Makron nimalar degandi? to’liq malumot oling

Makron nimalar degandi? to’liq malumot oling

Makron nimalar degandi?
Mundarija скрыть

Fransiya – Yevropaning eng ko‘p musulmon yashovchi davlati sanaladi. Makron esa ushbu 6 millionga yaqin musulmon mamlakat ichida «o‘z kontr-jamiyati»ni shakllantirishni istayapti, deb hisoblamoqda. U bundan qariyb bir oy oldin – 2 oktyabrda shu mavzuda bir soatlik ma’ruza bilan chiqish qilgan va dekabr oyida fransuz jamiyatidagi «islom separatizmi»ning oldini olishga doir yangi qonun loyihasini parlamentga taqdim etishini e’lon qilgandi.

Prezident 1905 yilda qabul qilingan, dinni davlatdan ajratish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni taklif etyapti. Qonun qabul qilinsa, mahalliy rahbarlarga ekstremizmga qarshi kurashda yangi vakolatlar beriladi, masjidlarning moliyalashtirilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi, imom sifatida ishlash uchun Fransiyaning o‘zida o‘qish va sertifikat olish talab etiladi (ayni paytda Fransiyadagi imomlarning yarmi turkiyaliklardir).

Yuqoridagilar bilan birga, Emmanuel Makron mamlakatda islom madaniyati va arab tilini o‘qitishga mablag‘ ajratish, boshqa ijtimoiy muammolarga olib keluvchi uysizlik va qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishni taklif etgan. Shu va boshqa choralar, prezidentning fikricha, Fransiyada «ma’rifiy islom» muhitini yaratish va bu muhitni «tashqi ta’sirlar»dan himoyalash imkonini beradi.

U nutqining eng ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘layotgan qismida: «Islom dini dunyo bo‘ylab inqiroz holatini boshdan kechirmoqda», deya ta’kidlagan. The Guardian’ga ko‘ra, Makron bu bilan IShID jihodchilari, vahobiylik va salafiylik kabi yo‘nalishlarni nazarda tutgan. «Biz dunyodagi barqarorlik va tinchlikka mos bo‘lmagan siyosiy Islomga ishonmaymiz», degan u. Shu bilan birga, fransuzlar yetakchisi ekstremistlar musulmonlarni yomonotliqqa chiqarayotganini aytib, ularning tuzog‘iga tushib qolmaslikka chaqirgan.

Makronning bu bayonoti o‘sha vaqtning o‘zida hozirgichalik katta rezonans keltirib chiqarmagandi. 6 oktyabrda Erdo‘g‘an fransiyalik hamkasbining bu gaplarini «mustamlakachilarga xos» va «hurmatsizlik uyoqda tursin, ochiqchasiga provokatsiya» deb atagani, «Siz kim bo‘libsizki, Islom asoslari haqida gapirasiz?» deya, Makronga «o‘zi tushunmaydigan narsani gapirayotganda e’tiborli bo‘lish»ni maslahat bergani ham unchalik shov-shuvga sabab bo‘lmadi.

Musulmonlar g‘azabini keltirgan asosiy voqea – karikaturalar mavzusining yana ko‘tarilishi bo‘ldi.

kun.uz

Boshqa mavzular
Makron nimalar degandi?