MODERNIZM

MODERNIZM

MODERNIZM — 1) 19-a. ning 2-yarmi —20 a. ning 50—60-y. larida Yevropa, AQSH adabiyoti va sanʼatida rivoj topgan oqim va yoʻnalishlarning umumiy nomi. Dastlab, Fransiyada tashkil toptan simvolizm, akmeizm, impressionizm (mas, 1863-y. da Parijda ochilgan «Xoʻrlanganlar saloni») vakillari, musiqada K. Debyussi, Modernizm Ravel kabi kompozitorlar ijodiga nisbatan qoʻllangan. Modernizm dekadentlik termini bilan ham yuritilgan. Badiiy ijodning mumtoz anʼanalaridan voz kechish, ijodkor oʻz shaxsiy kechinma, taassurot va tasavvurlarini ustun qoʻyishi, badiiy shakllarni yangilash jarayoniga alo-hida ahamiyat berish ular ijodiga xos boʻlgan xususiyatlardir. Modernizm vakillari realizmga karshi kurashdi, klassitsizm (akademizm)ga xos boʻlgan ijodiy tamoyillarni inkor etishga intildi. Modernizm nafaqat mazkur davr sanʼati, balki ilm (3. Freydning psixoanaliz nazariyasi, F. De Sossyurning struktural lingvistikasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, N. Vinerning kibernetikasi) va falsafa (F. Nisshe, A. Bergson, M. Xaydegger va b. ning gʻoyalari) b-n ham bogʻliq boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
MODERNIZM