Mantiq ilmi va til

Mantiq ilmi va til
mantiq ilmi va til 65ca8a12bb57b

%D0%91%D0%B5%D0%B7 %D0%BD%D0%B0%D0%B7%D0%B2%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F 11

Mantiq ilmi va til

Mundarija скрыть
Mantiq ilmi va til
DO`STLARGA ULASHING:
1. Til tafakkur bilan uzviy bog‘langan, fikrimizning bevosita mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari sistemasidan iborat. Tilni o‘rganish mantiq fanining muxim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma’lumki, tafakkur olamni mavxumlashtirib va umumlashtirib aks ettiradigan ideal xodisadir. Mavxum narsalarni, umumiylikni faqat til yordamidagina qayd qilish mumkin. Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma xolda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni xissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi. Til kishilarning ijtimoiy mexnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana shuning uchun xam u chuqur ijtimoiy mazmunga ega xamda madaniyatimiz va tariximizning muxim bir qismini tashkil etadi. Til yordamida bilimlar xosil qilinadi, to‘planadi va bir avloddan boshqa avlodga yetkazib beriladi. Shu tariqa u ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniyatimizni taraqqiy ettirishga yordam beradi. Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi xamda u xaqda ma’lum bir xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy predmetdir. xar qanday belgi xam til belgisi bo‘la olmaydi. Tilga aloqasi bo‘lmagan belgilar qatoriga nusxa-belgilar (masalan, fotografiya kartochkasi, barmoq izi va shu kabilar), indeks-belgilar yoki ko‘rsatuvchi belgilar (masalan, badan xaroratining ko‘tarilishi – kasallik belgisi, tutun – olovning belgisi va shu kabilar) kiradi. Til belgisi simvol-ramzlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra xech qanday o‘xshashlikka ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini o‘rganishga qaratadi. Til belgilari o‘z ma’nosiga va mazmuniga ega. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan, ko‘rsatayotgan obyekt tashkil etadi. Masalan, «auditoriya» so‘zi real mavjud obyektni — auditoriyani aks ettiruvchi fikr mazmunini ifoda etadi. Til belgisining ma’nosini esa u ifoda qilayotgan obyektning xarakteristikasi (tavsifi) tashkil etadi. Masalan, «Auditoriya» so‘zining ma’nosini « Mashg‘ulot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xona», «Maxsus jixozlangan xona» va shu kabi ekanligi xaqidagi axborotlar tashkil etadi. Belgilarning bilishdagi vazifasini o‘rganishga Aristotel, Leybnis kabi mutafakkirlar katta e’tibor berganlar. Belgilar xaqidagi ta’limotni taraqqiy ettirish XIX asrda aktual masalaga aylangan. Mana shu davrda amerikalik faylasuf Charl’z Pirs (1839-1914) belgilar xaqidagi fan-semiotikaga asos solgan. Bu fan til belgisini uch xil yo‘nalish bo‘yicha analiz qiladi. Birinchisini semantika tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan obyekt o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Ikkinchisi pragmatika bo‘lib, u kishilarning belgilarga munosabatini xamda belgilar yordamida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganadi. Uchinchisi, sintaksis deyilib, u belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni (tilni qurish qoidalarini) o‘rganadi. Mantiq fanini ko‘proq til belgilarining semantikasi qiziqtiradi. 2. Tilning ikkita turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv) ning axborot belgilari sistemasidan iborat. Tabiiy tilning aloxida olingan xar qanday belgisi o‘z xolicha xech narsani ifoda qilmaydi. Bu belgilar inson amaliy faoliyati va tafakkuri taraqqiyotining negizida vujudga kelgan til sistemasiga kirgandagina ma’lum bir ma’no va mazmun kasb etuvchi belgilarga aylanadi. Tabiiy til obyektiv olamning va bilishning turli xil soxalariga tegishli bo‘lgan predmetlar, xodisalar xamda ularning xossalari va munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U semantik jixatdan yopiq sistema xisoblanadi. Boshqacha aytganda, tabiiy til boshqa tillarga murojaat qilmagan xolda, mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin. Shuning bilan bir qatorda, tabiiy tildan foydalanish bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni xam keltirib chiqaradi. Ular quyidagilar bilan bog‘liq: 1) tabiiy tildagi so‘zlarning