MB nominal qiymati 1 000 soʻm boʻlgan tangalarni muomalaga chiqaradi

MB nominal qiymati 1 000 soʻm boʻlgan tangalarni muomalaga chiqaradi

mb nominal qiymati 1 000 socabbm bocabblgan tangalarni muomalaga chiqaradi 660b7d029d312Ular 2022 yilning 26 dekabridan boshlab muomalaga chiqariladi.

 

Tanga ikki хil rangdagi kombinatsiyadan iborat boʻlib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.

 

Tanga diametri – 26,27 mm, ichki disk diametri – 17,6 mm, qalinligi – 1,6 mm, ogʻirligi – 7,3 gr.

 

Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan «Islom sivilizatsiyasi markazi»ning binosi tasvirlangan.

 

Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati «1000» raqami va lotin bosma harflarida «so’m» soʻzi yozilgan.

 

Tanga orqa tomoni (revers) markazida Oʻzbekiston Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi aylanasi boʻylab bosma lotin harflarida aylanasimon koʻrinishda «O’ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» soʻzlari yozilgan.

 

Tanganing yon qirrasi silliq ishlangan.

 

MBning qayd etishicha, 2001 yil namunasidagi 1000 soʻmlik banknotlar ham toʻlov qobiliyatini yoʻqotmaydi. 

 

 

Savollarga javoblar
MB nominal qiymati 1 000 soʻm boʻlgan tangalarni muomalaga chiqaradi

manba:norma.uz