METR
METR (musiqada) — ritmik tuzilmalarning hajmi va sifatini belgilovchi, kuchli va kucheiz (yoki uzun va qisqa) hissalarning muayyan tartib va oʻlchamlarda izchil almashinuviga asoslangan badiiy vaqt oʻlchovi. Kuchli va kucheiz hissalar munosabatlariga asoslangan Metr tizimi nota yozuvida takt yordamida ifodalanadi. Ogʻzaki anʼanadagi musiqa merosi va kompozitorlar ijodida muttasil — bir xil va no-muttasil — turli taktli Metr uchraydi. Metr taktda hissalarning birikishiga koʻra, oddiy (2 yoki 3 hissali) va teng qismlardan tashkil topgan murakkab (4, 6, 9 yoki 12 hissali) turlarga boʻlinadi. Oddiylarida taktning birinchi , hissasi, murakkab Metr larda esa har bir Metr guruhining birinchi (koʻproq boshlangʻich) hissalari kuchli ifodalanadi. Bir taktda ikki va undan ortiq teng boʻlmagan guruxlardan tuziladigan aralash Metr ham boʻladi (maye., 5, 7 hissali). Muayyan ritmik birliklar (chorak, yarim chorak, nimchorak notalar) dagi u yoki bu Metr ifodasi takt oʻlcho-yei deb yuritiladi. Sharqxalqlari ogʻzaki anʼanadagi musiqada Metr usul (oʻzbek, tojik, turk, uygʻurlarda), iyqo (arabcha), tala (hindcha) va b. shakllarda namoyon boʻladi. Ayrim musiqa janrlari uchun muayyan Metrlar xarakterli. Mas, vals 3 hissali, marsh 2 yoki 4 hissali. Maqom «as/otarida murakkab 2 hissali, talkin va b. qismlarida aralash hissali Metrlar uchraydi.
Ensiklopediya.uz
METR