Maqtanchoqlik
Maqtanchoqlik
DO`STLARGA ULASHING:
Odamlar hammavaqt ham boshqalar o‘ylaganchalik bo‘lavermaydilar.
G. LESSINGO‘z afzalliklarini ko‘p gapiradigan odam ko‘pincha yaxshi odam bo‘lib chiqmaydi.
J. NERUO‘z yaxshiliklari bilan maqtangan odamdan qo‘rqaver.
M. EBNER-EShINBAXOdamlar o‘z nuqsonlarini ko‘rsatmaydilar — ulariing aksariyati nuqsonlarini soxta niqob bilan yashirishga urinadilar.
O. BALZAK
Maqtanchoqlar ham sirti jimjima miltiq kabi ichi qaltiroq tashi yaltiroq.
PIFAGORMardlik haqida ko‘proq qo‘rqoqlar, yaxshilik haqida esa ichiqoralar gapirishadi.
A. N. TOLSTOYHozirgi ishidan maqtanolmagan odam ilgarigi xizmatlari bilan maqtanadi.
SISERONMaqtanchoq odamlar donolarga kulgi, ahmoqlarga esa hayratomuz pesha, xushomadgo‘ylarga osongina o‘lja va o‘z shuhratparastliklarining qulidirlar.
F. BEKONKuch bilan maqtanish buqani yelkada ko‘tarmoq, ya’ni: o‘sha buqaga o‘xshash bilan barobardir.
V. FONTENELMaqtovning ortidan quvma, ammo bor kuching bilan maqtovga sazovor bo‘lishga intil.
Ya. KOMENSKIYO‘z-o‘zini maqtash kishini yerga uradi.
M. SERVANTESKimki sirdoshi oldida maqtansa, so‘zsiz, kulgiga qoladi.
EZOPAslida serhimmat bo‘lgan kishilar hech vaqt kerilmaydilar.
F. LAROShFUKOOdam o‘zini-o‘zi ko‘tara olmaganidek, o‘zini-o‘zi maqtamasligi ham kerak. Aksincha, o‘zini maqtashga har qanday urinish kishilar ko‘zi o‘ngida uning obro‘yini to‘kadi.
L. N. TOLSTOYTashqi ko‘rinishini ko‘z-ko‘z qilgan odamlarning ichi bo‘sh.
O. BALZAKO‘z aqlliligidan maqtanmaslik uchun ham zo‘r aql kerak.
F. LAROShFUKOKishi o‘z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, u bizga shuncha ko‘p yoqadi.
R. EMERSONAgar o‘zingizga dushman orttirishni istamasangiz, odamlardan ustunligingizni sezdirmang.
A. ShOPENGAUERO‘z fazilatlarimiz to‘g‘risida qancha ko‘p gapirsak, unga shuncha kam ishonadilar.
P. BOShENSizning yaxshiligingizga odamlar ishonishini istaysizmi? Unda o‘sha yaxshiligingizni maqtamang.
B. PASKALKishi o‘zini ayblasa hammavaqt ishonadilaru maqtasa sira ishonishmaydi.
M. MONTENBarchaga yoqish istagi eng kulgili istakdir.
I. GYoTEKishilarda bor xislatlar u qadar kulgili emas, o‘zi yo‘gu, ammo bo‘lishini istaganlari kulgili.
F. LAROShFUKOZaruratsiz o‘zing haqingda bir og‘iz ham gapirma. Avval qilgan, hozir qilayotgan va keyin qiladigan ishlaring xususida ham sira maqtanma.
K. D. UShINSKIYO‘zi haqida ko‘p gapirishdan ham xunukroq ish yo‘q.
J. LEOPARDIYaxshisi, biz o‘zimizni maqtamaylik, birov bizni maqtasin.
DEMOKRITBiz aslida qanday bo‘lsak, shunday bo‘lganimizda va hech qachon boshqacha bo‘lib ko‘rinishga urinmaganimizda edi, biz odamlar ko‘zi o‘ngida yutardik.
F. LAROShFUKOMen aslida boshqachaman, deb dono kishilarni ishontirishingdan ko‘ra, chindan ham o‘zing istaganingdek bo‘lishing ko‘p jihatdan osonroqdir.
G. LIXTENVERGBarcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami-kechmi, harqalay pand yeyishadi.
V. ShEKSPIRziyouz.uz
Maqtanchoqlik