ma’nosi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qilinishi (sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida ifoda qilingan fikr aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini yaxshi bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga nisbatan chet tilini yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan). Tabiiy tildagi mana shu kabi xodisalardan xoli bo‘lish uchun ilmiy bilishda atamalardan (terminlardan) foydalaniladi. Atama o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z bo‘lib, bu ma’no definitsiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. Shuningdek, tabiiy tilda aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan xam erishiladi. Sun’iy til tabiiy til negizida yaratilgan yordamchi axborot belgilari sistemasidan iborat bo‘lib, u mavjud xabarlarni aniq xamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar-ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan xolda, faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi. Sun’iy tillar xozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning ayniqsa matematika, fizika, kimyo, kibernetika, xisoblash texnikasi va shu kabi soxalar rivojlanishida xissasi katta. Sun’iy tillarning ishlatilishiga misol qilib matematikadagi to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlarini ifoda qiluvchi Sos2+Sin2=1 formulasini, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N2O formulani, mexanikadagi tezlikni ifoda qiluvchi formulasini va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin. Elektron xisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzishda esa maxsus algoritmik tillar ishlatiladi. Ular «Algol – 60», «Algol – 65», «Fortran», «Kobol», «PL – 1», «Assembler», «Beysik» va boshqalardan iborat. Sun’iy tildan mantiq fani xam fikrimiz tuzilishini nazariy jixatdan analiz qilishda foydalanadi. Demak, ilmiy bilishda tabiy tildan xam, sun’iy tildan xam foydalaniladi. Ilmiy til esa tabiy til, sun’iy til va maxsus atamalardan tashkil topgan bo‘ladi. Umumiy mantiq o‘zining maxsus ilmiy formallashgan tiliga ega. U inson tafakkurining tuzilishini aniq va ravshan xolda ifoda qilish maqsadida yaratilgan. Buning moxiyatini tushunish uchun formallashtirishning o‘zi nima ekanligini aniqlab olish zarur. Formallashtirish konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlarni simvollar bilan almashtirish, ya’ni propozitsional funksiya xosil qilish, formulalar kiritish, mantiqiy qoidalarni yaratish orqali tafakkurning (fikrning) strukturasini ifoda qilish demakdir. Tafakkurning strukturasi bilan mantiqning tilda ifoda qilinishi strukturasi o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik mavjud, ya’ni xar bir konkret fikr strukturasiga ma’lum bir til strukturasi muvofiq keladi. Buni proporzitsional funksiya xosil qilish misolida ko‘rishimiz mumkin. «Toshkent-o‘zbekistonning poytaxti» degan fikrdagi «Toshkent» tushunchasini – S, «o‘zbekistonning poytaxti» tushunchasini – R bilan almashtirsak, S–R ko‘rinishiga ega bo‘lgan propozitsional funksiya xosil bo‘ladi. Propozitsional funksiya o‘zgaruvchi qiymatga ega ifoda bo‘lib, bu qiymat argument bilan almashtirilganda konkret mazmunli fikr xosil bo‘ladi. Formallashgan til quyidagi talablarga javob berishi kerak. 1. Asosiy belgilar aniq ifoda qilingan bo‘lishi kerak. Bu belgilar asosiy tushunchalar, atamalarni ifodalaydi. 2. Ta’riflashning barcha qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qoidalarga asoslangan xolda mavjud belgilar yordamida yangi, qisqaroq belgilar xosil qilinadi. 3. Formulalarni tuzishning barcha qoidalari berilgan bo‘lishi kerak. Bunga misol qilib tushunchalardan gap xosil qilish qoidalarini ko‘rsatish mumkin. 4. Xulosa chiqarish qoidalarining barchasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qo‘llaniladigan belgilarning (so‘z, gap, simvollar) grafik usul bilan ifodalanishiga tegishlidir. 