Maktab formasi muhokamaga qo‘yildi: o‘quvchilar maktabda bosh kiyimsiz yurishlari lozim

Maktab formasi muhokamaga qo‘yildi: o‘quvchilar maktabda bosh kiyimsiz yurishlari lozim

“9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

Ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati uzaytirildi

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi, deya xabar qildi O‘zA.

O‘quv mashg‘ulotlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

Qishki ta’til muddatining 17 yanvargacha uzaytirilishi barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalari, xususan, nodavlat umumta’lim maktablari, professional ta’lim muassasalari, nodavlat oliy ta’lim muassasalari, ularning filiallari va xorijiy OTMlarga ham taalluqli.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 2023 yilning 11 yanvari, OTMlarda esa 9 yanvariga qadar davom etishi kerak edi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining qo‘shimcha qilishicha, 10−18-yanvar kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim yoshidagi (3−7 yoshli) bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

  • # anomal sovuq
  • # qishki ta’til

Maktab formasi muhokamaga qo‘yildi: o‘quvchilar maktabda bosh kiyimsiz yurishlari lozim

12 iyun kuni regulation.gov.uz portaliga «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama uchun qo‘yilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy tenglik tamoyillarini shakllantirish, o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularning kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, calomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni kamol toptirish qarorning asosiy maqsadlari sifatida ko‘rsatilgan.

Qaror nizomi 5 bob 19 qismdan iborat. Nizomning 3-bobi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi» haqida bo‘lib, 9 qismida «O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno», deb qayd etilgan.

17 iyun sanasiga ko‘ra 15 kishi qaror yoqmaganini, 1 kishi yoqqanini bildirgan.

Fuqarolar qarorga o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tishgan.

Jumladan, Muxamedov Jaxongir Djasurovich «maktab formalarini tayyorlash va joriy etishda o‘quvchilarning diniy e’tiqodlarini ham inobatga olish lozim. Shu jumladan, musulmon o‘quvchilarga shariat talablariga muvofiq maktab formasi shakli (variantlarini) ham ishlab chiqish lozim», deb yozgan.

“9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

Mana shu band noto‘g‘ri va noqonuniy.

1. Prezidentimiz maaktab formasi o‘zbek mentalitetimizga mos bo‘lsin deganlar.

2. O‘zbek qizlari azaldan bosh kiyimda, ya’ni do‘ppi kiyib yoki ro‘mol o‘rab yurganlar.

3. Bosh kiyimda yurish bu avvalambor gigiyena, har joyda soch tolalari to‘kilib yurishini oldini oladi.

4. Bosh kiyimi bu boshni shamolashdan, sovuqdan saqlaydi.

5. Bosh kiyim bilan yurishni xohlaydiganlar bosh kiyimda yursin, xohlamaganlar bosh kiyimsiz yuraversin. Jamiyatda g‘ashlik keltirib chiqarishni nima keragi bor?

Umuman olganda bosh kiyimda maktabga borishni taqiqlash ham inson huquqlarini buzish, ham milliyligimizga qarshi borish bo‘ladi” (Madaminov Azam Akmalovich)

«Nega endi meni qizim maktabda boshyalang yurishi kerak? Bu hujjatning 9-bandini ishlab chiqqan odam fuqarolarimizga, Prezident siyosatiga, diniy va milliy qadriyatlarimizga tupurgan shekilli. Boshyalang yurish xaqidagi qismi olib tashlanishini talab qilaman. Xohlagan boshyalang kelishi mumkin, lekin xohlagan albatta ro‘molda borishlari shart»(Tolakov Adxamjon Abduhalilovich)

“Forma bo‘lgani yaxshi, hammada bir xil kiyim bo‘lsa, bola birovdan o‘zini ustun ko‘rmaydi. Lekin formani belgilashda milliy-diniy qadriyatlarimiz ham e’tiborga olinishi kerak. Butun mamlakat uchun qaror chiqarayotganda, jamiyatning barcha qatlamlari qiziqishlarini hamda qaroringizning kelajakdagi oqibatlarini hisobga olishingizni so‘rayman. Axir mustaqil erkin demokratik jamiyatda yashayapmizku, pastdagi bo‘lim umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

«9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.»

G‘arb mamlakatlarida ham o‘quvchilarning maktabga bosh kiyimda kelishlariga qarshilik qilinmaydi. Biz esa 90 foiz aholisi musulmon yurt bo‘lsak.” (Muratov Bobir Tulkinovich)

“9. O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

Mazkur bandi Konstitusiyaga zid. Voyaga yetgan muslima kizlarning bosh kiyimsiz yurishi e’tiqodiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Odatda bizning sharoitda ayollar 10-11 yoshda Islom dini nuqtai nazaridan to‘liq voyaga yetadi. Konstitusiyaning 29 moddasida, jumladan, e’tiqod erkinligi to‘g‘risida so‘z boradi. Demak, O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z e’tiqodi asosida yashashga haqli. Bunga zid keluvchi har qanday qonun qoidalar mutlaqo asossiz deb hisoblayman.” (Yusufjanov Rustamjon Abdukaxxorovich)

Qaror muhokamasi 27 iyun kuni yakuniga yetadi.

Qiziqarli malumotlar
Maktab formasi muhokamaga qo‘yildi: o‘quvchilar maktabda bosh kiyimsiz yurishlari lozim