MIKROTRON

MIKROTRON

MIKROTRON (mikro… va… tron) — elektronlarning siklik rezonans tezlatkichi. Unda elektronlar rezonatorning yuksak chastotali elektr maydoni, bir jinsli va oʻzgarmas magnit maydonida aylanma t-rayektoriyada harakatlanib tezlanish oladi. Mikrotronni V. I. Veksler 1944-y. da taklif etgan. Mikrotron, asosan, yuksak chastotali elektr maydoni manbai (magnetron), rezonator, elektronlar manbai va elektronlarni sochuvchi magnit tutqichdan iborat. Mikrotronda elektronlar harakatini uygʻunlashtirish, maydon chastotasini oʻzgartirib turish lozim. Bir jinsli magnit maydon N da relyativistik elektronning aylanish vaqti t uning toʻliq energiyasi Ye ga proporsional, yaʼni t=2n E/ yeNs (ye — elektron zaryadi, s — yorugʻlik tezligi). Bunda q elektronlar oqimining rezonatorda har bir oʻtishida energiyaning DЈ ga oʻzgarishiga mos keladigan vaqti At=qt=2nA Ye/yeNs ga oshadi. Mikrotronda avtofazalash prinsipi amalga oshirilgan (yana q. Siklotron). Mikrotron larda monoenergiyali (birdek energiyaga ega boʻlgan zarralar oqimi) va yaxshi toʻplangan (kollimatsiyalangan) elektronlar dastasi olinadi. Shuning uchun ular, koʻpincha, tez elektronlar (5-30 MeV) manbai sifatida relyativistik elektronika, yadro fizikasi, tibbiyot, qattiq jism fizikasi, defektoskopiya va b. da ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
MIKROTRON