5. qo‘llaniladigan belgilarning ma’nosini talqin qilish qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Formallashgan tilga ega bo‘lgan mantiq chin fikrni ifoda qiluvchi bir formula yordamida xuddi shunday chin fikrni ifoda qiluvchi boshqa formulani keltirib chiqara oladi. Bunda berilgan fikrning konkret mazmuni e’tiborga olinmaydi. Formallashgan tilning ustunligi shundaki, unda mantiqiy xulosa chiqarishda ko‘zda tutilmagan asoslarning qatnashib qolishi mumkin emas. Matematika va mantiqning ko‘p masalalari faqat mana shu yo‘l bilan yechilishi mumkin. Nixoyat, formallashgan tilning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda bir soxada yaratilgan formallashgan tildan boshqa bir soxaga oid masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Masalan, mantiqda sinflar bilan bo‘ladigan amallarda matematika tilidan (qo‘shish, ko‘paytirish, to‘ldirish kabi atamalardan xamda ularni ifoda qiluvchi belgilardan) fikr tuzilishini ifoda qilish uchun foydalanish mumkin. Bunda, albatta foydalanilayotgan belgilarga maxsus ma’no beriladi. Formallashgan tilning kamchiligi esa shundaki, u tabiiy tilga qaraganda obyektni yuzaki xolda ifoda qiladi. xozirgi davrda mavjud formallashgan tillar borliqning va bilishning juda kam soxalarini qamrab olgan. Bilishning qaysi soxalarida formallashgan tilni yaratish mumkinligini oldindan aytish qiyin. Shuningdek, formallashgan til emprik tadqiqotlarning o‘rnini bosa olmaydi. Ana shuning uchun xam ilmiy til formallashgan tildan foydalanish bilan chegaralanib qolishi mumkin emas. Shunga qaramasdan formallashgan til xozirgi paytda ilmiy bilishda va amaliy xayotda muxim axamiyatga ega. U ayniqsa fikrning tuzilishini o‘rganishga, uning mantiqiy qiymatini, ya’ni chin yoki xatoligini aniqlashga to‘liq qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun mantiqning formallashgan tilini yaratishga va uni chuqurroq o‘rganishga qiziqish katta. 3. Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganishda semantik kategoriyalar muxim axamiyatga ega. Semantik kategoriyalar til ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir-birlaridan qanday obyektlarni aks ettirishi bilan farq qiladilar. Asosiy semantik kategoriyalar qatoriga gap va uning tarkibida nisbatan mustaqil xolda mavjud bo‘lgan qismlari-deskriptiv va mantiqiy atamalar kiradi. Gap xukmni, savolni va normani ifoda qilishi mumkin. xukmni ifoda qiluvchi gap predmetga birorta belgining (xossa yoki munosabatning) xosligini tasdiqlaydi va inkor qiladi. U darak gapdan iborat. Gapda predmetlarni, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar deskriptiv atamalar deyiladi. Deskriptiv atamalar predmetlar nomlari yoki termalar (predmetlarni, predmetlar to‘plamini aks ettiruvchi ifodalar) va predikatorlarga (predmetlarning xossalari va munosabatlarini aks etiruvchi ifodalar) bo‘linadi. Predmetlarning nomlari ayrim so‘zlar va so‘z birikmalari bo‘lib, ular moddiy (planeta, elektr toki) va ideal (sezgi, tafakkur) predmetlarni ifodalaydi. Predmet nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni predmetni ifoda qiladi va mantikda denotat deb ataladi. Nomning ma’nosi esa predmetning muxim, umumiy belgilarini ifoda qiladi va konsept deb ataladi. Masalan, «Aristotel», «Mantiq fanining asoschisi», «Topika asarining muallifi» kabi ifodalarning mazmuni bir xil, ya’ni bitta predmetni ifodalaydi, ma’nosi esa turli xil, ya’ni fikr kilayotgan obyektning xar xil belgilarini qayd kiladi. Shuningdek, nomlar yakka («Toshkent shaxri») yoki umumiy («shaxar») bo‘lishi mumkin. Bunda yakka nom bitta predmetni, umumiy nom esa predmetlar sinfini aks ettiradi. Predikatorlar gapda kesim o‘rnida kelib, o‘zi taalluqli bo‘lgan nomning miqdoriga bog‘liq xolda bir o‘rinli yoki ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunda predmetning xossasini ifoda qiluvchi predikatorlar bir o‘rinli, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda qiluvchi predikatlar ko‘p o‘rinli predikatorlar xisoblanadi. Masalan, «o‘zbekiston mustaqil respublikadir» degan muloxazada predikator bir o‘rinli, «o‘zbekiston Turkiya bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi» degan fikrda «iqtisodiy shartnoma tuzdi» predikatori ikki o‘rinli, «o‘zbekiston Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan» degan fikrda «oralig‘ida joylashgan» predikatori uch o‘rinlidir. Mantiqiy atamalar (mantiqiy konstantalar) doimiy mantiqiy qiymatga ega bo‘lib, gapda deskriptiv atamalarni bog‘lashda ishlatiladi. Ular o‘zbek tilida «va», «xam», «xamda», «yoki», «yoxud», «barcha», «xech bir», «ba’zi», «emas» kabi so‘zlar orqali ifodalanadi va turli xil (oddiy va murakkab) xukmlar, muloxazalarni xosil qiluvchi elementlar xisoblanadi. Masalan, «xech