MIKRONEZ TILLARI

MIKRONEZ TILLARI

MIKRONEZ TILLARIavstronez tillari oilasining Okeaniya tillari guruhiga mansub, Mikroneziya (Kiribati, Nauru, Marshall, Karolina va b. orollar)da tarqalgan tillar (nauru, kiribati, sonsorol, kuoape, yap, ponape, pingelap, mokil, truk va b.). Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 mingdan ortiq. Fonetik jihatdan Mikronez tillari bir qancha oʻxshashliklarga ega, birok, unli va undoshlarning miqdori, talaffuzi boʻyicha oʻzaro farq qiladi. Feʼl kategoriyalarining shakllari bir necha usul (qoʻshimcha qoʻshish, soʻzlar takrori, soʻz qoʻshish) bilan ifodalanadi. Olmoshlar tizimi (tur va shakllari) ancha murakkab. Mikronez tillari adabiy tillar darajasigacha rivojlanmagan; koʻpchiligi lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega. Mikronez tillarini lingvistik jihatdan oʻrganish (til oʻrganish markazi — Gonolulu sh.) 20-a. ning 40-y. laridan boshlangan.

Ensiklopediya.uz
MIKRONEZ TILLARI