Mioma nima  – belgilari va davolash usuli

Mioma nima  – belgilari va davolash usuli

Mioma nima?

Bachadonda silliq mushaklarning g’ayritabiiy proliferatsiyasi (lot. proles — avlod, nayel va facio — bajaraman, odam va hayvonlarda yangi hujayralar paydo boʻlishi va koʻpayishi natijasida toʻqimalarning oʻsib ketishi) bo’lgan miomalar bachadonning eng keng tarqalgan o’smasi hisoblanadi. 

Estrogen gormoni buzilishi asosiy sabab sifatida ko’rsatilsada, oilaviy moyillik rol o’ynashi ham mumkin. Bu gormonga bog’liq o’simta bo’lib, reproduktiv davrda har 5 ayoldan birida (20%) kuzatiladi.
Homiladorlik davrida og’riqni keltirib chiqarishdan tashqari, katta o’lchamdagi subseroz miomalar va bachadon bo’shlig’ini siqish bepushtlik, homilaning tushishi yoki erta tug’ilishga olib keladi.

Miomaning belgilari qanday? 

Odatda simptomlarni aniq bilinmasada, bachadonning qisqarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi sababli klinikaga murojaat qilishning eng keng tarqalgan sababi hayz ko’rishning tartibsizlik, uzoq davom etadigan va kuchli qon ketishi va uning oqibatidagi kamqonlikdir. Ko’pincha bemorlar qon ketishini normal deb o’ylashadi va unga moslashadi, shuning uchun biz chuqur anemiya, erta charchash va hokazolarga duch kelamiz. 

Sistitning belgilari qanday?

Katta o’lchamdagi miomalar qorin bo’shlig’ida shish, og’riq, ovqat hazm qilish buzilishi, ich qotishi va gaz shikoyatlariga sabab bo’ladi va siydik pufagini bosib tez-tez siyish va buyraklar bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Kamdan-kam hollarda bo’shliqdagi pedunkulyar miomalar bachadon bo’shlig’idan tashqariga chiqib, jinsiy aloqadan keyingi qon ketishiga, yomon hidga va infektsiyaga olib kelishi mumkin.
Ularni tos a’zolarini tekshirish va ultratovush yordamida juda oson aniqlash mumkin. Tashxis va davolash bosqichida uch o’lchovli USG, MR va tomografiya ham qo’llanilishi mumkin.

Mioma qanday davolanadi? 

Odata, 0,1-0,5% xatarli o’simtaga aylanadi. To’satdan o’sib, shubhali ko’rinishdagi miomalarni davolash va miomasi bo’lgan bemorlarni vaqti-vaqti bilan tekshirish kerak.

Davolash bemorning yoshiga, simptomlarning mavjudligi va og’irligiga, miomaning o’lchami va joylashishiga qarab o’zgaradi va kuzatuv, tibbiy va jarrohlik davolash (ochiq, histereopik, laparoskopik) variantlari qo’llaniladi.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Mioma nima  – belgilari va davolash usuli