bir tovar qiymatsiz emas» degan fikrda «xech bir» «emas» mantiqiy atamalar bo‘lib, ularsiz deskriptiv atamalarni-»tovar», «qiymat» so‘zlarini bog‘lab bo‘lmaydi. Mantiqning formallashgan tilini yaratishda semantik kategoriyalar aniq ta’riflanishi va tavsiflanishi kerak. Bunga semantik kategoriyalarni konkret simvollarda aks ettirish orqali erishish mumkin. Ana shu simvollar mantiqning formallashgan tilining alifbosini tashkil etadi. Mantiqda ikkita til-predikatlar mantig‘i tili va muloxazalar mantig‘i tili mavjud. Muloxazalar mantig‘i xukmlarining ichki tuzilishini o‘rganishdan chetlashib, ularning o‘zaro mantiqiy aloqasini xisobga olgan xolda muxokama qilish jarayonini taxlil qiladigan formallashgan mantiqiy sistemadir. Muloxazalar mantig‘i tili alifbosi, ifodalar ta’riflarini va ularning talqin qilinishini o‘z ichiga oladi. Xususan, bu til alifbosi quyidagilardan tashkil topgan: 1. r, q, r — propozitsioal o‘zgaruvchilar, ya’ni xukmlar uchun simvollar. 2.  — kon’yunksiya belgisi; u o‘zbek tilidagi «va», «xam», «xamda» kabi bog‘lovchilarga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ma’ruza tugadi (r) va uning muxokamasi boshlandi (q)», degan xukmni pq shaklida ifoda qilish mumkin. 3.  — dizyunksiya belgisi; u o‘zbek tilida «yo», «yoki», «yoxud» kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi. Masalan «Elektr toki yo o‘zgaruvchan (r), yo o‘zgarmas bo‘ladi (q)», degan xukm pvq shaklida yoziladi. 4.  — implikatsiya belgisi; unga o‘zbek tilida «Agar… bo‘lsa, — … bo‘ladi», degan ifoda to‘g‘ri keladi. Masalan, «Agar talaba mustaqil ishlasa (r), o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtiradi (q)» degan xukm p q shaklida yoziladi. 5. Ekvivalentlik belgisi; unga o‘zbek tilida «Faqat va faqat shundaki…» degan ibora to‘g‘ri keladi. Masalan, «Faqat juft sonlargina (r) 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi (q)», degan xukm rq tarzida yoziladi. 6.  — inkor qilish belgisi. Masalan «Axmedov Anvar talabadir». (r) degan xukm inkor qilinganda «Axmedov Anvar talaba emas» r xukmiga aylanadi, ya’ni r o‘zining inkori bo‘lgan r ga o‘zgaradi. Predikatlar mantig‘i – muxokama jarayonini xukmlarning ichki tuzilishini xisobga olgan xolda o‘rganuvchi formallashgan mantiqiy sistemadir. Predikatlar mantig‘i alifbosi muloxazalar mantig‘i alifbosiga yangi simvollar qo‘shish orqali xosil qilinadi. Ular quyidagilar: 1. a, v, s,…, — predmet nomlarini ifodalovchi simvollar, ular konstantalar deb ataladi. 2. x, u, z…, — predmetlarning umumiy nomlarini bildiruvchi simvollar. 3. R1, Q1, R1… , Pn, Qn, Rn – predikatorlar uchun simvollar; bunda 1-bir o‘rinli predikatorni, 2-ikki o‘rinli predikatorni, n-n o‘rinli predikatorlarni bildiradi. 4. xukmning miqdorini bildiruvchi simvollar:  — umumiylik kvantori; unga o‘zbek tilida «barcha», «xar bir», «xech bir» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan, «xech bir ota-ona o‘z farzandiga yomonlik tilamaydi» degan xukm (x)P(x) ko‘rinishida yoziladi.  — mavjudlik kvantori; unga o‘zbek tilida «ba’zi», «ayrim» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ba’zi kishilar yakka tartibda ishlaydi» degan xukm (x)P(x) ko‘rinishida yoziladi. Muloxazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘i natural xulosa chiqarish sistemasi (yoki aksiomatik) sistema sifatida qurilishi mumkin.

DO`STLARGA ULASHING:

Mantiq ilmi va til
Reja:
1. Til-axborot belgilari sistemasi.
2. Tabiiy va sun’iy tillar, ularning o‘zaro aloqasi.
3. Tilning semantik kategoriyalari.
1. Til tafakkur bilan uzviy bog‘langan, fikrimizning bevosita mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari sistemasidan iborat. Tilni o‘rganish mantiq fanining muxim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma’lumki, tafakkur olamni mavxumlashtirib va umumlashtirib aks ettiradigan ideal xodisadir. Mavxum narsalarni, umumiylikni faqat til yordamidagina qayd qilish mumkin.
Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma xolda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni xissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi.
Til kishilarning ijtimoiy mexnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana shuning uchun xam u chuqur ijtimoiy mazmunga ega xamda madaniyatimiz va tariximizning muxim bir qismini tashkil etadi.
