MESHCHANLAR
MESHCHANLAR (polyakcha birlikda — mieszczanin) — Rossiya imperiyasida (1775—1917-y. larda) turli toifadagi shahar aholisi (hunarmandlar, mayda savdogarlar va uy egalari)dan iborat tabaqa. Yashash joylari boʻyicha jamoalarga birlashgan, oʻz-oʻzini idora qilish yuzasidan ayrim huquqlarga ega boʻlishgan. 1863-y. gacha qonunga koʻra, tan jazosiga hukm etilishi mumkin boʻlgan. Kuchma maʼnoda — maʼnaviy qashshoq, saviyasi past kishilar.
Ensiklopediya.uz
MESHCHANLAR