Maktab, o‘qituvchilar va o‘quvchilar to‘g‘risida
Maktab, o‘qituvchilar va o‘quvchilar to‘g‘risida
DO`STLARGA ULASHING:
Xalq uchun nondan so‘ng eng muhimi maktabdir.
J. DANTONMaktab, o‘z sistemasida mujassamlangan asosiy predmst va printsiplariga ko‘ra, xalqlar va davlatlar turmushi va taqdirini belgilashda bag‘oyat buyuk kuchdir.
D. I. MENDELEEVMaktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir; agar kelajakni qo‘ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo‘lda mustahkam tutmog‘ing lozim.
A. BARBYuSMehnat jarayoniga asoslangan bilimdan o‘tkirroq qurol yo‘q.
M. GORKIYOdalarning ijtimoiy-madaniy yuksalishi, qachonki qo‘l miyani o‘rgatgan, so‘ngra teranlashgan miya yana qo‘lni o‘rgatib, miyaning o‘sishiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatgan holdagina normal bo‘lishi mumkin.
M. GORKIYBir soatlik ish bir kunlik tushuntiruvdan ko‘ra ko‘proq narsa beradi, chunki men bolani ustaxonada mashg‘ul qilar ekanman, uning qo‘llari aqli uchun ishlaydi: u o‘zini bor-yo‘gi hunarmand hisoblagani holda faylasufga aylanadi.
J. J. RUSSOO‘quvchini mehnat qilishga o‘rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg‘unlashishga ko‘niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o‘rgatki, uning uchun o‘z kuchi bilan biron-bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig‘maydigai holat hisoblansin; u mustaqil o‘ylamog‘i, izlamog‘i, o‘zini ko‘rsatmog‘i, o‘zining uyg‘onmagan qobiliyatlarini rivojlantirmog‘i, o‘zini sobitli inson qilib yetishtirmog‘i lozim.
A. DISTERVEGO‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.
E. XABBARDO‘qituvchi inson ruhining injeneridir.
M. I. KALININO‘qish — tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbargi xolos.
V. A. SUXOMLINSKIYHaq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oping haqin yuz ganj ila.
A. NAVOIYTarbiyada butun ish tarbiyachiniig kim ekanligiga bog‘lpq.
D. I. PISAREVBizga ta’lim berayotgalar haqli ravishda bizning o‘qituvchilarimiz deb ataladilar, ammo bizni o‘qitayotganlarning har biri ham bu nomga loyiq emas.
I. GYoTETarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, avvalo uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog‘i lozim.
V. I. DALTarbiyasi birovni hayotga tayyorlamog‘i uchun avvalo o‘zi hayotni chuqur bilmog‘i lozim.
L. N. TOLSTOYTarbiyalovchining o‘zi zehnli, nihotda bosiq, xushfe’l, yuksak axloqiy xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak.
M. I. DRAGOMANOV…Tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i zarur.
K. MARKSBoshqalarni o‘qitib, o‘zimiz ham o‘rganamiz.
SENEKAKimki oz bilsa, ozga o‘rgatadi.
Ya. KOMENSKIYO‘qitish, ikki barobar o‘qish demakdir.
J. JUVERBirovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lgandan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.
M. MONTENKimki nasihatga o‘tar ekan, o‘git tinglovchiga nisbatan o‘zini tadbirkor his etmog‘i lozim: kichik bir xatosi ham ishni buzadi.
R. DEKARTYaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun nimani o‘qitsang — o‘shanga, kimni o‘qitsang — o‘shalarga mehr qo‘ymog‘ing zarur.
V. O. KLYuChEVSKIYPedagogika faoliyat uchun, birinchidan, tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchisini har jihatdan bilishi, ikkinchidan, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasida to‘la ishonch bo‘lmog‘i zarur,
D. I. PISAREVMuvaffaqiyatli tarbiyannng siri — o‘quvchiga hurmatda.
R. EMERSONAgar odamdan ko‘p narsani talab etmasang, ko‘p narsani ololmaysan ham.
A. S. MAKARENKOTarbiyachi hamisha, tarbiya kuchi shu qadar beqiyoski, undan hech qachon butun borligicha foydalana olmasligiga ishongan bo‘lishi kerak.