Til yordamida bilimlar xosil qilinadi, to‘planadi va bir avloddan boshqa avlodga yetkazib beriladi. Shu tariqa u ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniyatimizni taraqqiy ettirishga yordam beradi.
Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi xamda u xaqda ma’lum bir xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy predmetdir. xar qanday belgi xam til belgisi bo‘la olmaydi. Tilga aloqasi bo‘lmagan belgilar qatoriga nusxa-belgilar (masalan, fotografiya kartochkasi, barmoq izi va shu kabilar), indeks-belgilar yoki ko‘rsatuvchi belgilar (masalan, badan xaroratining ko‘tarilishi – kasallik belgisi, tutun – olovning belgisi va shu kabilar) kiradi.
Til belgisi simvol-ramzlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra xech qanday o‘xshashlikka ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini o‘rganishga qaratadi.
Til belgilari o‘z ma’nosiga va mazmuniga ega. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan, ko‘rsatayotgan obyekt tashkil etadi. Masalan, «auditoriya» so‘zi real mavjud obyektni — auditoriyani aks ettiruvchi fikr mazmunini ifoda etadi. Til belgisining ma’nosini esa u ifoda qilayotgan obyektning xarakteristikasi (tavsifi) tashkil etadi. Masalan, «Auditoriya» so‘zining ma’nosini « Mashg‘ulot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xona», «Maxsus jixozlangan xona» va shu kabi ekanligi xaqidagi axborotlar tashkil etadi.
Belgilarning bilishdagi vazifasini o‘rganishga Aristotel, Leybnis kabi mutafakkirlar katta e’tibor berganlar. Belgilar xaqidagi ta’limotni taraqqiy ettirish XIX asrda aktual masalaga aylangan. Mana shu davrda amerikalik faylasuf Charl’z Pirs (1839-1914) belgilar xaqidagi fan-semiotikaga asos solgan. Bu fan til belgisini uch xil yo‘nalish bo‘yicha analiz qiladi. Birinchisini semantika tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan obyekt o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Ikkinchisi pragmatika bo‘lib, u kishilarning belgilarga munosabatini xamda belgilar yordamida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganadi. Uchinchisi, sintaksis deyilib, u belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni (tilni qurish qoidalarini) o‘rganadi. Mantiq fanini ko‘proq til belgilarining semantikasi qiziqtiradi.
2. Tilning ikkita turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv) ning axborot belgilari sistemasidan iborat. Tabiiy tilning aloxida olingan xar qanday belgisi o‘z xolicha xech narsani ifoda qilmaydi. Bu belgilar inson amaliy faoliyati va tafakkuri taraqqiyotining negizida vujudga kelgan til sistemasiga kirgandagina ma’lum bir ma’no va mazmun kasb etuvchi belgilarga aylanadi.
Tabiiy til obyektiv olamning va bilishning turli xil soxalariga tegishli bo‘lgan predmetlar, xodisalar xamda ularning xossalari va munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U semantik jixatdan yopiq sistema xisoblanadi. Boshqacha aytganda, tabiiy til boshqa tillarga murojaat qilmagan xolda, mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin.
Shuning bilan bir qatorda, tabiiy tildan foydalanish bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni xam keltirib chiqaradi. Ular quyidagilar bilan bog‘liq: 1) tabiiy tildagi so‘zlarning ma’nosi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qilinishi (sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida ifoda qilingan fikr aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini yaxshi bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga nisbatan chet tilini yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan). Tabiiy tildagi mana shu kabi xodisalardan xoli bo‘lish uchun ilmiy bilishda atamalardan (terminlardan) foydalaniladi. Atama o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z bo‘lib, bu ma’no definitsiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. Shuningdek, tabiiy tilda aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan xam erishiladi.
Sun’iy til tabiiy til negizida yaratilgan yordamchi axborot belgilari sistemasidan iborat bo‘lib, u mavjud xabarlarni aniq xamda tejamli bayon qilish va uzatish uchun xizmat qiladi. Sun’iy tilda sun’iy yo‘l bilan yaratilgan maxsus belgilar, ya’ni simvollar-ramzlar ishlatiladi. Tabiiy tildagi konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlar ilmiy bilishda ana shunday simvollar bilan almashtiriladi. Demak, sun’iy til fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan xolda, faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlaydi.
