Milliy gvardiyaga kimlar qabul qilinishi ma lum qilindi
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
Poytaxtimizda harbiy xizmatchilar tomonidan jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo…
18 Fevral 2023 61
Farg‘ona viloyatida adashib qolgan qizcha ota-onasi bag‘riga sog‘-omon qaytarildi
18 Fevral 2023 79
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan firibgarlikda ayblangan shaxs qo‘lga olindi.
18 Fevral 2023 74
Ism |
Familiya |
Elektron pochta manzili |
Telefon |
Manzil |
Murojaat |
Murojaat holati |
Murojaatingiz raqami |
O’zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Burch, Sadoqat, Jasorat
Matnda xato topsangiz, uni tanlang va administratorni xabardor qilish uchun Ctrl + Enter tugmasini bosing
2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Ovozli o’qish
Saytda ovozli oʼqish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech
Milliy gvardiyaga kimlar qabul qilinishi ma’lum qilindi
Milliy gvardiya xodimlarining xizmat oʻtash tartibi belgilandi.
Bu bo’yicha, “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xodimlar tomonidan xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5089-son, 22.04.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Milliy gvardiya xodimlari:
– Milliy gvardiya tizimidagi taʼlim muassasalari va boshqa muassasalarning kunduzgi va sirtqi taʼlim shaklida tayyorlanadi;
– Milliy gvardiya oʻquv markazlarida belgilangan tartibda maxsus kasbiy (boshlangʻich) tayyorgarlikdan oʻtkaziladi.
Shuningdek, Milliy gvardiya qoʻmondoni tavsiyasi asosida oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar egallab turgan lavozimi va pul taʼminoti saqlab qolingan holda Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida qayta tayyorlanadi.
Qarorga koʻra, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddati 20 yilni tashkil etadi, imtiyozli hisoblanadigan davr xodimlarga pensiya miqdori hisoblanayotgan vaqtdagina inobatga olinadi.
Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yashash yoki xizmatni oʻtash joyi boʻyicha qabul qilinadi.
Shuningdek, Milliy gvardiyaning xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlarni taqdirlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” idoraviy koʻkrak nishoni taʼsis etildi.
Qaror bilan Milliy gvardiya xodimlarining xizmat oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, xizmatga ixtiyoriy ravishda yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta boʻlmagan, shu jumladan 30 yoshda Qoʻriqlash bosh boshqarmasi harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalarining tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tayyorgarlik mashgʻulotlari va tanlov bosqichlaridan oʻtgan ishchi va xizmatchilari orasidan (bundan tor doiradagi mutaxassislikka ega boʻlgan nomzodlar mustasno) tanlab olish orqali Oʻzbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Nomzod doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi Milliy gvardiya boʻlinmalariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Milliy gvardiya harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalariga ishga qabul qilish tartibi e’lon qilindi
“Milliy gvardiya xodimlari tarkibiga xizmatga hamda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalariga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Nizomga ko‘ra, nomzodlarni ishga yoki xizmatga qabul qilish uchun tanlov tadbirlari tashkil qilinadi. Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish); b) yakka tartibda suhbat; v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash; g) psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash).
Milliy gvardiya uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, so‘nggi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining (chempionatining) g‘olibi bo‘lgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1–3-o‘rinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida tanlovsiz xizmatga qabul qilinadi.
Tanlovda O‘zbekistonning umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional) yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
- harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalariga o‘n sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan yigirma besh yoshda bo‘lgan shaxslar;
- xodimlar tarkibiga o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshda bo‘lgan shaxslar.
Bunda, erkak nomzod O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi, shuningdek, harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi kerak.
Alohida hollarda, O‘zbekiston prezidenti farmoni, qarori yoki farmoyishi, shuningdek, roziligiga yoxud Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga asosan boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar, Milliy gvardiyaning katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari, belgilangan talablar inobatga olinmagan holda xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Shuningdek, harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalari boshliqlari tarkibiga Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarda samarali xizmat qilib, nafaqaga bo‘shagan nomzodlar suhbat asosida, jismoniy tayyorgarligi va salomatligi holatiga ko‘ra ishga qabul qilinishi mumkin.
Xizmatga qabul qilishda nomzod bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi: erkaklar uchun – 178 santimetrdan past bo‘lmasligi; ayollar uchun – 170 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak.
Quyidagi hollarda tanlov va o‘rganishning istalgan bosqichida nomzodni xizmatga qabul qilish rad etilishi mumkin:
- nomzod belgilangan talablarga javob bermasa;
- yashash joyi yoki ish (xizmat) joyidan salbiy tavsifnoma berilganda;
- hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida nomzod o‘zi va yaqin qarindoshlari to‘g‘risida qasddan yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganda;
- nomzodga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganda, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotganda, sud tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotganda (bunday hollarda nomzodni ko‘rib chiqish ishlari reabilitatsiya qilish asoslariga ko‘ra yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi);
- sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlanganda (qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo‘llanilgandan qat’i nazar);
- nomzod muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tab, xizmatga noloyiqligi tufayli xizmatdan bo‘shatilgan hamda boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa;
- alkogol ichimliklar, psixotrop yoki giyohvand moddalarga moyilligi bo‘lsa, narkologik yoki ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari hisobida ro‘yxatda turgan bo‘lsa;
- belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda;
- tanlov jarayonlarida maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda;
- xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan, kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan nomzod Milliy gvardiyada xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilganda;
- umumiy va maxsus talablarga mos kelmaganda.
Qiziqarli malumotlar
Milliy gvardiyaga kimlar qabul qilinishi ma lum qilindi