K. D. UShINSKIYTarbiyachi mansabdor to‘ra emas; agar u mansabdor to‘ra bo‘lsa, demak tarbiyachi emas.
K. D. UShINSKIY
Kimki bolalarni ularning o‘zlari o‘zlashtira oladigan darajada emas, balki men o‘zim istagan darajada o‘qitishim zarur, deb hisoblasa, u mutlaqo kaltabindir.
Ya. KOMENSKIYInson — istagan suyuqlik bilan to‘ldirib qo‘yish mumkin bo‘lgan bo‘sh idish emas.
D. I. PISAREVTarbiyadagi eng katta xato, o‘ta shoshqaloqlikdir.
J. Sh. RUSSOBolalarga o‘qitilayotgan darslar ularning yoshiga muvofiq kelmog‘i lozim, aks holda, ularda o‘zbilarmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, mag‘rurlanish kasali xavfi tug‘iladi.
I. KANTOdamlarni hamma narsaga o‘rgatishadi-yu, ammo andishaga o‘rgatishmaydi, holbuki ular bilimdonlik bilan emas, o‘zlari hech qachon o‘rganmagan o‘sha andishalilik bilan ajralib turishga ko‘proq intiladilar.
B. PASKALYomon tarbiya ko‘rgan odamni qayta tarbiyalashdan og‘irroq narsa yo‘q.
Ya. KOMENSKIYBir umr cho‘tka tegmagan ko‘ylakni tezda tozalab bo‘lmaganidek, odamni ham birdaniga qayta tarbiyalash mumkin emls.
M. Ye. SALTIKOV-ShChEDRINShu narsa ravshanki, turmush uchui foydali bo‘lgan predmetlarning beistisno jamini emas, haqiqatan zarurlarini o‘rganmoq lozim.
ARASTUShunday hayot haqiqatlari mavjudki, ularni siyosiy, huquqlar singari ma’lum yoshdan keyingina o‘rgatish mumkin.
A. I. GERSENAytishlaricha, siyosatdagi eng yaxshi qoida ma’muriyatchilikni oshirib yubormaslikdir. Bu qoida tarbiyaga ham shu daraja-da muvofiq keladi.
JAN POLBolalarni o‘qitishdagi bosh masala ularga nima o‘rgatilayotganligida emas, balki qanday o‘rgatilayotganligidadir. Bolaga yaxshi va mohirona uqtirilgan odatdagi kundalik narsalar uning tushunchasiga mos tugpmaydigan, g‘aliz izohlangan yuksak haqiqatlardan ko‘ra kelajakda unga yuz karra ko‘proq foyda beradi.
N. I. PIROGOVQiyin fanlar yo‘q, faqat hazm etilishi qiyin bo‘lgan fanlargina bor.
A. I. GERSENQayerdaki bo‘lmasin, so‘z odamlar o‘rtasidagi vositachilik xizmatini o‘tar ekan, ayniqsa ta’lim sohasida ortiqcha gapirish ham, gapni to‘mtoq tugatish ham nomaqbuldir.
V. O. KLYuChEVSKIYSo‘z degan narsa o‘qituvchilarga o‘z fikrlarining bayoni uchun emas, balki boshqalar tafakkurini uygotish uchun berilgan.
V. O. KLYuChEVSKIYNoqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
V.O. DISTERVEGHech bir murabbiy o‘zining asosiy vazifasi o‘z tarbiyalanuvchilarini aqliy mehnatga o‘rgatishdan iboratligini va bu vazifa dars o‘qitishdan ham ko‘ra muhimroq ekanligini unutmasligi lozim.
K. D. UShINSKIYAgar o‘quvchilarda tashabbuskorlik va faollik rivojlanmas ekan, har qanday bilim jonsizdir; o‘quvchilarni faqat fikrlashga emas, istakka ham o‘rgatmoq kerak.