Sun’iy tillar xozirgi zamon fani va texnikasida keng qo‘llaniladi. Ularning ayniqsa matematika, fizika, kimyo, kibernetika, xisoblash texnikasi va shu kabi soxalar rivojlanishida xissasi katta. Sun’iy tillarning ishlatilishiga misol qilib matematikadagi to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlarini ifoda qiluvchi Sos2+Sin2=1 formulasini, kimyodagi suvni ifoda qiluvchi N2O formulani, mexanikadagi tezlikni ifoda qiluvchi formulasini va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin. Elektron xisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzishda esa maxsus algoritmik tillar ishlatiladi. Ular «Algol – 60», «Algol – 65», «Fortran», «Kobol», «PL – 1», «Assembler», «Beysik» va boshqalardan iborat. Sun’iy tildan mantiq fani xam fikrimiz tuzilishini nazariy jixatdan analiz qilishda foydalanadi.
Demak, ilmiy bilishda tabiy tildan xam, sun’iy tildan xam foydalaniladi. Ilmiy til esa tabiy til, sun’iy til va maxsus atamalardan tashkil topgan bo‘ladi.
Umumiy mantiq o‘zining maxsus ilmiy formallashgan tiliga ega. U inson tafakkurining tuzilishini aniq va ravshan xolda ifoda qilish maqsadida yaratilgan. Buning moxiyatini tushunish uchun formallashtirishning o‘zi nima ekanligini aniqlab olish zarur.
Formallashtirish konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlarni simvollar bilan almashtirish, ya’ni propozitsional funksiya xosil qilish, formulalar kiritish, mantiqiy qoidalarni yaratish orqali tafakkurning (fikrning) strukturasini ifoda qilish demakdir. Tafakkurning strukturasi bilan mantiqning tilda ifoda qilinishi strukturasi o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik mavjud, ya’ni xar bir konkret fikr strukturasiga ma’lum bir til strukturasi muvofiq keladi. Buni proporzitsional funksiya xosil qilish misolida ko‘rishimiz mumkin. «Toshkent-o‘zbekistonning poytaxti» degan fikrdagi «Toshkent» tushunchasini – S, «o‘zbekistonning poytaxti» tushunchasini – R bilan almashtirsak, S–R ko‘rinishiga ega bo‘lgan propozitsional funksiya xosil bo‘ladi. Propozitsional funksiya o‘zgaruvchi qiymatga ega ifoda bo‘lib, bu qiymat argument bilan almashtirilganda konkret mazmunli fikr xosil bo‘ladi.
Formallashgan til quyidagi talablarga javob berishi kerak.
1. Asosiy belgilar aniq ifoda qilingan bo‘lishi kerak. Bu belgilar asosiy tushunchalar, atamalarni ifodalaydi.
2. Ta’riflashning barcha qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qoidalarga asoslangan xolda mavjud belgilar yordamida yangi, qisqaroq belgilar xosil qilinadi.
3. Formulalarni tuzishning barcha qoidalari berilgan bo‘lishi kerak. Bunga misol qilib tushunchalardan gap xosil qilish qoidalarini ko‘rsatish mumkin.
4. Xulosa chiqarish qoidalarining barchasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qo‘llaniladigan belgilarning (so‘z, gap, simvollar) grafik usul bilan ifodalanishiga tegishlidir.
5. qo‘llaniladigan belgilarning ma’nosini talqin qilish qoidalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Formallashgan tilga ega bo‘lgan mantiq chin fikrni ifoda qiluvchi bir formula yordamida xuddi shunday chin fikrni ifoda qiluvchi boshqa formulani keltirib chiqara oladi. Bunda berilgan fikrning konkret mazmuni e’tiborga olinmaydi.
Formallashgan tilning ustunligi shundaki, unda mantiqiy xulosa chiqarishda ko‘zda tutilmagan asoslarning qatnashib qolishi mumkin emas. Matematika va mantiqning ko‘p masalalari faqat mana shu yo‘l bilan yechilishi mumkin.
Nixoyat, formallashgan tilning yana bir qimmatli tomoni shundaki, unda bir soxada yaratilgan formallashgan tildan boshqa bir soxaga oid masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Masalan, mantiqda sinflar bilan bo‘ladigan amallarda matematika tilidan (qo‘shish, ko‘paytirish, to‘ldirish kabi atamalardan xamda ularni ifoda qiluvchi belgilardan) fikr tuzilishini ifoda qilish uchun foydalanish mumkin. Bunda, albatta foydalanilayotgan belgilarga maxsus ma’no beriladi.
Formallashgan tilning kamchiligi esa shundaki, u tabiiy tilga qaraganda obyektni yuzaki xolda ifoda qiladi. xozirgi davrda mavjud formallashgan tillar borliqning va bilishning juda kam soxalarini qamrab olgan. Bilishning qaysi soxalarida formallashgan tilni yaratish mumkinligini oldindan aytish qiyin.
