Ma’lumotlar ombori va ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT) tushunchalari o’rtasidagi farq

Ma’lumotlar ombori va ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT) tushunchalari o’rtasidagi farq

Ma’lumotlar ombori va ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT) tushunchalari o’rtasidagi farq

Ko’pchilik, terminlarni tushunish bo’yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo’yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo’lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo’ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo’lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so’rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug’dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so’zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi.

Bu maqolada ma’lumotlar omboriga oid juda kerakli va ko’pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar ombori va Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT).

Ma’lumotlar ombori bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir xil turdagi axborotlarni o’zida saqlovchi va berilgan so’rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar ombori hisoblanadi, ya’ni bir xil turdagi(kitoblarni) obyektlarni o’zida saqlaydi, yoki bo’lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar ombori.

Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar omborini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar ombori faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.

Ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlar, SQL so’rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MOBT’ga so’rov beriladi, bu so’rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar omboriga murojaat qiladi, u yerdan so’rovga mos ma’lumotni olib, so’rovga javob beradi:

So’rov berish:

SQL so’rov -> MOBT -> Ma’lumotlar ombori

natija olish:

Ma’lumotlar ombori -> MOBT — > So’rovga javob

Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo’la oladi:

— Oracle;

— MySQL;

— Microsoft Office Access;

— MariaDB;

— Microsoft SQL Server;

Hulosa shuki, siz o’ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar ombori emas, balki MOBT hisoblanadi.

Ma’lumotlar ombori MOBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda «ma’lumotlar ombori sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki «Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to’g’ri bo’ladi.

Manba:

Ma‘lumotlar Ombori
Ma’lumotlar ombori va ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT) tushunchalari o’rtasidagi farq

Оставьте комментарий