N. A. UMOVIstak uyg‘otmaydigan tarbiya qalbni xarob etuvchi tarbiyadir. Tarbiyachi istashga ham o‘rgatmog‘i zarur.
A. FRANSO‘quvchilar va o‘qituvchilarning muvaffaqiyatn uchun bilimning har bir sohasida darsni izohlashda iloji boricha kelgusida o‘quvchilar oladigan bilimlarning umumiy va juz’iy ahamiyatini ishonarli asoslash bag‘oyat foydalidir.
J. PEYOPedagogikani inson haqida emas, balki bola haqidagi ilm hisoblash qo‘pol xatolardan biridir.
Ya. KORChAKHaqiqiy ta’lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.
N: I. PIROGOVMaktabning maqsadi, tarbiya va faqat tarbiyadir.
I. PESTOLOSSITarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga
yetkazadi.
A. SENT-EKZYuPERIMa’rifatning maqsadi xarakterni tarbiyalashdan iboratdar.
G. SPENSERTarbiyaning eng muhim qismi fe’l-atvorni shakllantirishdir.
UShINSKIYInsonga yaxshi tarbiya-berishning eng muhim asosi uning xarakterini shakllantirishdan iboratdir.
E. TELMANInson tarbiyasining bosh yo‘li ishonchdir.
K. D. UShINSKIYChiroyli haykalcha yasab, unga hayot baxsh etmoqlik yaxshi, ammo yosh aqlni ulg‘aytirish, yosh qalbni o‘ziga xos shakllantirib, unda adolat tuyg‘usini jonlashtirish yanayam yaxshidir.
V. GYuGOE’tiqod nazariya yo‘li bilan singdiriladi, xulq esa namuna ko‘rsatish orqali shakllantiriladi.
A. I. GERSENIlm o‘qub amal qilmag‘on, kariz qazib tuxum solmag‘onga o‘xshar.
A. NAVOIYUlki buyurub o‘zi qilmagay va hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay.
A. NAVOIYIsh erur ulkim, o‘zi oni qilur,
Hikmat ulkim, ham o‘zi oni bilur.
A. NAVOIYNamunasiz to‘g‘ri o‘qitish ham, yaxshi o‘qish ham mumkin emas.
L. KOLUMELLANamunasiz hech narsani o‘rga-nolmaysan.
Ya. KOMENSKIYOldingda to‘gri ketayotganning izidan to‘g‘ri borish oson.
Ya. KOMENSKIYTarbiyachi o‘zining qaysidir ehtirosiga erk berar ekan, uning ehtiroslarni jilovlash haqidagi gaplari foydasiz; o‘zi yo‘l qo‘yadigan illat yoki nomunosib odatlarni shogirdlarida tugatishga urinishi ham samarasiz bo‘lib chiqadi.
J. LOKKO‘rgatmoq uchun so‘kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.
F. LAROShFUKOHaqiqiy tarbiya qoidalarda emas, mashqlardadir.
J. J. RUSSOOlijanob odatlar namuna tufayli tarkib topadi.
A. FRANSJon kuydirib o‘rganish va ezgu ish qilishga, tirishqoqlik bilan yanada takomillashishga, gayrat bilan undan ham takomillashishga o‘rgatuvchi maktabgina baxtiyordir.
Ya. KOMENSKIYYaxshi tarbiya har qanday nodon kishini ham odam qatoriga qo‘shadi.
V. G. VELINSKIYDunyoda kurtak paytidanoq mukammallikka erishadigan hech bir narsa yo‘q, aksincha, har qanday hodisada ham avvalo — oddiygina xadikli umidlar, so‘ngra esa shak-shubhasiz to‘la qiyofa namoyon bo‘ladi.
APULEYTabiat har bir odam zamiriga donli boshoq yoinki yovvoyi o‘t urug‘ini tashlaydi; shuning uchun o‘z vaqtida birinchisini parvarishlash, ikkinchisini qiyratmoq lozim.
