Mashg’ulot Ishlanmasi
6. Raqs laparlar.
7. O‘yinlar:
1. “Jo‘ja va mushuk”. 3. “Kakku”. /Rasm va atributlardan foidalanish./ .
1. “Jo‘jalarim” ansambl.Mashg’ulot Ishlanmasi
DO`STLARGA ULASHING:
Mavzu : Mustahkamlash.
D. T. : Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki va hissiyotlarini tarbiyalash, kuy va qo‘shiqlarni tinglashga odatlantirish, qo‘shiqlarni aytishga o‘rgatish, musiqiy faoliyatini rivojlantirish.
Maqsad : Chorak davomida bolalar tomonidan Davlat talabining bajarilishini taxlil etish.
Kerakli jihozlar : Rangli rasmlar, kompozitorlar portretlari, testlar, didaktik materiallar, rangli har-xil shakllar, audio magnitafon, qo‘lda yasalgan cholg‘u asboblari, atributlar.
Foydalanilgan usullar : O‘yin, she’riy uslub,interfaol (aqliy hujum),guruhlarga bo‘linish.
Mashg‘ulotning borishi.
Kirish : Bolalar tantanali “ Marsh “ musiqasi ostida qarsaklar bilan zalga kirib yarim doira hosil qiladilar.
Bola : Tashrif buyuribsiz bizning bog‘chaga,
Mamnun bo‘ldik biz bolalar xam.
Bahra oling bizning bilimimizdan,
Xamma: Xush kelibsiz aziz ustozlar!Musiqa rahbari: /musiqa ostida / Assalomu- alaykum.
Bolalar : /musiqa ostida / Va alaykum assalom.
1 . Musiqaviy ritmik harakat. Marsh,yugurish, sakrash, salmoqli qadam, polka kuyiga moslab qadam tashlash, depsinib yurish, nafas olish mashqlari va yana marsh musiqasi bilan yakunlab o‘z joylarini egallaydilar.
Musiqa rahbari : Qani bolalar aytinglar-chi, musiqa olami bizga nimani o‘rgatadi ?
Bola : Mashg‘ulotlar ichida, musiqa quvnoq fandir.
Ohanglar olamining, barcha sirlari jamdir.
Bu mashg‘ulot bizlarga o‘yin, raqs, qo‘shiqlar ,
Sirlarin o‘rgatadi, nazariy bilimlarni,
Jamlashni o‘rgatadi.— 1 —
Musiqa rahbari : Raxmat sizga bolalar, dono zukko lolalar.
Musiqada bolalar yetti nota mavjuddir.
Yettita notalardan quvnoq kuylar taralur.
Qani notalar chiqing o‘zni bir tanishtiring./ Musiqa ostida notalar chiqadilar./
“ DO “ nota : Biz yetti aka- uka yashaymiz birgalikda.
Tovushqator uyimiz do, re , mi, fa,
Sol, lya , sidur nomimiz!
Dorboz, doira, donlarda, uchrayman men so‘zlarda.
Menda boshlanur ohang, “ do “man doim hamohang.
Necha asrdan buyon , biz do‘stimiz insonning,
Qutlamoq uchun keldik, bugun jami mehmonni.“ RЕ “ nota : Mening nomim “re” bo‘lur,”do” kuchiga kuch qo‘shur.
Kuychangman dovyurakman, hamma bilan inoqman.
Biz yetti paxlavonmiz, sir asrorga makonmiz.
Necha- necha jumboqni, hal etgan qahramonmiz“ MI “ nota : “Mi” dur mening ismim, o‘zimga tushgan jismim.
Sanoqda men uchunchi, kuylarningdir tayanchi.
Sanab hisob qiladi musiqada tirik jon.
Qadim zamondan beri, ishlaymiz tezu oson.“ FA “ nota : “ Fa” notasi men o‘zim, derlar meni to‘rtbonu.
O‘zbekiston madhiyasi, boshlanur mendan doim.
Qancha bastakor bizga, atab asar yaratdi.
Shu asar dong‘imizni bor olamga taratdi.“ SOL “ nota: Mening nomim “sol” nota, notalar sardoriman.
Musiqa olamining, kalit debochasiman.
Sanab ilm boyitar, bu yetti mashhur nota.
Musiqa bilan qiziq, manolidir bu olam.“ LYA “ nota : Tovushqator oltinchisi “lya” notasi bo‘laman.
Chaqqonlik bilan tezda, kuylarga aylanaman.
Bo‘lmasa gar musiqa, ne bo‘lur edi dunyo.
Xatto musiqa bilan, yengilgandir har- bir yov.“ SI “ nota : Men esa “si” notasi, yetti polvon bo‘laman.
Menda tugar masofa, eng kenjasi bo‘laman.
Bu merosni o‘rganing,quvnoq kuylar yarating
Musiqa bo‘stonini, yashnating, obod eting.— 2 —
Musiqa rahbari : Rahmat sizga notalar ! Aziz bolajonlar, mana notalarni ham esga olib oldik. Mana shu notachalar hozirgi o‘yinlarimizda ko‘z oldilaringda namoyon bo‘lib turadilar./ Musiqa ostida notalar joylarini egallaydilar./
2 . Musiqa tinglash.
1. “Bahor valsi “ M. Mirzayev musiqasi.
2. “Dutor bayoti “ o‘zbek xalq kuyi .
3. “ Munojaat “ o‘zbek xalq kuyi.
4. “Polka “ M. I . Glinka musiqasi./ Shakllardan, portretlardan, rangli rasmlardan foydalanish./
3. Ovoz sozlash mashqlari.
1.” Zinacha !
2 .”Xo‘roz va kakku “/ Testlardan foydalanish./
5. Qo‘shiq ijodkorligi.
“ Qizgina lapari “
/qo‘shiq na’munasidan foydalanib, raqs xarakterini ifodalagan oddiy kuy va she’rlarni mustaqil ijod qilish./
1. “Binafsha” N. Norxo‘jayev musiqasi.
2. “Qizgina” lapari M. Ikromova musiqasi.
3. “Gullar” A. Mansrov musiqasi.
4. “Taxmina” K. Kenjayev musiqasi.
5. “Qo‘g‘irchoq sol quloq” M. Ikromova musiqasi.
6. “Yablochka” R. Glier musiqasi./rasmli kubokdan foidalanish/.
— 3 —
2. “Qopqon va sichqon” .
4. “Qalpoqni ur”.8. Bolalarni bilimini cholg‘u asboblari bilan aniqlash.
O‘zbek milliy asboblarini takrorlashni mustaxkamlash.
Dutor, doira, qashqar rubob, karnay, surnay, nog‘ora, chang, nay./Manit tasmasi yordamida cholg‘u asboblar nomini aniqlash va ko‘rvatib berish/
9. Bolalarni cholg‘u ijrochiligi .
2. “Yomg‘ir yog‘aloq” ansambl.
/Qo‘lda yasalgan va boshqa musiqa asboblaridan foidalanish/.
— 4 –
Yozyovon tuman XTB ga qarashli
3 — son maktabgacha ta’lim
muassasasining maktabga
tayyorlov guruxi bolalarining
musiqa mashg‘ulotidan
nazorat mashg‘ulotMusiqa raxbari: Ro‘ziyeva. Sh.J.
Mashg’ulot Ishlanmasi