlar bilan bog’lanishni, ilova versiyasini va ko’p boshqa sozlamalarni o’z ichiga olgan. Csproj fayli, proyekt yaratish, tarqatish va ishga tushirish jarayonlarini boshqarish uchun ishlatiladi.
solution — Visual Studio-da dastur yaratishda yoki boshqa C# loyihasini boshlashda ishlatiladi. Solution, bir yoki bir nechta proyektlarni birlashtiradi. Agar sizning loyihangizda bir nechta proyektlar (masalan, web ilovalar, desktop ilovalar, test proyektlar…) bo’lsa, ularni bir-biriga bog’lash va bir bosh sahifa orqali barchasiga nazorat qilish uchun solution yaratishimiz mumkin.
Agar siz bitta loyihadagi bir nechta proyektlarni birlashtirishni xohlasangiz, siz barchasini o’z ichiga oladigan bir solution fayli yaratishingiz mumkin. Solution fayli sizning barcha proyektlaringizni boshqarish, ular orasida aylanish va ularga qo’shimcha sozlamalar qo’shish imkoniyatini beradi.
Masalan, bir loyihaning tuzilishi quyidagicha ko’rinadi:
Bu yerda MySolution.sln — bu solution fayli, MyConsoleApp.csproj va MyLibrary.csproj — bu esa proyektlarning csproj fayllari.
public
public (umumiy ruxsat modifikatori) — bu kalit so’z orqali yaratilgan class, record, struct, interface va uning a’zolarini butun solution bo’yicha ishlatishga ruxsat beradi. Ya’ni biz solution ichidagi hamma proyektlarda ishlatish imkoniga ega bo’lamiz
internal
internal (ichki ruxsat modifikatori) — bu kalit so’z orqali yaratilgan class, record, struct, interface va uning a’zolarini butun proyekt bo’yicha ishlatishimiz mumkin bo’ladi. Solution dagi boshqa proyektlarda foydalana olmaymiz.
Keling bitta BirinchiDastur degan proyekt yaratamiz va unda bitta sinf yaratamiz:
Yuqorida Nuqta
nomli sinf yaratdik. Uning x
va y
degan xususiyatlariga internal
ruxsat modifikatori berilgan. Va Namuna
nomli metod yaratdik. Bu metod bizga shu sinfdan namuna olib qaytaradi.
Ana endi shu yaratgan sinfimizni boshqa proyektdan turib ishlatmoqchi bo’lsak quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
Ya’ni, Nuqta sinfining x
va y
xususiyatlari internal
bo’lganligi uchun ham uni boshqa proyektda ishlatishga ruxsat yo’q. Lekin Nuqta sinfining Namuna
nomli metodi public bo’lganligi uchun bemalol ishlatish imkoniyatiga egamiz.
protected
protected (himoyalangan ruxsat modifikatori) — bu kalit so’z orqali yaratilgan class (yoki record) a’zolarini shu class(yoki record) dan voris olingan class (yoki record) ichidagina foydalanishimiz mumkin.
private
private (shaxsiy ruxsat modifikatori) — bu kalit so’z orqali yaratilgan class, record, struct va uning a’zolarini faqat shu class, record, struct-ning ichidagina foydalanish huquqini beradi. (Interface a’zolari uchun bu ruxsat modifikatorini qo’llay olmaymiz.)
protected internal
protected internal (himoyalangan ichki ruxsat modifikatori) — bu kalit so’z orqali yaratilgan class, record, interface va ularning a’zolarini shu va boshqa proyektda shu class, record yoki interface dan voris olgandagina ishlatish imkonini beradi.
Keling yuqorida yaratgan Nuqta nomli sinfimizga o’zgartirish kiritsak:
Yuqorida x
va y
nomli xususiyatlarimizga protected internal
ruxsat modifikatorini berdik.
Uni BoshqaDastur nomli proyektimizda quyidagicha ishlatishimiz mumkin:
Ya’ni, Nuqta sinfining x
va y
xususiyatlari protected internal
bo’lganligi uchun ham uni boshqa proyektda to’ridan-to’g’ri ishlata olmaymiz. Kompilyatsiya vaqtida xatolik qaytaradi. Lekin Nuqta nomli sinfimizdan voris oladigan bo’lsak va uning vorisidan namuna olsak, protected internal
ruxsat modifikatori ana o’sha namunada x
va y
nomli xususiyatlarimizni ishlatishga imkon beradi.
private protected
private protected (himoyalangan shaxsiy ruxsat modifikatori) — bu kalit so’z orqali yaratilgan class, record, interface va ularning a’zolarini shu proyektda, shu class, record, interface-dan voris olgandagina ishlatish imkonini beradi.
Bunda Nuqta nomli sinfimiz quyidagi holatga keladi:
Yuqorida Nuqta nomli sinf joylashgan proyektda TogriChiziq nomli yangi sinf yaratdik va Nuqta sinfidan voris oldik. Shu holatda Nuqta sinfining x
va y
xususiyatlaridan foydalanishimiz mumkin bo’ladi
Ana endi shu yaratgan sinfimizni boshqa proyektdan turib ishlatmoqchi bo’lsak quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:
Ya’ni, Nuqta sinfining x
va y
xususiyatlari private protected
bo’lganligi uchun ham uni boshqa proyektda ishlatishga ruxsat yo’q.
Standart ruxsat modifikatori
Agar biz enum va class, record, struct, interface va ularning a’zolariga hech qanday ruxsat modifikatorlarini qo’llamasak, ular avvalboshdan o’rnatilgan ruxsat modifikatorlarini qabul qiladi. Ular quyidagi jadvalda aks ettirilgan:
Last updated
Dasturlash
Modifikatorlarga ruxsat berish