F. BEKONOdamning yaxshi tomonini ko‘ra bilish hamia qiyin. Odamdagi yaxshi fazilatlarni odatda xayolan tasavvur etishga to‘g‘ri keladi va pedagog shunday qila bilishi lozim. U odamga, hatto birmuncha yaiglishish xavfi bo‘lsa ham yaxshi umid bilan yondashmog‘i lozim.
A. S. MAKARENKOAgar siz odamlarni aslida ular qanday bo‘lsalar, shundayligicha, barcha nuqsonlari bilan qabul qilsangiz, hech qachon siz ularni yaxshilay olmaysiz. Agarki siz odamlar bilan ideal odamlardek munosabatda bo‘lsangiz, siz ularni o‘zingiz ko‘rmoqni istagan yuksaklikka ko‘tarishingiz mumknn.
I. GYoTEZehni o‘tkir va har narsaga qiziquvchan, lekin odamovi va o‘jar bolalar bo‘ladi. Maktabda odatda bundaylarni ko‘rgani ko‘zlari yo‘q, doimo ularga ishonchsizlik bilan qaraydi-lar; vaholanki, yaxshi tarbiya berilsa, ulardan buyuk odamlar chiqadi.
Ya. KOMENSKIYAgar yaxshilab tarbiya berilsa, yaxshilab sovitilsa, eng hurkak toylardan eng uchqur bedovlar chiqadi.
PLUTARXO‘z mohiyatingni o‘zgartirishing mumkinmas, tarbiyaning buyuk siri va buyuk kuchi ham shundan iboratki,u xarakterdagi har xil moyilliklarni hatto nuqsonlarni ham ezgulikka yo‘naltiradi.
J. SANDBolaga ta’lim berishdan maqsad, uni kelgusyda o‘qituvchining ko‘magisiz unib-o‘sishga layoqatli qilishdir.
E. XABBARDIstamay mutolaa qilayotgan talaba — qanotsiz qush.
SA’DIYBilimni singdirib olmoq uchun uni ishtaha bilan simirmoq lozim.
A. FRANSDars paytidagi bekorchilik, aqliy mehnat taqozo etilgan joyda ayni uning bo‘lmasligi,— bo‘sh vaqt yo‘qligining bosh sababidir.
II. A. SUXOMLINSKIYHar narsaga qiziquvchanlik olimlar va shoirlarni yetishtiradi.
A. FRANSKimki o‘qishni istamasa, — hech qachon haqiqiy inson bo‘lolmaydi.
XOSE MARTIBilimni o‘z kuching bilan egalla, sherigingning mehnat natijalarini o‘zlashtirishing noinsoflik. Dars vazifalarini mustaqil bajarmaslik — tekinxo‘rlikka qo‘yilgan birinchi qadam.
V. A. SUXOMLINSKIYKimda-kim biror-bir san’at, fan va hunar sirini egallamagai ekapn, u hech qachon nimadir bir yirikroq narsani yaratishga layoqatli bo‘lolmaydi.
MICHURINO‘qimay turib, na bir san’at va na bir donishmadlikka yetishish mumkii emas.
DEMOKRITKimki hech narsani qiziqib so‘ramasa, hech nimani o‘rganmaydi ham.
T. FULLERDiqqat-e’tibor ko‘nglimizning yagona darchasi, ongimizdagi bor narsalarning bari so‘zsiz shu darcha orqali o‘tadi.
K. D. UShINSKIYFaqat diqqat qilgan odamgina xotirasida saqlay oladi.
S. JONSONMuallim aytgan so‘zni takrorlash oilan uning izdoshi bo‘lib qolaverish qiyin.
D. I. PISAREVChinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o‘rganadi va shu yo‘l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.
GYoTEO‘z podonligini muallimlarni ayblash bilan oqlaydiganlar aslida o‘z bilganlaricha hech nima qila bilmaydigan va o‘zlari borishlari lozim bo‘lgan joyga quloqdan tortib olib borishlarini kutib yotadigan kimsalardir.
A. DOBROLYuBOVziyouz.uz
Maktab, o‘qituvchilar va o‘quvchilar to‘g‘risida