MIZDAXQON

MIZDAXQON

MIZDAXQON — Xorazmdagi yirik oʻrta asr shahar xarobasi. Xoʻjayli sh. dan 7—8 km gʻarbda joylashgan. Antik davrga oid qishloq xarobasi oʻrnida 5—6-a. larda bunyod etilgan qasr asosida vujudga kelgan va moʻgʻullar hukmronligining oxirigacha (14-a) mavjud boʻlgan. Mizdaxqon 2 tepalikdan iborat. Ulardan biri (Gabr qalʼa) M. ning qad. qismi boʻlib, uning qalin paxsa devori va arkining qoldiqlari saqlangan. Mizdaxqonning 2 tepaligi qabristonga aylangan. Uning maydonining bir qismida Mazlumxon Suluv makbarasi (13-a. oxiri — 14-a. boshi) joylashgan. Mizdaxqonni arxeologik jihatdan oʻrganish ishini 1928-y. A. Yu. Yakubovskiy boshlagan. 1962, 1964—65 y. larda Mizdaxqonda S. P. Tolstoye rahbarligida Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi qazishmalar oʻtkazgan. Natijada Mizdaxqonning tarixi va Xorazmning islom dinigacha boʻlgan qad. diniga oid koʻplab qimmatli maʼlumotlar olindi. 10-a. da Mizdaxqon obod shahar boʻlib, atrofida 12000 turar joy qoʻrgʻonlari joylashgan.

Ensiklopediya.uz
MIZDAXQON