Shuningdek, formallashgan til emprik tadqiqotlarning o‘rnini bosa olmaydi. Ana shuning uchun xam ilmiy til formallashgan tildan foydalanish bilan chegaralanib qolishi mumkin emas.
Shunga qaramasdan formallashgan til xozirgi paytda ilmiy bilishda va amaliy xayotda muxim axamiyatga ega. U ayniqsa fikrning tuzilishini o‘rganishga, uning mantiqiy qiymatini, ya’ni chin yoki xatoligini aniqlashga to‘liq qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun mantiqning formallashgan tilini yaratishga va uni chuqurroq o‘rganishga qiziqish katta.
3. Tafakkurning mantiqiy shaklini o‘rganishda semantik kategoriyalar muxim axamiyatga ega. Semantik kategoriyalar til ifodalarining sinflaridan iborat bo‘lib, ular bir-birlaridan qanday obyektlarni aks ettirishi bilan farq qiladilar. Asosiy semantik kategoriyalar qatoriga gap va uning tarkibida nisbatan mustaqil xolda mavjud bo‘lgan qismlari-deskriptiv va mantiqiy atamalar kiradi.
Gap xukmni, savolni va normani ifoda qilishi mumkin. xukmni ifoda qiluvchi gap predmetga birorta belgining (xossa yoki munosabatning) xosligini tasdiqlaydi va inkor qiladi. U darak gapdan iborat.
Gapda predmetlarni, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar deskriptiv atamalar deyiladi. Deskriptiv atamalar predmetlar nomlari yoki termalar (predmetlarni, predmetlar to‘plamini aks ettiruvchi ifodalar) va predikatorlarga (predmetlarning xossalari va munosabatlarini aks etiruvchi ifodalar) bo‘linadi.
Predmetlarning nomlari ayrim so‘zlar va so‘z birikmalari bo‘lib, ular moddiy (planeta, elektr toki) va ideal (sezgi, tafakkur) predmetlarni ifodalaydi. Predmet nomi belgidan iborat bo‘lganligi uchun o‘z mazmuni va ma’nosiga ega. Nomning mazmuni predmetni ifoda qiladi va mantikda denotat deb ataladi. Nomning ma’nosi esa predmetning muxim, umumiy belgilarini ifoda qiladi va konsept deb ataladi. Masalan, «Aristotel», «Mantiq fanining asoschisi», «Topika asarining muallifi» kabi ifodalarning mazmuni bir xil, ya’ni bitta predmetni ifodalaydi, ma’nosi esa turli xil, ya’ni fikr kilayotgan obyektning xar xil belgilarini qayd kiladi.
Shuningdek, nomlar yakka («Toshkent shaxri») yoki umumiy («shaxar») bo‘lishi mumkin. Bunda yakka nom bitta predmetni, umumiy nom esa predmetlar sinfini aks ettiradi.
Predikatorlar gapda kesim o‘rnida kelib, o‘zi taalluqli bo‘lgan nomning miqdoriga bog‘liq xolda bir o‘rinli yoki ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin. Bunda predmetning xossasini ifoda qiluvchi predikatorlar bir o‘rinli, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ifoda qiluvchi predikatlar ko‘p o‘rinli predikatorlar xisoblanadi. Masalan, «o‘zbekiston mustaqil respublikadir» degan muloxazada predikator bir o‘rinli, «o‘zbekiston Turkiya bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi» degan fikrda «iqtisodiy shartnoma tuzdi» predikatori ikki o‘rinli, «o‘zbekiston Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan» degan fikrda «oralig‘ida joylashgan» predikatori uch o‘rinlidir.
Mantiqiy atamalar (mantiqiy konstantalar) doimiy mantiqiy qiymatga ega bo‘lib, gapda deskriptiv atamalarni bog‘lashda ishlatiladi. Ular o‘zbek tilida «va», «xam», «xamda», «yoki», «yoxud», «barcha», «xech bir», «ba’zi», «emas» kabi so‘zlar orqali ifodalanadi va turli xil (oddiy va murakkab) xukmlar, muloxazalarni xosil qiluvchi elementlar xisoblanadi. Masalan, «xech bir tovar qiymatsiz emas» degan fikrda «xech bir» «emas» mantiqiy atamalar bo‘lib, ularsiz deskriptiv atamalarni-»tovar», «qiymat» so‘zlarini bog‘lab bo‘lmaydi.
Mantiqning formallashgan tilini yaratishda semantik kategoriyalar aniq ta’riflanishi va tavsiflanishi kerak. Bunga semantik kategoriyalarni konkret simvollarda aks ettirish orqali erishish mumkin.
Ana shu simvollar mantiqning formallashgan tilining alifbosini tashkil etadi. Mantiqda ikkita til-predikatlar mantig‘i tili va muloxazalar mantig‘i tili mavjud.
Muloxazalar mantig‘i xukmlarining ichki tuzilishini o‘rganishdan chetlashib, ularning o‘zaro mantiqiy aloqasini xisobga olgan xolda muxokama qilish jarayonini taxlil qiladigan formallashgan mantiqiy sistemadir. Muloxazalar mantig‘i tili alifbosi, ifodalar ta’riflarini va ularning talqin qilinishini o‘z ichiga oladi. Xususan, bu til alifbosi quyidagilardan tashkil topgan:
1. r, q, r — propozitsioal o‘zgaruvchilar, ya’ni xukmlar uchun simvollar.
2.  — kon’yunksiya belgisi; u o‘zbek tilidagi «va», «xam», «xamda» kabi bog‘lovchilarga to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ma’ruza tugadi (r) va uning muxokamasi boshlandi (q)», degan xukmni pq shaklida ifoda qilish mumkin.
3.  — dizyunksiya belgisi; u o‘zbek tilida «yo», «yoki», «yoxud» kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi. Masalan «Elektr toki yo o‘zgaruvchan (r), yo o‘zgarmas bo‘ladi (q)», degan xukm pvq shaklida yoziladi.
4.  — implikatsiya belgisi; unga o‘zbek tilida «Agar… bo‘lsa, — … bo‘ladi», degan ifoda to‘g‘ri keladi. Masalan, «Agar talaba mustaqil ishlasa (r), o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtiradi (q)» degan xukm p q shaklida yoziladi.
5. Ekvivalentlik belgisi; unga o‘zbek tilida «Faqat va faqat shundaki…» degan ibora to‘g‘ri keladi. Masalan, «Faqat juft sonlargina (r) 2 ga qoldiqsiz bo‘linadi (q)», degan xukm rq tarzida yoziladi.
6.  — inkor qilish belgisi. Masalan «Axmedov Anvar talabadir». (r) degan xukm inkor qilinganda «Axmedov Anvar talaba emas» r xukmiga aylanadi, ya’ni r o‘zining inkori bo‘lgan r ga o‘zgaradi.
Predikatlar mantig‘i – muxokama jarayonini xukmlarning ichki tuzilishini xisobga olgan xolda o‘rganuvchi formallashgan mantiqiy sistemadir. Predikatlar mantig‘i alifbosi muloxazalar mantig‘i alifbosiga yangi simvollar qo‘shish orqali xosil qilinadi. Ular quyidagilar:
1. a, v, s,…, — predmet nomlarini ifodalovchi simvollar, ular konstantalar deb ataladi.
2. x, u, z…, — predmetlarning umumiy nomlarini bildiruvchi simvollar.
3. R1, Q1, R1… , Pn, Qn, Rn – predikatorlar uchun simvollar; bunda 1-bir o‘rinli predikatorni, 2-ikki o‘rinli predikatorni, n-n o‘rinli predikatorlarni bildiradi.
4. xukmning miqdorini bildiruvchi simvollar:  — umumiylik kvantori; unga o‘zbek tilida «barcha», «xar bir», «xech bir» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan, «xech bir ota-ona o‘z farzandiga yomonlik tilamaydi» degan xukm (x)P(x) ko‘rinishida yoziladi.
 — mavjudlik kvantori; unga o‘zbek tilida «ba’zi», «ayrim» kabi so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan, «Ba’zi kishilar yakka tartibda ishlaydi» degan xukm (x)P(x) ko‘rinishida yoziladi.
Muloxazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘i natural xulosa chiqarish sistemasi (yoki aksiomatik) sistema sifatida qurilishi mumkin.
Adabiyotlar
1. I.A. Karimov. o‘zbekiston buyuk kelajak sari. — T.: «o‘zbekiston», 1998.
2. I.A. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. «Muloqot», 1998, №5.
3. I.A. Karimov. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: T.6-T.: «o‘zbekiston», 1998.
4. I.A. Karimov. o‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: «o‘zbekiston», 1999.
5. I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., o‘zbekiston, 2000.
6. M. Xayrullayev, M. xaqberdiyev. Mantiq, 2-bob.
7. Yu.V. Ivlev. Logika, 2-bob.
8. I. Raximov. Logikadan amaliy mashg‘ulotlar va metodik tavsiyalar, 1-bob.
9. N.I. Kondakov. Logicheskiy slovar-spravochnik. M., 1976. Mavzuga oid maqolalar.
10. Ye.K. Voyshvillo. Ponyatiye kak forma mishleniya. M., 1989, 1-qism.
11. Ye.D. Smirnova. Osnovi logicheskoy semantiki. M., 1989.

Mantiq ilmi va til